12.11.2026 yildagi 619-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.11.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Alohida taʼlim ehtiyoji boʻlgan bolalarga nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatishni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalarni taʼlim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2026-yil 4-avgustdagi PQ-292-son qarori ijrosini taʼminlash, alohida taʼlim ehtiyoji boʻlgan bolalar uchun taʼlim imkoniyatlarini kengaytirish, ularga sifatli taʼlim xizmatlaridan foydalanishda teng sharoitlar yaratish hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini ushbu yoʻnalishda ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan korreksion sinf tashkil etgan holda umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatish xarajatlarini subsidiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida taʼlim ehtiyoji boʻlgan bolalarga umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan korreksion sinfni tashkil etish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan korreksion sinf tashkil etgan holda umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) Taʼlim va ilm-fan vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilarni tasdiqlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida korreksion sinflarni tashkil etishga qoʻyiladigan talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korreksion sinflar tashkil etiladigan bino va xonalarga qoʻyiladigan talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korreksion sinflarda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni oʻqitishda foydalaniladigan assistiv (yordamchi) jihozlar, vositalar va texnik uskunalar roʻyxati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Taʼlim va ilm-fan vazirligi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan korreksion sinflarga alohida taʼlim ehtiyoji boʻlgan bolalarni “erp.maktab.uz” elektron tizimi orqali qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan korreksion sinflarga qabul qilingan alohida taʼlim ehtiyoji boʻlgan bolalarning oʻzlashtirishi boʻyicha maʼlumotlarni “e-maktab” raqamli taʼlim platformasi orqali yuritish imkoniyatini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ijtimoiy himoya milliy agentligi “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining “Taʼlim jarayonlarini boshqarish” modulida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 15-noyabrga qadar nodavlat taʼlim tashkiloti tomonidan korreksion sinf tashkil etish uchun murojaat qilish, korreksion sinf tashkil etish yuzasidan bitim tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 25-noyabrga qadar nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan korreksion sinf haqidagi maʼlumotlarni aks ettirish, ularni boshqarish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-dekabrga qadar nodavlat taʼlim tashkilotlariga umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish imkoniyatini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 12-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
619-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-noyabrdagi 619-son qaroriga
1-ILOVA

