02.10.2026 yildagi PQ-359-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Oʻzbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filialini tashkil etish toʻgʻrisida
Xorijiy dasturlar asosida iqtisodiyot tarmoqlari uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, taʼlim sifatini oshirish, sohaga ilgʻor taʼlim texnologiyalarini joriy qilish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qoʻllash koʻnikmalariga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida qaror qilaman:
I. Asosiy maqsad
1. Belgilansinki, ushbu qarorning asosiy maqsadi Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi asosida iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy soha uchun malakali kadrlar tayyorlash, qoʻshma ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish hamda professor-oʻqituvchilar va soha mutaxassislari salohiyatini rivojlantirib borish tizimini yoʻlga qoʻyish hisoblanadi.
II. Lyaoning pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filialini tashkil etish
2. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Lyaoning pedagogika universitetining (keyingi oʻrinlarda — Universitet) quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
(a) Xorazm viloyatida Lyaoning pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filialini (keyingi oʻrinlarda — Filial) tashkil etish;
(b) Lyaoning pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filiali kuzatuv kengashi tarkibini 1-ilovaga muvofiq tasdiqlash.
3. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Urganch davlat universiteti hamda Universitet oʻrtasida Filialni tashkil etish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi bitim imzolangani maʼlumot uchun qabul qilinsin:
(a) Filialda taʼlim jarayonini Oʻzbekiston Respublikasining davlat taʼlim standartlari va malaka talablarini hisobga olgan holda Universitetning oʻquv rejalari va taʼlim standartlari asosida tashkil etish;
(b) Kuzatuv kengashi Filialning oliy boshqaruv organi hisoblanishi hamda uning vazifalari va faoliyatini tashkil etish tartibi Filial ustavida belgilanishi;
(v) akademik faoliyatni tashkil etish, taʼlim sifatini taʼminlash va muvofiqlashtirish uchun masʼul Filial direktori Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tavsiyasiga asosan Kuzatuv kengashi tomonidan lavozimga tayinlanishi;
(g) Filialning qabul parametrlari, toʻlov-kontrakt summasi, oʻqishga qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanishi;
(d) Universitet tomonidan Filialning taʼlim sifati va akademik nufuzini oshirish hamda oʻquv dasturlari va malakali kadrlar bilan taʼminlash.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
(a) Filial Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Urganch davlat universiteti va Universitet muassisligidagi oliy taʼlim tashkiloti — yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanadi;
(b) Filial akademik mustaqil oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi;
(v) Filialda taʼlim jarayoni 2026/2027 oʻquv yilidan boshlanadi hamda kunduzgi va muqobil taʼlim shakllarida oʻzbek, xitoy yoki ingliz tillarida olib boriladi;
(g) moliyaviy-xoʻjalik, tashkiliy va maʼmuriy faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan Filial ijrochi direktori Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadi;
(d) Filialda taʼlim jarayoni davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bunda:
(i) 2030/2031 oʻquv yiliga qadar oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqishning butun davri davomida toʻliq davlat granti asosida oʻqitiladi;
(ii) 2030/2031 oʻquv yilidan boshlab belgilangan tartibda tasdiqlanadigan yillik qabul parametrlarining 30 foizi davlat granti asosida shakllantiriladi;
(j) Filial bitiruvchilariga oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Filial va (yoki) Universitet diplomi beriladi;
(z) Filial talabalarining amaliyotlari oʻquv rejalariga muvofiq hududdagi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxona (tashkilot)larida, jumladan, dual taʼlim asosida yoʻlga qoʻyiladi.
5. Xorazm viloyati hokimligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda Filial hamda korxona va tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik shartnomalari imzolanishi hamda talabalar amaliyotining dual taʼlim asosida tashkil etilishini taʼminlasin.
6. Lyaoning pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filialiga akademik hamkor sifatida mahalliy oliy taʼlim tashkilotlari 2-ilovaga muvofiq biriktirilsin.
7. Akademik hamkor oliy taʼlim tashkilotlari:
(a) Filialni yuqori malakali pedagog kadrlar hamda oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlashga koʻmaklashsin;
(b) Filial dasturlari asosida 2027/2028 oʻquv yili uchun oʻzining tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari fan dasturlarini takomillashtirsin;
(v) 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab Filial bilan hamkorlikda talabalar va pedagog kadrlarning oʻzaro akademik mobilligini bosqichma-bosqich amalga oshirsin;
(g) Filial bilan birgalikda tegishli hamkorlik yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish choralarini koʻrsin.
8. Turizm va axborot texnologiyalari yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlaydigan texnikumlar 3-ilovaga muvofiq Filialga biriktirilsin. Bunda:
