20.10.2026 yildagi 579-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.10.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatlarini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish sohasidagi faoliyatini raqamlashtirish orqali sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish boʻyicha raqamli xizmatlardan foydalanish uchun fuqarolarga qoʻshimcha qulay sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish sohasidagi faoliyatini raqamlashtirish orqali sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-son qarori bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatlarini rasmiylashtirish uchun ariza yuborish boʻyicha davlat xizmatlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) va davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatish imkoniyati yaratilishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaroligi boʻlmagan shaxsning biometrik harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda davlat xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan YIDXP va davlat xizmatlari markazlari orqali elektron murojaat qilish uchun zarur boʻlgan axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan maʼmuriy reglamentlar boʻyicha davlat xizmatlari YIDXP hamda davlat xizmatlari markazlari orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXPda davlat xizmatlarini koʻrsatishning har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 20-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
579-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-oktabrdagi 579-son qaroriga
1-ILOVA

Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼMURIY REGLAMENTI

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Reglament xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish uchun Davlat xizmatlari markazi (keyingi oʻrinlarda — DXM) hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Reglamentda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi, unga nisbatan turmush oʻrtogʻi, toʻgʻri shajara boʻyicha birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali va yon shajara boʻyicha qarindoshlar-vatandoshlarga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vatandoshlar — xorijga chiqqan va chet el fuqaroligini yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs maqomini olgan, Vataniga maʼnaviy va madaniy nuqtai nazardan mansublikni his qilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi bilan madaniy-gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa aloqalarni rivojlantirishga harakat qilayotgan Oʻzbekistondan chiqib ketgan shaxslar va ularning avlodlari yoki etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtai nazardan oʻzini oʻzbeklar yoki qoraqalpoqlar sifatida identifikatsiya qilgan hamda Oʻzbekiston bilan har tomonlama aloqada boʻlish xohishida boʻlgan xorijda istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;

vatandoshning oila aʼzolari — vatandoshning turmush oʻrtogʻi, uning ota-onasi va farzandlari (farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinganlar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat xizmati ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.

4. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.

2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi

5. Ariza beruvchi vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish uchun oʻz xohishiga koʻra DXMga oʻzi kelib yoki davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, DXM xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Soʻrovnomaga quyidagilar elektron shaklda ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif qilinayotgan vatandoshning 3,5 x 4,5 sm oʻlchamdagi fotosurati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vatandoshning xorijga chiqish milliy pasporti yoki harakatlanish hujjati nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vatandosh bilan qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh tuzilganligi va tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar) nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar vatandosh Oʻzbekiston Respublikasiga oila aʼzolari bilan birga keladigan boʻlsa, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ariza beruvchi DXM yoki YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomaga tegishli maʼlumotlar kiritilib, unga ilova qilinadigan hujjatlar rasmiylashtirilgandan soʻng ariza beruvchi uni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (elektron raqamli imzo, Mobile-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi DXMga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi DXM xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ariza beruvchi davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat bojini toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etganda, davlat boji summasining 90 foizi undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boji toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.

10. Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) DXMga kelib murojaat etganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
0,5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;

50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va personallashtirish boʻlinmalari faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) YIDXP orqali murojaat etganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmati koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va personallashtirish boʻlinmalari faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan davlat boji summasi qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Soʻrovnomani koʻrib chiqish tartibi

12. Soʻrovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab, unda koʻrsatilgan maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan ikki ish kuni ichida avtomatlashtirilgan elektron axborot tizimlari orqali oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ariza beruvchi tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda, soʻrovnomadagi maʼlumotlar notoʻgʻri koʻrsatilganda yoki toʻliq koʻrsatilmaganda, vakolatli organ ariza beruvchiga kamchiliklarni toʻliq koʻrsatgan holda, xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish uchun kamida besh ish kunidan iborat muddat (imkoniyat) beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnoma vakolatli organ tomonidan YIDXP orqali shu kunning oʻzida elektron shaklda ariza beruvchiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatidan foydalanish boʻyicha soʻrovnomani koʻrib chiqish muddati xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish vaqtida toʻxtatib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnoma ushbu Reglamentda nazarda tutilgan maʼlumotlar bilan toʻliq taqdim etilganda hamda ularning haqqoniyligi tasdiqlangan taqdirda soʻrovnoma elektron tizim orqali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga va Tashqi ishlar vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — maxsus vakolatli organlar) yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Maxsus vakolatli organlar tomonidan yetti ish kuni ichida vatandoshni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida elektron tizim orqali xulosa taqdim etiladi hamda tasdiq kodi yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Quyidagi hollarda soʻrovnomani qanoatlantirish rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi tomonidan mazkur Reglamentning 13-bandi birinchi xatboshisida belgilangan muddat ichida soʻrovnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlardagi xato hamda kamchiliklar bartaraf etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi tomonidan yolgʻon maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus vakolatli organlar tomonidan vatandoshni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi tomonidan mazkur Reglamentning 9-bandida belgilangan davlat boji toʻlanmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Taklifnomani rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni oʻrganish natijalari ijobiy deb topilganda, vakolatli organ tomonidan bir ish kunida ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq QR-kod bilan himoya qilingan elektron shakldagi taklifnoma rasmiylashtiriladi va DXMga (markaz orqali murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga tegishli xabarnoma yuboriladi. Ariza beruvchi taklifnomani elektron shaklda yuklab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. DXM taklifnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchiga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini elektron axborot tizimi orqali xabardor qiladi. DXM ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga taklifnomani ariza beruvchining soʻroviga koʻra elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Taklifnoma berilgan kundan boshlab uch oy davomida amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi ushbu muddat mobaynida taklifnomani Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalariga kirish vizalarini rasmiylashtirish uchun taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat xizmati koʻrsatish asossiz rad etilganda ariza beruvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Xorijda istiqomat qilayotgan qarindoshlar-vatandoshlarga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari

(keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi)

1. Vatandosh va uning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish uchun Davlat xizmatlari markaziga (keyingi oʻrinlarda — DXM) murojaat qiladi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.

2. Soʻrovnomani elektron toʻldiradi hamda unga talab etiladigan hujjatlarni ilova qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Ariza beruvchi

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat bojini toʻlaydi.

Murojaat qilinganda

3-bosqich

Migratsiya va personallashtirish boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ)

1. Soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar hamda unga ilova qilingan hujjatlarni oʻrganadi.

2. Soʻrovnomadagi maʼlumotlar notoʻgʻri koʻrsatilganda yoki toʻliq koʻrsatilmaganda, talab etiladigan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda, ariza beruvchiga kamchiliklarni koʻrsatgan holda, xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish uchun kamida besh ish kunidan iborat muddat (imkoniyat) beradi.

3. Soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar hamda unga ilova qilingan hujjatlar toʻliq taqdim etilganda hamda ularning haqqoniyligi tasdiqlangan taqdirda soʻrovnoma Davlat xavfsizlik xizmati va Tashqi ishlar vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — maxsus vakolatli organlar) yuboradi.

Ikki ish kunida

4-bosqich

Maxsus vakolatli organlar

Vatandoshni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida elektron tizim orqali xulosa taqdim etadi hamda tasdiq kodini yuboradi.

Yetti ish kunida

5-bosqich

Vakolatli organ

Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni oʻrganish natijalari ijobiy deb topilganda, QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan taklifnomani rasmiylashtiradi hamda DXMga (markaz orqali murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Bir ish kunida

DXM

DXM taklifnoma kelib tushgandan soʻng uni ariza beruvchiga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini elektron axborot tizimi orqali xabardor qiladi.

10 daqiqa mobaynida

Ariza beruvchi

Taklifnomani elektron shaklda yuklab oladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

NAMUNA

Xorijda istiqomat qilayotgan vatandosh va uning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish boʻyicha

SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:

1. JSHSHIR

2. F.I.O.

3. Tugʻilgan sanasi

4. Jinsi

5. Tugʻilgan joyi

6. Yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan manzili

7. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat turi

8. Seriyasi va raqami

9. Berilgan sanasi

10. Kim tomonidan berilgan

11. Telefon raqami

II. Oʻzbekiston Respublikasiga taklif etilayotgan vatandosh haqidagi maʼlumotlar:

1. F.I.O.

2. Tugʻilgan sanasi

3. Fuqaroligi

4. Jinsi

5. Tugʻilgan joyi toʻgʻrisida maʼlumot

6. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat turi

7. Seriyasi va raqami

8. Amal qilish muddati

9. Fotosurati

Yuklanganda jpeg formatida, 297x382 piksel 300 kb oshmagan hajmda

10. Vatandoshning milliy pasporti yoki harakatlanish hujjati nusxasi

Yuklanganda jpeg formatida, 600 kb oshmagan hajmda

11. Qarindoshlik darajasi

12. Qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh tuzilganligi va tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar)

