16.10.2026 yildagi PQ-378-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent xalqaro moda akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatda yengil sanoat, dizayn, moda va kreativ iqtisodiyot sohalarini izchil rivojlantirish, milliy moda maktabini shakllantirish va uni xalqaro darajaga olib chiqish, zamonaviy bilim, amaliy koʻnikma va innovatsion tafakkurga ega yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi uzviy integratsiyani taʼminlash, milliy brendlarni qoʻllab-quvvatlash hamda milliy madaniy meros va anʼanalar asosida raqobatbardosh moda sanoatini shakllantirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsad
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur qarorning asosiy maqsadi etib Oʻzbekiston Respublikasida moda, dizayn va kreativ iqtisodiyot sohalarida zamonaviy, xalqaro talablarga javob beradigan taʼlim tizimini shakllantirish, milliy moda maktabini rivojlantirish va uni jahon moda sanoatiga integratsiya qilish hamda moda sanoati boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Toshkent xalqaro moda akademiyasini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent xalqaro moda akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) tashkil etilsin va uning asosiy faoliyat yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Akademiya davlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi va Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimida faoliyat yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Akademiya Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining (keyingi oʻrinlarda — Institut) Parij xalqaro moda akademiyasi (Académie internationale de coupe de Paris) bilan tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturi negizida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) qoʻshma taʼlim dasturida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini Akademiyada davom ettiradi va bitiruvchilarga Akademiyaning diplomi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Akademiyada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) oʻquv jarayoni 2026/2027 oʻquv yilidan boshlanadi hamda talabalarni oʻqishga qabul qilish amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) qoʻshma taʼlim dasturlari bilan bir qatorda oʻz taʼlim dasturlari asosida bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlashga ruxsat etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab korxona (tashkilot) buyurtmasi asosida toʻqimachilik, tikuvchilik, trikotaj va charm-poyabzal sohalarida maqsadli kadr tayyorlashga qaratilgan dual taʼlim shakli joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) davlat buyurtmasi asosida turli tashkilotlar va xizmatlar uchun kiyim-bosh dizaynlarini Akademiya bazasida ishlab chiqish va milliy brendlarni shakllantirish yoʻlga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi 2027/2028 oʻquv yili boshlanguniga qadar Akademiyada yoʻlga qoʻyiladigan yangi taʼlim dasturlarini belgilangan tartibda davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Taʼlim, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish oʻrtasidagi uzviy integratsiyani taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Akademiya bilan birgalikda 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) ilgʻor xorijiy tajriba asosida talabalar uchun ishlab chiqarish korxonalarida amaliy koʻnikmalarini shakllantirish uchun imkoniyat yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) talabalarning amaliy koʻnikmalarini oshirish maqsadida oʻquv jarayonlari, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish uchun soha mutaxassislari va olimlarini jalb etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) hamkor korxonalarda Akademiya kafedrasi filiallarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) talabalarning tanishuv va malakaviy amaliyotlarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan toʻqimachilik va yengil sanoat korxonalarida tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2027/2028 oʻquv yiliga qadar dual taʼlim shakli asosida kadrlar tayyorlash uchun buyurtmachi korxona va tashkilotlarni aniqlab, ular bilan Akademiya oʻrtasida hamkorlik oʻrnatilishiga koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Taʼlim va ilm-fan vazirligi bilan birgalikda Akademiyaning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 2027-yildan boshlab oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutini tashkil etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda talaba-qizlarni tadbirkorlik va hunarmandchilikka keng jalb etish hamda ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va faolligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Akademiya hamda yengil sanoat sohasi uchun kadrlar tayyorlovchi texnikumlarda taʼlim uzviyligini taʼminlash boʻyicha shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) texnikumlarning oʻquv dasturlari Akademiya taʼlim dasturiga uygʻun holda qayta ishlab chiqiladi va Kasbiy taʼlim agentligi tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan va ballar oʻrtacha qiymati (GPA) Akademiya tomonidan belgilangan koʻrsatkichdan kam boʻlmagan bitiruvchilarga bakalavriatning uchinchi bosqichidan oʻqishni toʻlov-kontrakt asosida davom ettirishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Institut Akademiyaga quyidagi yoʻnalishlarda koʻmaklashsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) oʻquv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish, taʼlim jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini hamda fan va texnikaning yangi yutuqlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Akademiya professor-oʻqituvchilari tarkibini shakllantirish, jumladan, oʻquv jarayoniga mahalliy va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari hamda ilmiy tadqiqotchilarini jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Akademiyaning kutubxona fondini shakllantirish, uni zamonaviy oʻquv-uslubiy va ilmiy-pedagogik adabiyotlar bilan toʻldirish, sohaga oid adabiyotlarni begʻaraz taqdim etish, shu jumladan, Institutning axborot-resurs bazasidan foydalanish imkoniyatini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Fanlar akademiyasi 2027-yil 1-yanvarga qadar Akademiyada toʻqimachilik, tikuv va charm buyumlar texnologiyasi ixtisosliklari boʻyicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash faoliyatini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Institut huzuridagi Formali kiyimlarni loyihalashtirish boʻyicha ilmiy laboratoriya, Kostum dizayni hamda Parij xalqaro moda akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan qoʻshma fakultet kafedralarining oʻquv laboratoriyalari va moddiy-texnika bazasi Akademiyaga begʻaraz oʻtkazib berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Akademiyani joylashtirish va moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Akademiya Agentlikning Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasi 30-uy manzilidagi binoga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilar Akademiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) grantlar, xizmat koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar, homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Akademiyani budjet mablagʻlari hisobidan saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan taʼlim sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2027-yildan boshlab budjet qonunchiligi talablariga muvofiq taqdim etilgan budjet soʻrovnomalariga asosan Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Akademiya xodimlarining mehnatiga haq toʻlash hamda moddiy ragʻbatlantirish oliy taʼlim tashkilotlari xodimlari uchun belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Toshkent xalqaro moda akademiyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ichki ishlar vazirligi Akademiyaning talabnomalariga muvofiq Akademiyaga jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar, maʼmuriy xodimlar, shuningdek, ularning oila aʼzolariga hamda Akademiyaga qabul qilinadigan xorijiy talabalarga koʻp martalik viza berilishini (muddati uzaytirilishini) hamda turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Akademiyaning buyurtmalariga binoan Akademiyani tashkil etishda va uning faoliyatida ishtirok etuvchi xorijiy malakali mutaxassislarga ularni respublikaga jalb qilishda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri E.O. Turdimov hamda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori N.Q. Xolmurodov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari O.A. Xakimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 16-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-378-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-oktabrdagi PQ-378-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent xalqaro moda akademiyasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) moda, dizayn va kreativ iqtisodiyot kabi sohalar uchun oliy maʼlumotli va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) yuqori qoʻshimcha qiymatga ega lyuks toifali yengil sanoat mahsulotlarini loyihalash, yangi milliy brendlarni yaratish, xalqaro darajada oʻzbek moda segmentini shakllantirish koʻnikmalariga ega raqobatbardosh kadrlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) oʻquv dasturlarini xorijiy, shu jumladan, Fransiya, Turkiya, Buyuk Britaniya va Italiyaning yetakchi oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda, shuningdek, qoʻshma taʼlim dasturlari asosida ishlab chiqish va joriy etish hamda ilmiy-tadqiqotlar olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) milliy madaniy merosni zamonaviy dizayn va innovatsiyalar bilan uygʻunlashtirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, yangi mahsulot va xizmatlarni yaratish, tijoratlashtirish va xalqaro bozorlarga olib chiqish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) taʼlim va ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlarida yetakchi xorijiy oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikni va talabalarning akademik mobilligini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) professor-oʻqituvchilar stajirovkasi, malaka oshirish va turli xil kurslarni moda va dizayn yoʻnalishi boʻyicha nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari hamda ilmiy-tadqiqot markazlarida tashkil etish orqali ularning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) oliy taʼlim tashkilotida taʼlim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, raqamlashtirish hamda talabalarning individual ehtiyojlari asosida oʻquv reja va dasturlarni bosqichma-bosqich joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) moda va dizayn yoʻnalishi boʻyicha yoshlarning qiziqishlarini erta aniqlash, ularni kasbiy yoʻnaltirish, ijodiy salohiyatini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(k) talabalarda yuksak maʼnaviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, Vatanga muhabbat, kasbga sadoqat hissini mustahkamlash, taʼlim-tarbiya jarayoni hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-oktabrdagi PQ-378-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent xalqaro moda akademiyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Toshkent xalqaro moda akademiyasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari

1.

Toshkent xalqaro moda akademiyasini (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) davlat roʻyxatidan oʻtkazish va uning tuzilmasini tasdiqlash.

1. Akademiya ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Akademiyani belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

3. Akademiya tuzilmasini shakllantirish va tasdiqlash.

-

2026 yil

noyabr

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Akademiya

2.

Akademiyaning xarajatlar smetasini va shtat jadvalini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

1. Akademiyaning 2026-yil uchun xarajatlar smetasini va shtat jadvalini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2. Akademiyaning 2027-yil va keyingi yillar uchun xarajatlar smetasini va shtat jadvalini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

Akademiyaning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

2026 yil

noyabr

Har yili

yanvar

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Akademiya

3.

Akademiyaning fakultetlari va kafedralari faoliyatini tashkil etish.

1. Tajribali mutaxassislar, pedagog xodimlar va olimlardan iborat ishchi guruh tuzish.

2. Kafedralarni zarur oʻquv-uslubiy va meʼyoriy-uslubiy hujjatlar bilan taʼminlash.

-

2026-yil

noyabr

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Akademiya

4.

Akademiyani tajribali va yuqori malakali mutaxassislar, professor-oʻqituvchilar bilan toʻldirish.

1. Xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislar hamda professor-oʻqituvchilarni belgilangan tartibda ochiq tanlovlar asosida saralab olish.

2. Mehnat qonunchiligi talablari asosida mutaxassislar va professor-oʻqituvchilarni ishga qabul qilish va mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish.

-

2026-yil
oktabr — dekabr

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Akademiya

II. Akademiyada oʻquv jarayonini tashkil etish, taʼlim sifatini taʼminlash, yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini joriy etish

5.

Akademiyada 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab umumiy tartibdagi dizayn bakalavriat taʼlim yoʻnalishi, 2027/2028 oʻquv yilidan — yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va innovatsion tekstil va barqaror dizayn kabi zamonaviy magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

1. 2026/2027 oʻquv yilidan 50 nafar abituriyentlarni Akademiya tomonidan tashkil etiladigan kirish imtihonlari orqali dizayn bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga qabul qilish.

2. 2027/2028 oʻquv yilidan yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va innovatsion tekstil va barqaror dizayn kabi zamonaviy magistratura mutaxassisliklariga belgilangan tartibda talabalar qabulini tashkil etish.

Akademiyaning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

2026-yil oktabr

2027-yil oktabr

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Akademiya

6.

Ilgʻor xorijiy tajribalar hamda kadrlar buyurtmachilarining talablari asosida oʻquv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish.

1. Oʻquv rejalarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari tajribalari asosida takomillashtirish.

2. Oʻquv dasturlarini kadrlar buyurtmachilari talablari va ilgʻor xorijiy tajriba asosida ishlab chiqish.

-

2027-yil
may

2026/2027 oʻquv yilida

Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Akademiya

7.

Oʻquv jarayoniga chet eldan professor-oʻqituvchilar hamda soha mutaxassislarini jalb qilish.

1. Yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining professor-oʻqituvchilarini oʻquv jarayoniga jalb qilish.

2. Xorijiy hamkor tashkilotlarning soha mutaxassislarini oʻquv jarayoniga jalb etish.

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi va Akademiyaning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Doimiy

Akademiya,
Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

8.

Taʼlim va iqtisodiyot tarmoqlari integratsiyasini taʼminlash.

1. Dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

2. Taʼlim jarayonini tashkil etishda ish beruvchilarning takliflaridan keng foydalanish hamda ular bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

3. Talabalarning malakaviy amaliyotini tashkil etish uchun kadrlar buyurtmachilari bilan hamkorlikda amaliyot dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirib borish.

4. Dual taʼlim jarayonini hamda bitiruvchi kurs talabalari amaliyotini kelgusida talabalar ishga joylashishi mumkin boʻlgan tashkilotlarda tashkil etish.

5. Akademiyada korxona (tashkilot) buyurtmasi asosida toʻqimachilik, tikuvchilik, trikotaj va charm-poyabzal sohalarida maqsadli kadr tayyorlashga qaratilgan dual taʼlim shaklini yoʻlga qoʻyish.

6. Dual taʼlimni tashkil etish maqsadida buyurtmachi korxona (tashkilot)larni aniqlab, oʻquv jarayonining kamida 30 foizi Akademiyada, qolgan qismi buyurtmachi korxona (tashkilot)larda tashkil etilishini taʼminlash.

-

2027/2028 oʻquv yilidan boshlab

2027/2028 oʻquv yiliga qadar

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Akademiya

9.