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan korreksion sinf tashkil etgan holda umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatish xarajatlarini subsidiyalash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan korreksion sinf tashkil etgan holda umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatish xarajatlarini subsidiyalash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom qoidalari korreksion sinf tashkil etgan holda umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatish xarajatlari subsidiyalanmaydigan nodavlat taʼlim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar (keyingi oʻrinlarda — bolalar) — jismoniy, aqliy, sensor (koʻrish va eshitish), nutqiy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari yoki oʻziga xos rivojlanish xususiyatlari mavjud boʻlgan hamda taʼlim jarayonida moslashtirilgan taʼlim dasturlari, qoʻshimcha pedagogik va psixologik qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, maxsus pedagogik sharoitlarni talab qiladigan bolalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davomat — bolaning taʼlim mashgʻulotlarida amalda ishtirok etgan kunlari toʻgʻrisida “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining (keyingi oʻrinlarda — “YAMIH” AT) alohida axborot modulida qayd etilgan maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korreksion sinf — bolalarning taʼlim olish huquqini, ularning individual taʼlim ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, moslashtirilgan taʼlim dasturlari va maxsus pedagogik shart-sharoitlarni taʼminlash maqsadida nodavlat taʼlim tashkiloti tomonidan tashkil etiladigan sinf;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korreksion sinf tashkil etgan holda subsidiya mablagʻlari hisobidan umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida bitim (keyingi oʻrinlarda — bitim) — ushbu Nizomda belgilangan shartlar va miqdorlarda subsidiya ajratish uchun nodavlat taʼlim tashkiloti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarma) oʻrtasida ikki oʻquv yili muddatiga tuziladigan bitim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat taʼlim tashkiloti — davlat taʼlim standartlari va talablari hamda oʻquv dasturlariga muvofiq umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya asosida taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya — Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan nodavlat taʼlim tashkilotiga ushbu Nizomda belgilangan shartlar va miqdorlarda ajratiladigan mablagʻ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Taʼlim jarayonlarini boshqarish” axborot moduli (keyingi oʻrinlarda — axborot moduli) — bolalarga nodavlat taʼlim tashkiloti tomonidan taʼlim xizmatlarini koʻrsatish va nodavlat taʼlim tashkilotiga subsidiya ajratish bilan bogʻliq tartib-taomillarni amalga oshirish hamda taʼlim xizmatlarining koʻrsatilishini boshqarish va nazorat qilishni nazarda tutuvchi “YAMIH” ATning alohida moduli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Korreksion sinf tashkil etish uchun ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq axborot modulida nodavlat taʼlim tashkiloti va hududiy boshqarma oʻrtasida bitim tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Bolalarga korreksion sinf tashkil etgan holda umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Korreksion sinf tashkil etish uchun bitim tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Nodavlat taʼlim tashkiloti korreksion sinf tashkil etish maqsadida bitim tuzish uchun umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari koʻrsatiladigan hududdagi hududiy boshqarmaga “YAMIH” AT orqali quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda ariza bilan murojaat qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat taʼlim tashkilotining STIRi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyati uchun berilgan litsenziya raqami va berilgan sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim amal qilishi davrida oʻquv jarayoni tashkil etiladigan bino yoki inshootga boʻlgan mulk, ijara yoki boshqa huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi (kadastr raqami), uning manzili, joylashuvi (geolokatsiyasi) va korreksion sinf uchun ajratiladigan maydon (kvadrat metr) haqidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etilishi rejalashtirilgan korreksion sinf soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat taʼlim tashkiloti bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarga kirishgan maxsus pedagog va yordamchi xodim (assistent-oʻqituvchi)larning JSHSHIR raqami, ularning mutaxassisligi (qayta tayyorlovdan oʻtganligi) boʻyicha tegishli namunadagi hujjat (diplom, sertifikat va boshqa) raqami va seriyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat taʼlim tashkilotining tijorat bankdagi hisobvaragʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus qurilmalar yordamida jismoniy shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi haqidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa uchun elektron pochta manzili va (yoki) mobil telefon raqami.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga tegishli maʼlumotlar kiritilganidan soʻng nodavlat taʼlim tashkiloti bolalarga taʼlim xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish va subsidiya ajratish shartlari boʻyicha ommaviy oferta va arizani Yagona identifikatsiyalash tizimi yoxud shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli orqali tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda nodavlat taʼlim tashkiloti “YAMIH” ATga kiritiladigan maʼlumotlarning haqiqiyligi uchun javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ariza shakllantirilganidan soʻng:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “YAMIH” ATda nodavlat taʼlim tashkilotiga shaxsiy kabinet ochiladi va unga hamda arizada koʻrsatilgan elektron pochtaga arizaning ID-raqami, qabul qilingan sana va vaqti koʻrsatilgan holda xabarnoma yuboriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagilar idoralararo elektron hamkorlik orqali avtomatik tarzda tekshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Litsenziya” axborot tizimi orqali — nodavlat taʼlim tashkiloti umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziyaga egaligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali — tashkil etiladigan korreksion sinf soniga muvofiq ushbu Nizomning 14-bandida belgilangan miqdorda maxsus pedagog va yordamchi xodim (assistent-oʻqituvchi)lar bilan mehnat shartnomasi tuzilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oliy, oʻrta maxsus va kasbiy (professional) taʼlim tashkilotlarini tugatganligi toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlar bazasi” orqali — nodavlat taʼlim tashkiloti bilan mehnat shartnomasi tuzgan maxsus pedagog va yordamchi xodim (assistent-oʻqituvchi)larning mutaxassisligi boʻyicha diplomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat taʼlim tashkilotining korreksion sinf tashkil etish uchun mulk huquqi, ijara yoki boshqa huquq asosida bino yoki inshooti mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirish natijalari boʻyicha axborot moduli orqali:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan asoslardan biri aniqlanganda arizani koʻrib chiqish avtomatik ravishda rad etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan asoslar aniqlanmagan taqdirda, ariza koʻrib chiqish