22.09.2026 yildagi PF-202-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.09.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoqilgʻi-energetika tarmogʻini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish, tarmoqda davlat boshqaruvi va xususiy sektor faoliyati chegaralarini aniq belgilash, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish hamda yoqilgʻi-energetika resurslari bozorida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar ushbu Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mamlakat energetika xavfsizligini mustahkamlash va tarmoq barqarorligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) yoqilgʻi-energetika tarmogʻida natijaga asoslangan boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) davlat va xususiy sektor oʻrtasidagi munosabatlarni “strategiya — tartibga solish — nazorat — ijro” tamoyili asosida oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) yoqilgʻi-energetika tarmogʻining investitsiyaviy jozibadorligi va sarmoya kiritish shaffofligini oshirish hamda ushbu yoʻnalishda sogʻlom raqobat muhitini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) yoqilgʻi-energetika tarmogʻida raqobatni rivojlantirish hamda barcha uchun teng huquq va shart-sharoitlar yaratish orqali zamonaviy ekotizimni joriy qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi institutsional islohotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Energetika vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan yoqilgʻi-energetika tarmogʻi korxonalari va isteʼmolchilariga shartnomaviy, xizmat koʻrsatish va boshqa xoʻjalik munosabatlari boʻyicha individual tusdagi ruxsatnomalar berish amaliyoti bekor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Regulator) zimmasiga elektr energiyasi bilan bir qatorda tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminotida bozor tamoyillarini bosqichma-bosqich shakllantirish hamda tartibga solish vazifalari yuklatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) qoidabuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish, xavflarni erta aniqlashga qaratilgan preventiv nazorat modeliga asoslangan vazifalar yuklatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) yoqilgʻi-energetika tarmogʻi korxonalari tegishliligi boʻyicha yoqilgʻi-energetika resurslarini qazib olish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, uzatish, taqsimlash, yetkazib berish va sotish boʻyicha xoʻjalik (tijorat) faoliyatini amalga oshirish vazifasini bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Energetika vazirligining asosiy faoliyat yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligining yangi faoliyat yoʻnalishlari 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining qoʻshimcha faoliyat yoʻnalishlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlik, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Regulatorning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Regulator xodimlarining umumiy cheklangan sonini qoʻshimcha 21 ta shtat birligiga oshirish. Bunda qoʻshimcha shtat birliklarini moliyalashtirish 2026-yilda Energetika bozorini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi, 2027-yildan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda nazarda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Vazirlik huzuridagi Yoqilgʻi-energetika sohasini isloh qilish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha loyiha ofisining asosiy vazifalari etib quyidagilarni belgilash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) yoqilgʻi-energetika tarmogʻida mavjud axborot tizimlarining funksional imkoniyatlarini kengaytirish, bunda sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish, tarmoqning yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) raqamli platformalar orqali energiya resurslariga boʻlgan talab va taklif prognozlari, yoqilgʻi-energetika balansi, yoqilgʻi-energetika tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha qisqa va uzoq muddatli rejalarni ishlab chiqish va yangilab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda tarmoq korxonalariga koʻmaklashish, talab etiladigan yer maydonlarini ajratishda Vazirlik nomidan harakat qilish, loyihalarni amalga oshirish holatini monitoring qilish va muammolarni bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) kasbiy va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tarmoq korxonalari uchun kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish, shu jumladan, dual taʼlimni joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt yordamida yoqilgʻi-energetika tarmogʻi xodimlarini boshqarish, tarmoq korxonalarida eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga (KPI) erishilishini baholash va monitoring qilishni joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Yoqilgʻi-energetika resurslarini prognozlash va strategik rejalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlik, Regulator, Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil yakuniga qadar hududlar va tarmoqlarning yoqilgʻi-energetika resurslariga boʻlgan talabidan kelib chiqib, quyidagilarni koʻzda tutuvchi 2050-yilga qadar isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlash konsepsiyasini tasdiqlashga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin hamda tasdiqlangan Konsepsiyani eʼlon qilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) yoqilgʻi-energetika resurslari salohiyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) demografik oʻzgarishlar va hududlarning ixtisoslashuvi hamda iqtisodiyot tarmoqlarining uzoq muddatli talab prognozi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) yoqilgʻi-energetika resurslari diversifikatsiyasi, muqobil energiya manbalari, shu jumladan, qayta tiklanuvchi energiya, energiya saqlash tizimlari va atom energetikasini rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) energiya samaradorligini oshirish, zamonaviy raqamli va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, yuqori samarador, ekologik toza va yangi avlod energetika texnologiyalariga bosqichma-bosqich oʻtish mexanizmlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) respublika isteʼmolchilarini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlash orqali energetika xavfsizligi va mustaqilligini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) har 5 yilda mazkur Konsepsiyani yangilab, tegishli normativ huquqiy-hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) respublika isteʼmolchilarini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan taʼminlashni rivojlantirish rejasini ishlab chiqish