1-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Ijro uchun masʼullar |
|
I. Nogironligi boʻlgan bolalarni taʼlim va ijtimoiy xizmatlarga qamrab olishni takomillashtirish |
|||||
|
1. |
Bolalarning alohida taʼlimga ehtiyojini aniqlash va ularni davlat taʼlim muassasalariga yoʻnaltirish tizimini takomillashtirish. |
1. Navoiy va Xorazm viloyatlaridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida Bolani kompleks baholash guruhi (keyingi oʻrinlarda — baholash guruhi) faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 2. Baholash guruhi faoliyatiga fuqarolik huquqiy shartnoma asosida bir nafardan psixolog va maxsus pedagog jalb etish. |
2026-yil 1-oktabrdan boshlab |
Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
|
3. Baholash guruhi faoliyatini boshqa hududlarda ham joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2027-yil oktabr |
||||
|
2. |
Alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — maxsus maktablar) va inklyuziv sinflarning maxsus pedagoglari faoliyatini aniq vaziyatni tahlil qilish orqali (keys-stadi) baholash tizimini amaliyotga joriy qilish. |
1. Ishchi guruh tuzish. |
2026-yil oktabr |
– |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
|
2. Maxsus pedagoglar faoliyatini aniq vaziyatni tahlil qilish orqali (keys-stadi) baholash tizimi loyihasini ishlab chiqish. |
2027-yil mart |
||||
|
3. Maxsus pedagoglar faoliyatini aniq vaziyatni tahlil qilish orqali (keys-stadi) baholash tizimini amaliyotga joriy etish. |
2027/2028 oʻquv yilidan boshlab |
||||
|
3. |
Oʻzbekistonda inklyuziv taʼlimni rivojlantirish boʻyicha milliy strategiyani ishlab chiqish. |
1. YUNISEF va YUNESKO bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda inklyuziv taʼlimni rivojlantirish boʻyicha milliy strategiyani ishlab chiqish. |
2027-yil fevral |
– |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Karlar jamiyati, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati |
|
2. Milliy strategiyani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2027-yil aprel |
||||
|
4. |
Inklyuziv taʼlim tashkilotlari sonini oshirish. |
1. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida nogironligi boʻlgan oʻquvchilarning inklyuziv sharoitda taʼlim olishini tashkil etish. 2. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida nogironligi boʻlgan oʻquvchilar uchun ehtiyojga qarab inklyuziv taʼlim guruhlarini shakllantirish. 3. Inklyuziv taʼlim shakllantirilgan guruhlarning taʼlim dasturlarini va boshqa hujjatlarni inklyuziv taʼlim tamoyillariga moslashtirish. |
2027/2028 oʻquv yilidan boshlab |
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmasi mablagʻlari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kasbiy taʼlim agentligi |
|
5. |
Maxsus maktablarning ixtisoslik yoʻnalishi boʻyicha yangi avlod darsliklarini, alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan oʻquvchilar uchun hayotiy va kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirishga qaratilgan soddalashtirilgan zamonaviy metodik qoʻllanmalar va didaktik mahsulotlarni yaratish. |
1. Xalqaro tajribani qoʻllagan holda maxsus maktablarning ixtisoslik yoʻnalishi boʻyicha yangi avlod darslik va oʻquv adabiyotlarini ishlab chiqish va chop etilishini tashkil etish, maxsus maktablarga yetkazib berish. 2. Oʻquvchilarning hayotiy va kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy metodik qoʻllanmalar (darsliklar, mashq daftarlari, oʻqituvchi metodika kitoblari) hamda didaktik mahsulotlarni yaratish. 3. Umumtaʼlim maktablari uchun yaratilgan darslik va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni Brayl alifbosida ishlab chiqish va xarid qilish. |
Har yili |
Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ajratilgan mablagʻlar |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi |
|
6. |
Maxsus maktab oʻquvchilarini oliy taʼlimga kirish imtihonlariga tayyorlash. |
1. Maxsus maktab oʻquvchilari oʻrtasida onlayn fan olimpiadalarini oʻtkazish sharti, muddati, tartibi va baholash mezonini nazarda tutuvchi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2027-yil fevral |
Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
|
2. Olimpiadani yuqori saviyada tashkil etish va gʻoliblarni munosib ragʻbatlantirish. |
Har yili |
||||
|
3. Maxsus maktablarning 10-11 sinf oʻquvchilarini diagnostik test sinovlaridan oʻtkazish. |
Oʻquv yili davomida ikki marta |
Bilim va malakalarni baholash agentligi |
|||
|
7. |