Akademiya professor-oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini oshirib borish, jumladan, xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida malaka oshirib borish tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Akademiya professor-oʻqituvchilarini nufuzli xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga malaka oshirishga yuborish.

2. Professor-oʻqituvchilar uchun mahalliy va xorijiy ilmiy markazlar va oliy taʼlim tashkilotlarida, shuningdek, kadrlar buyurtmachilari boʻlgan tashkilot va korxonalarda stajirovkalar tashkil etish.

Akademiyaning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari,
grant mablagʻlari

2027/2028 oʻquv yili

2028/2029 oʻquv yili

Akademiya, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi

10.

Professor-oʻqituvchilar, yosh tadqiqotchilar, talabalar uchun ilgʻor badiiy, ilmiy va oʻquv adabiyotlar elektron kataloglari hamda jahon taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

1. Xorijiy kutubxona resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish.

2. Zamonaviy oʻquv adabiyotlarini yaratish, xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va tarjima qilish, axborot-resurs markazi fondini muntazam ravishda yangilab borish.

Grant mablagʻlari,
Akademiyaning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

2026-yil

dekabr

Doimiy

Akademiya, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi

III. Akademiya faoliyatini raqamlashtirish va taʼlim jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish

11.

Akademiyaning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini takomillashtirish.

1. Akademiya faoliyati uchun talab etiladigan server va IT qurilmalari roʻyxatini shakllantirish va xarid qilish.

2. Akademiya binolarini optik tolali kanallar orqali yuqori tezlikdagi internet tarmogʻiga ulash.

3. Akademiya serverlarini uzluksiz zaxira elektr manbai bilan taʼminlash.

Akademiyaning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

2027-yil

fevral

2026-yil

noyabr

2026-yil

noyabr

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi,
Akademiya

12.

Akademiya faoliyatiga boshqaruvning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish.

1. Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimini (HEMIS) ishga tushirish hamda unga barcha zarur maʼlumotlarning toʻliq kiritilishini taʼminlash.

2. Davlat oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun elektron shartnomalar tuzish, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish xarajatlarini onlayn toʻlash va mablagʻlar hisobini yuritish boʻyicha yagona axborot tizimida (billing.edu.uz) alohida profil ochib, Akademiyaga tegishli maʼlumotlarni biriktirish.

Akademiyaning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

2026-yil

noyabr

Akademiya, Taʼlim va ilm-fan vazirligi

13.

Talabalarga koʻrsatilayotgan xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida tashkil etish maqsadida Registrator ofisi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Registrator ofisi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Registrator ofisi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari

2026-yil

noyabr

2027-yil

yanvar

Akademiya

14.

Akademiyaning kutubxona fondini raqamlashtirish va elektron kutubxona tizimiga kiritish.

1. Akademiyada mavjud kutubxona fondini xatlovdan oʻtkazish hamda raqamlashtirilishi lozim boʻlgan resurslar roʻyxatini shakllantirish.

2. Roʻyxat asosida resurslarni “Unilibrary” elektron kutubxona platformasiga kiritish.

Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari

2027-yil

aprel

2027-yil

may

Akademiya, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

IV. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish

15.

Akademiya professor-oʻqituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirib borish hamda yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish.

1. Akademiyaning professor-oʻqituvchilari, xodimlari hamda yosh tadqiqotchilarini ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etish.

2. Professor-oʻqituvchilar hamda yosh tadqiqotchilarning xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda muntazam ravishda ishtirok etishini taʼminlash.

-

2027/2028 oʻquv yili

Akademiya, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi

16.

Akademiyada amaliy, fundamental va innovatsion tadqiqotlarni yoʻlga qoʻyish.

1. Soha muammolaridan kelib chiqib amaliy, fundamental va innovatsion tadqiqotlar mavzularini shakllantirish.

2. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish uchun loyiha va takliflar kiritib borish.

–

2027/2028 oʻquv yili

Doimiy

Akademiya,

Innovatsion rivojlanish agentligi

17.

Akademiya professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchi va talabalarini toʻqimachilik va yengil sanoat materiallari va buyumlari texnologiyasi hamda moda va dizayn sohasida dolzarb muammolarni oʻrganish boʻyicha ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb qilish.

1. Toʻqimachilik va yengil sanoat materiallari va buyumlari texnologiyasi hamda moda va dizayn sohasidagi ilmiy-texnikaviy muammolar bazasini shakllantirish va uning doimiy yangilab borilishini taʼminlash.

