Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 13.08.1993 yildagi 409-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SAVDO-IQTISODIY MUNOSABATLARNING SAMARADORLIGINI YaNADA OShIRISh VA RESPUBLIKA VAZIRLIKLARI, IDORALARI VA KORXONALARINING SOBIQ SSSR SUBYEKTLARI BO‘LGAN MAMLAKATLAR BILAN HISOB-KITOB TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sobiq SSSR subyektlari bo‘lgan mamlakatlar bilan o‘zaro foydalilik asosida savdo-iqtisodiy munosabatlarni ta’minlash, davlatlararo hisob-kitoblar tartibini takomillashtirish va respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga erishish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, “O‘zshartnomasavdo” davlat uyushmasining respublika vazirliklari va idoralari bilan kelishilgan respublikamizga yetkazib beriladigan moddiy-texnika resurslari va mahsulotlar hajmlarini, ularning qisman qisqarishini va 1-ilovaga* muvofiq 1994-yilning 1-yanvarigacha balanslarning bajarilishini ta’minlashni nazarda tutgan holda, aniqlash to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*1-Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zshartnomasavdo” davlat uyushmasi, “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi, O‘zbekbirlashuv, “O‘zkooptayyorlovsavdo” birlashmasiga, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasiga va boshqa konsern va uyushmalarga O‘zbekiston Respublikasida va Rossiya Federatsiyasining yirik sanoat-iqtisodiy mintaqalarida mahsulot yetkazib beruvchilar va iste’molchilar bilan operatsiyalarni kliring hisob-kitoblar asosida amalga oshiruvchi xo‘jalik hisobidagi firmalar, savdo uylari, vositachilik tashkilotlari tashkil etishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Markaziy bankka hisob-kitoblarni boshqa davlatlarning markaziy banklaridagi korrespondentlik schyotlari orqali o‘tkazishni ta’minlash tavsiya etilsin. Bunda respublikaning davlat ehtiyojlari uchun hukumatlararo bitimlar va shartnomalar bo‘yicha o‘zaro mahsulotlar yetkazib berishni tartibga solishga oid “O‘zshartnomasavdo” davlat uyushmasi tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu maqsadda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15 kun muddatda sobiq SSSR subyektlari bo‘lgan davlatlar markaziy banklari bilan ushbu davlatlarda respublikamizning vakolatli tijorat banklarining korrespondentlik schyotlarini ochish to‘g‘risidagi masalani hal etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 kun muddatda sobiq SSSR subyektlari bo‘lgan davlatlar bilan mahsulotlarni bir-birlariga yetkazib berish bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar o‘tkazish tartibini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasi komplekslarining rahbarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15 kun muddatda vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va birlashmalarda korxonalar bilan savdo-iqtisodiy bitimlar o‘zgarishini hisobga olib xo‘jalik shartnomalarini qayta tuzish ishlarini shaxsan javobgarlik bilan tashkil etsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda mahsulotlar keltirishni yanada qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar va korxonalar, “O‘zshartnomasavdo” davlat uyushmasi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi rahbarlariga O‘zbekiston hududida respublikamizga keltirish bo‘yicha qisqartiriladigan nomenklaturadagi resurslarning qo‘shimcha hajmlarini qidirib topish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarning o‘z vaqtida hal etilishi uchun shaxsan javobgarlik yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank va tijorat banklari 2 hafta muddatda ko‘rsatilgan muammoni hal etishni nazarda tutgan holda ishlab turgan korxonalarni qayta qurish va qurilishi nihoyasiga yetkazilmagan obyektlarni qurib ishga tushirishni ta’minlash uchun zarur resurslar, imtiyozli kreditlar va mablag‘lar ajratish to‘g‘risida Hukumatga takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zshartnomasavdo” davlat uyushmasi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar va korxonalarning rahbarlari 2-ilovaga* muvofiq moddiy-texnika resurslari va mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha davlatlararo bitimlar joriy yilning oxirigacha so‘zsiz bajarilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*2-Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, “O‘zshartnomasavdo” davlat uyushmasi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2 oy muddatda hukumatlararo bitimlarni va respublikamiz ehtiyojlarini hisobga olgan holda 1994-yil uchun mahsulotlarni keltirish va olib chiqish balansini tayyorlasinlar, bunda O‘zbekistonga keltirishni qisqartirishni ta’minlash zarur bo‘lgan moddiy-texnika resurslari va mahsulotlarning nazorat qilinadigan turlari balansiga alohida e’tibor bersinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi “O‘zshartnomasavdo” davlat uyushmasi bilan birgalikda hukumatlararo savdo-iqtisodiy shartnomalar bo‘yicha mol yetkazib berish va to‘lovlarning bajarilishini muntazam ravishda nazorat qilishni va tahlil etishni ta’minlasin. Ushbu masala bo‘yicha axborot zarur takliflar bilan har oyda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib turilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 5-maydagi 204-son qarori 12-bandining birinchi xatboshi va 16-bandi (Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-dekabrdagi 593-son qarori 3-bandining bekor qilingan uchinchi xatboshi qismi) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir A. M. Mutalovga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 13-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
409-son