(a) texnikumlarda Xitoy tajribasi asosida turizm va axborot texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha takomillashtirilgan taʼlim dasturlari hamda oʻqitish metodikalari joriy etiladi. Bunda texnikum bitiruvchisiga taʼlim dasturiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishining tegishli bosqichidan oʻqishni toʻlov-kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati yaratiladi;
(b) Filialda texnikumlarning maxsus fan oʻqituvchilari uchun turizm va sunʼiy intellekt boʻyicha kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish oʻquv kurslari joriy etiladi va bu muqobil malaka oshirish sifatida tan olinadi;
(v) Xorazm viloyatidan Filialga biriktirilgan turizm va axborot texnologiyalari yoʻnalishlaridagi texnikum oʻquvchilarning oʻquv amaliyoti Filial bazasida tashkil etiladi;
(g) Xorazm viloyatidan Filialga biriktirilgan texnikum oʻquvchilariga turizm va axborot texnologiyalari sohalariga oid maxsus fanlarning amaliy qismini Filial bazasida oʻqitish imkoniyati yaratiladi;
(d) mazkur bandning “b”, “v” va “g” kichik bandlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Kasbiy taʼlim agentligiga ushbu maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari hamda Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
9. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2027-yil 1-yanvardan boshlab Filialda tashkil etiladigan sunʼiy intellektni oʻqitish boʻyicha mentorlik malaka oshirish kurslariga umumtaʼlim maktablarining informatika fani oʻqituvchilarini jalb etib borsin. Bunda:
(a) har yili 5-dekabrga qadar navbatdagi yil uchun 250 nafar malaka oshiruvchi pedagoglar roʻyxati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan belgilangan tanlov asosida eng yuqori natija koʻrsatgan nomzodlar orasidan shakllantiriladi va Filialga taqdim etiladi;
(b) Filial tomonidan pedagoglar uchun aralash (onlayn va oflayn) shakldagi kamida 72 soatlik malaka oshirish kurslari tashkil etiladi;
(v) malaka oshirish kursida oʻqish uchun toʻlov miqdori Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi;
(g) tinglovchilarning Filialda malaka oshirish hamda xizmat safari (transport va yashash) xarajatlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan Filial bilan tuzilgan shartnomaga asosan moliyalashtiriladi;
(d) malaka oshirish kurslari Universitet tomonidan jalb qilinadigan xorijlik mutaxassislar hamda Filialning professor-oʻqituvchilari ishtirokida olib boriladi;
(j) malaka oshirish kursi tinglovchilari Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazining yotoqxonasiga joylashtiriladi;
(z) malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga Filial tomonidan belgilangan tartibda sertifikat beriladi va ushbu sertifikat informatika fani oʻqituvchilarining muqobil malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida tan olinadi;
(i) malaka oshirishdan oʻtgan oʻqituvchilar 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarida mentor oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritishi taʼminlanadi.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hududda investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojlardan kelib chiqib, mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan Filialga buyurtma berish orqali kadrlarni maqsadli tayyorlashga ruxsat berilsin.
III. Filial faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminot
11. Quyidagilar Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
(b) toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushgan mablagʻlar;
(v) jismoniy va yuridik shaxslarning investitsiyalari va homiylik xayriyalari, shuningdek, muassislarning budjetdan tashqari mablagʻlari;
(g) koʻrsatilgan pulli xizmatlar va ilmiy natijalarni tijoratlashtirishdan tushgan mablagʻlar;
(d) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
12. Belgilansinki:
(a) Filialga xorijdan, jumladan, Universitetdan jalb qilinadigan rahbar va professor-oʻqituvchilarning mehnatiga haq toʻlash miqdorlari mehnat bozori konyunkturasidan kelib chiqib, tuzilgan shartnomalarga muvofiq belgilanadi;
(b) Filialning pedagogik va ilmiy salohiyatini oshirish, taʼlim jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida Filialga jalb qilingan mahalliy professor-oʻqituvchilar va xodimlarga Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlariga koʻra tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 1,5 baravar miqdorda hisoblanadi;
(v) Filialni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish 2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi va 2027-yildan boshlab budjet qonunchiligi talablariga muvofiq taqdim etilgan budjet soʻrovnomalariga asosan Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
13. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Filial Xorazm viloyati Xiva shahri “Qibla Tozabogʻ” MFY Maktab koʻchasi 57-uy manzilidagi bino va inshootlarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini taʼminlasin.
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
14. Lyaoning pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filiali faoliyatini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
15. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
16. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Xorazm viloyati hokimi J.R. Raximov belgilansin.
17. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari I.T. Siradjev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 2-oktabr,
PQ-359-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-oktabrdagi PQ-359-son qaroriga
1-ILOVA
Lyaoning pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filiali kuzatuv kengashining
TARKIBI

