04.04.2002 yildagi 351-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-YIL 27-YANVARDA OʻTKAZILGAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI REFERENDUMINING YAKUNLARI BOʻYICHA AMALGA OSHIRILADIGAN QONUNCHILIK ISHLARINING ASOSIY YOʻNALISHLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 27-yanvarda oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi referendumining yakunlari boʻyicha amalga oshiriladigan qonunchilik ishlarining asosiy yoʻnalishlari tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 4-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
351-II-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 27-yanvarda oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi referendumining yakunlari boʻyicha amalga oshiriladigan qonunchilik ishlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ASOSIY YOʻNALISHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ikki palatali parlament tuzish zarurligi toʻgʻrisidagi gʻoyalari XXI asr boshlarida Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasining tarkibiy qismi sifatida milliy davlatchilik institutlarini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlariga asos qilib olindi. Davlat hokimiyati organlarining ishini zamon talablariga muvofiq ravishda tubdan yaxshilamay turib islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyat turmushining barcha sohalarini erkinlashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal etib boʻlmaydi. Xalq tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan kuchli va adolatli hokimiyat demokratik fuqarolik jamiyatini, kelajagi buyuk davlatni barpo etishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 27-yanvarda oʻtkazilgan referendumda Oʻzbekiston xalqi mamlakatda ikki palatali parlament tuzishni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddatini besh yildan yetti yil qilib oʻzgartirishni yoqlab ovoz berdi. Bu qarorlar ijtimoiy-siyosiy turmushni demokratlashtirish jarayonini yanada jadallashtirish bilan bogʻliq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali qonun chiqaruvchi organ tuzish zamonaviy parlamentarizmga xos tamoyildir. Zero, jahondagi koʻpgina demokratik mamlakatlarda ikki palatali parlament faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmogʻiga boʻlinishining konstitutsiyaviy prinsipini izchillik bilan amalga oshirish davlat hokimiyati barcha institutlari samarali faoliyat yuritishining, mamlakatimiz demokratiya va taraqqiyot yoʻlidan barqaror ilgarilab borishining belgilovchi shartidir. Bu yoʻnalishda barqarorlikni, uzoq muddatli dasturlar muvaffaqqiyatli amalga oshirilishini, jamiyat va davlat turmushining kelajagini taʼminlashdagi muhim qadam davlat boshligʻining eng maqbul konstitutsiyaviy vakolat muddatini belgilashdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Referendum natijalari fuqarolarning siyosiy ongi va ijtimoiy-huquqiy faolligi yuqori ekanligini, xalq oʻtkazilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yanada chuqurlashtirishga intilayotganligini, mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni, fuqarolik jamiyatini shakllantirish yoʻlini qoʻllab-quvvatlayotganligini namoyish etdi. Referendum bugungi Oʻzbekiston jamoatchiligi davlatning konstitutsiyaviy tuzilishini rivojlantirishning muhim masalalari yuzasidan yuksak darajada kelishuvga erishganligini koʻrsatdi hamda davlat hokimiyatining barcha tarmoqlarini yanada isloh qilishga yangi omil baxsh etdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Referendum qarorlarini hayotga tatbiq etish uchun, eng avvalo, umumxalq ovoz berishi natijalarini Oʻzbekiston Konstitutsiyasi va qonun hujjatlarida aks ettirish lozim. Referendum yakunlari fuqarolik jamiyati institutlari toʻgʻrisidagi, davlat hokimiyatini tashkil etish tizimini, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va uning palatalari, Oʻzbekiston Respublikasn Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va sud hokimiyatining konstitutsiyaviy maqomini tartibga soluvchi yangi qonunlarni ishlab chiqish va amaldagi qonunlarni takomillashtirishni taqozo etadi. Oʻzbekiston qonunchiligidagi bu oʻzgartishlar ularni qabul qilishda obyektiv izchillik taʼminlanishini talab qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshlangʻich bosqichda qonunchilik ishlari strategiyasining asosiy yoʻnalishlari va ustuvorliklarini belgilab olish kerak. Referendum yakunlari hamda demokratik islohotlarni amalga oshirish sharoitida davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari toʻgʻrisidagi Konstitutsiyaviy Qonun kelgusi islohotlarni vazmin va haqli ravishda amalga oshirish imkonini beruvchi normativ asos boʻlib xizmat qiladi. Mazkur huquqiy hujjat referendum yakunlarini qonunchilik tilida ifodalab — muhrlab beradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar kiritishga asos boʻladi, kelgusida qabul qilinishi lozim boʻlgan, oʻzgarishlar jarayonini oʻzida mujassam etadigan yangi qonunlar oldiga prinsipial talablar qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining boʻlgʻuvsi Parlamenti faoliyatini tartibga solib turuvchi yangi qonunlarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— parlamentni va uning palatalarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— palatalarning oʻzaro munosabati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— palatalarning qoʻmitalarini (komissiyalarini) tuzish va ularning faoliyat olib borishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— qonun ijodkorligi ishlari