uchun tegishli hududiy boshqarmaga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Hududiy boshqarma hujjatlar kelib tushgandan soʻng oʻn ish kuni ichida Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiyaning tegishli hududiy boshqarmasi bilan birgalikda quyidagilarni joyiga chiqqan holda oʻrganadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korreksion sinf tashkil etish uchun arizada koʻrsatilgan bino yoki inshoot manzili kadastr organlaridan olingan maʼlumotlarga mosligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat taʼlim tashkilotining korreksion sinf tashkil etish hamda toʻsiqsiz muhit talablariga mos boʻlgan bino (inshoot)ga boʻlgan huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligini (belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan mulk va ijara huquqi bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korreksion sinf belgilangan minimal jihozlash va mebel bilan taʼminlash talablariga mosligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat taʼlim tashkiloti bilan mehnat shartnomasini tuzgan maxsus pedagog va yordamchi xodim (assistent-oʻqituvchi)larning korreksion pedagogika va defektologiya sohasi boʻyicha oliy maʼlumot (surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika va logopediya mutaxassislari)ga ega ekanligi yoki tegishli qayta tayyorlovdan oʻtganligini tasdiqlovchi diplomi nodavlat taʼlim tashkiloti korreksion sinfining faoliyat turiga mosligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus qurilmalar yordamida jismoniy shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi mavjudligini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Arizani koʻrib chiqish yakuni boʻyicha hududiy boshqarma tomonidan bir ish kuni ichida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim tuzishni rad etish asoslari aniqlangan taqdirda, axborot modulida bitim tuzish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa rasmiylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim tuzishni rad etish asoslari aniqlanmagan taqdirda, axborot modulida bitim tuzish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa rasmiylashtiriladi va bitim imzolanadi. Bunda xulosa va bitim “YAMIH” ATda avtomatik ravishda nodavlat taʼlim tashkilotiga elektron shaklda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosa rasmiylashtirilgandan soʻng bu haqida xabarnoma nodavlat taʼlim tashkilotining “YAMIH” ATdagi shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagi asoslardan biri aniqlanganda bitimni tuzish rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat taʼlim tashkilotida umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun litsenziya mavjud boʻlmasa yoki litsenziya bekor qilingan yoxud amal qilishi toʻxtatib turilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korreksion sinfni tashkil etish uchun arizada koʻrsatilgan bino yoki inshoot manzili kadastr organlaridan olingan maʼlumotlarga mos boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat taʼlim tashkiloti mulk huquqi asosida korreksion sinfni tashkil etish hamda toʻsiqsiz muhit talablariga mos boʻlgan bino yoki inshootga ega boʻlmaganda yoxud undan ijara (shu jumladan, boshqa huquq) asosida foydalanish muddati bitimning amal qilish hamda oʻquv yilining muddatiga muvofiq boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat taʼlim tashkiloti bilan mehnat shartnomasini tuzgan maxsus pedagog va yordamchi xodim (assistent-oʻqituvchi)lar korreksion pedagogika va defektologiya sohasi boʻyicha oliy maʼlumot (surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika va logopediya mutaxassislari)ga ega boʻlmasa yoki nodavlat taʼlim tashkiloti korreksion sinfining faoliyat turiga mos kelmasa yoxud tegishli qayta tayyorlovdan oʻtmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 35-bandi “b” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat taʼlim tashkiloti hududiy boshqarma tomonidan imzolangan bitimni belgilangan muddatda imzolamasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda nazarda tutilmagan asoslarga koʻra bitim tuzishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Nodavlat taʼlim tashkiloti uch ish kuni ichida axborot moduli orqali bitimni koʻrib chiqadi va uni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bitim ikki oʻquv yili muddatiga tuziladi va tomonlar tarafidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Korreksion sinfni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Nodavlat taʼlim tashkiloti tomonidan bolaning alohida taʼlim ehtiyojlari, funksional imkoniyatlari va psixofizik xususiyatlaridan (eshitishida, koʻrishida, ruhiy va aqliy rivojlanishida, tayanch-harakat apparatida nuqsoni boʻlgan) kelib chiqib, bir xil turdagi nuqson yoki rivojlanish xususiyatiga ega boʻlgan bolalardan iborat korreksion sinf tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istisno tariqasida, bir yosh toifasiga mansub oʻquvchilar soni uch nafardan kam boʻlgan taqdirda, yosh farqi ikki yildan oshmagan ikki korreksion sinf oʻquvchilarini bir oʻquv xonasida birgalikda oʻqitishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarga taʼlim berish har bir korreksion sinfning oʻquv dasturi va individual taʼlim ehtiyojlarini inobatga olgan holda alohida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Korreksion sinf boshqa sinflardan ajratilgan alohida oʻquv xonasida tashkil etiladi. Oʻquv xonasi bolalarning alohida taʼlim ehtiyojlari, funksional imkoniyatlari va psixofizik xususiyatlaridan (eshitishida, koʻrishida, ruhiy va aqliy rivojlanishida, tayanch-harakat apparatida nuqsoni boʻlgan) kelib chiqib zarur maxsus taʼlim vositalari va jihozlari bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Korreksion sinf yongʻin xavfsizligi qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya etilgan holda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Nodavlat taʼlim tashkilotining har bir korreksion sinfiga bolaning alohida taʼlim ehtiyojlari, funksional imkoniyatlari va psixofizik xususiyatlaridan (eshitishida, koʻrishida, ruhiy va aqliy rivojlanishida, tayanch-harakat apparatida nuqsoni boʻlgan), tasdiqlangan oʻquv rejadan kelib chiqib, maxsus pedagog va 1,0 birlikdan yordamchi xodim (assistent-oʻqituvchi) jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda sud qarori yoki tibbiy xulosa yoxud qonunchilik hujjatlariga muvofiq bolalar bilan bevosita ishlashni nazarda tutuvchi faoliyat turlari bilan shugʻullanishi taqiqlangan shaxslarni jalb qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Korreksion sinfda maxsus pedagog va yordamchi xodim (assistent-oʻqituvchi) tarkibi hamda ularning oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlar xodimlar ishga qabul qilingan va ishdan boʻshatilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida nodavlat taʼlim tashkiloti tomonidan axborot moduliga kiritilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Nodavlat taʼlim tashkiloti korreksion sinfda taʼlim oladigan bolaning individual taʼlim rejasini yuritadi va uning asosida bolaning rivojlanishini oʻquv yili davomida kamida ikki marta baholaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Korreksion sinfni tashkil etgan nodavlat taʼlim tashkiloti bilan ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) oʻrtasidagi munosabatlar nodavlat taʼlim tashkiloti va ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) oʻrtasida tuziladigan subsidiya hisobidan bolaga bepul taʼlim xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi bilan tartibga solinadi. Bunda ushbu shartnomada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolaning korreksion sinfda taʼlim olish jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligi nazarda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning talab va istaklaridan kelib chiqib, subsidiya hisobidan bolaga bepul koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlaridan tashqari qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatilishi, shu jumladan, koʻpi bilan 12 soatgacha boʻlgan ish rejimi belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Korreksion sinfga bolalarni qabul qilish va chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning bolani alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga yoki subsidiya mablagʻlari hisobidan umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatish maqsadida korreksion sinf tashkil etgan nodavlat taʼlim tashkilotlariga yuborish toʻgʻrisidagi xulosasi ushbu bolani nodavlat taʼlim tashkilotining korreksion sinfiga qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Nodavlat taʼlim tashkilotining korreksion sinfiga oʻquvchilar oʻquv yili davomida qabul qilinadi. Bunda bolalarning taʼlim olish huquqini taʼminlash maqsadida nodavlat taʼlim tashkilotining korreksion sinfiga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan yosh meʼyoridan ikki yilga oshgan bolalarni qabul qilishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Nodavlat taʼlim tashkilotining har bir korreksion sinfidagi oʻquvchilar soni 12 nafardan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Nodavlat taʼlim tashkilotining korreksion sinfida taʼlim berish Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan davlat taʼlim standartlari va talablariga muvofiq Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan oʻquv reja hamda dasturlarga asosan nodavlat taʼlim tashkiloti direktori tomonidan tasdiqlangan dars jadvaliga muvofiq tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Bolalar korreksion sinfdan quyidagilar asosida chiqariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning “YAMIH” AT orqali taqdim etgan korreksion sinfdan chiqarish toʻgʻrisidagi arizasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasida koʻrsatilgan bolaning korreksion sinfda boʻlish muddatining tugashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolaning vafot etishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Bolani korreksion sinfdan chiqarish nodavlat taʼlim tashkiloti rahbarining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi va bu haqida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazi)ga axborot moduli orqali xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inson” markazi korreksion sinfdan chiqarilgan bolaning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) bilan hamkorlikda uni taʼlimga jalb etilishini taʼminlaydi (bola vafot etgan holatlar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Korreksion sinf faoliyatini boshqarish va nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Korreksion sinf faoliyatini boshqarish uni tashkil etgan nodavlat taʼlim tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Korreksion sinfda taʼlim oladigan bolalarning davomati va ularga taʼlim berish jarayoni hamda yaratilgan shart-sharoitlar hududiy boshqarma, “Inson” markazi hamda Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya tomonidan belgilangan tartibda oʻrganiladi va nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtkazilgan oʻrganish natijasida bolaning maʼlumotlari axborot moduliga kiritilib, uning fotosurati oʻrniga boshqa bolaning fotosurati ushbu axborot moduliga joylashtirilganligi va uning asosida davomati belgilanib kelinayotganligi aniqlanganda, nodavlat taʼlim tashkiloti mazkur holat takroran sodir etilgan taqdirda, u bilan tuzilgan bitim bekor qilinishi toʻgʻrisida ogohlantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Nodavlat taʼlim tashkilotida tashkil etilgan korreksion sinfdan bola chiqarilganda yoki nodavlat taʼlim tashkilotida tashkil etilgan korreksion sinfda taʼlim xizmati vaqtincha toʻxtatib turilganda yoxud mazkur Nizomning 35-bandida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelganda, bola ota-ona (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning roziligi asosida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga yoki umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining inklyuziv sinfiga belgilangan tartibda oʻqishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Subsidiya ajratish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Nodavlat taʼlim tashkilotining korreksion sinfda bolaga umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha subsidiya ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq tartibda ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Nodavlat taʼlim tashkilotiga subsidiya korreksion sinfda taʼlim olayotgan bolalarning haqiqatdagi davomatidan kelib chiqib, Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Nodavlat taʼlim tashkilotiga korreksion sinfda taʼlim oladigan har bir bola uchun toʻliq bir oyda Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining 11 baravari, viloyatlar markazi va Nukus shahrida bazaviy hisoblash miqdorining 9,5 baravari hamda boshqa tuman (shahar)larda bazaviy hisoblash miqdorining 8,5 baravari miqdorida bola haqiqatda korreksion sinfga borgan kuniga mutanosib ravishda subsidiya ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir bola uchun oylik subsidiya miqdori ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorini hisobot oyidagi ish kunlari soniga boʻlish va bolaning mazkur oyda korreksion sinfda haqiqatda borgan kunlari soniga koʻpaytirish orqali hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Subsidiyani hisoblash bitim kuchga kirgan va korreksion sinfga birinchi bola qabul qilingan keyingi ish kunidan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya miqdori nodavlat taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan besh yoki olti kunlik ish haftasida bolaning haqiqatdagi davomati asosida axborot moduli tomonidan avtomatik ravishda hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Korreksion sinfga qabul qilingan bolaning haqiqiy davomatining hisobi axborot modulida uning mobil ilovasi yoki maxsus qurilmalar yordamida jismoniy shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali yuritiladi va har oy yakuni boʻyicha avtomatik ravishda shakllantirilgan holda toʻlov uchun Jamgʻarmaga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biometrik identifikatsiya qilish jarayoni nodavlat taʼlim tashkiloti rahbari yoki xodimlari tomonidan maxsus qurilmalar yordamida ushbu tashkilotning joylashuvi (geolokatsiyasi) hisobga olingan holda, xizmat koʻrsatilgan kunda belgilangan dars vaqtiga mutanosib ravishda soat 08:00 dan 18:20 ga qadar bir marotaba amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Subsidiyaning oylik summalari avtomatik ravishda axborot modulida qayd etilgan bolaning davomati asosida hisoblanadi hamda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq namunadagi buyurtmanoma shakllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda korreksion sinfning belgilangan geolokatsiyasiga muvofiq boʻlmagan joyda qayd etilgan davomat