07.10.1994 yildagi 498-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

ZOMIN DAVLAT QOʻRIQXONASI HUDUDIY KENGAYTIRISH VA UNI QOʻRIQLASHNI KUCHAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻarbiy Tyan-Shanning tabiiy komplekslarini saqlab qolish, u yerdagi hayvonlar va oʻsimliklarning noyob turlarini qoʻriqlashni kuchaytirish hamda koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasining Zomin davlat qoʻriqxonasi hududini unga Supa tekisligini, Oʻzbekiston oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutining Qoʻlsoy tayanch punktini, shuningdek, Tojikiston Respublikasi tomonidan uzoq muddatli foydalanishda boʻlgan yerlarning bir qismini va 1-ilovaga muvofiq chegaralardagi umumiy maydoni 8489,2 ga boʻlgan Xalq bogʻi yerlarini berish hisobiga kengaytirish hamda 2-ilovaga muvofiq chegaralardagi yerlarni Xalq bogʻiga berish haqida Jizzax viloyat hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi bilan kelishilgan taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston kosmik tadqiqotlar davlat agentligiga Zomin davlat qoʻriqxonasi bilan kelishilgan holda Supa tekisligida qoʻriqxonaga zarar yetkazmaydigan xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi Qoʻlsoy hududida va Supa tekisligida kecha-kunduz ishlaydigan postlar tashkil qilish hisobiga qoʻriqxonani qoʻriqlashni kuchaytirgan holda qoʻriqxona tartibiga qatʼiy rioya qilishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jizzax viloyat hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat oʻrmon qoʻmitasi Zomin davlat qoʻriqxonasiga va Xalq bogʻiga yerlar ajratishni belgilangan tartibda amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasining Zomin davlat qoʻriqxonasi xodimlari sonini 12 nafarga koʻpaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. Moliya vazirligi ularni mablagʻ bilan taʼminlash uchun 1995-yildan boshlab zarur moliyaviy resurslar ajratishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi Oʻzbekiston oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutining Qoʻlsoy tayanch punkt balansida boʻlgan barcha asosiy vositalarni, moddiy-texnika va boshqa resurslarni hamda mablagʻlarni 1994-yil 1-oktabrdagi holatiga koʻra Zomin davlat qoʻriqxonasi balansiga oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 7-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
498-son

Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 7-oktabrdagi
498-son qaroriga
1-ILOVA

Zomin davlat qoʻriqxonasiga berilayotgan hududlar chegarasining tavsifi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chegaraning tavsifi Zomin—Baxmal avtomobil yoʻlining Qashqasuv daryosi koʻprigi sharqiy qismidagi nuqtasidan boshlanadi. Chegara shu yerdan yoʻl boʻylab shimoliy yoʻnalish boʻyicha Urulak soyigacha (3.5 km), soʻngra soy boʻylab shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda (5 km) soyning Yettikechuvsoyga quyiladigan joyigacha, keyin mazkur soy boʻylab yuqoriga (0,75 km), unga Obikoʻl soyi quyiladigan joygacha boradi. Keyin ushbu soy boʻylab yuqoriga, soʻngra janubiy yoʻnalishda qoʻriqxonaning mavjud chegarasi boʻylab Tojikiston Respublikasi bilan davlat chegarasigacha (5,5 km) boradi. Davlat chegarasi boʻylab sharqiy yoʻnalishdan oʻtadi. (13,5 km), soʻngra buloq tarafga shimoliy yoʻnalishga keskin qayriladi (0,84 km), shundan keyin Qashqasuv daryosi oʻzani boʻylab (8 km) boshlangʻich nuqtagacha boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 7-oktabrdagi
498-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq bogʻiga beriladigan hududlar chegarasining tavsifi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chegaraning tavsifi Zomin—Baxmal avtomobil yoʻlining Qashqasuv daryosi koʻprigi yonidagi nuqtadan boshlanadi. Chegara shu yerda shimoliy-sharqiy yoʻnalishda (0,75 km) Tojikiston Respublikasida uzoq muddatli foydalanishda boʻlgan yerlar chegarasigacha, soʻngra chegara boʻylab janubiy-sharqiy yoʻnalishda (2,6 km), keyin janubga (1 km) buriladi va Kattashir daryosigacha boradi. Shu yerdan shimoliy-sharqiy yoʻnalishda (1,25 km) davom etadi, janubiy-sharqqa (1,6 km), janubga (0,5 km) janubiy-sharqqa (0,4 km), janubga (0,7 km) Qashqasuv daryosigacha, soʻngra shimol tomonga toʻgʻri boshlangʻich nuqtagacha boradi.