va parlament nazorati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— parlament ishida siyosiy partiyalar va ularning fraksiyalari ishtiroki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— parlamentning quyi va yuqori palatalari aʼzolarining faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— parlamentning ijro etuvchi va sud hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— parlament, uning palatalari, qoʻmitalari (komissiyalari) faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnika jihatidan taʼminlash parlament apparatini shakllantirish masalalarining huquqiy tartibi belgilab qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshligʻining konstitutsiyaviy vakolat muddatini oʻzgartirish borasidagi referendum yakunlarini amalga oshira borib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini yetti yillik muddatga saylash toʻgʻrisidagi qoida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qoʻyilmogʻi kerak. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddatini oʻzgartirish davlat boshligʻiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— davlat hokimiyati barcha tarmoqlarining muvozanatini va oqilona hamkorligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Konstitutsiyaning hamda inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishining kafili vazifasini bajara borib, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish borasidagi ustuvor vazifalarni izchil hal etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— siyosiy barqarorlikni, fuqarolar tinchligi va millatlararo totuvlikni saqlash va mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— jamiyatdagi barcha siyosiy kuchlar va ijtimoiy guruhlar muloqoti va jipslashuvini amalga oshirish uchun oʻz vakolatlaridan yanada samaraliroq foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— qonunlar ijrosining samaradorligini oshirish hamda ularga rioya etilishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov toʻgʻrisidagi qonunlarga tegishli oʻzgartishlar kiritiladi. Saylovga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— parlamentni, davlat hokimiyatining boshqa saylab qoʻyiladigan institutlarini tuzishning demokratik va huquqiy asoslarini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— saylovni oʻtkazishda fuqarolarning, fuqarolik jamiyat barcha institutlarining ishtirokini faollashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— koʻppartiyaviylik tizimi rivojini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Qonunchilik palatasi va Senatda tegishincha aholi va mintaqalarning keng vakilligi uchun sharoit yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— davlat hokimiyati barcha tarmoqlarining barqarorligi va vorisligini, ularning samarali ishlashi va amaliy hamkorligini taʼminlash imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov komssiyalarining huquqiy maqomini qonunchilik yoʻli bilan yanada aniqlashtirish taqozo etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament palatalari toʻgʻrisidagi qonunlarda tegishincha har bir palataning vakolatlari, ularning tuzilishi va oʻzaro munosabati aniq belgilab qoʻyilishi, kelishuvga erishish, qonun loyihalarini koʻrib chiqish tartibi, palatalarning davlat hokimiyati boshqa tarmoqarining organlari bilan oʻzaro hamkorligi hamda palatalar faoliyatining boshqa masalalari tartibga solinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasining faoliyat olib borishida deputatlar fraksiyalari salmoqli rol oʻynaydi. Shu munosabat bilan qonunda fraksiyalarni tuzish tartibi, ularning parlament faoliyatidagi ishtiroki shakllari nazarda tutilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish ishlari tartibga solib turiladigan qonunlarda alohida eʼtiborni qonunlarni qabul qilish, imzolash va eʼlon qilish tartibotiga qaratmoq lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalari Qonunchilik palatasiga kiritiladi, bu palata ularni, qoida tariqasida, bir necha oʻqishda koʻrib chiqadi. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun Senatga oʻtkazilishi lozim. Senat aʼzolari quyi palata qabul qilgan qonunlarni maʼqullash yoki rad qilish orqali, avvalo, mamlakat va shu bilan birga tegishli mintaqalar manfaatlarini inobatga olgan holda qonunchilik faoliyatida ishtirok etadilar. Senat maʼqullagan qonun oʻn kundan kechiktirmay imzolash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun Senat tomonidan rad etilgan taqdirda yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun palatalar kelishuv komissiyasini tuzishlari mumkin, qonun shundan keyin Qonunchilik palatasida, soʻngra Senatda qayta koʻrib chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi Senatning qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda qonun, agar takroriy ovoz berish chogʻida Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi uni yoqlab ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi. Bu holda qonun imzolash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Qonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga belgilangan tartibda yuborilgan qonun oʻttiz kundan kechiktirmay imzolanadi hamda belgilangan tartibda eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaytadan muhokama qilish va ovoz berishni oʻtkazish uchun qonunni oʻz eʼtirozlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli. Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan maʼqullansa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni oʻn toʻrt kun ichida imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshirish Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolarining qonunchilik faoliyati va oʻz vakolatlariga taalluqli boshqa masalalarni hal etishdagi tashabbuskor va faol ishtirokiga asoslanadi. Qonunchilik jarayoni demokratik kechishining huquqiy kafolatlarini kuchaytirmay turib Oʻzbekistonda parlamentarizmni yanada rivojlantirib boʻlmaydi. Bu kafolatlar qonun loyihalarini ishlab chiqish va muhokama etishning barcha bosqichlarida siyosiy partiyalar hamda deputatlar birlashmalari ishtirok etishini taʼminlashga qaratilgan boʻlishi lozim. Bu esa parlament palatalari faoliyatidagi bahs-munozaralar ochiq va oshkora oʻtkazilishini taqozo etadi. Bunday kafolatlar parlament palatalari faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarning butun tizimiga asos boʻlmogʻi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Palatalar, ularning qoʻmitalari (komissiyalari) majlislarini chaqirish va oʻtkazishning, davlat hokimiyati organlarini tuzishning, qonunchilik jarayonini tartibga solib turishning aniq tartibotini, parlament nazoratini amalga oshirish tartibini palatalar va ularning mansabdor shaxslari vakolatlarini amalga oshirish mexanizmini yaratish, shuningdek parlament faoliyatining boshqa masalalarini hal etish maqsadida boʻlajak parlament quyi va yuqori palatalarning reglamentlarini qabul qilishi kerak boʻladi. Ikki palatali parlament parlamentning apparati toʻgʻrisida maxsus nizom ishlab chiqib, uning vakolatlari hamda faoliyat tartibini belgilab qoʻyishi ham lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruvi va jamiyat qurilishida demokratik andozalarni yanada chuqurroq tatbiq etish, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlarining oʻzaro muvozanati va mutanosibligini, ularning mustaqilligini taʼminlash, hokimiyatning har qaysi tarmogʻi zimmasiga yuklangan vazifalar va u burchini bajarishi uchun mexanizmlarni amalda barpo etish talab qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisidagi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisidagi qonunlarga tegishl hududga taalluqli turli masalalarni hal etishda davlat hokimiyati mahalliy organlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakolatlarini kengaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish darkor. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisidagi qonunga hukumat bilan mahalliy boshqaruv organlarining oʻzaro munosabatlariga taalluqli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish taomili hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarning gʻayriqonuniy oddiy harakatlari va qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish tartibini takomillashtirish fuqarolar huquqlarini himoya qilishning muhim kafili boʻlib qolmogʻi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyotni erkinlashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, xususiy mulkning iqtisodiyotdagi oʻrni va taʼsirini kengaytirish, kichik va oʻrta biznesdagi tadbirkorlarga yanada koʻproq erkinlik va imtiyozlar berish, ular uchun barcha zarur imkoniyatlar va ragʻbatlantirishlarni yaratishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan boshlangan ishni davom ettira berish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi jamiyat rivojining siyosiy-huquqiy va institutsional ifodasi davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratidir. Shu munosabat bilan fuqarolik jamiyati institutlari faoliyat olib borishining huquqiy asosini tashkil etuvchi qonun hujjatlarini takomillashtirishga toʻgʻri keladi. Xususan, fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyat koʻrsatish kafolatlari va shartlarini nazarda tutuvchi qonun qabul qilish, nodavlat notijorat tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlaydigan fond tashkil etish ularni rivojlantirishni anchagina qoʻllab-quvvatlashga xizmat qilmogʻi kerak. Ayni vaqtda nodavlat, jamoat tuzilmalarini yaratish jarayonini ragʻbatlantirishga oid boshqa iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish zarur. Bularning hammasi, birinchidan, ijtimoiy-huquqiy ongni oshirishga, siyosiy madaniyatni yuksaltirishga, ikkinchidan, fuqarolarni davlat va jamiyatni boshqarishga jalb etishga yordam beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Referendum qarorlarini amalga oshirishga vazminlik va mulohaza bilan yondashuv davlat qurilishi sohasidagi eng muhim qonun loyihalari boʻyicha alohida konsepsiyalar ishlab chiqishni taqozo etadi. Yuqorida sanab oʻtilgan qonunlarning qabul qilinishi davlat qurilishi sohasidagi barcha vazifalarni amalga oshirish ishlari nihoyasiga yetkazilganligini anglatmaydi. Bu jarayon nafaqat yaqin, balki olis istiqbolga ham moʻljallangan. Mazkur vazifalar bilan bevosita yoki bilvosita bogʻliq ijtimoiy munosabatlarning turli sohalarini tartibga soluvchi turkum qonunlar hamda qonunosti hujjatlarini qabul qilish va takomillashtirish talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat qurilishi butun dunyoda uzluksiz jarayon hisoblanadi. Bu jarayon davlatning barcha organlari tomonidan davlat hokimiyatining tarmoqlari oʻrtasidagi amaliy hamkorlik va hamjihatlik yoʻli bilan hamda ularning vakolatlari oʻrtasida muvozanatni saqlagan holda, jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalarini hal etishda siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faol ishtirok etishi uchun zarur sharoitlar yaratish orqali amalga oshirilmogʻi lozim.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-con, 61-modda)