1.

K.A. Sharipov

—

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, Kuzatuv kengashi hamraisi

2.

Lo Venbo

—

Lyaoning pedagogika universiteti (Xitoy Xalq Respublikasi) prezidenti, Kuzatuv kengashi hamraisi

3.

O.R. Fazilkarimov

—

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

4.

Sh.A. Karimov

—

maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

R.O. Karimjonov

—

raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari

6.

S.R. Bobokalonov

—

Turizm qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

7.

F.R. Madraximova

—

Urganch davlat universiteti rektori

8.

Lavozimi boʻyicha

—

Lyaoning pedagogika universitetining (Xitoy Xalq Respublikasi) Oʻzbekistondagi filiali direktori

9.

Gun Chjen

—

Lyaoning pedagogika universiteti xalqaro aloqalar boshqarmasi boshligʻi (Xitoy Xalq Respublikasi)

10.

Si Shuyu

—

Lyaoning pedagogika universiteti matbuot direktori (Xitoy Xalq Respublikasi)

11.

Ne Xaysyan

—

“Jinshan Foreign Investment” MCHJ raisi (Xitoy Xalq Respublikasi)

12.

Chjou Chjiyan

—

“BEB Agro” MCHJ vakili (Xitoy Xalq Respublikasi)

13.

Lavozimi boʻyicha

—

Lyaoning pedagogika universitetining (Xitoy Xalq Respublikasi) Oʻzbekistondagi filiali ijrochi direktori, Kuzatuv kengashi kotibi

Izoh: Kuzatuv kengashi aʼzosi boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxs kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-oktabrdagi PQ-359-son qaroriga
2-ILOVA
Lyaoning pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filialiga akademik hamkor sifatida biriktirilgan mahalliy oliy taʼlim tashkilotlari
ROʻYXATI

T/r

Hamkorlik yoʻnalishi

Akademik hamkor oliy taʼlim tashkilotlari nomi

1.

Xalqaro xitoy tili taʼlimi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti,

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti,

Samarqand davlat chet tillar instituti

2.

Turizm boshqaruvi

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti,

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,

Urganch davlat universiteti

3.

Xalqaro biznes

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti,

Urganch davlat universiteti

4.

Sunʼiy intellekt

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti,

Oʻzbekiston Milliy universiteti,

Urganch davlat universiteti

Izoh: Akademik hamkor oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatiga Filialning kuzatuv kengashi tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-oktabrdagi PQ-359-son qaroriga
3-ILOVA
Lyaoning pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filialiga biriktirilgan turizm va axborot texnologiyalari yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlaydigan texnikumlar
ROʻYXATI

T/r

Hudud nomi

Tayanch texnikum nomi

Yoʻnalish nomi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nukus shahar 1-son texnikumi

Axborot texnologiyalari

2.

Andijon viloyati

Andijon turizm va madaniy meros texnikumi

Turizm

3.

Buxoro viloyati

Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi

Turizm

4.

Jizzax viloyati

Zomin turizm va madaniy meros texnikumi

Turizm

5.

Qashqadaryo viloyati

Shahrisabz turizm va madaniy meros texnikumi

Turizm

6.

Navoiy viloyati

Navoiy raqamli texnologiyalar texnikumi

Axborot texnologiyalari

7.