13. Mehnat faoliyati hamda lavozimi haqidagi maʼlumotlar

14. Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelganidan soʻng yashash joyi (manzili)

III. Oʻzbekiston Respublikasiga taklif etilayotgan vatandosh bilan birga kelayotgan voyaga yetmagan shaxs(lar) haqidagi maʼlumotlar:

1. F.I.O.

2. Tugʻilgan sanasi

3. Jinsi

Taklif qilinayotgan vatandosh va uning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalariga rioya etishini (turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtish, boʻlish muddatini uzaytirish, respublika hududida harakatlanish hamda belgilab berilgan boʻlish muddati tugagach, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishini) taʼminlash, shuningdek, qabul qilish qoidalari buzilganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida xabardorman.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish toʻgʻrisida taklifnoma

NAMUNASI

TAKLIFNOMA
 
QR-kod

(matrik shtrixli kod)
 
ID raqami: VTD 00000

1. Taklif qilayotgan shaxs haqidagi maʼlumotlar: familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi

1.1. Manzili

2. Vatandosh haqidagi maʼlumotlar: familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi

2.1. Fuqaroligi

2.2. Qaysi davlatdan taklif etilmoqda

2.3. Voyaga yetmagan farzandlari

3. Taklifnoma berilgan sana

4. Taklifnomaning amal qilish muddati

5. Tasdiq kodi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Kirish vizasini rasmiylashtirish uchun vatandosh mazkur taklifnoma hamda “visa.mfa.uz” sayti orqali toʻldirilgan soʻrovnoma bilan Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalariga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-oktabrdagi 579-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaroligi boʻlmagan shaxsning biometrik harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼMURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Reglament Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga fuqaroligi boʻlmagan shaxsning biometrik harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish uchun Davlat xizmatlari markazi (keyingi oʻrinlarda — DXM) hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroligi boʻlmagan shaxsning biometrik harakatlanish hujjati (keyingi oʻrinlarda — harakatlanish hujjati) — Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxsning xorijda shaxsini tasdiqlovchi, harakatlanish hujjati egasining shaxsiy biografik maʼlumotlari va biometrik parametrlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilmaga (chipga) ega boʻlgan hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat xizmati ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun oʻz xohishiga koʻra DXMga oʻzi kelib yoki davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, DXM xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Soʻrovnoma YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda soʻrovnoma ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida tushganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni soʻrovnomaning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng undagi maʼlumotlar toʻgʻriligi ariza beruvchi tomonidan tekshiriladi va ariza beruvchini identifikatsiya va verifikatsiya qilish vositalari orqali tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, shaxsini “One-ID” tizimi orqali identifikatsiya qilish orqali soʻrovnomani tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Soʻrovnomani koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Soʻrovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab uch ish kuni ichida ariza beruvchining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan joyidagi vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishda uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi tasdiqlanmagan taqdirda davlat xizmatini koʻrsatish rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi tasdiqlangan taqdirda, vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga oʻzining biografik maʼlumotlarini, raqamli fotosurat va barmoqlarining elektron izlarini (16 yoshdan katta shaxslar uchun) maʼlumotlarni vakolatli organga kelib topshirishi toʻgʻrisida DXMga yoki YIDXPdagi ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga tegishli xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ariza beruvchi DXM yoki YIDXP orqali xabarnoma olgan kundan boshlab, bir oy muddat ichida zarur boʻlgan hujjatlar bilan vakolatli organga murojaat etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-son Farmoniga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ariza beruvchi davlat xizmatini koʻrsatish asossiz rad etilganda, shuningdek, vakolatli organ xodimlarining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaroligi boʻlmagan shaxsning biometrik harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

Fuqaroligi boʻlmagan shaxsning biometrik harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxs

(keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi)

1. Harakatlanish hujjatini olish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtgan holda elektron soʻrovnomani toʻldiradi va avtomatik tarzda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan joyidagi vakolatli organga yuboradi.

2. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda DXM xodimi ariza beruvchi nomidan elektron soʻrovnomani toʻldiradi va avtomatik tarzda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan joyidagi vakolatli organga yuboradi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Migratsiya va personallashtirish boʻlinmalari

1. Kelib tushgan soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi.

2. Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi tasdiqlangan taqdirda vakolatli organga zarur boʻlgan hujjatlar bilan kelib murojaat etishi lozimligi toʻgʻrisida DXMga yoki YIDXPdagi ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuboriladi.

3. Soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqiqatga toʻgʻri kelmagan taqdirda davlat xizmatini koʻrsatishni rad etadi.

Uch ish kunida

3-bosqich

Ariza beruvchi

Tegishli xabarnomani olganidan soʻng zarur boʻlgan hujjatlar bilan vakolatli organga shaxsan kelib murojaat etadi.

Xabarnoma olganidan soʻng bir oy muddatda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaroligi boʻlmagan shaxsning biometrik harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

Fuqaroligi boʻlmagan shaxsning xorijga chiqish biometrik harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish uchun

SOʻROVNOMA

JSHSHIR

1. Familiyasi

Ismi

2. Jinsi

E

A

Otasining ismi

3. Oldin boshqa familiya, ism, otasining ismida boʻlganmisiz, agar oʻzgargan boʻlsa quyidagilarni toʻldiring

ha

yoʻq

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

4. Tugʻilgan yili, oyi, kuni, joyi

yil

kun

oy

joy

5. Maʼlumot uchun

Telefon: (___)-_________________

El. pochta manzili:____________________ (mavjud boʻlsa)

6. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (yashash guvohnomasi)

Seriyasi

Raqami

Berilgan sanasi

7. Soʻrovnomada yolgʻon maʼlumotlarning mavjudligi harakatlanish hujjatini berishda rad etilishiga sabab boʻlishidan xabardorman

Soʻrovnoma taqdim etilgan sana

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-oktabrdagi 579-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibining 11-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chet eldan chet el fuqarolarini taklif qilmoqchi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻz xohishiga koʻra yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzilidan qatʼi nazar, eksterritoriallik tamoyili asosida istalgan ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish boʻlinmalariga yoki Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladilar”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 326-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom matni va unga ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1. Ushbu Nizom xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik vizalarni berish hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vatandoshlar — xorijga chiqqan va chet el fuqaroligini yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs maqomini olgan, Vataniga maʼnaviy va madaniy nuqtai nazardan mansublikni his qilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi bilan madaniy-gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa aloqalarni rivojlantirishga harakat qilayotgan Oʻzbekistondan chiqib ketgan shaxslar va ularning avlodlari yoki etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtai nazardan oʻzini oʻzbeklar yoki qoraqalpoqlar sifatida identifikatsiya qilgan hamda Oʻzbekiston bilan har tomonlama aloqada boʻlish xohishida boʻlgan xorijda istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vatandoshning oila aʼzolari — vatandoshning turmush oʻrtogʻi, uning ota-onasi va farzandlari (farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinganlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif qiluvchi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi, unga nisbatan turmush oʻrtogʻi, toʻgʻri shajara boʻyicha birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali va yon shajara boʻyicha qarindoshlar-vatandoshlarga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VTD turdagi kirish vizasi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan qarindoshlari tomonidan berilgan taklifnoma asosida keladigan, amal qilishi mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga cheklanmagan marta tashrif buyuradigan vatandoshlar va ularning oila aʼzolari uchun 2 yil muddatga beriladigan viza toifasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Vatandoshlarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vatandoshlarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish uchun taklif qiluvchi oʻz xohishiga koʻra yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzilidan qatʼi nazar, eksterritoriallik tamoyili asosida istalgan ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish boʻlinmalariga (keyingi oʻrinlarda — MvaP boʻlinmasi) yoki Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib yoxud davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taklif qiluvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, MvaP boʻlinmasi xodimi taklif qiluvchi nomidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi elektron soʻrovnomani toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Soʻrovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif qilinayotgan vatandoshning 1 dona 3,5 x 4,5 sm oʻlchamdagi rasmi, xorijga chiqish milliy pasporti yoki harakatlanish hujjati nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif qiluvchining vatandosh bilan qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh tuzilganligi va tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar) nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar vatandosh Oʻzbekiston Respublikasiga oila aʼzolari bilan birgalikda kelish niyatida boʻlsa, ularning har birining shaxsini va qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlarining nusxalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Taklif qiluvchi davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat bojini toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
0,5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va personallashtirish boʻlinmalari faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Taklif qiluvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Taklif qiluvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan davlat boji summasi qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. MvaP boʻlinmasi tomonidan soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi elektron axborot tizimi yordamida ikki ish kuni ichida tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. MvaP boʻlinmasi tomonidan kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi tekshirilgandan soʻng soʻrovnoma elektron axborot tizim orqali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hududiy boshqarmasiga hamda Tashqi ishlar vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organlar yetti ish kuni ichida vatandoshni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida elektron tizim orqali xulosa taqdim etadi hamda tasdiq kodini yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni oʻrganish natijalari ijobiy deb topilganda, MvaP boʻlinmasi tomonidan bir ish kuni davomida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan himoyalangan taklifnoma rasmiylashtiriladi hamda taklif qiluvchiga (yoki notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida uning qonuniy vakiliga) taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Taklifnoma berilgan kundan boshlab uch oy davomida amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Vatandoshlarga Oʻzbekiston Respublikasiga koʻp martalik kirish vizalarini rasmiylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vatandoshlarning Oʻzbekiston Respublikasiga koʻp martalik kirish vizalari Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari tomonidan, bunday konsullik muassasalari mavjud boʻlmagan taqdirda esa -xalqaro maqomga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlaridagi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining boʻlinmalari tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vatandoshlarga koʻp martalik kirish vizalarini rasmiylashtirish uchun taklif qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalariga murojaat qilib quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq belgilangan shaklda vizani rasmiylashtirish uchun ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e-visa.mfa.uz sayti orqali olingan elektron anketa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MvaP boʻlinmasi tomonidan berilgan taklifnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif qilinayotgan vatandoshning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, harakatlanish hujjati va boshqalar) nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kirish vizalari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida olinishi moʻljallangan holatlarda — aviachipta yoki bron nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boji toʻlanganligi haqidagi kvitansiya.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Taqdim etilgan hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalari tomonidan koʻrib chiqish muddati besh ish kunidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Murojaat ijobiy hal etilganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalari tomonidan amal qilish muddati ikki yil boʻlgan koʻp martalik “VTD” turdagi kirish vizasi rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda vizaning amal qilish muddati taklif qilinayotgan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning amal qilish muddatidan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Vatandoshlarni ichki ishlar organlarida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlib turgan vatandoshlar oʻz xohishlariga koʻra joylashtirish vositalarida, davolash muassasalarida yoki taklif qiluvchiga tegishli boʻlgan uy-joy maydonida MvaP boʻlinmasi tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan holda yashashlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Taklif qiluvchi vatandoshni oʻziga tegishli boʻlgan uy-joy maydonida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish uchun vatandosh Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelganidan soʻng uch ish kuni davomida hududiy MvaP boʻlinmasiga murojaat qilib, quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vatandoshning shaxsini tasdiqlovchi hujjati, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizasi (Oʻzbekiston Respublikasi bilan vizasiz rejimi oʻrnatilgan MDHga aʼzo davlatlar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vizasiz rejimi oʻrnatilgan MDHga aʼzo davlatlardan kelgan vatandoshlarning taklif qiluvchi bilan qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh tuzilganligi, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar nusxasi olinib asli qaytarib beriladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) pasportini (yashash guvohnomasini) yoki ID-kartasini, shaxsan borish imkoni mavjud boʻlmaganda esa notarial tartibda tasdiqlangan ariza (roziligini) taqdim etayotgan shaxsning pasportini (yashash guvohnomasini) yoki ID-kartasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn olti yoshga toʻlmagan bola arizada koʻrsatilgan taqdirda, uning harakatlanish hujjatini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boji toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Hujjatlarni qabul qilgan MvaP boʻlinmasi masʼul xodimi hujjatlarning haqiqiyligini tekshiradi hamda ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq vatandoshni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnomani (arizani) shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda elektron soʻrovnomada (arizada) turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydonini berish toʻgʻrisidagi roziligi foydalanuvchini identifikatsiya va verifikatsiya qilish vositalari orqali tasdiqlanadi, zarur boʻlgan taqdirda esa mulkdor (mulkdorlar) tomonidan elektron soʻrovnomaning (arizaning) qogʻozdagi koʻchirma nusxasi imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MvaP boʻlinmasi masʼul xodimi hujjatlarni rasmiylashtirganidan keyin bir ish kuni mobaynida vatandoshni “E-mehmon” tizimida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazadi hamda taklif qiluvchiga turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq QR-kod bilan himoyalangan qayd varagʻini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish muddati vatandoshning shaxsini tasdiqlovchi hujjati va viza muddatidan ortiq boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha yashovchi vatandoshlarning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Vatandoshlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga rioya etishlari hamda oʻzi turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzilda yashashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan vatandoshlar vaqtincha yashash manzillarini respublikaning boshqa hududiga oʻzgartirsa, avvalgi manzillaridan chiqib ketganlaridan soʻng uch ish kunidan, bir hudud (viloyat, shahar, tuman) ichida oʻzgartirsa keyingi ish kunidan kechikmay, hududiy MvaP boʻlinmasiga, joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalariga turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish uchun bevosita yoxud taklif qiluvchi qarindoshlari orqali murojaat etishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan vatandoshlar Oʻzbekiston Respublikasining boshqa manzilida uch kundan ortiq boʻlish istagini bildirsalar, amaldagi turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilinmasdan, boʻlish muddatiga turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buning uchun yangi manzildagi hududiy MvaP boʻlinmasiga mazkur Nizomning tegishliligi boʻyicha 17-bandida belgilangan hujjatlar taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun davlat boji takroran undirilmaydi hamda yangi manzildagi turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish muddati avvalgi turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish muddatidan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Vatandoshlar Oʻzbekiston Respublikasida bundan buyon qolishga qonuniy asoslari boʻlmasa, viza va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi muddatlari tugaguncha mamlakat hududidan chiqib ketishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Vatandoshlar qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanishlari, taʼlim olishlari, yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishi va yashash guvohnomasini olishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Vatandoshlar Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomani (keyingi oʻrinlarda — tasdiqnoma) olish masalasida oʻz xohishiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga yoki Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamentiga murojaat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Vatandoshlarning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsatnoma olish va yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi masalalari Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 20-sentabrdagi 593-son qarori bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Vatandoshlarning “VTD” turdagi vizalari mehnat faoliyati bilan shugʻullanish uchun berilgan tasdiqnoma yoki taʼlim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma muddatiga uzaytirilganda viza turi oʻzgarmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Agar vatandosh shaxsini tasdiqlovchi hujjatni turli sabablarga koʻra almashtirsa, amal qilish muddati tugamagan eski hujjatdagi viza hamda turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganlik qayd varagʻi MvaP boʻlinmasi tomonidan belgilangan tartibda yangisiga oʻtkazib berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Vatandoshlarning kirish vizasi va turgan joyi boʻyicha roʻyxati quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sodir etgan maʼmuriy huquqbuzarligi yoki jinoyati uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborilayotganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklifnoma, vizani rasmiylashtirish hamda turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi vaqtida yolgʻon maʼlumot yoki qalbaki hujjat taqdim etilganligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yashash guvohnomasi rasmiylashtirilganda va Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat hududiy ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzgan hamda boshqa qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan vatandoshlar haqida joylashtirish vositalari va davolash muassasalari maʼmuriyatlari, turar joy mulkdorlari zudlik bilan hududiy ichki ishlar organlarini xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Taklif qiluvchi

Vatandoshni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish uchun ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish boʻlinmasiga (keyingi oʻrinlarda — MvaP boʻlinmasi) murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Taklif qiluvchi

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan davlat bojini toʻlaydi.

Murojaat qilinganda

3-bosqich

MvaP boʻlinmasi

Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi tekshirilganidan soʻng soʻrovnomani elektron axborot tizimi orqali Davlat xavfsizlik xizmati hududiy boshqarmasiga hamda Tashqi ishlar vazirligiga (vakolatli organ) yuboradi.

Ikki ish kunida

4-bosqich

Davlat xavfsizlik xizmati va Tashqi ishlar vazirligi (vakolatli organ)

Vatandoshni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilinishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etadi hamda tasdiq kodini yuboradi. (elektron axborot tizimi orqali)

Yetti ish kunida

5-bosqich

MvaP boʻlinmasi

QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan taklifnomani rasmiylashtiriladi hamda taklif qiluvchiga taqdim qiladi.

Bir ish kunida

6-bosqich

Taklif qiluvchi

Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalariga kirish vizasini rasmiylashtirish uchun murojaat qiladi va tegishli hujjatlarni taqdim etadi.

Taklifnomada koʻrsatilgan muddatlarda

7-bosqich

Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalari

Oʻzbekiston Respublikasiga  vatandoshni taklif qiluvchidan belgilangan namunadagi viza uchun arizasini va boshqa hujjatlarni qabul qiladi.

