19.09.2005 yildagi PQ-183-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.09.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALARINI TARTIBGA SOLISH BORASIDAGI QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilsinki, tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish borasidagi chora-tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirish natijasida eksport tarkibida ijobiy oʻzgarishlar roʻy bermoqda — tayyor mahsulot va xizmatlar ulushi koʻpaydi, tashqi savdo aylanmasida barqaror ijobiy saldo taʼminlanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan bir qatorda tashqi savdo faoliyatini tashkil etish va bojxona rasmiylashtiruvi tizimida jiddiy kamchiliklar va amaldagi qonun hujjatlarini buzish hollari mavjud. Bojxona organlari tomonidan past sifatli, sertifikatlanmagan isteʼmol mahsulotlarini respublikaga noqonuniy olib kirishning oldini olish boʻyicha zarur nazorat taʼminlanmayapti. Importyorlar tomonidan olib kelinayotgan mahsulotlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibini qoʻpol ravishda buzish, bayon etilayotgan qiymatni sunʼiy ravishda pasaytirish, bojxona toʻlovlarini toʻlashdan boʻyin tovlash kabi faktlar mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqaruvchi korxonalar ishlab chiqarishda import qilinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlardan foydalanish oʻrniga ularni mahalliylashtirish, oʻzining valyuta mablagʻlari oqimini taʼminlovchi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga yoʻnaltirish jarayoni sust bormoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo aylanmasi balansini oshirish, eksport-import operatsiyalarini boj-tarif bilan tartibga solishni tobora takomillashtirish, korxonalarni modernizatsiyalash va texnologik qayta jihozlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, eksportga moʻljallangan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2005-yilning 1-noyabridan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import boj toʻlovlari stavkalari 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan aksiz soligʻi solinadigan mahsulotlarga aksiz soligʻi stavkalari 2-ilovaga* muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
un import qiluvchi jismoniy shaxslardan undiriladigan yagona boj toʻlovlari stavkasi 2a-ilovaga* muvofiq belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2a-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2005-yil 1-noyabrgacha “vaqtincha saqlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarishda Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-yanvardagi “Boj-tarif bilan tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4-sonli hamda 2004-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 610-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan stavkalar 2005-yilning 1-dekabrigacha qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yilning 1-dekabridan boshlab “vaqtincha saqlash” rejimidan erkin muomalaga chiqariladigan barcha mahsulotlarga nisbatan ushbu qaror bilan tasdiqlangan import boj toʻlovlari va aksiz soligʻi stavkalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, yagona yer soligʻi toʻlaydigan va QQS toʻlashdan ozod qilingan qishloq xoʻjalik ishlab chiqaruvchilariga berilgan imtiyozlar tovarlarni import qilishga emas, balki faqat ularning asosiy faoliyatiga daxldordir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Oliy xoʻjalik sudi bu boradagi qonunbuzarliklarga qatʼiyan chek qoʻysin va amaldagi qonun hujjatlarining qoidalari toʻgʻri bajarilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import shartnomalarining bojxona rasmiylashtiruvi ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatsin, import qilinayotgan tovarlarning amaldagi miqdori va roʻyxati bojxona deklaratsiyasida keltirilgan maʼlumotlar bilan toʻla mos boʻlishiga hamda tovarning koʻrsatilgan qiymati asosliligiga alohida eʼtibor qaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududi orqali oʻtishi ustidan nazoratni kuchaytirsin, tovarlarning noqonuniy yoʻl bilan olib kirilishi faktlariga qatʼiyan chek qoʻysin, bojxona qonunchiligi buzilgan taqdirda huquqbuzarlik predmetlarini belgilangan tartibda davlat foydasiga musodara qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Idoralararo bojxona-tarif kengashining yangilangan tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo bojxona-tarif kengashi oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq tashqi savdo aylanmasi hajmi va tarkibi mutanosibligi ustidan doimiy monitoring olib borilishini taʼminlasin hamda zarur hollarda eksport-import operatsiyalarini boj-tarif bilan tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 4-ilovaga* muvofiq 2005-yilning 1-noyabridan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 19-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-183-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 40-son, 304-modda; 2006-y., 8-son, 50-modda; 30-son, 289-modda; 2007-y., 52-son, 534-modda; 2008-y., 14-15-son, 98-modda; 2017-y., 37-son, 980-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)