2. Akademiyaning professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchi va talabalariga toʻqimachilik va yengil sanoat materiallari va buyumlari texnologiyasi hamda moda va dizayn sohasidagi ilmiy-tadqiqot mavzularini biriktirish.

3. Xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalaridan samarali foydalanish va ilmiy-tadqiqot natijalarini xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda chop etish yuzasidan seminar-treninglar tashkil etish.

–

2027 yildan boshlab
doimiy

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Akademiya

18.

Talabalarning ilmiy-ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish.

1. Iqtidorli talabalarni saralab olish va ilmiy-tadqiqot ishlariga yoʻnaltirish.

2. Tajribali professor-oʻqituvchilar tomonidan talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish.

3. Ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etgan talabalarni ragʻbatlantirib borish.

Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari

Doimiy

Akademiya, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Yoshlar ishlari agentligi

19.

Yengil sanoat korxonalari xodimlari hamda talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan oʻquv kurslarini yoʻlga qoʻyish.

1. Akademiya huzurida soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2. Yengil sanoat korxonalari xodimlari va talabalar uchun zamonaviy texnologiyalar, dizayn, modellashtirish, konstruktorlik, ishlab chiqarish texnologiyalari va boshqaruv yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy tayyorlov kurslarini tashkil etish.

3. Korxona va tashkilotlarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlarini  amalga oshirish.

4. Oʻquv dasturlarini yengil sanoat tarmogʻida joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalar, raqamli yechimlar, innovatsion ishlab chiqarish usullari hamda xalqaro standartlar asosida takomillashtirib borish.

Oʻquv kurslariga jalb etilgan korxona va tashkilotlar mablagʻlari,
homiylik mablagʻlari

2027-yil

sentabr

Doimiy

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi,

Akademiya

20.

Yengil sanoat sohasi uchun kadrlar tayyorlovchi texnikumlar bilan taʼlim dasturlarining uzviyligini taʼminlash.

1. Texnikumlar oʻquv dasturlarini Akademiya taʼlim dasturiga uygʻun holda ishlab chiqish.

2. Taʼlim dasturlari Kasbiy taʼlim agentligi tomonidan tasdiqlanishini tashkil etish.

3. Texnikumlarda oʻqitiladigan mutaxassislik tanlov fanlarini belgilash.

-

2027-yil

iyun

2027-yil

avgust

Akademiya,

Kasbiy taʼlim agentligi, soha texnikumlari

V. Akademiyaning xalqaro hamkorligini rivojlantirish

21.

Xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda talabalar almashinuvini va qoʻshma ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish.

1. Yetakchi xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan qoʻshma ilmiy tadqiqotlar olib borishni yoʻlga qoʻyish.

2. Talabalarning xalqaro ilmiy konferensiyalarda ishtirokini taʼminlash.

Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari, grant mablagʻlari

2027 yil

aprel

2027 yil davomida

Akademiya, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

22.

Akademiyaning xalqaro va mahalliy sanoat korxonalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

1. Akademiya faoliyatini yoʻlga qoʻyishda xorijiy va mahalliy hamkorlarni belgilash.

2. Xorijiy va mahalliy sanoat hamkorlari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

-

2026-yil

noyabr

2027-yil

yanvar

Akademiya, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

23.

Akademiyada xorijiy talabalar ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish.

1. Akademiyada xalqaro talabalar anjumanlarini oʻtkazish va ularda xorijlik talabalar ishtirokini taʼminlash.

2. Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Turkiyaning etakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan qoʻshma dasturlar (double degree, joint degree) doirasida kadrlar tayyorlash boʻyicha kelishuvlarga erishish.

Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari

Ryeja-jadvalga muvofiq

2027 yil

may

Akademiya, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

VI. Talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning bandligini taʼminlash

24.

Akademiyada 5 ta muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Baxshichilik, maqom, estrada, teatr, rassomlik, sport yoʻnalishlarida toʻgaraklar hamda badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etish va hudud yoshlarini mazkur toʻgaraklarga jalb etish.

2. Talabalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga qaratilgan sport tadbirlarini tashkil etish.

3. Talabalarning badiiy adabiyotlarga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida “Men sevgan badiiy asar” kabi tanlovlarni muntazam tashkil etib borish.

Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari,
homiylik va grant mablagʻlari

2027/2028 oʻquv yili

Reja-jadval asosida

Akademiya,

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi

25.

