16.11.2026 yildagi PQ-396-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.11.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport sohasini raqamlashtirish va samarali boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy tarbiya va sport sohasini raqamlashtirish orqali ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, ixcham va samarali boshqaruvni yoʻlga qoʻyish, iqtidorli sportchi yoshlar seleksiya bazasini kengaytirish hamda jismoniy tarbiya oʻqituvchilari faoliyatiga koʻmaklashish va sport turlari boʻyicha trenerlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Ustuvor yoʻnalishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar sport sohasida raqamlashtirish va boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari faoliyatini toʻliq raqamlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimining yaxlit kompleksini joriy etish va kuzatib borish, shuningdek, uning boshqa davlat tashkilotlari axborot tizimlari bilan integratsiyasini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) sport sohasini raqamlashtirish koʻlamini kengaytirish maqsadida joriy etilayotgan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar faoliyati uzluksizligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) “maktabdan Sport akademiyasigacha” gʻoyasi asosida maktab oʻquvchilarini sportga qiziqtirish, sport klublari va toʻgaraklariga jalb qilish orqali iqtidorli sportchi yoshlar seleksiya bazasini kengaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Raqamli texnologiyalarni joriy etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sport vazirligi tomonidan sport sohasini raqamlashtirish maqsadida “Raqamli hukumat” tizimi bilan integratsiya qilingan “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimi (keyingi oʻrinlarda — “ERP sport” tizimi) ishga tushirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya va paralimpiya qoʻmitalarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) sport sohasini raqamlashtirish, shu jumladan, “ERP sport” tizimini doimiy texnik qoʻllab-quvvatlash, takomillashtirish va yangi axborot tizimlarini ishlab chiqishga qaratilgan barcha loyihalar Sport vazirligi huzuridagi “Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi” MCHJ tomonidan amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “ERP sport” tizimiga barcha davlat jismoniy tarbiya-sport muassasalari hamda sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan sportchi, trenerlar hamda sport tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning majburiy tarzda kiritib borilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) sport muassasalari sport inshootlariga (sport zal va stadionlar) smart-kameralar oʻrnatish orqali markazlashgan holda videokuzatuv imkoniyatini yaratish hamda ular orqali yigʻilgan maʼlumotlarni sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilish (davomat, mashgʻulotlar sifati va iqtidorli yoshlar seleksiyasi) tizimini joriy etish va ushbu maʼlumotlarni “ERP sport” tizimiga integratsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimining asosiy vazifalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2027-yil 1-fevraldan boshlab Sport vazirligi tizimidagi sport-taʼlim muassasalarida mavjud pulli xizmat koʻrsatish orqali tushayotgan tushumlarning toʻliq elektron nazoratini oʻrnatish maqsadida Markaziy bankning “MUNIS” tizimi bilan “ERP sport” tizimining integratsiyasi yoʻlga qoʻyiladi. Bunda pulli xizmatlar uchun toʻlovlar yagona hisob raqamga yoʻnaltiriladi va quyidagi miqdorda avtomatik taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 80 foizi — sport-taʼlim muassasasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 10 foizi — Sport vazirligining Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) 10 foizi — “Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi” MCHJga oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “ERP sport” tizimiga maʼlumotlarning oʻz vaqtida kiritilishi hamda haqqoniyligi uchun tegishli davlat jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari va sport federatsiyalari rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) sport sohasini raqamlashtirish, “ERP sport” tizimini qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirib borish Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasi doirasidagi mablagʻlar, shuningdek, zarur hollarda Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) mazkur qarorning 3-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PQ-320-son qarori bilan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun begʻaraz ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “ERP sport” tizimi doirasida sport sohasida interaktiv xizmatlar koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida yaratilgan “MySport” mobil ilovasida quyidagi qoʻshimcha imkoniyatlar yaratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) sport turlari boʻyicha pulli xizmat koʻrsatuvchi davlat va nodavlat sport tashkilotlari bino-inshootlarini soatbay, kunbay, oylik hamda yillik tariflar boʻyicha tizim orqali band qilish hamda toʻlovni amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) davlat sport tashkilotlari bino va inshootlarini ijaraga berish orqali tushadigan mablagʻlarni nazorat qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) tashkilot reytinglari, sport turlari, tariflar, inshootlar joylashuvi (lokatsiyalar), aksiyalar va boshqa turli axborot va statistik maʼlumotlarni olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, 2027-yil 1-yanvardan boshlab “ERP sport” tizimi orqali sport musobaqalari gʻolib va sovrindorlariga diplom va