Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AHOLIGA SOTILADIGAN TABIIY VA SUYuLTIRILGAN GAZ, AVTOBENZIN VA KOʻMIRNING ChAKANA NARXLARINI QAYTA KOʻRIB ChIQISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 27-yanvardagi 45-son “Aholiga sotiladigan yoqilgʻi, energiya va koʻrsatiladigan xizmatlarning chakana narxlarini hamda tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Aholiga sotiladigan yonilgʻini ishlab chiqarish xarajatlarining qimmatlashuvi munosabati bilan hamda xalq xoʻjaligi tarmoqlari ishlarining barqarorligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1993-yilning 20-iyulidan boshlab aholiga sotiladigan tabiiy va suyultirilgan gaz, avtobenzin va koʻmirning cheklangan chakana narxlari ilovaga muvofiq belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tabiiy va suyultirilgan gaz, avtobenzinning yangi chakana narxlari preyskurantlarini tasdiqlasin hamda ularning barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlasin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari koʻmirning chakana narxlari preyskurantlarini ilovaga muvofiq tasdiqlasinlar.
4. Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxona va tashkilotlar 1993-yilning 20-iyuligacha boʻlgan holatga koʻra suyultirilgan gaz, avtobenzin va koʻmirning qoldiq miqdorlarini qayta baholab chiqsinlar, qayta baholash summasini oʻzlarining aylanma mablagʻlapini toʻldirishga yoʻnaltirsinlar.
5. Tabiiy va suyultirilgan gaz, avtobenzin va koʻmirning Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-maydagi 258-son qarori bilan tasdiqlangan chakana narxlarning cheklangan miqdorlari bekor qilinsin. Ana shu qaror 3-bandining amal qilishi saqlab qolinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 16-iyul,
359-son
Aholiga sotiladigan tabiiy va suyultirilgan gaz,
avtobenzin va koʻmir chakana narxlarining
avtobenzin va koʻmir chakana narxlarining
ChEKLANGAN MIQDORLARI
|
Oʻlchov birligi |
Chakana narxi, bir | ||
| Tabiiy gaz |
1000 m3 |
500 | |
| Suyultirilgan gaz |
kg |
60 | |
| Koʻmir |
tn |
6000 | |
| Avtobenzin |
litr |
120 | |