Talabalarning ish topishlariga koʻmaklashish maqsadida Akademiyada Karyera markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Karyera markazi uchun alohida xona ajratish va uni kerakli moddiy-texnik baza, koʻrgazmali qurollar bilan taʼminlash hamda markazning nizomini ishlab chiqish.

2. Karyera markazi tomonidan taʼlim yoʻnalishlari xususiyatidan kelib chiqib, tashkilot va korxonalar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.

Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari,
homiylik va grant mablagʻlari

2026-yil

noyabr

2026-yil

dekabr

Akademiya,

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

26.

Akademiyada “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini tashkil etish.

1. “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish.

2. “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini oʻtkazish tartibi asosida tanlovlarni yuqori saviyada oʻtkazish.

Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik va grant mablagʻlari

Reja-jadval asosida

Akademiya, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi

27.

Romanlar, hikoyalar va kinofilmlar orqali yoshlar ongida xalq qahramonlari haqida chuqur tasavvur uygʻotish maqsadida targʻibot-tashviqot ishlarini keng yoʻlga qoʻyish.

1. Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin Kubro, jadid bobolarimiz, Ikkinchi jahon urushi davrida oʻz jonini fido qilgan qahramonlarning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan ijodiy kechalar va uchrashuvlarni tashkil etish.

2. Talabalarning teatr va muzeylarga tashrifini tashkil etish.

-

Reja-jadval asosida

Akademiya, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi

VII. Akademiyaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

28.

Akademiya faoliyatini tashkil etish uchun Akademiyani bino-inshootlar bilan taʼminlash.

1. Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tizimidagi Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasi 30-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston-Koreya oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparkini tugatish hamda uning bino-inshootlari, mol-mulkini operativ boshqaruv huquqi asosida Akademiyaga begʻaraz oʻtkazib berish.

2. Oʻzbekiston-Koreya oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparki shartnomalari, buxgalteriya hisoboti va qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari boʻyicha qarzdorliklarini huquqiy voris sifatida Akademiyaga oʻtkazish.

3. Oʻzbekiston-Koreya oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparkida xalqaro hamkorlik hamda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirilayotgan loyihalar Akademiya tomonidan amalga oshirilishini belgilash.

-

2026-yil

noyabr

2026-yil

noyabr

2026-yil

noyabr

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Oʻzbekiston-Koreya oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparki, Akademiya

29.

Akademiyaning oʻquv binolarini zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash.

1. Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Parij xalqaro moda akademiyasi bilan tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturiga masʼul kafedralarining barcha moddiy-texnika bazasini Akademiyaga oʻtkazish.

2. Taʼlim yoʻnalishlarining xususiyatini inobatga olgan holda auditoriyalarni jihozlash uchun zarur vositalar roʻyxatini shakllantirish.

3. Akademiyani oʻquv va ilmiy-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, multimedia mahsulotlari, oʻquv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar, qurilish materiallari, inventar va moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash.

4. Oʻquv auditoriyalariga zamonaviy jihozlar xarid qilish.

Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari

2026 yil

noyabr

2026-2027 yillar davomida

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Akademiya

30.

Akademiyaga avtomobil saqlash uchun limit ajratish.

1. Akademiyaga 2 ta, shu jumladan, 1 ta biriktirilgan, 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratish.

2. Ajratilgan avtomobillarni belgilangan tartibda zarur texnik vositalar bilan taʼminlash.

Davlat budjeti mablagʻlari

2026-yil

noyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Akademiya

31.

Akademiya talabalari uchun davlat-xususiy sherikligi asosida 400 oʻrinli 1 ta talabalar turarjoyini qurib, foydalanishga topshirish.

1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-son qarorida belgilangan talablar asosida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida talabalar turarjoyi binosini barpo etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2. Talabalar turar joyini qurib, foydalanishga topshirish.

Davlat budjeti hamda tadbirkorlik subyekti mablagʻlari

2028-yil yakuniga qadar

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Akademiya

32.

Talabalarni turarjoy bilan taʼminlash.

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Akademiyaga oʻqishi koʻchirib oʻtkaziladigan talabalariga Akademiyaning talabalar turarjoyi foydalanishga topshirilgunga qadar institut talabalar turarjoyidan belgilangan tartibda foydalanishga ruxsat berish.

-

2026-yil

noyabr

Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Akademiya

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2026-y., 07/26/378/1042-son)