Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 09.01.1999 yildagi 10-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-YILDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING ASOSIY TURLARINI DAVLAT EHTIYOJLARI UCHUN XARID QILISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yilda davlat zaxirasi, maxsus isteʼmolchilar va davlat taʼminotidagi muassasalar uchun oziq-ovqatlar xarid qilishning samarali tizimini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat taʼminotidagi muassasalarni, maxsus isteʼmolchilarni va davlat zaxirasini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-avgustdagi 397-son qarori bilan tasdiqlangan tartibining amal qilishi 1999-yil uchun saqlab qolinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1999-yilda davlat taʼminotidagi muassasalar uchun oziq-ovqatlar xarid qilishni mablagʻ bilan taʼminlashning cheklangan limitlari 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilovalar berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 7-noyabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 45-son, 341-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari respublika tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan, davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqatlar xarid qilishni mablagʻ bilan taʼminlashning cheklangan limitlariga muvofiq miqdorda, oziq-ovqatlar yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzishni ikki hafta muddatda tugallasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzishda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari bilan fyuchers bitishuvlari tuzish amaliyotga joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi oziq-ovqat mahsulotlari sotish boʻyicha birja va yarmarka savdolarida davlat taʼminotidagi muassasalar hamda maxsus isteʼmolchilarning vositachilik yigʻimlari undirilmasdan qatnashishi uchun shart-sharoitlar yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 1999-yil uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari resurslari balansini shakllantirishda ularning davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan miqdorlarini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublikada ishlab chiqarilmaydigan yoki cheklangan miqdorda ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlarini import boʻyicha xarid qilish uchun valyuta mablagʻlari limiti boʻyicha takliflarni ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oziq-ovqat mahsulotlarini import boʻyicha xarid qilish yuzasidan tenderlar oʻtkazishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi 1999-yilda davlat ehtiyojlari uchun ichki bozorda xarid qilishda yetishmagan asosiy oziq-ovqat turlarini import boʻyicha sotib olish yuzasidan bir oy muddatda tenderlar oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Belgilab qoʻyilsinki, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, mahalliy hokimiyat organlari, budjet muassasalari va budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlar rahbarlari tegishli kontingentlarning oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlanishi, davlat mablagʻlaridan belgilangan maqsadda foydalanilishi va kreditorlik qarzlari hosil boʻlishi uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq shaxsan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-avgustdagi 397-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari B. Hamidov va M. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 9-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-son