sertifikatlarni QR kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda elektron shaklda berish tartibi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilarini sportga jalb etish tizimini kengaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar umumtaʼlim muassasalarida oʻquvchilarni sportga jalb etishning qoʻshimcha yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) umumtaʼlim muassasalari qoshida sport klublari va toʻgaraklari tarmogʻini kengaytirish, jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari faoliyatini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) sport maktablarini biriktirgan holda umumtaʼlim muassasalarida “maktabdan Sport akademiyasigacha” gʻoyasiga asoslangan yakkakurash va jamoaviy olimpiya sport turlari boʻyicha kamida 1 tadan sport toʻgaraklarini yoʻlga qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2027-yildan boshlab yakkakurash olimpiya sport turlari bilan shugʻullanishga sharoit yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) umumtaʼlim muassasalariga mazkur sport turlarida foydalanish mumkin boʻlgan universal qoplamalar yetkazib berish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) mazkur maqsadlar uchun Taʼlim sohasida islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har yili 5 milliard soʻmgacha mablagʻlar yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining amaldagi yillik ish rejasi boʻyicha oʻquv-tarbiya jarayoni dars mashgʻulotlaridan tashqari sport toʻgaraklari, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish bilan bogʻliq mashgʻulotlar bilan takomillashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Sport sohasida samarali boshqaruvni yoʻlga qoʻyish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sport vazirligi tizimidagi sport turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktablari negizida Olimpiya terma jamoalari markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Olimpiya terma jamoalari markazining asosiy vazifalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Markaz 3-ilovadagi roʻyxatga muvofiq Respublika oliy sport mahorati maktablari negizida Sport vazirligi tizimidagi davlat muassasasi shaklida amaldagi moliyalashtirish tartibi saqlangan holda tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Markaz tugatilayotgan Respublika oliy sport mahorati maktablarining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Markaz faoliyati sport federatsiyalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, milliy terma jamoalar uchun sportchilar tayyorlashni muvofiqlashtirish hamda bu boradagi ishlarni tizimlashtirish va natijadorlikni taʼminlashga yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Respublika oʻsmirlar oliy sport mahorati maktabi faoliyati tugatiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) boshqaruv xodimlarining shtat birliklari Markazga, trener xodimlar shtat birliklari Mirobod tumanidagi 2-son sport maktabiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) tovar-moddiy boyliklari va bino-inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda operativ boshqaruv huquqi asosida — Toshkent shahar sport boshqarmasi balansiga oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyati yangi tartibda yoʻlga qoʻyilib, ular Markazning zaxira sportchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib beruvchi hududiy tuzilmalari sifatida faoliyat yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) Markazda faqatgina kattalar oʻrtasida boʻlib oʻtadigan yozgi va qishki Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari rivojlantiriladi hamda biriktiriladigan sport turlari roʻyxati Sport vazirligi tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) Markaz trenerlariga har oylik ustamalar ular tomonidan tayyorlangan sportchilarning nufuzli xalqaro musobaqalarda erishgan natijalaridan kelib chiqib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Suv sport turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabining bino va inshootlari taqsimoti 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Markaz Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Sport sohasidagi hududiy boshqaruv tizimini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Sport vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining sport boʻyicha maslahatchisi (keyingi oʻrinlarda — maslahatchi) lavozimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmasining ijrochi direktorini bir vaqtning oʻzida maslahatchi etib belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) maslahatchini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan Sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Maslahatchining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) joylarda aholi, ayniqsa yoshlarni ommaviy sportga jalb etish tizimi samarali amalga oshirilishi va bu borada tuman (shahar) hokimliklari bilan hamkorlikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) sport infratuzilmasi yaxshi rivojlanmagan olis va chekka hududlardagi mahallalarda sport inshootlarini barpo etish, sport maktablari hamda umumtaʼlim muassasalarida sport toʻgaraklari tarmogʻini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining joylardagi bosqichlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha respublika va xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda hududiy terma jamoalarning har tomonlama muvaffaqiyatli ishtirokini tashkillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) mahalliy hokimliklarning Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya va paralimpiya qoʻmitalari, sport federatsiyalari bilan doimiy hamkorligini tashkillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalarining amaldagi shtat birliklari toʻliq saqlab qolinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) maslahatchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari bilan yaqin hamkorlikda oʻz faoliyatini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sport sohasini raqamlashtirish va samarali boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib sport vaziri A.I. Ikramov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sport boʻyicha vakili O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 16-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-396-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-noyabrdagi PQ-396-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimining asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini elektron yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sportchilarning sport musobaqalaridagi natijalari hamda sport sinovlari ishtirokchilari tomonidan normativlar bajarilishini elektron yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat sport-taʼlim muassasalari, sport klublari va boshqa jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining sportchilari hamda trenerlari va boshqa mutaxassislari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar va sport inshootlari hamda sport federatsiyalari (uyushmalari) va sport turlari (sport turining tarmoqlari) reyestrini yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sport turlari boʻyicha terma jamoalarni shakllantirish va ularning hisobini yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat sport-taʼlim muassasalarining sport jihozlari va anjomlari bilan taʼminlanganlik holatini raqamlashtirish orqali haqiqiy ehtiyojni aniqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sport sohasida elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish hamda davlat xizmatlarini proaktiv shaklda yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat sport-taʼlim muassasalarining ijodiy imtihon jarayonlari real vaqt rejimida shaffof oʻtkazilishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sport sohasiga ajratiladigan mablagʻlardan samarali foydalanishni elektron boshqarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat sport-taʼlim muassasalarining faoliyatini elektron baholash va ularning reytingini yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat sport-taʼlim muassasalariga seleksiya qilingan iqtidorli sportchilar hisobini yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mahallalarda quriladigan sport maydonchalarini aholi elektron ovoz berishi yoʻli orqali tanlashda shaffoflikni taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat sport-taʼlim muassasalarining mavjud pullik xizmatlarini yuritish va tushumlarni nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sportchilarning sport mashgʻulotlaridagi davomatini elektron yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sport sohasida interaktiv xizmatlarni koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Sport musobaqalari gʻolib va sovrindorlariga elektron shaklda diplom va sertifikatlar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Sport sohasida sunʼiy intellektni joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-noyabrdagi PQ-396-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olimpiya terma jamoalari markazining asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Olimpiya sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalarni shakllantirish va ularning tayyorgarligini tashkil qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Milliy terma jamoalar uchun oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini tashkil etish, respublika va xalqaro sport musobaqalarida ularning ishtirokini taʼminlab borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Zarur sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlangan, zamonaviy xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan moddiy-texnika hamda oʻquv-mashgʻulot bazalarini yaratish va ushbu bazalardan samarali foydalanishni taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xalqaro darajadagi sportchilarni tayyorlash uchun milliy terma jamoalarga mahalliy va xorijiy sport mutaxassislarini jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Istiqbolli sportchilarni seleksiya qilish va tayyorlash tizimini takomillashtirish va bu borada barcha darajadagi sport taʼlim muassasalari bilan uzviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mahalliy sport mutaxassislarining kasbiy mahoratini oshirish va tajriba almashish uchun eng ilgʻor xorijiy mamlakatlarning sport maktablari, klublari va markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-noyabrdagi PQ-396-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olimpiya terma jamoalari markazi etib qayta tashkil etilayotgan respublika oliy sport mahorati maktablarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Gimnastika boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yengil atletika boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sport oʻyinlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Suv sport turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yakkakurash sport turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-noyabrdagi PQ-396-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv sport turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabining bino va inshootlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAQSIMOTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tovar-moddiy boyliklar manzili va nomi

Tovar-moddiy boyliklarni qabul qiladigan tashkilotlar

1.

Toshkent shahri Olmazor tumani Universitet koʻchasi 1-uyda joylashgan 50 m suv havzasi

Toshkent shahar Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi

2.

Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Yusuf Xos Xojib koʻchasi 40-uyda joylashgan 25 m suv havzasi

3.

Toshkent shahri Yashnobod tumani Aviasozlar mavze 73-uyda joylashgan 50 m suv havzasi

4.

Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani “Tuyaboʻgʻiz” MFY hududida joylashgan sport bazasi

Toshkent viloyati Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi

5.

Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani “Tuyaboʻgʻiz” MFY hududida joylashgan “Qaldirgʻoch” sport bazasi

6.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Qoronkoʻl qishlogʻida joylashgan eshkak eshish sport bazasi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-noyabrdagi PQ-396-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport sohasini raqamlashtirish va samarali boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmlari

Amalga oshirish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

1.

Sport muassasalari sport inshootlariga (sport zallari va stadionlar) smart-kameralar oʻrnatish orqali markazlashgan holda videokuzatuv imkoniyatini yaratish.

1. Sport muassasalari sport inshootlariga (sport zallari va stadionlar) 2026 — 2028-yillarda smart-kameralar oʻrnatish va server qurilmalarini xarid qilish reja-grafigini tasdiqlash.

2026-yil dekabr

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PQ-320-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun begʻaraz ajratilgan mablagʻlar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Sport vazirligi

2. Sport muassasalari sport inshootlari (sport zallari va stadionlar) uchun smart-kameralar va server qurilmalarni xarid qilish va oʻrnatish.

3. Xarid qilingan va oʻrnatilgan smart-kameralar orqali videokuzatuv imkoniyatini yaratish hamda ular orqali yigʻilgan maʼlumotlarni sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilish (davomat, mashgʻulotlar sifati va iqtidorli yoshlar seleksiyasi) tizimini joriy etish, shuningdek, ushbu maʼlumotlarni “ERP sport” tizimiga integratsiya qilish.

2026 — 2028-yillar mobaynida

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

“Uzinfocom” MCHJ

2.

Markaziy bankning “MUNIS” axborot tizimini “ERP sport” tizimi bilan integratsiya qilish.

1. Axborot tizimlarini integratsiya qilish boʻyicha texnologik yoʻriqnoma hujjatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Axborot tizimlarini integratsiya qilish.

2027-yil 1-fevral

“Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi” MCHJ mablagʻlari

Sport vazirligi,

Markaziy bank

3.

“ERP sport” tizimi faoliyatini takomillashtirish, raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish.

1. “ERP sport” tizimini tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga integratsiya qilish.

2. “ERP sport” tizimida jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining sportchi, trenerlar hamda sport tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini shakllantirish.

3. Maktab sport klublari va toʻgaraklaridan sportchi yoshlarni saralab olish va sport maktablariga seleksiya qilingan sportchilar hisobini yuritish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2027-yil mart

“Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi” MCHJ mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan mablagʻlar

Sport vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

vazirlik va idoralar,

sport federatsiyalari

(uyushmalari)

4. Umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilarining umumtaʼlim fanlardagi mashgʻulot vaqtlarini sport mashgʻulotlari vaqti bilan bir vaqtga toʻgʻri kelmasligini avtomatik aniqlash maqsadida “Elektron kundalik” yagona tizimidagi maʼlumotlarni “ERP sport” tizimiga uzatish orqali maʼlumot almashinuvi tizimini yoʻlga qoʻyish.

5. Maktab sport klublari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini tasdiqlash.

6. Jismoniy tarbiya oʻqituvchilarining oylik, choraklik va yillik hisobot shakllari hamda faoliyati natijadorligini baholashning reyting tizimini joriy qilish.

-

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Sport vazirligi

4.

Sport musobaqalari jarayonlarini roʻyxatga olish, saralash tizimini raqamlashtirish ishlarini amalga oshirish.

1. Sport federatsiyalari (uyushmalari) va sport klublarini “ERP sport” tizimida roʻyxatdan oʻtkazish.

2. “ERP sport” tizimining “Sport tadbirlari” axborot tizimi orqali sport musobaqalariga oid maʼlumotlarni doimiy yuritib borish. Bunda ishtirokchilarni roʻyxatga olish va natijalarni qayd etib borish.

3. “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimining “Saralash” axborot tizimidan sport tashkilotlariga qabul qilishda foydalanish.

4. Sport federatsiyalari (uyushmalari) va sport klublariga sport musobaqalari ishtirokchilarining natijalariga asosan reyting shakllantirilishi uchun “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimining “Reyting” tizimida texnik imkoniyatlar yaratish.

5. “Sport.uz” portalida sport taʼlim muassasalari va sport federatsiyalari (uyushmalari) milliy portalini ishga tushirish hamda sport tashkilotlariga oid maʼlumotlar doimiy yuritilishini taʼminlash.

2027-yil yanvar

“Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi” MCHJ mablagʻlari

Sport vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

sport federatsiyalari

(uyushmalari)

5.

Sport musobaqalarining gʻolib va sovrindorlariga diplom va sertifikatlarni elektron shaklda berish tizimini joriy etish.

1. Axborot tizimini Oʻzbekiston hududidagi rasmiy musobaqalarga avtomatik unikal raqamli elektron diplom shakllanishini ishga tushirish.

2. “ERP sport” tizimi orqali sport musobaqalari gʻolib va sovrindorlariga diplom va sertifikatlarni QR kod qoʻyilgan holda elektron shaklda berish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2027-yil yanvar

“Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi” MCHJ mablagʻlari

Sport vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

sport federatsiyalari

(uyushmalari)

6.

“ERP sport” tizimi doirasida sport sohasida interaktiv xizmatlar koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida “MySport” mobil ilovasi faoliyatini takomillashtirish.

1. Sport turlari boʻyicha pulli xizmat koʻrsatuvchi davlat va nodavlat sport tashkilotlari bino-inshootlarini soatbay, kunbay, oylik va yillik tariflar boʻyicha tizim orqali band qilish va toʻlovni amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish. Bunda davlat sport inshootlarini ijaraga berish orqali tushadigan mablagʻlarning nazoratini olib borish.

2. Reytinglar, sport turlari, tariflar, inshootlar joylashuvi (lokatsiyalar), keshbeklar, aksiyalar haqida va boshqa turli axborot va statistik maʼlumot olish imkoniyatini yaratish.

2027-yil yanvar

“Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi” MCHJ mablagʻlari

Sport vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

7.

“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalari jarayonlarini raqamlashtirish.

1. “ERP sport” tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalari uchun ishlab chiqilgan modulni amaliyotga joriy qilish.

2. “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalari natijalarini real vaqt rejimida onlayn eʼlon qilib borishni yoʻlga qoʻyish.

2027-yildan boshlab

“Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi” MCHJ mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan mablagʻlar

Sport vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

8.

Maktab sport klublari va toʻgaraklaridan iqtidorli sportchi yoshlarni saralab olish va sport maktablariga seleksiya qilishning raqamlashtirilgan tizimini joriy etish.

1. Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining bir vaqtda taʼlim jarayoni hamda sport bilan shugʻullanishi jarayonlarida moliyaviy mablagʻlar toʻgʻri sarflanishini tashkil qilish maqsadida “emaktab.uz” elektron platformasini “ERP sport” tizimi bilan integratsiya qilish.

2027-yil yanvar

-

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Sport vazirligi

2. “ERP sport” tizimida maktab sport klublari va toʻgaraklari samarali faoliyat yuritishi, ularni zarur moddiy-texnik baza va sport jihozlari bilan taʼminlanganligi, oʻquv-mashgʻulot jarayonlarida oʻquvchilarning mashgʻulotlarga qatnashish davomatini elektron yuritish.

“Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi” MCHJ mablagʻlari

Sport vazirligi

9.

“Maktabdan Sport akademiyasigacha” gʻoyasi asosida umumtaʼlim muassasalarining sport klublari va toʻgaraklari tarmogʻini kengaytirish hamda jismoniy tarbiya oʻqituvchilari faoliyatini rivojlantirish.

1. Umumtaʼlim muassasalarining sport klublari va toʻgaraklarida, ustuvor ravishda, Olimpiya oʻyinlari dasturiga kirgan sport turlarini rivojlantirish.

2. Umumtaʼlim muassasalarining sport klublari va toʻgaraklari xususiyati, oʻquvchilar qamrovi hamda mavjud sport infratuzilmasidan kelib chiqib, sport jihozlari va inventarlari bilan taʼminlash.

3. Yakkakurash sport turlari bilan shugʻullanishga sharoit yaratish uchun umumtaʼlim muassasalariga bir nechta sport turlarida foydalanish mumkin boʻlgan universal qoplamalar yetkazib berish.

4. Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari tomonidan umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilari orasidan isteʼdodli sportchilarni saralab olish (seleksiya qilish) yuzasidan ommaviy sport boʻyicha trener-seleksioner bilan uzviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

5. Olimpiya sport turlari boʻyicha umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun boshlangʻich jismoniy tayyorgarlik metodikasini yaratish.

6. Umumtaʼlim muassasalarining sport klublari va toʻgaraklari shugʻullanuvchilarini “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” sport musobaqalariga tizimli jalb etib borish.

7. “ERP sport” tizimiga umumtaʼlim muassasalarining oʻquvchi-sportchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritib borish.

2027-yildan boshlab

Davlat budjeti mablagʻlari

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Sport vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Sport vazirligi tizimidagi sport turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktablari negizida Olimpiya terma jamoalari markazini tashkil etish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

1. Olimpiya terma jamoalari markazi faoliyatini tashkil etish, shuningdek, Markaz nizomi, namunaviy shtatlar jadvali va xodimlari mehnatiga haq toʻlash meʼyorlari va tartibini belgilashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2026-yil dekabr

-

Sport vazirligi,

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi

3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2027-yil yanvar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-noyabrdagi PQ-396-son qaroriga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-414-son qarori 3-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda gʻolib (1-oʻrin) boʻlgan sportchilar. Mazkur sportchilar variativ (oʻzgaruvchan) oʻquv rejalari asosida oʻqitiladi, shuningdek, ular mahallalarda sport toʻgaraklarini ochish va boshqarish, sport tadbirlarini tashkil qilish, yoshlar oʻrtasida sportning afzalliklarini targʻib qilish ishlariga jalb qilinadi. Bunda yangi oʻquv yiliga qadar boʻlgan oʻtgan kalendar yilning 1-iyulidan yangi kalendar yilning 30-iyuniga qadar (shu kuni ham) boʻlgan muddatlarda sportchilar tomonidan erishilgan natijalar hisobga olinadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-noyabrdagi “Oʻq otish sport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-381-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 8-bandda “Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasining” soʻzlaridan keyin “2026 — 2028-yillarda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 9-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Terma jamoalar markazi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy investor mablagʻlari hisobidan barpo etiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-noyabrdagi “Suv sporti turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-382-son qarorining 9-bandi “Oʻzbekiston suzish federatsiyasining” soʻzlaridan keyin “2025 — 2028-yillarda” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qarori bilan tasdiqlangan Sirdaryo tumanini 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturining 19-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“

 

 

 

 

 

19.

Sirdaryo tuman 1961-yilda tashkil etilgan bugungi kunda taʼmirtalab holatga kelib qolgan Sport maktabi infratuzilmasini yaxshilash.

1. Loyihalarni amalga oshirish boʻyicha tarmoq jadvallari va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2. Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun pudrat tashkilotlarni onlayn elektron tender tanlovlarini tashkil etish.

3. Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va loyihani foydalanishga topshirish.

Hisob-kitoblarga asosan

(Respublika budjetidan Sport vazirligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan)

2026 — 2028-yillar

Sport vazirligi,

Sirdaryo viloyati hokimligi

 

 

 

 

 

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-son qarori bilan tasdiqlangan 2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadigan XXXIV yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish hamda milliy terma jamoa aʼzolarining kontingenti boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarning “II. Istiqbolli sport turlari” boʻlimida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 1-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“

 

 

 

 

1.

Sport gimnastikasi

18

10

28

 

 

 

 

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“

 

 

 

 

2.

Badiiy gimnastika

18

10

28

 

 

 

 

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 18-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“

 

 

 

 

18.

Trampolin

6

5

11

 

 

 

 

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) “Jami” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“

 

 

 

Jami:

548

170

718

 

 

 

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2026-y., 07/26/396/1134-son)