Namangan viloyati

Kosonsoy tumani 4-son texnikumi

Axborot texnologiyalari

8.

Samarqand viloyati

Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi

Turizm

9.

Sirdaryo viloyati

Sirdaryo tumani 1-son texnikumi

Axborot texnologiyalari

10.

Surxondaryo viloyati

Angor tumani 4-son texnikumi

Axborot texnologiyalari

11.

Toshkent viloyati

Boʻstonliq turizm va madaniy meros texnikumi

Turizm

12.

Fargʻona viloyati

Margʻilon turizm va madaniy meros texnikumi

Turizm

13.

Xorazm viloyati

Xiva turizm va madaniy meros texnikumi

Turizm

Xiva shahar texnikumi

Axborot texnologiyalari

14.

Toshkent shahri

Toshkent turizm va madaniy meros texnikumi

Turizm

Izoh: mazkur roʻyxatga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-oktabrdagi PQ-359-son qaroriga
4-ILOVA
Lyaoning pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filiali faoliyatini tashkil etish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼullar

1.

Lyaoning pedagogika universitetining (Xitoy Xalq Respublikasi) Oʻzbekistondagi filiali (keyingi oʻrinlarda — Filial) faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Filial ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Filialni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

3. Filial tuzilmasini shakllantirish va tasdiqlash.

2026-yil noyabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2.

Filialni malakali kadrlar bilan taʼminlash.

1. Filialni malakali kadrlar bilan taʼminlash maqsadida eʼlonlar berish.

2. Tanlov asosida malakali kadrlarni ishga qabul qilish.

2026-yil oktabr-noyabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Filial

3.

Filialga talabalar qabulini amalga oshirish.

1. Filialda kadrlar tayyorlash yoʻnalishlariga qabul boʻyicha eʼlonlar berish va targʻibot ishlarini tashkil qilish.

2026-yil oktabr

-

Filial,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Filialda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarni tanlov asosida saralash va talabalikka qabul qilish.

2026-yil noyabr

4.

Filialning buyurtmasiga asosan jalb qilinadigan xorijiy oʻqituvchilar va mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolari uchun ruxsatnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish.

1. Xorijiy oʻqituvchi va mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolari uchun koʻp martalik kirish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish.

Filial va xorijiy oʻqituvchi, mutaxassislar soʻroviga asosan

-

Tashqi ishlar vazirligi

2. Filialga jalb etiladigan xorijiy oʻqituvchilar va mutaxassislar, ularning oila aʼzolari uchun belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek, ularning Oʻzbekistonda turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish va uning muddatini uzaytirish.

Ichki ishlar vazirligi

3. Xorijiy oʻqituvchi va mutaxassislarni jalb qilishda belgilangan tartibda Oʻzbekistonda mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berish va muddatini uzaytirish.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Filial

5.

Filialning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutini tizimli tashkil etish.

1. Filialning ustuvor ilmiy tadqiqot yoʻnalishlarini aniqlash.

2028-yil aprel

Davlat budjeti mablagʻlari

Innovatsion rivojlanish agentligi,

Filial

2. Ilmiy darajali kadrlar tayyorlash uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlari faoliyatini tashkil etish.

2029-yil yanvar

6.

Filialda sunʼiy intellektni oʻqitish boʻyicha tashkil etilgan mentorlik malaka oshirish kurslari tinglovchilariga tegishli shart-sharoitlarni yaratish.

1. Malaka oshirish kursi tinglovchilarini Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazining yotoqxonasiga joylashtirish.

2. Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga Filial tomonidan belgilangan tartibda sertifikat berish choralarini koʻrish.

Reja-grafik asosida

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Filial

3. Malaka oshirishdan oʻtgan oʻqituvchilar “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarida mentor oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritishini taʼminlash.

2027/2028 oʻquv yili

7.

Filial tomonidan beriladigan malaka oshirish sertifikatini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida muqobil malaka oshirish sifatida tan olish.

1. Normativ-huquqiy hujjatlarga, jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qaroriga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil dekabr

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Filial

2. Sertifikatlarning yagona elektron reyestrini “Uzluksiz kasbiy taʼlim” platformasida yuritish.

2027-yil martdan boshlab

8.

Filialga biriktirilgan texnikumlarda Xitoy tajribasi asosida turizm va axborot texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha takomillashtirilgan taʼlim dasturlari hamda oʻqitish metodikalarini joriy etish.

1. Xitoy tajribasini oʻrganish va ilgʻor taʼlim dasturlari hamda oʻqitish metodikalarini tahlil qilish.

2027-yil aprel

-

Kasbiy taʼlim agentligi,

Filial

2. Turizm va axborot texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha takomillashtirilgan taʼlim dasturlarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash.

2027-yil avgust

3. Ishlab chiqilgan taʼlim dasturlari hamda oʻqitish metodikalarini biriktirilgan texnikumlarda bosqichma-bosqich joriy etish.

2027/2028 oʻquv yilidan boshlab

9.

Taʼlim dasturlarining oʻzaro mosligidan kelib chiqib, texnikum bitiruvchilari bakalavriatning tegishli bosqichidan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishni davom ettirishi mexanizmini joriy etish.

1. Texnikumlarning turizm va axborot texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv dasturlarini Filialdagi bakalavriat taʼlim dasturlari bilan oʻzaro muvofiqlashtirish.

2027-yil may

-

Kasbiy taʼlim agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Filial

2. Oʻzlashtirilgan fanlarni inobatga olgan holda texnikum bitiruvchilarini bakalavriatning tegishli bosqichidan oʻqishni davom ettirish tartibini ishlab chiqish.

2027-yil avgust

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Filial

10.

Filialda texnikumlarning maxsus fan oʻqituvchilari uchun turizm va sunʼiy intellekt boʻyicha kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish oʻquv kurslarini joriy etish.

1. Kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan qisqa muddatli oʻquv kurslari dasturlarini ishlab chiqish va kurslarni Filial bazasida tashkil etish.

2. Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan oʻqituvchilarning mazkur kurslarda olgan natijalarini muqobil malaka oshirish sifatida tan olish mexanizmini joriy etish.

2027/2028 oʻquv yili

Kasbiy taʼlim agentligi va Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Filial

11.

Xorazm viloyatidan Filialga biriktirilgan turizm va axborot texnologiyalari yoʻnalishlaridagi texnikum oʻquvchilarining oʻquv amaliyoti hamda maxsus fanlarning amaliy qismini Filial bazasida tashkil etish.

1. Filialga biriktirilgan texnikumlar va amaliyot oʻtashi lozim boʻlgan oʻquvchilar kontingentini aniqlash.

2. Oʻquv amaliyotini tashkil etish boʻyicha texnikumlar va Filial oʻrtasida amaliyot dasturlari hamda grafiklarini kelishish.

3. Oʻquvchilarni Filialning tegishli laboratoriya, oʻquv-amaliyot va boshqa infratuzilma obyektlaridan foydalangan holda oʻquv amaliyotini Filial bazasida tashkil etish.

4. Oʻquvchilarga turizm va axborot texnologiyalari sohalariga oid maxsus fanlarning amaliy qismini Filial bazasida oʻqitish choralarini koʻrish.

Reja-grafikka muvofiq

Kasbiy taʼlim agentligi va Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Kasbiy taʼlim agentligi,

Filial,

tegishli texnikumlar

12.

Filial talabalarining amaliyotlarini dual taʼlim asosida yoʻlga qoʻyish.

1. Filial hamda hamkor korxona va tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik shartnomalarini imzolash.

2. Hamkor korxona (tashkilot) mutaxassislari bilan amaliyot dasturlarini tuzish.

Oʻquv jarayoni grafigiga muvofiq

-

Xorazm viloyati hokimligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Filial,

hamkor korxona va tashkilotlar

3. Dual taʼlim asosida tahsil olayotgan talabalarga korxona va tashkilotlar mutaxassislarini amaliyot rahbari sifatida biriktirish.

Davlat budjeti mablagʻlari

13. 

Filial faoliyatida boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini qoʻllash.

1. “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi” (HEMIS)ni oʻrnatish, sozlash va ishga tushirish.

2026-yil noyabr

Davlat budjeti mablagʻlari

Filial,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Axborot tizimiga Filial professor-oʻqituvchilari, xodimlari hamda talabalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq kiritilishini taʼminlash.

2026-yil dekabr

14.

Axborot-resurs markazini zamonaviy adabiyotlar bilan boyitib borish va uni avtomatlashtirilgan tizimga oʻtkazish.

1. Lyaoning pedagogika universiteti va akademik hamkorlar bilan birgalikda Filial axborot-resurs markazini yangi adabiyotlar bilan boyitish.

2027 — 2030-yillar

Davlat budjeti mablagʻlari

Filial,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

akademik hamkorlar,

Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi

2. Axborot-resurs markazi fondidagi resurslarni “Unilibrary.uz” elektron kutubxona platformasiga kiritib borish.

2027 — 2030-yillar

15.

Filialga avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratish.

1. Filialga 2 ta, shu jumladan, 1 ta biriktirilgan, 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratish.

2026-yil sentabr

Davlat budjeti mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Filial

2. Ajratilgan avtomobillarni belgilangan tartibda zarur texnik vositalar bilan taʼminlash.

Doimiy

16.

Filialda besh muhim tashabbus doirasida sport va maʼnaviy tadbirlarni tashkil etish.

1. Besh muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar va sport seksiyalari tashkil etish uchun zarur xona ajratish va uni jihozlash.

2027-yil yanvar

Davlat budjeti mablagʻlari

Filial,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Besh muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar va sport seksiyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2027-yil fevral

17.

Filialda yoshlar oʻrtasida ekstremizm, radikal gʻoyalar, giyohvandlikka qarshi kurashish, shuningdek, din va davlat munosabatlari hamda milliy qonunchilikka oid maʼrifiy-profilaktik uchrashuvlarni tashkil qilish.

1. Uchrashuvga soha mutaxassislarini jalb qilish.

2027-yil davomida

-

Filial,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Oʻtkazilayotgan uchrashuvlarda yoshlar orasida sodir boʻlgan jinoyatlarni misol qilib koʻrsatish.