maʼlumotlari subsidiyani hisoblashda inobatga olinmaydi (texnik nosozlik va fors-major holatlari bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Axborot modulidan internet tarmogʻisiz (oflayn rejimda) foydalanilgan hollarda bolalar davomati boʻyicha qayd etilgan maʼlumotlar nodavlat taʼlim tashkiloti tomonidan keyingi yetti ish kunidan kechikmasdan internet tarmogʻiga ulangan holda (onlayn rejimda) oflayn rejimda kiritilgan maʼlumotlarni axborot moduliga uzatilishini (yangilanishini) taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat taʼlim tashkiloti axborot moduliga maʼlumotlarni ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan muddatda taqdim etmaganda unga subsidiya hisoblanmaydi va toʻlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Axborot modulida hisoblangan subsidiyaning toʻlov qaydnomasi va toʻlov topshiriqnomasi hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar shakllantiriladi va Jamgʻarmaning gʻazna hisobvaragʻidan ikki ish kuni ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlari orqali nodavlat taʼlim tashkilotining tijorat bankdagi hisobvaragʻiga avtomatik ravishda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Nodavlat taʼlim tashkiloti bilan tuzilgan bitim quyidagi tartibda va asoslarga koʻra bekor qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tegishli hududiy boshqarma tomonidan bir tomonlama:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini tugatganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat taʼlim tashkiloti qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlovga qobiliyatsiz (bankrot) deb topilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat taʼlim tashkiloti tomonidan bitim muddatini uzaytirish boʻyicha ushbu Nizomning 38-bandida belgilangan muddatda va tartibda ariza berilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan asoslardan biri bitim tuzilgandan keyin yuzaga kelganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) hududiy boshqarmaning talabiga asosan sud tartibida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat taʼlim tashkiloti tomonidan bir bolaning maʼlumotlari axborot moduliga kiritilib, uning fotosurati oʻrniga boshqa bolaning fotosurati ushbu axborot moduliga joylashtirilganligi va uning asosida davomati belgilanib kelinayotganligi takroran aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat taʼlim tashkiloti ushbu Nizom hamda bitimda koʻrsatilgan boshqa majburiyatlarini muntazam (bir oʻquv yili davomida ikki va undan ortiq marotaba) yoki qoʻpol (bolalarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdiruvchi holatlar sodir etilganda, sanitariya hamda yongʻin xavfsizligi talablari jiddiy buzilganda) ravishda bajarmagan taqdirda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan nodavlat taʼlim tashkiloti bilan takroran bitim tuzilgandan soʻng u ayni asoslarga koʻra bekor qilinsa, ushbu nodavlat taʼlim tashkiloti bilan qayta bitim tuzilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim bekor qilingan sanadan boshlab nodavlat taʼlim tashkilotiga subsidiya toʻlash toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Nodavlat taʼlim tashkilotiga notoʻgʻri maʼlumotlar asosida subsidiya toʻlanganligi aniqlanganda, bola uchun tegishli moliya yilida toʻlangan barcha subsidiya summasi toʻliq Jamgʻarmaga undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot moduliga notoʻgʻri maʼlumotlar kiritish orqali nodavlat taʼlim tashkilotiga asossiz toʻlangan subsidiya summasi hududiy boshqarmaning talabnomasi yuborilgan kundan eʼtiboran 10 ish kuni ichida nodavlat taʼlim tashkiloti tomonidan Jamgʻarmaga ixtiyoriy ravishda qaytarilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan muddatda mablagʻlar ixtiyoriy ravishda qaytarilmagan taqdirda, ular hududiy boshqarma tomonidan sud tartibida majburiy undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Korreksion sinf tashkil etgan nodavlat taʼlim tashkiloti tomonidan hududiy boshqarma bilan tuzilgan bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki uni bekor qilish yuzasidan ariza axborot moduliga elektron shaklda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Bitim muddati nodavlat taʼlim tashkilotining amaldagi bitim muddati tugashidan kamida uch oy oldin, biroq olti oydan erta boʻlmagan muddatda axborot moduli orqali elektron shaklda bergan arizasi boʻyicha taraflar oʻrtasida tuzilgan bitimga qoʻshimcha kelishuv asosida uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Bitimni bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza axborot moduli orqali elektron shaklda beriladi. Bunda arizaga elektron raqamli imzo qoʻyilgan bitimni bekor qilish boʻyicha qoʻshimcha kelishuv ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Bitimni bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va natijasi axborot modulida elektron tarzda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Nodavlat taʼlim tashkiloti axborot moduliga oʻzi tomonidan kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi, toʻliqligi va haqiqatga muvofiqligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Texnik yoki boshqa sabablarga koʻra hisobot oyida axborot modulida subsidiyaning ortiqcha yoki kam hisoblanganligi aniqlanganda, hisobot oyidan keyingi oyda ushbu subsidiya tegishli summalar qoʻshilgan yoki kamaytirilgan holda axborot tizim orqali elektron tartibda hisob-kitob qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) holatlari natijasida nodavlat taʼlim tashkiloti tomonidan bolaning davomatini axborot moduliga kiritishning imkoniyati boʻlmagan hollarda, oylik davomatni belgilash uchun axborot modulida qayd etilgan bolaning soʻnggi 5 ish kunidagi oʻrtacha davomat koʻrsatkichi asosida hisob-kitob qilinadi va toʻlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda nodavlat taʼlim tashkiloti qonunchilik hujjatlariga muvofiq yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) holatlari yuz berganligini tasdiqlovchi vakolatli organ tomonidan beriladigan sertifikat (boshqa qonuniy kuchga ega boʻlgan hujjat)ni hududiy boshqarmaga taqdim etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Texnik nosozlik sababli axborot modulining mobil ilovasi yoki maxsus qurilmalar yordamida bolani biometrik identifikatsiya qilish imkoni boʻlmagan hollarda, nodavlat taʼlim tashkiloti mazkur holat yuzasidan bir soat ichida oʻsha hududdagi “Inson” markazini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bolaning uch kundan ortiq boʻlmagan muddatdagi davomati “Inson” markazi tomonidan toʻldiriladigan bolaning qatnovi dalolatnomasi asosida keyingi ish kunidan kechikmasdan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Korreksion sinfda taʼlim olayotgan bolalar va ularning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslardan)dan subsidiya hisobidan bolaga bepul koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari uchun (subsidiya hisobidan bolaga bepul koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlaridan tashqari qoʻshimcha xizmatlar bundan mustasno) haq undirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan korreksion sinf tashkil etgan holda umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatish xarajatlarini subsidiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Korreksion sinf tashkil etish uchun bitim tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Nodavlat taʼlim tashkiloti