mazkur Farmonning 4-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Vazirlik, Regulator bilan birgalikda har yilning avgust oyiga qadar tarmoqlar va hududlar kesimida har yili yangilanadigan yoqilgʻi-energetika resurslariga boʻlgan talabning uch yillik prognozlari (keyingi oʻrinlarda — Talab prognozlari) ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Vazirlik va Regulator tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda har yilning sentabr oyiga qadar Talab prognozlari asosida har yili yangilanadigan isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan taʼminlash boʻyicha uch yillik rivojlantirish rejasini (keyingi oʻrinlarda — Strategik reja) tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) Talab prognozlari va Strategik reja Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yilning oktabr oyiga qadar tasdiqlanadi va eʼlon qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) yoqilgʻi-energetika tarmogʻida istiqbolli investitsiya loyihalari rejasini ishlab chiqish va ularning tanlov hujjatlari toʻplamini tayyorlash mazkur Farmonning 5-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) tasdiqlangan Strategik reja asosida Regulator va Vazirlik tomonidan har yilning noyabr oyiga qadar har bir loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari, loyihani amalga oshirish tamoyillari va moliyalashtirish manbalari, talab etiladigan yer uchastkasi hamda infratuzilma tavsifi koʻrsatilgan holda istiqbolli investitsiya loyihalarining uch yillik rejasi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya rejasi) Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Investitsiya rejasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yilning yakuniga qadar tasdiqlanadi va eʼlon qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) Investitsiya rejasidagi loyihalarning tanlov hujjatlari toʻplami buyurtmachi yoki davlat sherigi tomonidan, shuningdek, mahalliy va xalqaro loyiha institutlarini jalb qilgan holda tayyorlanadi va ochiq eʼlon qilib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) loyiha tashabbuskori (amalga oshiruvchi) qonunchilikda belgilangan tartibda tanlov asosida aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Investitsiya rejasiga kiritilgan loyihalar uchun talab etiladigan yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(vi) buyurtmachi (davlat sherigi) Investitsiya rejasiga koʻra investitsiyalarni oʻzlashtirish, loyihalarni belgilangan muddatda amalga oshirish va ishga tushirishga masʼul hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) investorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish, loyihalar doirasida individual xususiyatga ega imtiyozlar va preferensiyalar berish, Investitsiya rejasiga kiritilmagan loyihalarni boshlash qatʼiy taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) obyektlarni loyiha-smeta hujjatlarini parallel ravishda ishlab chiqish va moliyalashtirish bilan bir vaqtda qurish va rekonstruksiya qilishga (xususiy investitsiyalar hisobidan quriladigan obyektlar bundan mustasno) ruxsat berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida moliyaviy operatsiyalar va pul oqimlarini boshqarish mexanizmlarini isloh qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, 2027-yil 1-iyuldan boshlab Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi faoliyatining shaffofligi, tezkorligi va samaradorligini taʼminlash maqsadida Yoqilgʻi-energetika sohasida idoralararo tarif komissiyasining yagona raqamli platformasi (keyingi oʻrinlarda — Raqamli platforma) joriy etiladi. Bunda Raqamli platforma orqali:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) faoliyati tartibga solinadigan korxonalar tomonidan tarif buyurtmalari hamda tariflarni hisoblash uchun zarur boʻlgan moliyaviy, texnik va boshqa maʼlumotlarni elektron shaklda qabul qilish va qayta ishlash taʼminlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) tarif hisob-kitoblari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tariflarni shakllantirish tartibi asosida avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) tarif buyurtmalari boʻyicha maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda tahlil qilish, ularning isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan taʼminlash boʻyicha yillik rivojlantirish rejasiga va istiqbolli investitsiya loyihalar rejasiga muvofiqligini tekshirish imkoni yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) tarif buyurtmalarini koʻrib chiqish, tuzatishlar kiritish, kelishish va qaror qabul qilish jarayonlari raqamlashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) qabul qilinayotgan tarif qarorlarining tartibga solinadigan korxonalar moliyaviy barqarorligiga hamda Davlat budjetiga taʼsirini baholash imkoni taʼminlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) tariflarni davlat tomonidan tartibga solish jarayoni boʻyicha yagona elektron maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi hamda qaror qabul qilish jarayonining shaffofligi taʼminlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz isteʼmolchilaridan hamda ulgurji qayta sotuvchilardan kelib tushadigan pul mablagʻlarini taqsimlash tartibini shakllantirish, har uch oyda qayta koʻrib chiqish hamda monitoringini yuritish tizimi avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz isteʼmolchilaridan hamda ulgurji qayta sotuvchilardan kelib tushadigan pul mablagʻlari taqsimotidagi ishtirokchilar uchun mablagʻlar taqsimoti jarayonining shaffofligi taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Raqamli platformani ishlab chiqishda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Regulator — buyurtmachi, “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ — pudratchi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Raqamli platformani ishlab chiqish xarajatlari “Energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qoʻllash” (iCRAFT) loyihasi doirasida Regulatorga raqamlashtirish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida kadrlar salohiyatini tubdan oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Boshqaruv samaradorligi agentligi 2026-yil yakuniga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Vazirlik, Regulator va Inspeksiya bilan birgalikda markaziy apparat, tizim korxona va tashkilotlarining xodimlari uchun yoqilgʻi-energetika, muqobil energiya manbalari, energetik rejalashtirish, dispetcherlik, maʼlumotlar tahlili (data analiz) va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ilgʻor xorijiy davlatlarda stajirovkalarni tashkil etsin. Bunda stajirovka dasturining aniq maqsad va