OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IShLAB ChIQARILADIGAN TOVARLAR BOʻYIChA YuRIDIK ShAXSLAR TOMONIDAN AKSIZ SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 5-oktabrda 1325-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-100-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 23 va 24-sonlar, 168-modda) va Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha respublika komissiyasining 2005-yil 16-iyundagi 40-sonli yigʻilish bayonnomasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2004-yil 15-yanvardagi 16 va 2004-13-sonli qarori bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar boʻyicha yuridik shaxslar tomonidan aksiz soligʻini hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga (2004-yil 15-mart, roʻyxat raqami 1325 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 11-son, 133-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh
2005-yil 26-sentabr,
91-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 26-sentabr,
2005-57-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 40-son, 310-modda)