Korreksion sinf tashkil etish maqsadida bitim tuzish uchun tegishli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “YAMIH” AT) orqali elektron shakldagi ariza bilan murojaat qiladi.

Zaruratdan kelib chiqib

2-bosqich

“YAMIH” AT

1. Nodavlat taʼlim tashkilotiga arizada koʻrsatilgan elektron pochta va “YAMIH” ATdagi shaxsiy kabinetiga arizaning ID-raqami, qabul qilingan sana va vaqti koʻrsatilgan holda xabarnoma yuboriladi.

2. Quyidagilar idoralararo elektron almashinuv orqali avtomatik tarzda tekshiriladi:

“Litsenziya” axborot tizimi orqali — nodavlat taʼlim tashkilotining umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziyaga egaligi;

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali — tashkil etiladigan korreksion sinf soniga muvofiq miqdorda maxsus pedagog va yordamchi xodim (assistent-oʻqituvchi)lar bilan mehnat shartnomasi tuzilgani;

“Oliy, oʻrta maxsus va kasbiy (professional) taʼlim tashkilotlarini tugatganligi toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlar bazasi” orqali — talabgor bilan mehnat shartnomasi tuzgan maxsus pedagog va yordamchi xodim (assistent-oʻqituvchi)larning mutaxassisligi boʻyicha diplomi;

talabgorda korreksion sinf tashkil etish uchun mulk huquqi asosida yoki muddati bitimning amal qilish muddati hamda oʻquv yili davomiyligidan kam boʻlmagan ijara yoki boshqa huquq asosida bino yoki inshoot mavjudligi.

3. Tekshirish natijalari boʻyicha axborot moduli orqali arizani rad etish asoslari mavjud boʻlmaganda, ariza koʻrib chiqish uchun tegishli hududiy boshqarmaga yuboriladi.

Ariza shakllantirilganidan soʻng

3-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari

1. Ijtimoiy inspeksiyaning hududiy boshqarmalari bilan birgalikda joyiga chiqqan holda koʻrib chiqadi.

Oʻn ish kunida

2. Arizani koʻrib chiqish yakuni boʻyicha:

bitim tuzishni rad etish asoslari aniqlangan taqdirda, axborot modulida talabgor tomonidan korreksion sinf tashkil etish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosani rasmiylashtiradi;

bitim tuzishni rad etish asoslari aniqlanmagan taqdirda, axborot modulida korreksion sinf tashkil etilishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa rasmiylashtiradi va bitimni imzolaydi. Bunda xulosa va bitim “YAMIH” ATda avtomatik ravishda nodavlat taʼlim tashkilotiga elektron shaklda yuboriladi.

Bir ish kunida

3. Xulosa rasmiylashtirilgandan soʻng, bu haqidagi xabarnoma nodavlat taʼlim tashkilotining “YAMIH” ATdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Avtomatik ravishda

4-bosqich

Nodavlat taʼlim tashkiloti

Bitimni axborot moduli orqali koʻrib chiqadi va uni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.

Uch ish kunida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan korreksion sinf tashkil etgan holda umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatish xarajatlarini subsidiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan korreksion sinf tashkil etgan holda umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatish xarajatlarini subsidiyalash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Nodavlat taʼlim tashkiloti

1. “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining “Taʼlim jarayonlarini boshqarish” axborot moduli (keyingi oʻrinlarda — axborot moduli)ga korreksion sinfga qabul qilingan bola toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi.

