O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AMERIKA QO‘ShMA ShTATLARIDA O‘QUVChILARNI O‘QITIShNI VA ULARNING TAJRIBA O‘RGANIShLARINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston maktablarining yuqori sinf o‘quvchilarini AQShga o‘qishga yuborish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan maorif sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha Amerika kengashi (AKSELS) o‘rtasidagi Bitimga muvofiq hamda ularni uyushgan holda jo‘natish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston maktablarining tanlovdan o‘tgan 48 nafar yuqori sinf o‘quvchilarini 1993-yilning 15-iyulidan boshlab AQShga bir yil muddat bilan, ilova* qilinayotgan ro‘yxatga muvofiq o‘qishga yuborsin.
*Ilova berilmaydi.
2. O‘quvchilarni jo‘natish va ularning AQShda bo‘lishlari bilan bog‘liq barcha masalalarni muvofiqlashtirish va hal etish uchun quyidagi tarkibda komissiya tuzilsin:
| M. Q. Qoraboyev |
— |
Bosh vazir o‘rinbosari, komissiya raisi |
| J..G‘. Yo‘ldoshev |
— |
Xalq ta’lim vaziri, komissiya raisining o‘rinbosari |
|
Komissiya a’zolari | ||
| S. S. Safoyev |
— |
Tashqi ishlar vaziri |
| Z. Almatov |
— |
Ichki ishlar vaziri |
| U. Abdug‘aniyev |
— |
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi |
| G‘. M. Rafiqov |
— |
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining bosh direktori |
| Sh. I. Karimov |
— |
Sog‘liqni saqlash vaziri |
3. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Amerika tomoni o‘quvchilarning yo‘lkiralari va AQShda bo‘lishlari bilan bog‘liq xarajatlarni to‘liq o‘z zimmasiga oladi, ularning tibbiy muhofazasini kafolatlaydi hamda bir yildan keyin o‘qishni tugatganligi to‘g‘risida ularga tegishli shahodatnomalar bergan holda ularning Toshkent shahriga qaytishlarini ta’minlaydi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
o‘quvchilarni uyushgan holda kutib olishni, joylashtirishni, AQShga uchib ketgunlariga qadar, Moskva shahrigacha kuzatib borishni hamda o‘qish tugaganidan so‘ng ularni uyushgan holda kutib olishni ta’minlasin;
AKSELS, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan aloqalar orqali hamda o‘quvchilar, ular o‘qiyotgan maktablar, ular yashayotgan oilalar bilan bevosita pochta va boshqa turdagi axborot aloqasi bog‘lab o‘zbekistonlik o‘quvchilarning yashashlari va o‘qishlarini doimo diqqat markazida tutsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining buyurtmanomasiga binoan o‘quvchilarning viloyatlardan Toshkentga kelishlari, ularni ovqatlantirish, joylashtirish hamda o‘qish muddati tugaganidan so‘ng Toshkentdan doimiy yashash joylariga jo‘natish uchun zarur mablag‘lap ajratsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
jo‘nab ketuvchilarning ketish hujjatlarini rasmiylatirishni hamda ushbu qarorni O‘zbekistonning AQShdagi va Rossiya Federatsiyasidagi elchixonalariga yetkazishni ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasiga o‘quvchilarni Moskvadan AQShga jo‘natishda va ularning qaytishida yordam ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq bersin;
O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi Elchixonasiga o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilariga doimiy yordam ko‘rsatish dasturining muvaffaqiyatli bajarilishiga ko‘maklashish uchun AQShdagi o‘quvchilar, tegishli maktablar va oilalar bilan zarur aloqalar o‘rnatish vazifasini yuklasin.
7. O‘zbekiston havo yo‘llari milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining buyurtmanomasiga muvofiq Moskva shahrigacha bo‘lgan aviachiptalarni belgilangan muddatlarda band qilib qo‘yishni va sotishni amalga oshirsin.
8. “O‘zdavteleradio” kompaniyasi (Yahyoyev), “O‘zdavkinokompaniya” (Jo‘rayev), O‘zbekiston milliy axborot agentligi (Hazratqulov) o‘zbekistonlik o‘quvchilarni AQShda o‘qitish dasturining amalga oshirilishini ommaviy axborot vositalarida keng yoritishni tashkil etsinlar.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 20-iyul,
367-son