natijalarga yoʻnaltirilganligiga alohida eʼtibor qaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Vazirlik va yoqilgʻi-energetika tarmogʻi korxonalari bilan birgalikda nomzodlarni yuqori va oʻrta boʻgʻin rahbarlik lavozimiga tayinlashdan oldin hamda bir yilda bir marta yuqori va oʻrta boʻgʻin rahbarlarini shaxsiy-professional diagnostikadan oʻtkazish mexanizmini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlik 2030-yilga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Regulator, Energiya samaradorligi milliy agentligi, Atom energiyasi agentligi va “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan birgalikda yoqilgʻi-energetika tarmogʻida nufuzli xorijiy universitetlarda taʼlim oladigan talabalar sonini bosqichma-bosqich yillik 50 nafarga yetkazish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda yoqilgʻi-energetika tarmogʻida kadrlar salohiyatini oshirish boʻyicha jami 50 million dollarga teng grant mablagʻlarini jalb qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yoqilgʻi-energetika tarmogʻini isloh qilish, normativ-huquqiy bazani mustahkamlash va tarmoqni raqamlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlik, Regulator manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J,A. Qoʻchqorov va energetika vaziri Sh.X. Xodjayev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur Farmon ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoqilgʻi-energetika masalalari boʻyicha maslahatchisi B.R. Narmatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 22-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-202-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 22-sentabrdagi PF-202-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligining asosiy faoliyat yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining energetika xavfsizligini va yoqilgʻi-energetika tarmogʻining barqarorligini taʼminlash, qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalarini rivojlantirish, shuningdek, isteʼmolchilarning energiya resurslariga boʻlgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yoqilgʻi-energetika tarmogʻining strategik rivojlanish hamda yoqilgʻi-energetika resurslarining ishlab chiqarilishi va isteʼmolini diversifikatsiya qilish rejalarini ishlab chiqish va ular ijrosini monitoring qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yoqilgʻi-energetika tarmogʻini texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va sertifikatlashtirish, shu jumladan, yangi texnologiyalar va xalqaro standartlarni joriy qilish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yoqilgʻi-energetika tarmogʻining raqamli ekotizimini yaratish, sunʼiy intellekt yordamida jarayonlarni muntazam tahlil va monitoring qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida muhandis-texnik va boshqaruv kadrlarini tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha tizimli ishlarni tashkil qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yoqilgʻi-energetika sohasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar oʻtkazish hamda ilmiy-texnikaviy loyihalarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini joriy etishni qoʻllab-quvvatlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 22-sentabrdagi PF-202-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligining yangi faoliyat yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminotida bozor tamoyillarini bosqichma-bosqich tashkil qilishni taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz bozorlarida raqobatni qoʻllab-quvvatlash, bozorning jozibadorligini hamda talab va taklifning mutanosibligini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz bozorlarining barcha ishtirokchilari uchun teng huquq va shaffoflikni taʼminlovchi qonun-qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini oʻrnatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz bozorlari ishtirokchilari faoliyatini litsenziyalash, ularning litsenziya shartlariga amal qilishini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashdagi texnologik yoʻqotishlarning ruxsat etilgan meʼyorlarini tasdiqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bozor konyunkturasi va energiya resurslariga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish hajmlarini oshirishni rejalashtirish hamda infratuzilmani yaratishga qaratilgan uzoq muddatli investitsiya siyosatini shakllantirishda va amalga oshirishda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 2028-yildan boshlab elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminotida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) tartibga solinadigan tariflar va toʻlovlarni tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) isteʼmolchilar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xizmatlar sifati ustidan monitoringni amalga oshirish hamda isteʼmolchilar murojaatlarini koʻrib chiqishning samarali tizimini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 22-sentabrdagi PF-202-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining qoʻshimcha faoliyat yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoidabuzarliklarni aniqlash va jazolashga yoʻnaltirilgan amaliyot bilan birga uslubiy koʻmak koʻrsatish, qoidabuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish, xavflarni erta aniqlash amaliyotini joriy qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xavflarni oldindan baholash, qoidabuzarliklar sabablarini tahlil qilish va ularni bartaraf etishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yoqilgʻi energetika tarmogʻidagi korxonalar va isteʼmolchilar uchun qonunchilikda belgilangan majburiy talablarni sodda, ochiq va tushunarli shaklda eʼlon qilish hamda targʻibot-tashviqot tadbirlarini doimiy amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Nazorat tadbirlarini xavf darajasiga asoslangan yondashuv orqali tashkil etish, ogohlantirish va kamchiliklarni ixtiyoriy bartaraf etish uchun muddat berish amaliyotini qoʻllash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Energetika obyektlarini avariyalar sodir boʻlishi, texnik holati hamda qonunchilik va texnik qoidalar talablariga rioya etish koʻrsatkichlari boʻyicha har yili reyting baholashni amalga oshirish hamda ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida eʼlon qilib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 22-sentabrdagi PF-202-son Farmoniga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika isteʼmolchilarini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan taʼminlashni rivojlantirish rejasini ishlab chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddati


 

1-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Vazirlik,

Regulator, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

Isteʼmolchilarning tarmoqlar va hududlar kesimidagi yoqilgʻi-energetika resurslariga boʻlgan talabining uch yillik prognozlarini ishlab chiqish

Har yilning avgust oyiga qadar


 

2-bosqich

Vazirlik,

Regulator,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan taʼminlash boʻyicha uch yillik rivojlantirish rejasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish

Har yilning avgust oyiga qadar


 

3-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan taʼminlash boʻyicha uch yillik rivojlantirish rejasining tasdiqlanishini taʼminlash, eʼlon qilish va ijroga qaratish

Har yilning oktabr oyiga qadar


 

4-bosqich

Vazirlik,

Regulator,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan taʼminlash boʻyicha uch yillik rivojlantirish rejasining bajarilishini monitoring qilish

Doimiy

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 22-sentabrdagi PF-202-son Farmoniga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida istiqbolli investitsiya loyihalari rejasini ishlab chiqish ularning tanlov hujjatlari toʻplamini tayyorlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddati


 

1-bosqich

Regulator va Vazirlik

Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida istiqbolli investitsiya loyihalari rejasini (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya rejasi) ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish

Har yilning noyabr oyiga qadar


 

2-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Investitsiya rejasini tasdiqlash, eʼlon qilish va ijroga qaratish

Har yilning yakuniga qadar


 

3-bosqich

Buyurtmachi (davlat sherigi),

loyihalashtirish institutlari

Investitsiya rejasidagi loyihalarning tanlov hujjatlari toʻplamini (tanlov ishtirokchilariga qoʻyiladigan malaka talablari, loyihaning texnik koʻrsatkichlari, loyihani boshlashda ruxsat etish bilan bogʻliq hujjatlar va boshqalarni) tayyorlash va ochiq eʼlon qilib borish

Investitsiya rejasiga asosan


 

4-bosqich

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

Investitsiya rejasiga kiritilgan loyihalar uchun talab etiladigan yer uchastkalarini tegishliligi boʻyicha mahalliy hokimliklar zaxirasiga qaytarish va loyihaoldi hujjatlariga muvofiq Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish

Investitsiya rejasiga asosan


 

5-bosqich

Buyurtmachi

(davlat sherigi)

Loyiha tashabbuskorini (amalga oshiruvchini) qonunchilikda belgilangan tartibda tender asosida aniqlash

Investitsiya rejasiga asosan


 

6-bosqich

Buyurtmachi

(davlat sherigi)

Investitsiya rejasiga koʻra investitsiyalarni oʻzlashtirish, loyihalarni belgilangan muddatda amalga oshirish va ishga tushirilishini taʼminlash

Investitsiya rejasiga asosan

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: mahalliy tashkilot hamda korxonalarning oʻz mablagʻlari va kreditlari asosida amalga oshiriladigan loyihalar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 22-sentabrdagi PF-202-son Farmoniga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoqilgʻi-energetika tarmogʻini isloh qilish, normativ-huquqiy bazani mustahkamlash va tarmoqni raqamlashtirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida institutsional islohotlarni amalga oshirish va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida davlat organlari va tashkilotlari funksiyalarini maqbullashtirish.

1. Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida davlat organlari va tashkilotlari funksiyalarini tahlil qilish, takrorlanuvchi va ortiqcha funksiyalarni aniqlash va maqbullashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Bir oy muddatda

Energetika vazirligi

(Xodjayev),

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Mustafayev),

Oʻzenergoinspeksiya

(Isoqjonov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

2. Yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi davlat organlari va tashkilotlarining funksiya va vazifalarini oʻzgartirish hamda ularning nizomlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Uch oy muddatda

2.

Vazirlik va idoralarning tabiiy va suyultirilgan gaz bozorlarini tartibga solish vakolatlarini Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligiga oʻtkazish.

1. Elektr energiyasi hamda tabiiy va suyultirilgan gaz bozorlarini iqtisodiy tartibga solish sohasida Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi vakolatlarini kengaytirish, qoʻshimcha funksiya va vazifalar yuklashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Bir oy muddatda

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Mustafayev),

Energetika vazirligi

(Xodjayev)

2. Hujjat loyihasini oʻrnatilgan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Uch oy muddatda

3.

Oʻzenergoinspeksiyaga qoidabuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish, xavflarni erta aniqlashga qaratilgan “preventiv nazorat modeli”ga asoslangan qoʻshimcha vazifalarni yuklash.

1. Oʻzenergoinspeksiyaga qoidabuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish, xavflarni erta aniqlashga qaratilgan “preventiv nazorat modeli”ga asoslangan qoʻshimcha vazifalarni yuklash boʻyicha hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Bir oy muddatda

Oʻzenergoinspeksiya

(Isoqjonov),

Energetika vazirligi

(Xodjayev),

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Mustafayev),

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

2. Hujjat loyihasini oʻrnatilgan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Uch oy muddatda

4.

Xalqaro moliya institutlari bilan islohotlarni muvofiqlashtirish.

Jahon banki, OTB, YETTB, XMK va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan bozor modeli, tarif siyosati, kliring va maʼlumotlar bazasi boʻyicha texnik koʻmak dasturlarini jalb qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Energetika vazirligi

(Xodjayev),

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Mustafayev)

5.

Oʻzbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga mazkur Farmondan kelib chiqib, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

1. Oʻzbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Uch oy muddatda

Energetika vazirligi

(Xodjayev),

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi,

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

2. Qonun loyihasini belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish.

3. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Belgilangan tartibda

6.

Yoqilgʻi-energetika resurslari bozorlarida raqobat va kamsitmaslik tamoyillarini taʼminlash boʻyicha qoidalarni ishlab chiqish.

1. Xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda yoqilgʻi-energetika tarmogʻining har bir yoʻnalishi boʻyicha bozorni tartibga soluvchi qoidalarni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2027-yil aprel

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Mustafayev),

Energetika vazirligi

(Xodjayev),

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

(Turaxujayev)

2. Hujjat loyihasini oʻrnatilgan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2027-yil iyun

7.

Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida davlat xizmatlarini, shu jumladan, texnik shartlarni berish va kelishish jarayonlarini soddalashtirish.

1. Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida davlat xizmatlarini, shu jumladan, texnik shartlarni berish va kelishishni toʻliq proaktiv shaklga oʻtkazish boʻyicha tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Uch oy muddatda

Energetika vazirligi

(Xodjayev),

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi,

Oʻzenergoinspeksiya

(Isoqjonov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

2. Hujjat loyihasini oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Belgilangan tartibda

8.

“Yashil energiya” MCHJni isloh qilish hamda uning faoliyatidan olinadigan daromadlarni energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish.

1. “Yashil energiya” MCHJ ustav kapitalidagi Energetika vazirligining ulushini Energiya samaradorligi milliy agentligiga balans qiymatida oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

Bir hafta muddatda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Murodov),

Energetika vazirligi

(Xodjayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Mustafayev),

Energiya samaradorligi milliy agentligi

(Badriddinov),

“Yashil energiya” MCHJ

(Nasretdinov)

2. “Yashil energiya” MCHJ ustav kapitalidagi tijorat banklari hamda ularga tegishli shoʻba korxonalarining ulushlarini Energiya samaradorligi milliy agentligiga bozor qiymatida baholangan qiymatda mos ravishda davlat ulushi boʻyicha kelgusida hisoblanadigan dividendlar hisobidan chegirish orqali realizatsiya qilish hamda mazkur shoