Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 06.08.1993 yildagi 394-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAVOIY—UChQUDUQ—SULTONUIZDOGʻ— NUKUS TEMIR YOʻLINI QAYTA QURiSh VA UNING YaNGI LINIYASINI QURISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi yerlarni, foydali qazilmalar konlarini kompleks oʻzlashtirish, temir yoʻlda yuk tashishning transport taʼminotini yaxshilash, Navoiy viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi yangi mintaqalarning ishlab chiqarish va ijtimoiy masalalarini hal etish, Oʻzbekistonning yagona temir yoʻl tarmogʻini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Navoiy—Uchquduq, Sultonuizdogʻ—Nukus yoʻnalishlaridagi temir yoʻlni elektrlashtirgan holda qayta qurish hamda Uchquduq—Sultonuizdogʻ yoʻnalishida yangi temir yoʻlni elektrlashtirgan holda qurish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1994—2000-yillarda qayta qurish va qurishni boshlash va nihoyasiga yetkazish muddatlari ilovaga* muvofiq, qurilishning buyurtmachisi etib — Oʻrta Osiyo temir yoʻl boshqarmasi, temir yoʻl transporti ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari obyektlarini loyihalash va qurish boʻyicha bosh pudratchi etib – “Oʻzbektransqurilish” uyushmasi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy—Uchquduq—Sultonuizdogʻ—Nukus yangi temir yoʻlini elektrlashtirilgan holda qurish va qayta qurishni amalga oshirish respublikaning davlat maqsadli dasturi hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻistonning janubiy tumanlarining respublikaning temir yoʻl magistraliga chiqishlarini taʼminlagan holda uzunligi 120 kilometrli Sultonuizdogʻ—Toʻrtkul—Lenin yoʻli temir yoʻl uchastkasi qurilishi davom ettirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Energetika va elektrlashtirish vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Oʻrta Osiyo temir yoʻli va “Oʻzbektransqurilish” uyushmasining topshirigʻi boʻyicha bosh pudratchilar sifatida belgilangan muddatlarda mavjud elektruzatish liniyalarini, gaz va neft oʻtkazish quvurlarini, aloqa qurilmalari va boshqa muhandislik kommunikatsiyalarni buyurtmachining mablagʻi hisobiga boshqa joyga koʻchirishni va yangilarini qurishni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi 1994—2005-yillar kapital qurilish prognozida Oʻrta Osiyo temir yoʻl boshqarmasiga temir yoʻl liniyalarini loyihalash, qurish va qayta qurish uchun respublika budjetidan zarur kapital mablagʻlarni ajratishni nazarda tutsin. 1993-yilda loyihalash ishlari oʻz mablagʻlari, u yetishmagani taqdirda bank kreditlari hisobiga amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga, davlat hamda aksionerlik — tijorat banklariga loyihalash, obyektlar qurilishida bajarilgan ishlarning haqiqiy hajmlari boʻyicha imtiyozli shartlarda mablagʻ bilan taʼminlashni amalga oshirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzbektransqurilish” uyushmasi boʻlinmalari tomonidan bajarilayotgan ish hajmlarining koʻpayib borayotganligi hamda yangi temir yoʻl liniyasi qurilishi va qayta qurilishi zonasidagi pudrat tashkilotlarining zarur mexanizmlar bilan yetarli taʼminlanmaganligi munosabati bilan loyiha – smeta hujjatlarida ishlab chiqarish bazalarni rivojlantirish uchun smeta qiymatining 10 foizi miqdorida mablagʻ ajratish nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzshartnomasavdo” uyushmasi, “Oʻzqurilishmateriallari” konserni hamda respublikaning boshqa taʼminot—sotuv tashkilotlari temir yoʻl liniyalari qurilishi va qayta qurilishi qatnashchi—tashkilotlariga kvotalangan mahsulotlarni birkitilgan nomenklaturasi boʻyicha tasdiqlangan kapital mablagʻlar miqdoriga qarab ajratilishini amalga oshirsinlar, shuningdek, shartnomaviy narxlar boʻyicha mahsulot yetkazib beruvchilar bilan xoʻjalik aloqalarini oʻrnatishda koʻmaklashsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Navoiy viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrta Osiyo temir yoʻl boshqarmasi va “Oʻzbektransqurilish” uyushmasi bilan birgalikda belgilangan tartibda temir yoʻl liniyalari, muhandislik va transport kommunikatsiyalari, boshqa obyektlar qurilishi va qayta qurilishi uchun yer maydonlarini ajratishni amalga oshirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbeksavdo” uyushmasi, “Oʻzbekbirlashuv” va “Oʻzbektransqurilish” uyushmasi bilan birgalikda qurilishga jalb qilingan ishchilarga ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratilishini, ularni joylashtirishni va ovqatlanishlarini tashkil etishni taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
temir yoʻl liniyalari qurilishi va qayta qurilishi ishlariga qurilish boʻlinmalarini ularning mexanizmlari va odam resurslari bilan jalb etish imkoniyatlari koʻrib chiqilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar yangi temir yoʻl qurilishi va qayta qurilishida bevosita qatnashuvchi loyihalash, qurilish, montaj, ishga tushirish-sozlash tashkilotlari ishchilari va mutaxassislari va ekspluatatsiya qiluvchi mutaxassislarga tarif stavkalari va lavozim okladlari 30 foizgacha oshirilgan holda, ushbu sarflar qurilish smetasiga kiritgan taqdirda ish haqi toʻlashni amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat safariga yuborilayotganlar uchun bir sutkalik xarajatlar miqdori belgilangan eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Navoiy—Uchquduq—Sultonuizdogʻ—Nukus temir yoʻl liniyasi qurilishi va qayta qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asosining ekologik ekspertizasini oʻtkazsin hamda ushbu obyektning atrof muhitga taʼsiri toʻgʻrisida xulosa tayyorlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari K.N Toʻlaganov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 6-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
394-son