Bola korreksion sinfga qabul qilingan kunda

2. Axborot modulida jismoniy shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali korreksion sinfda taʼlim olayotgan bolalarning davomatini doimiy ravishda yuritadi.

Korreksion sinfga qabul qilingan bola toʻgʻrisidagi maʼlumotlar axborot moduliga kiritilgandan soʻng doimiy ravishda

2-bosqich

Axborot moduli

1. Subsidiya miqdorini nodavlat taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan besh yoki olti kunlik ish haftasida bolaning haqiqatdagi davomati asosida avtomatik ravishda hisoblaydi va har oy yakuni boʻyicha shakllantirilgan holda toʻlov uchun yuboradi.

Hisobot oyi davomida

2. Subsidiyaning toʻlov qaydnomasi va toʻlov topshiriqnomasini shakllantiradi.

Hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar

3-bosqich

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi

Subsidiya mablagʻlari Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasining gʻazna hisobvaragʻidan Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlari orqali nodavlat taʼlim tashkilotining tijorat bankdagi hisobvaragʻiga avtomatik ravishda oʻtkaziladi.

Ikki ish kunida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan korreksion sinf tashkil etgan holda umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatish xarajatlarini subsidiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

20___ yil __________ oyi uchun korreksion sinfga qabul qilingan har bir bola uchun subsidiya olishga

BUYURTMANOMA

Tashkilot nomi

___________________________________

T/r

Bola toʻgʻrisida maʼlumotlar

Hisobot oyida

F.I.O.

Tugʻilgan sanasi

Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma seriyasi va raqami

Oʻquv kunlari soni jami

Haqiqatda davomat kunlari soni

Subsidiyaning qatʼiy kunlik miqdori

Bola uchun ajratiladigan subsidiya summasi

a

1

2

3

4

5

6

7=5*6

1.

2.

...

JAMI

X

X

20___ yil ____________ oyi uchun ___________ (summa soʻz bilan) subsidiya hisoblandi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-noyabrdagi 619-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori bilan tasdiqlangan Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizomning 32-bandi jadvali 5-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“

5. V tur:

Koʻp funksional inklyuziv-resurs maktablar

a) boshlangʻich inklyuziv sinflar

25

30

shundan sogʻlom bolalar

17

22

b) korreksion sinflar

8

12

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-son qarori bilan tasdiqlangan Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-band “shuningdek,” soʻzidan keyin “qonunchilik hujjatlariga muvofiq subsidiya mablagʻlari hisobidan umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatish maqsadida korreksion sinf tashkil etgan nodavlat taʼlim tashkilotlariga,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bandning oltinchi xatboshisi “qarab turish xizmatiga” soʻzlaridan keyin “, qonunchilik hujjatlariga muvofiq subsidiya mablagʻlari hisobidan umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatish maqsadida korreksion sinf tashkil etgan nodavlat taʼlim tashkilotiga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida “International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida” 2024-yil 19-avgustdagi 518-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshidagi “professional” soʻzi “kasbiy” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshidagi “professional taʼlim muassasalari” soʻzlari “kasbiy taʼlim tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazining Xorazm va Samarqand viloyati filiallari tuzilmasi 11-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazi va uning Xorazm va Samarqand viloyati filiallarining namunaviy shtat birliklari va mehnatga haq toʻlash miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktoriga Markaz va uning filiallari tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi, toʻqqizinchi va oʻn birinchi xatboshilardagi “professional” soʻzi “kasbiy” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn ikkinchi xatboshidagi “Markazda” soʻzi “Markaz va uning filiallarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oʻn yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mazkur bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan talablar Markazda pullik asosda tashkil etiladigan kurslarga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Direktor

Ekspert kengashi

Oʻquv-uslubiy, kasbga yoʻnaltirish va ilmiy ishlar boʻyicha direktorning birinchi oʻrinbosari

Moliya-iqtisod va xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari

Kadrlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassis

1

Moliya-iqtisod va marketingni shakllantirish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Innovatsion dastur va loyihalarni ishlab chiqish boʻlimi

3

Bosh yuriskonsult

1

Raqamli va assistiv texnologiyalarni joriy etish boʻlimi

2

Axborot xizmati boʻlimi

2

Kasbga oʻqitish va toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish hamda nazorat qilish boʻlimi

5

Bosh hisobchi

1

Startaplar, kasbiy tanlovlar, olimpiadalarni tashkil qilish va oʻtkazish boʻlimi

3

Inklyuziv psixologiya va korreksion metodikalarni rivojlantirish hamda stajirovkalarni muvofiqlashtirish boʻlimi

2

Xalqaro aloqalar va inklyuziv taʼlimning ilgʻor xalqaro standartlarini joriy etish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Markazning Xorazm va Samarqand viloyati filiallari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.

1. Markaz boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 25 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Professor-oʻqituvchilar soni guruhlar soni va oʻquv yuklamasidan kelib chiqib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar qonunchilik hujjatlarida boshqaruv xodimlar uchun nazarda tutilgan normativlar asosida belgilanadi.