3. Uchrashuvlarga Filialda tahsil olayotgan barcha talaba-yoshlarni jalb qilish.

har oyda

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2026-y., 07/26/359/1001-son)
Постановление
Президента Республики Узбекистан
О создании филиала Ляонинского педагогического университета Китайской Народной Республики в Узбекистане
В целях подготовки конкурентоспособных кадров для отраслей экономики, повышения качества образования на основе зарубежных программ, внедрения передовых образовательных технологий в сферу, подготовки высококвалифицированных специалистов с современными знаниями и навыками применения педагогических технологий постановляю:
I. Основная цель
1. Определить, что основными целями настоящего постановления являются подготовка квалифицированных кадров для отраслей экономики и социальной сферы на основе опыта Китайской Народной Республики, реализация совместных научно-исследовательских проектов, а также внедрение системы развития потенциала профессоров-преподавателей и специалистов сферы.
II. Образование филиала Ляонинского педагогического университета в Узбекистане
2. Согласиться со следующими предложениями Министерства высшего образования, науки и инноваций, хокимията Хорезмской области и Ляонинского педагогического университета Китайской Народной Республики (далее — Университет) по:
(а) образованию в Хорезмской области филиала Ляонинского педагогического университета в Узбекистане (далее — Филиал);
(б) утверждению состава Наблюдательного совета филиала Ляонинского педагогического университета в Узбекистане согласно приложению № 1*.
3. Принять к сведению, что между Министерством высшего образования, науки и инноваций, Ургенчским государственным университетом и Университетом подписано Соглашение об образовании Филиала, предусматривающее:
(а) организацию образовательного процесса в Филиале на основе учебных планов и образовательных стандартов Университета с учетом государственных образовательных стандартов и квалификационных требований Республики Узбекистан;
(б) определение Наблюдательного совета в качестве высшего органа управления Филиала, а также его задач и порядка организации деятельности в Уставе Филиала;
(в) назначение на должность директора Филиала, ответственного за организацию академической деятельности, обеспечение качества и координацию образования, Наблюдательным советом на основе рекомендации Министерства высшего образования, науки и инноваций;
(г) определение Наблюдательным советом параметров приема, сумм платного контракта, порядка приема на учебу и проведения аттестации выпускников;
(д) обеспечение Университетом повышения качества образования и академического статуса Филиала, а также учебными программами и квалифицированными кадрами.
4. Установить, что:
(а) Филиал является высшей образовательной организацией при учредительстве Министерства высшего образования, науки и инноваций, Ургенчского государственного университета и Университета — резидентом Республики Узбекистан со статусом юридического лица;
(б) Филиал является академически самостоятельной высшей образовательной организацией;
(в) в Филиале образовательный процесс начинается с 2026/2027 учебного года, который ведется по дневной и альтернативным формам обучения на узбекском, китайском или английском языках;
(г) назначение на должность исполнительного директора Филиала, ответственного за организацию и координацию финансово-хозяйственной, организационной и административной деятельности, осуществляется Министерством высшего образования, науки и инноваций;
(д) в Филиале образовательный процесс организовывается на основе государственного гранта и платного контракта. При этом:
(i) обучение студентов, принятых на учебу до 2030/2031 учебного года, осуществляется полностью на основе государственного гранта на протяжении всего периода обучения;
(ii) начиная с 2030/2031 учебного года 30 процентов утверждаемых в установленном порядке годовых параметров приема формируется на основе государственного гранта;
(ж) выпускникам Филиала выдается диплом Филиала и (или) Университета, признаваемый в качестве документа о высшем образовании;
(з) практика студентов Филиала организовывается на производственных и сервисных предприятиях (организациях) региона в соответствии с его учебными планами, в том числе на основе дуального образования.
5. Хокимияту Хорезмской области совместно с Министерством дошкольного и школьного образования, Министерством высшего образования, науки и инноваций обеспечить заключение договоров о взаимном сотрудничестве между Филиалом, предприятиями и организациями, а также налаживание практики студентов на основе дуального образования.
6. Прикрепить к филиалу Ляонинского педагогического университета в Узбекистане в качестве академического партнера отечественные высшие образовательные организации согласно приложению № 2*.
7. Академическим партнерам — высшим образовательным организациям:
(а) оказывать Филиалу содействие в обеспечении высококвалифицированными педагогическими кадрами и учебной литературой;
(б) на основе программ Филиала усовершенствовать свои программы по предметам соответствующих направлений образования бакалавриата на 2027/2028 учебный год;
(в) начиная с 2027/2028 учебного года поэтапно в сотрудничестве с Филиалом осуществлять взаимную академическую мобильность студентов и педагогических кадров;
(г) совместно с Филиалом принимать меры реализации совместных научно-исследовательских проектов по соответствующим направлениям партнерства.
8. Прикрепить к Филиалу техникумы, осуществляющие подготовку кадров по направлениям «туризм» и «информационные технологии», согласно приложению № 3*. При этом:
(а) в техникумах внедряются усовершенствованные образовательные программы и методики обучения по направлениям «туризм» и «информационные технологии» на основе китайского опыта. При этом для выпускников техникумов создается возможность продолжить обучение с надлежащего курса направления образования бакалавриата, соответствующего программе обучения, на основе платного контракта;