Ruhiy yoki aqliy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilarning bilimlari sifatini baholashni takomillashtirish. |
Ruhiy yoki aqliy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilarning bilimlari sifatini baholashni bola uchun ishlab chiqilgan individual taʼlim dasturida belgilangan maqsad va vazifalar asosida amalga oshirish tizimini joriy etish. |
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab |
– |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
|
8. |
Nogironligi boʻlgan abituriyentlar va pedagoglar uchun imtihon (sinov)da zarur sharoitlar yaratish. |
Nogironligi boʻlgan abituriyentlar uchun oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihoni va nogironligi boʻlgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish, umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy sertifikat olish boʻyicha imtihon (sinov)da belgilangan vaqt meʼyorining 50 foizigacha qoʻshimcha vaqt berish hamda Brayl alifbosi, audio va elektron formatdagi imtihon materiallaridan foydalanish imkoniyatini yaratish boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
2026-yil oktabr |
– |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
|
9. |
Toshkent shahridagi “International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) faoliyatini takomillashtirish. |
1. Markazda innovatsion dastur va loyihalar, yangi biznes loyihalarini ishlab chiqish, elektron taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish uchun zarur shtat birliklarini ajratish. 2. Markazning Samarqand va Xorazm viloyati filiallarini tashkil etish. |
2026-yil oktabr |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
|
II. Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish |
|||||
|
10. |
Nogironligi boʻlgan oʻquvchi-talabalar uchun oʻquv jarayonini tashkil etishda raqamli axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish. |
1. Davlat kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlarida darslik va oʻquv qoʻllanmalarni audio formatga (koʻzi ojizlar uchun), ekran oʻquvchiga moslashtirilgan (screen reader friendly), subtitr va ishora tilini qoʻllab-quvvatlovchi video formatga oʻtkazish. 2. Davlat oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlarini ekran oʻquvchi dasturlari (NVDA, JAWS), nutqni matnga aylantirish (speech-to-text), Brayl displey va printerlar, klaviatura va sichqonchaga alternativ qurilmalar bilan jihozlash. |
2027-yildan boshlab har yili |
Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kasbiy taʼlim agentligi |
|
11. |
“Maxsus pedagog” kasbiy standartini tasdiqlash. |
1. Xalqaro tajriba asosida “Maxsus pedagog” kasbiy standartining loyihasini ishlab chiqish. |
2026-yil sentabr |
Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti |
|
2. “Maxsus pedagog” kasbiy standartini tasdiqlashni belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2027-yil aprel |
||||
|
12. |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi taʼlim tashkilotlari ayrim xodimlarining mehnatiga haq toʻlashni takomillashtirish. |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi taʼlim tashkilotlarining boshqaruv, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarining mehnatiga haq toʻlash, tarif razryadlarini, ularning ish staji va malaka toifasiga bogʻliq ustamalar miqdorini tasdiqlash. |
2026-yil sentabr |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
13. |
Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har oylik ustamalar belgilash tizimini joriy qilish. |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan belgilangan mezonlar asosida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining pedagog xodimlariga “Taʼlim jarayonini boshqarish” elektron moduli orqali har bir oʻquvchining individual rivojlanish xaritasini yuritish bilan bogʻliq faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan lavozim maoshiga har oylik ustamalar belgilash tizimini joriy qilish. |
2026/2027 oʻquv yili davomida |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
14. |
Pedagoglarning ishora tili boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish. |
1. Taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanuvchi pedagoglar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish. 2. Pedagogika yoʻnalishi boʻyicha mutaxassis tayyorlashga moʻljallangan oliy taʼlim dasturlariga imo-ishora tili boʻyicha qoʻshimcha oʻquv modulini kiritish. |
2027/2028 oʻquv yilidan boshlab |
Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Karlar jamiyati |
|
3. Imo-ishora tilidan foydalanish imkoniyatini taʼminlash boʻyicha taʼlim tashkilotlariga qoʻyiladigan minimal talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2027-yil yanvar |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston Karlar jamiyati |
|||
|
III. Nogironligi boʻlgan shaxslarning oʻziga boʻlgan ishonchini oshirish, ularni jamiyatga integratsiya qilishni ragʻbatlantirish |
|||||
|
15. |
“Maxsus pedagogika assotsiatsiyasi” nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish. |
1. “Maxsus pedagogika assotsiatsiyasi” nodavlat notijorat tashkilotining maqsad va vazifalarini ishlab chiqish. |
2026-yil dekabr |
Xorijiy grant va homiylik mablagʻlari, Davlat budjeti, Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
|
2. Zarur hujjatlarni tayyorlash, “Maxsus pedagogika assotsiatsiyasi” nodavlat notijorat tashkilotini roʻyxatdan oʻtkazishga koʻmaklashish. |
2027-yil fevral |
Adliya vazirligi |
|||
|
16. |
Pedagoglarning kasbiy oʻsishi va tashabbusini ragʻbatlantirish. |
1. “Maxsus pedagogika yetakchisi” tanlovini oʻtkazish shartlari, muddatlari, tartibi va baholash mezonlarini nazarda tutuvchi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2027-yil aprel |
Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
|
2. Tanlovni yuqori saviyada tashkil etish va gʻoliblarni munosib ragʻbatlantirish. |
2027-yil oktabrdan boshlab, har yili |
||||
|
17. |
Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlarda taʼlim berishni takomillashtirish. |
1. Maxsus texnikumlarda boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlashni aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar hamda inklyuziv sinflarning 9-sinfini tamomlagan (yengil darajada aqliy zaif tashxisi qoʻyilgan) oʻquvchilar uchun 1 yillik oʻquv dasturi boʻyicha davlat granti asosida amalga oshirish. 2. Nogironligi boʻlgan shaxslar (aqli zaif shaxslar bundan mustasno) uchun boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturi boʻyicha kadrlar tayyorlashni inklyuziv taʼlim joriy etilgan kasbiy taʼlim tashkilotlarida 9-sinf negizida davlat granti asosida amalga oshirish. |
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kasbiy taʼlim agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
|
IV. Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun taʼlim tashkilotlarida toʻsiqsiz muhit yaratish |
|||||
|
18. |
Taʼlim tashkilotlarini toʻsiqsiz muhit talablariga moslashtirish. |
1. Inklyuziv taʼlim sinfi tashkil etiladigan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini toʻsiqsiz muhit talablari boʻyicha xatlovdan oʻtkazish. |
Har yili may oyida |
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmasi mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Inklyuziv taʼlim sinfi tashkil etiladigan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini toʻsiqsiz muhit talablariga moslashtirish. 3. Inklyuziv taʼlim sinfida taʼlim olayotgan nogironligi boʻlgan oʻquvchilarni zarur mebel, jihoz va asbob-uskunalar bilan taʼminlash. |
Har yili iyun — avgust oylarida |
||||
|
19. |
Davlat umumiy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan nogironligi boʻlgan bolalar uchun shart-sharoitlar yaratish. |
“Inklyuziv taʼlim muhiti” grantini ajratish tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda ushbu grant mablagʻlarini ota-onalar, pedagoglar va mahalliy aholi tomonidan maktabdagi aniq muammolarni hal etish boʻyicha ilgari surilgan tashabbuslarni, shu jumladan, pandus oʻrnatish, sensor xona tashkil etish, sanitariya xonasini moslashtirish, taʼlim jarayoni uchun koʻrgazmali va rivojlantiruvchi materiallarni xarid qilish tadbirlarini moliyalashtirishga yoʻnaltirish nazarda tutiladi. |
2026-yil dekabr |
Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2-ILOVA
T/r | Hududlar nomi | Koʻp funksional inklyuziv-resurs maktabi | Koʻp tarmoqli maktab yoki koʻp tarmoqli maktab-internati |
1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 1 | 4 |
2. | Andijon viloyati | 1 | 9 |
3. | Buxoro viloyati | 1 | 4 |
4. | Jizzax viloyati | 1 | 3 |
5. | Qashqadaryo viloyati | 1 | 4 |
6. | Navoiy viloyati | 1 | 3 |
7. | Namangan viloyati | 1 | 6 |
8. | Samarqand viloyati | 1 | 6 |
9. | Surxondaryo viloyati | 1 | 4 |
10. | Sirdaryo viloyati | 1 | 2 |
11. | Toshkent viloyati | 1 | 11 |
12. | Fargʻona viloyati | 1 | 11 |
13. | Xorazm viloyati | 1 | 3 |
14. | Toshkent shahri | 1 | 16 |
Jami | 14 | 86 | |