4. Markazda eshitishida nuqsoni boʻlgan har 12 nafar oʻquvchi uchun 1,0 birlik (oʻquvchilarning soni 12 nafardan kam boʻlganda 0,5 birlik) surdotarjimon lavozimi kiritiladi. Surdotarjimonning oylik maoshi kasbiy taʼlim tashkilotining yetakchi oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) quyidagi mazmundagi 11-ilova bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-avgustdagi 518-son qaroriga
11-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazi hududiy filiallarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Direktor

Kasbga oʻqitish va toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish hamda nazorat qilish boʻlimi

2

Administrator

1

Startaplar, kasbiy tanlovlar, olimpiadalarni tashkil qilish

va oʻtkazish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Markazning har bir filiali boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 4 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Filiallarda professor-oʻqituvchilar soni guruhlar soni va oʻquv yuklamasidan kelib chiqib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar qonunchilik hujjatlarida boshqaruv xodimlar uchun nazarda tutilgan normativlar asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Filiallarda eshitishida nuqsoni boʻlgan har 12 nafar oʻquvchi uchun 1,0 birlik (oʻquvchilarning soni 12 nafardan kam boʻlganda 0,5 birlik) surdotarjimon lavozimi kiritiladi. Surdotarjimonning oylik maoshi kasbiy taʼlim tashkilotining yetakchi oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kasbga oʻqitish va toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish hamda nazorat qilish boʻlimi boshligʻi bir vaqtning oʻzida filial direktori hisoblanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“International inclusive hub” tayanch inklyuziv professional taʼlim markazi va uning Xorazm va Samarqand viloyati filiallarining namunaviy shtat birliklari va mehnatga haq toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MIQDORLARI

Tarkibiy boʻlinmalar va lavozimlar nomi

Mehnatga haq toʻlash miqdori

Izoh

I. Markaz

1.

Direktor

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkiloti direktorining 1-guruhda keltirilgan bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

2.

Oʻquv-uslubiy, kasbga yoʻnaltirish va ilmiy ishlar boʻyicha direktorning birinchi oʻrinbosari

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosarining 1-guruhda keltirilgan bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

3.

Moliya-iqtisod va xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosarining 1-guruhda keltirilgan bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

4.

Moliya-iqtisod va marketingni shakllantirish boʻyicha mutaxassis

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkilotining 1-guruhda keltirilgan bosh hisobchi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

5.

6.

Kadrlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassis

9

Yagona tarif setkasi razryadi asosida.

7.

Bosh yuriskonsult

14

Yagona tarif setkasi razryadi asosida.

8.

Xalqaro aloqalar va inklyuziv taʼlimning ilgʻor xalqaro standartlarini joriy etish boʻyicha bosh mutaxassis

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkilotining yetakchi oʻqituvchi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Raqamli va assistiv texnologiyalarni joriy etish boʻlimi

9.

Boʻlim boshligʻi

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkilotining bosh oʻqituvchi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

10.

Yetakchi mutaxassis

9

Yagona tarif setkasi razryadi asosida

Axborot xizmati boʻlimi

11.

Boʻlim boshligʻi

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosarining 1-guruhda keltirilgan bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

12.

Bosh mutaxassis

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkilotining yetakchi oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Innovatsion dastur va loyihalarni ishlab chiqish boʻlimi

13.

Boʻlim boshligʻi

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkilotining bosh oʻqituvchi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

14.

Bosh mutaxassis

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkilotining yetakchi oʻqituvchi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Kasbga oʻqitish va toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish hamda nazorat qilish boʻlimi

15.

16.

Bosh mutaxassis

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkilotining yetakchi oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Startaplar, kasbiy tanlovlar, olimpiadalarni tashkil qilish va oʻtkazish boʻlimi

17.

Boʻlim boshligʻi

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkilotining bosh oʻqituvchi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

18.

Bosh mutaxassis

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkilotining yetakchi oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Inklyuziv psixologiya va korreksion metodikalarni rivojlantirish hamda stajirovkalarni muvofiqlashtirish boʻlimi

19.

Boʻlim boshligʻi

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkilotining bosh oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

20.

Bosh mutaxassis

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkilotining yetakchi oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

II. Filiallar

Kasbga oʻqitish va toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish hamda nazorat qilish boʻlimi

1.

Filial direktori — boʻlim boshligʻi

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkilotining bosh oʻqituvchi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

2.

Bosh mutaxassis

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkilotining yetakchi oʻqituvchi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Startaplar, kasbiy tanlovlar, olimpiadalarni tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha bosh mutaxassis

Pedagoglar va uslubchilar

4.

Administrator

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkilotining uslubchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Agentlik tomonidan tarkibiy boʻlinmalar va lavozimlar nomi hamda mehnatga haq toʻlash miqdorlariga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda oʻzgartirish kiritilishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga sifatli taʼlim olish imkoniyatini yaratish, ularni jamiyatga integratsiya qilish va individual rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 24-dekabrdagi 818-son qarorining 3-bandi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilaridagi “oʻrta va yuqori” soʻzlari “korreksion” soʻzi bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2026-y., 09/26/619/1124-son)