Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA STATISTIK HISOBDORLIKNI TAShKIL ETISh QOIDALARIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 5-oktabrda 680-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 26-maydagi 19/3-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida statistik hisobotni tashkil etish qoidalarini, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 680-2, 02.07.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublikadagi banklar tomonidan tuziladigan va Markaziy bankka taqdim etiladigan hisobotlarni tartibga solish maqsadida, Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan oʻn kundan keyin amalga kiritilsin.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 21-sentabr,
386-1-son
“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
2002-yil 21-sentabrdagi 386-1-son qarori
22/5-sonli bayonnoma
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
2002-yil 21-sentabrdagi 386-1-son qarori
22/5-sonli bayonnoma
Adliya vazirligida 1999-yil 22-martda 680-raqam bilan davlat roʻyxatiga olingan “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida statistik hisobotni tashkil etish Qoidalari”ga kiritiladigan
oʻzgartirishlar
1. 6-banddagi “Iqtisodiy tadqiqotlar va statistika markazi” soʻzlari “Markaziy bank huzuridagi Pul-kredit siyosati markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida statistik hisobotni tashkil etish Qoidalari”ga ilova qilingan “Bank statistik hisoboti shakllari roʻyxati”ning 1-qismidan 18 va 21-raqamli qatorlar hamda 2-qismidan 43, 44 va 47-raqamli qatorlar chiqarib tashlansin hamda qatorlarning tartib raqamlari mos ravishda uzluksiz ketma-ketlik tartibida qayta raqamlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 19-son)