Murojaat qilinganda

8-bosqich

Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti

Viza uchun arizasi oʻrganib chiqilganidan soʻng, agar vatandoshning Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelishiga toʻsqinlik qiluvchi maʼlumotlar  aniqlanmasa, “VTD” kirish viza turini rasmiylashtirish va berish uchun chet eldagi konsullik muassasasiga tasdiq kodini yuboradi.

Besh ish kuni davomida

9-bosqich

Taklif qiluvchi

Vatandosh Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelganidan soʻng hududiy MvaP boʻlinmasiga murojaat qiladi va tegishli hujjatlarni taqdim etadi.

Uch ish kuni davomida

10-bosqich

MvaP boʻlinmasi

Hujjatlarni qabul qilib, ularning haqiqiyligini tekshiradi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnomani (arizani) shakllantirib, “E-mehmon” tizimiga yuklaydi.

Hujjatlar rasmiylashtirganidan keyin “E-mehmon” tizimida vatandosh turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgilangan shakldagi QR-kod bilan himoyalangan qayd varagʻini taklif qiluvchiga beradi.

Bir ish kunida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

Xorijda istiqomat qilayotgan vatandosh va uning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish boʻyicha

SOʻROVNOMA

I. Taklif qiluvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:

1. JSHSHIR

2. F.I.O.

3. Tugʻilgan sanasi

4. Jinsi

5. Tugʻilgan joyi

6. Yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan manzili

7. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat turi

8. Seriyasi va raqami

9. Berilgan sanasi

10. Kim tomonidan berilgan

11. Telefon raqami

II. Oʻzbekiston Respublikasiga taklif etilayotgan vatandosh haqidagi maʼlumotlar:

1. F.I.O.

2. Tugʻilgan sanasi

3. Fuqaroligi

4. Jinsi

5. Tugʻilgan joyi toʻgʻrisida maʼlumot

6. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat turi

7. Seriyasi va raqami

8. Amal qilish muddati

9. Fotosurati

Yuklanganda jpeg formatida, 297x382 piksel 300 kb oshmagan hajmda

10. Vatandoshning milliy pasporti yoki harakatlanish hujjati nusxasi

Yuklanganda jpeg formatida, 600 kb oshmagan hajmda

11. Qarindoshlik darajasi

12. Qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh tuzilganligi va tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar)

Yuklanganda jpeg formatida, 600 kb oshmagan hajmda

13. Mehnat faoliyati hamda lavozimi haqidagi maʼlumotlar

14. Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelganidan soʻng yashash joyi (manzili)

III. Oʻzbekiston Respublikasiga taklif etilayotgan vatandosh bilan birga kelayotgan voyaga yetmagan shaxs(lar) haqidagi maʼlumotlar:

1. F.I.O.

2. Tugʻilgan sanasi

3. Jinsi

Taklif qilinayotgan vatandoshning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalariga rioya etishini (turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtish, boʻlish muddatini uzaytirish, respublika hududida harakatlanish hamda belgilab berilgan boʻlish muddati tugagach, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishini) taʼminlash, shuningdek, qabul qilish qoidalari buzilganligi uchun javobgarlik toʻgʻrisida xabardorman.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish toʻgʻrisida taklifnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

TAKLIFNOMA
 
QR-kod

(matrik shtrixli kod)
 
ID raqami: VTD 00000

1. Taklif qilayotgan shaxs haqidagi maʼlumotlar: familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi

1.1 Manzili

2. Vatandosh haqidagi maʼlumotlar: familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi

2.1. Fuqaroligi

2.2. Qaysi davlatdan taklif etilmoqda

2.3. Voyaga yetmagan farzandlari

3. Taklifnoma berilgan sana

4. Taklifnomaning amal qilish muddati

5. Tasdiq kodi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Kirish vizasini rasmiylashtirish uchun vatandosh mazkur taklifnoma hamda “visa.mfa.uz” sayti orqali toʻldirilgan soʻrovnoma bilan Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalariga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

________________________________________________________________________________________

(ariza Konsullik-huquqiy departament yoki uning hududiy boʻlinmalari rahbari nomiga yoziladi)

(taklif qiluvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, doimiy yashash manzili va telefon raqami)

VIZANI RASMIYLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA

ARIZA

Quyidagi vatandoshga viza rasmiylashtirishda yordam berishingizni soʻrayman:

1.