(б) в Филиале для преподавателей специальных дисциплин техникумов внедряются учебные курсы развития профессиональных навыков по туризму и искусственному интеллекту, признаваемые в качестве альтернативного повышения квалификации;
(в) учебная практика учащихся техникумов Хорезмской области по направлениям «туризм» и «информационные технологии», прикрепленных к Филиалу, организовывается на базе Филиала;
(г) для учащихся техникумов Хорезмской области, прикрепленных к Филиалу, создается возможность освоить практическую часть специальных дисциплин по сфере туризма и информационные технологии на базе Филиала;
(д) расходы, связанные с реализацией задач, определенных подпунктами «б», «в» и «г» настоящего пункта, покрываются за счет средств Государственного бюджета, выделенных Агентству профессионального образования на данные цели, а также Фонда развития профессионального образования.
9. Министерству дошкольного и школьного образования начиная с 1 января 2027 года привлекать учителей по предмету «информатика» общеобразовательных школ на организовываемые в Филиале курсы повышения квалификации по менторству для обучения искусственному интеллекту. При этом:
(а) Министерство дошкольного и школьного образования ежегодно в срок до 5 декабря формирует и представляет в Филиал список педагогов для повышения квалификации на очередной год в количестве 250 человек из числа кандидатов, показавших наиболее высокие результаты, на конкурсной основе;
(б) Филиал организовывает курсы повышения квалификации для педагогов в комбинированной (онлайн и офлайн) форме в объеме не менее 72 часов;
(в) размеры платы за обучение на курсах повышения квалификации определяются Наблюдательным советом;
(г) расходы слушателей, связанные с повышением квалификации в Филиале и служебной командировкой (транспортом и проживанием), финансируются за счет средств Государственного бюджета, выделенных Министерству дошкольного и школьного образования на данные цели, на основании договора, заключенного с Филиалом;
(д) курсы повышения квалификации ведутся с участием зарубежных специалистов, привлекаемых Университетом, а также профессоров-преподавателей Филиала;
(ж) слушатели курсов повышения квалификации размещаются в общежитии Центра педагогического мастерства Хорезмской области;
(з) слушателям, успешно окончившим курсы повышения квалификации, Филиалом в установленном порядке выдается сертификат, признаваемый в качестве документа, удостоверяющего прохождение альтернативного повышения квалификации учителями по предмету «информатика»;
(и) начиная с 2027/2028 учебного года учителям, прошедшим повышение квалификации, обеспечивается осуществление деятельности в качестве преподавателя-ментора на мероприятиях «День профессионального развития».
10. Разрешить Совету Министров Республики Каракалпакстан, хокимиятам областей и города Ташкента осуществление целевой подготовки кадров исходя из потребности в специалистах для реализации инвестиционных проектов в регионах путем предоставления заказов Филиалу за счет дополнительных источников местных бюджетов.
III. Финансирование и материально-техническое обеспечение деятельности Филиала
11. Определить источниками финансирования деятельности Филиала:
(а) средства Государственного бюджета Республики Узбекистан;
(б) средства, поступающие от обучения на основе платного контракта;
(в) инвестиции и благотворительные пожертвования физических и юридических лиц, а также внебюджетные средства учредителей;
(г) средства, поступающие от оказания платных услуг и коммерциализации научных результатов;
(д) иные источники, не запрещенные актами законодательства.
12. Определить, что:
(а) размеры оплаты труда руководителей и профессоров-преподавателей, привлекаемых в Филиал из-за рубежа, в частности Университета, устанавливаются исходя из конъюнктуры рынка труда на основании заключенных договоров;
(б) тарифные коэффициенты и базовые должностные оклады по разрядам оплаты труда по Единой тарифной сетке отечественным профессорам-преподавателям и специалистам, привлекаемым в Филиал в целях повышения педагогического и научного потенциала, качественной организации образовательного процесса в Филиале, исчисляются в 1,5-кратном размере оплаты труда;
(в) финансирование расходов, связанных с содержанием Филиала за счет средств Государственного бюджета, осуществляется в 2026 году в рамках средств республиканского бюджета Республики Узбекистан, выделенных Министерству высшего образования, науки и инноваций в качестве распределителя бюджетных средств первого уровня, начиная с 2027 года — предусматривается в параметрах Государственного бюджета на основании бюджетных запросов, представленных в соответствии с требованиями бюджетного законодательства.
13. Агентству по управлению государственными активами обеспечить размещение Филиала на основе права безвозмездного пользования в зданиях и сооружениях, расположенных по адресу: Хорезмская область, город Хива, СГМ «Кибла Тозабог», улица Мактаб, дом 57.
IV. Организация, обеспечение и контроль исполнения постановления
14. Утвердить «Дорожную карту» по организации деятельности Филиала Ляонинского педагогического университета в Узбекистане согласно приложению № 4*.
* Приложения приводятся на узбекском языке.
15. Министерству высшего образования, науки и инноваций совместно с Министерством дошкольного и школьного образования в двухмесячный срок внести в Кабинет Министров предложения об изменениях и дополнениях в акты законодательства, вытекающих из настоящего постановления.
16. Возложить на министра высшего образования, науки и инноваций К.А. Шарипова и хокима Хорезмской области Ж.Р. Рахимова персональную ответственность за эффективную организацию исполнения настоящего постановления.
17. Контроль за исполнением настоящего постановления возложить на Премьер-министра Республики Узбекистан А.Н. Арипова и заместителя Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан по реформированию образования И.Т. Сираджева.
Президент Республики Узбекистан Ш. МИРЗИЁЕВ
г. Ташкент,
2 октября 2026 г.,
№ ПП-359
(Национальная база данных законодательства, 05.10.2026 г., № 07/26/359/1001)