19.10.2026 yildagi 575-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyuk tabib va qomusiy olim Abu Ali ibn Sino ilmiy merosini chuqur oʻrganish va uni keng targʻib qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida” 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmoniga muvofiq buyuk tabib va qomusiy olim Abu Ali ibn Sino ilmiy merosini chuqur oʻrganish va uni keng targʻib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Ibn Sino jamoat fondi hamda Buxoro viloyati hokimligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosini chuqur oʻrganish, uni zamonaviy tibbiyot taʼlimi va ilmiy tadqiqotlar bilan uzviy bogʻliq holda targʻib qilish hamda 2030-yilda nishonlanadigan alloma tavalludining 1050-yilligi tadbirlariga munosib tayyorgarlik koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
allomaning xorijda saqlanayotgan qoʻlyozmalarini jamlash, oʻzbek tiliga tarjima qilish, ularning elektron platformasini yaratish va xalqaro miqyosda targʻib qilish ishlarini tizimli yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosiga bagʻishlangan xalqaro simpoziumlar, konferensiyalar va kongresslarni doimiy ravishda oʻtkazib borish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Buyuk tabib va qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosini chuqur oʻrganish va uni keng targʻib qilish boʻyicha 2030-yilgacha moʻljallangan “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2026-yil oktabr oyida Toshkent shahrida “Ibn Sino — Gʻarb va Sharq falsafiy tafakkurining buyuk namoyandasi” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oliy tibbiyot taʼlim tashkilotlari, ilmiy markazlar, kutubxonalar hamda davolash-profilaktika muassasalarida Abu Ali ibn Sino merosiga bagʻishlangan ilmiy-amaliy anjumanlar, koʻrgazmalar, ochiq maʼruzalar va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) allomaning tibbiyot va boshqa fanlarga oid ilmiy merosini tadqiq etish va nashrga tayyorlash, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlarga Abu Ali ibn Sino ilmiy merosini oʻrganish boʻyicha ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish, allomaning xorijda saqlanayotgan qoʻlyozmalarini jamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyotga oid “Moʻjaz al-Qonun”, “Qonuncha” hamda falsafaga oid “Al-Ishorat va at-tanbihot”, “Donishnoma”, “Kitob ash-Shifo”, “Sharq falsafasi” asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilish, ularning bosma va elektron nashrlarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
allomaning falsafiy taʼlimoti, uning jahon ilm-fani taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi haqida mediamahsulotlar yaratish va xalqaro miqyosda targʻib qilish ishlarini tizimli yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tibbiyot va farmatsevtika sohasini ilm-fan natijalari bilan rivojlantirish, xalq tabobati anʼanalarini tiklash, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda Abu Ali ibn Sinoning boy ilmiy merosini chuqur oʻrganishga munosib hissa qoʻshgan olim va tadqiqotchilarni ragʻbatlantirish maqsadida “Ibn Sino” xalqaro mukofotini taʼsis etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi hamda Fanlar akademiyasining Buxoro davlat tibbiyot instituti huzurida davlat muassasasi shaklida Abu Ali ibn Sino ilmiy-tadqiqot markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abu Ali ibn Sino tibbiyoti bilan bogʻliq tadqiqotlar oʻtkazish, natijalarini zamonaviy tabobatda qoʻllash, ushbu sohadagi olimlarning ilmiy faoliyatini ragʻbatlantirish va muvofiqlashtirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abu Ali ibn Sinoning tibbiyotga oid va ilmiy-maʼnaviy merosi bilan bogʻliq ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish hamda ilmiy nashrlarni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abu Ali ibn Sinoning xorijda saqlanayotgan qoʻlyozmalarini jamlash, oʻzbek tiliga tarjima qilish, ularning elektron platformasini yaratish va xalqaro miqyosda targʻib qilish ishlarini tizimli yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosiga bagʻishlangan oʻquv materiallarini tayyorlash, xalqaro simpoziumlar va konferensiyalarni tashkil etish hamda xalqaro simpoziumlar va konferensiyalarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot xodimlari va tibbiyot tarixiga qiziquvchilar uchun oʻquv kurslari hamda mahorat darslarini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro davlat tibbiyot institutining budjetdan tashqari mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatiladigan pulli xizmatlardan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sogʻliqni saqlash vazirligi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Taʼlim va ilm-fan vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz ustavining tasdiqlanishi va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini, Markaz tuzilmasi va shtat birliklari tasdiqlanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazni Buxoro davlat tibbiyot institutining binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirsin hamda uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri E.E. Adilov hamda Fanlar akademiyasi prezidenti Sh.A. Ayupov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 19-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
575-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-oktabrdagi 575-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyuk tabib va qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosini chuqur oʻrganish va uni keng targʻib qilish boʻyicha 2030-yilgacha moʻljallangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Tashkiliy chora-tadbirlar

1.

Toshkent shahrida “Ibn Sino — Gʻarb va Sharq falsafiy tafakkurining buyuk namoyandasi” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazish.

1. Xalqaro ilmiy konferensiyani oʻtkazish yuzasidan ishchi guruh tuzish.

2. Xalqaro ilmiy konferensiya dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Xalqaro ilmiy konferensiyani yuqori saviyada tashkil etish.

4. Konferensiyani ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2026-yil oktabr

Ijrochilarning oʻz mablagʻlari

Fanlar akademiyasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ibn Sino jamoat fondi,

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi,

Toshkent shahri hokimligi,

Buxoro viloyati hokimligi

2.

Tibbiyot oliy taʼlim tashkilotlari va tibbiyot muassasalarida tizimli ravishda Abu Ali ibn Sino merosiga bagʻishlangan maʼruza va koʻrgazmalar oʻtkazish.

1. Abu Ali ibn Sino merosiga bagʻishlangan maʼruza va koʻrgazmalar oʻtkazish rejasini tuzish.

2. Taqdimot materiallarini tayyorlash.

3. Tadbirlarni tizimli ravishda oʻtkazib borish.

2026-yil oktabr oyidan boshlab doimiy

Ijrochilarning oʻz mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ibn Sino jamoat fondi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

3.

Buyuk tabib va qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning 2030-yilda 1050-yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish.

1. Abu Ali ibn Sinoning yubiley sanasini munosib nishonlashga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2029-yil avgust

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ibn Sino jamoat fondi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Buxoro viloyati hokimligi

2. Allomaning 1050-yilligini keng nishonlash boʻyicha hujjat loyihasini belgilangan tartibda ishlab chiqish.

2029-yil oktabr

4.

“Ibn Sino” xalqaro mukofotini taʼsis etish choralarini koʻrish.

Abu Ali ibn Sinoning boy ilmiy merosini chuqur oʻrganishga munosib hissa qoʻshgan olim va tadqiqotchilarni ragʻbatlantirish maqsadida “Ibn Sino” xalqaro mukofotini taʼsis etish yuzasidan taklif kiritish.

2028-yil oktabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ibn Sino jamoat fondi,

Fanlar akademiyasi,

Taʼlim va ilm-fan vazirligi

II. Ilmiy-tadqiqot va nashr ishlari

5.

Xorijiy fondlarda saqlanayotgan Abu Ali ibn Sino asarlari qoʻlyozmalari, tibbiyotga oid asarlari, nashrlari va tarjimalarini aniqlash hamda ularning elektron platformasini yaratish.

1. Xorijiy va respublika arxiv hamda kutubxonalarida saqlanayotgan alloma asarlari monitoringini oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibini shakllantirish.

2. Ibn Sino qoʻlyozmalari, manbalari, tibbiyotga oid asarlari nashrlarini aniqlash.

2026-yil oktabr

Ijrochilarning oʻz mablagʻlari

Fanlar akademiyasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi,

Abu Ali ibn Sino ilmiy-tadqiqot markazi

3. Ibn Sino qoʻlyozmalari, manbalari, tibbiyotga oid asarlari, nashrlarning raqamli nusxalarini yagona bazada jamlash.

2030-yilga qadar

6.

Ibn Sino jamoat fondi faoliyatini takomillashtirish.

1. Ibn Sino jamoat fondi ustavini qayta koʻrib chiqish.

2. Vasiylik kengashi tomonidan fond faoliyatiga oid masalalarning kamida har chorakda bir marotaba muhokama qilinishini taʼminlash.

3. Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan eʼlon qilinadigan ilmiy-tadqiqot loyihalarida Ibn Sino jamoat fondida faoliyat yuritayotgan olimlarning ham ishtirok etishiga koʻmaklashish.

2026-yil oktabr

-

Ibn Sino jamoat fondi Vasiylik kengashi (kelishuv asosida),

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Taʼlim va ilm-fan vazirligi

7.

Abu Ali ibn Sinoning tibbiyotga va boshqa fanlarga oid asarlarini ilmiy-ommabop shaklda tayyorlash va chop etish.

1. Tarjima va ilmiy tahrir guruhlarini shakllantirish.

2. Tibbiyotga oid “Moʻjaz al-Qonun” va “Qonuncha” asarini arab tilidan oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish.

3. “Al-Ishorat va at-tanbihot”, “Donishnoma”, “Kitab ash-Shifo”, “Sharq falsafasi” kabi falsafaga oid asarlarini oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish.

4. Asarlarning bosma va elektron nashrlarini tayyorlash.

2026 — 2030-yillar

Ijrochilarning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Fanlar akademiyasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Abu Ali ibn Sino ilmiy-tadqiqot markazi

III. Targʻibot ishlari

8.

Abu Ali ibn Sinoning tibbiyotga oid merosiga bagʻishlangan xalqaro simpoziumlar, konferensiyalar va kongresslarni muntazam oʻtkazish.

1. Har yilgi ilmiy tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2. Xorijiy sherik tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

2026-yil oktabr oyidan boshlab

Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar, grantlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

Fanlar akademiyasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ibn Sino jamoat fondi,

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi,

Abu Ali ibn Sino ilmiy-tadqiqot markazi

3. Tadbirlarda ilmiy jamoatchilik ishtirokini taʼminlash.

doimiy

9.

Allomaning tibbiyot, farmakologiya, profilaktika va tibbiy axloqqa oid qarashlari haqida mediamahsulotlar yaratish.

1. Manbalarga asoslangan ssenariylar tayyorlash.

2. Hujjatli filmlar va raqamli kontent yaratish.

3. Mahalliy va xorijiy mediamakonda namoyish etish.

2026 — 2030-yillar

Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ibn Sino jamoat fondi,

Oʻzbekiston MTRK,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

10.

Abu Ali ibn Sinoning tibbiyotga oid merosi boʻyicha koʻchma kitob va qoʻlyozmalar koʻrgazmalari hamda nashrlar taqdimotlarini tashkil etish.

1. Koʻrgazma konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Nashrlar va raqamli materiallar taqdimotini tashkil etish.

3. Respublika hududlari va xorijda namoyish etish.

2026 — 2030-yillar

Ijrochilarning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ibn Sino jamoat fondi,

Fanlar akademiyasi,

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi,

Tashqi ishlar vazirligi

11.

Abu Ali ibn Sinoning tibbiyotga oid merosi asosida aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish tizimini takomillashtirish.

1. “Xalqaro ibn Sino sogʻlomlashtirish marshi” va “Ibn Sino madhiyasi” toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqish.

2. Sogʻlom turmush tarzi tamoyillariga bagʻishlangan turkum videoroliklarni tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida keng targʻib qilish.

3. “Maʼnaviy va jismoniy sogʻlom avlod — Uchinchi Renessans poydevori” gʻoyasi asosida tizimli targʻibot ishlarini tashkil etish.

2026 — 2030-yillar

Ijrochilarning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Abu Ali ibn Sino ilmiy-tadqiqot markazi,

Ibn Sino jamoat fondi,

Fanlar akademiyasi,

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Oʻzbekiston MTRK,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

12.

Abu Ali ibn Sinoning eng yirik va mashhur ilmiy asari — “Tib qonunlari”ga bagʻishlangan mahobatli monument barpo etish.

1. Soha mutaxassislaridan iborat tarkibda ishchi guruh tuzish.

2026-yil oktabr

Ijrochilarning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Badiiy akademiya,

Buxoro viloyati hokimligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Ishchi guruh tomonidan Abu Ali ibn Sinoning eng yirik va mashhur ilmiy asari — “Tib qonunlari”ga bagʻishlangan mahobatli monument loyihasi eskizini tayyorlash.

3. Belgilangan tartibda monument loyihasi eskizini tasdiqlash.

2027-yil mart

4. Tasdiqlangan monument loyihasini Buxoro viloyatining belgilangan hududida barpo etish.

2028-yil mart

13.

Oʻrta asrlarning buyuk qomusiy olimi, tabib, faylasuf, musiqashunos va astronom, dunyoga mashhur “Tib qonunlari” tibbiyot ensiklopediyasi muallifi Abu Ali Husayn ibn Abdulloh ibn Sinoning (980 — 1037 yy.) bolaligi haqida film ishlab chiqarish.

1. Loyiha doirasida “Husayn” badiiy filmini suratga olish.

Bunda turkum doirasida Husayn ibn Abdullohning tabobatga muhabbati, ustozlarga sadoqati va insonparvarligi orqali bolalar uchun yuksak axloqiy namuna boʻlib xizmat qiladigan film yaratish.

2026-yil oktabr

Ijrochilarning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Kinematografiya agentligi,

Bolalar kontentini rivojlantirish markazi,

Buxoro viloyati hokimligi,

Navoiy viloyati hokimligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Toshkent davlat tibbiyot universiteti,

Ibn Sino jamoat fondi

2. “Husayn” badiiy filmining montaj qilish, ovoz berish, musiqiy bezak va ranglarga ishlov berish ishlarini yakunlab, namoyishga tayyorlash.

2027-yil iyun

3. Film targʻibot materiallarini tayyorlash hamda bolalar va yoshlar, tibbiyot xodimlari, talabalar hamda soha vakillari ishtirokida premyerasini tashkil etish.

2027-yil iyun

4. Filmni kinoteatrlar, telekanallar va raqamli platformalar orqali tomoshabinlarga yetkazish, taʼlim muassasalarida uning namoyishlarini hamda ijodkorlar bilan uchrashuvlarni oʻtkazish.

2027-yil sentabr

5. Filmning xorijiy tillardagi subtitrli nusxalarini tayyorlab, xalqaro kinofestivallarga taqdim etish hamda xorijiy distribyutorlar va striming platformalari bilan uni namoyish qilish boʻyicha muzokaralar olib borish.

2028-yil mart

14.

Abu Ali ibn Sinoning asarlarini yoshlar uchun sodda va tushunarli shaklda yorituvchi kontentlar tayyorlash.

1. Har bir kontentning ssenariysini belgilangan tartibda tayyorlash.

Bunda sunʼiy intellekt hamda soʻnggi texnologiyalardan foydalanish orqali Abu Ali ibn Sinoning asarlarini tibbiyot rivojiga qoʻshgan hissasi, shuningdek, uning “Shayx ur-rais” (“Olimlar orasida birinchi”) sharafli unvoniga sazovor boʻlish sabablarini yoshlar uchun sodda va tushunarli shaklda yoritishni nazarda tutish.

2027-yil davomida

Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi,

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi

Yoshlar ishlari agentligi,

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi

(kelishuv asosida)

2. Belgilangan ssenariylar asosida qisqa kontentlar turkumini tayyorlash.

2028-yil davomida

3. Ushbu roliklarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish orqali yosh avlodga ilm-fan va tibbiyot sohasida Abu Ali ibn Sino merosining ahamiyatini yetkazish.

2029-yil davomida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2026-y., 09/26/575/1048-son)