Vatandoshning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning avvalgi familiyasi, ismi, otasining ismi (pasporti asosida va lotin bosma harflari bilan)

2.

Fuqaroligi (avvalgi fuqaroligi)

3.

Tugʻilgan vaqti (yil, kun, oy) va joyi (shahar va mamlakat)

4.

Jinsi

5.

Pasport turi, raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati

6.

Ish (oʻqish) joyi (tashkilotning toʻliq nomi va lavozimi)

7.

Oʻzbekistonga safar maqsadi hamda ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish boʻlinmalari tomonidan berilgan taklifnoma raqami

8.

Qarindoshlik darajasi

9.

Oʻzbekiston Respublikasida turgan vaqtda yashaydigan manzili

10.

Oʻzbekistonda yashash muddati

11.

Viza olish joyi (davlat/shahar)

Oʻzbekiston Respublikasining________dagi elchixonasi/ konsulxonasi

12.

Vatandoshni turar joy bilan taʼminlash va oʻz vaqtida ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazish majburiyati

Izoh. Taklif qiluvchi shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga yoki hududiy boʻlinmalariga va taklif qilinayotgan shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatdagi konsullik muassasasiga yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning taqdim etilishi vatandoshga viza rasmiylashtirishni toʻxtatishga yoki uni bekor qilishga olib keladi.

Sana

Imzo

F.I.O.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

Vatandosh va uning oila aʼzolarini turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida

SOʻROVNOMA (ARIZA)

I. Turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinayotgan vatandosh haqida maʼlumotlar:

1. F.I.O.

2. Tugʻilgan sanasi va joyi

3. Jinsi

4. Fuqaroligi

5. Harakatlanish hujjati (seriyasi va raqami)

6. Harakatlanish hujjati berilgan sana va amal qilish muddati

7. Ish / oʻqish joyi, lavozimi / oʻquv kursi

8. Oʻzbekistonga kirib kelgan sanasi

9. Qaysi davlatdan kelgan

10. Kelishdan maqsadi

11. Viza turi va raqami,

12. Viza berilgan sana va amal qilish muddati

13. Viza kim tomonidan berilgan

14. Turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilayotgan manzil

15. Kadastr raqami

16. Turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladigan muddat

II. Vatandoshni taklif qiluvchi shaxs haqida maʼlumotlar:

1. F.I.O.

2. JSHSHIR

3. Tugʻilgan sanasi

4. Telefon raqami

5. Yashash manzili

III. Turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinayotgan vatandoshning voyaga yetmagan farzandlari haqida maʼlumotlar:

Qarindoshlik darajasi

F.I.O.

Tugʻilgan yili va joyi

Oʻgʻli

Qizi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida qayd varagʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Manzil:

Respublika:

Viloyat:

Shahar:

Tuman:

Koʻcha:

Uy:

Xonadon:

Kadastr raqami:

1. Familiya:

2. Ismi:

3. Otasini ismi:

4. Tugʻilgan sanasi:

5. Fuqaroligi:

6. Pasport yoki harakatlanish hujjat seriyasi/raqami/berilgan sanasi/amal qilish muddati

7. Viza turi/raqami/berilgan sanasi/amal qilish muddati

8. Turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan muddati

9. Kelishdan maqsadi

10. Bergan organ

11. Chop etilgan sana

Qayd varagʻi unda koʻrsatilgan muddatgacha milliy pasport yoki harakatlanish hujjati bilan haqiqiydir

Qayd varagʻi oʻlchami 11 x 8,5 sm

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-noyabrdagi 589-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot” boʻlimining 6-pozitsiyasidagi “Doimiy yoki vaqtincha yashash joyi” soʻzlari “Yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan manzili” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“II. Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilinayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar haqidagi maʼlumotlar” boʻlimi quyidagi mazmundagi 13-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“

13. Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelganidan soʻng yashash joyi (manzili)

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi “izoh” qismi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Izoh. Taklif qilinayotgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalariga rioya etishini (turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtish, boʻlish muddatini uzaytirish, respublika hududida harakatlanish hamda belgilab berilgan boʻlish muddati tugagach, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishini) taʼminlash, shuningdek, qabul qilish qoidalari buzilganligi uchun javobgarlik toʻgʻrisida xabardorman”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2026-y., 09/26/579/1058-son)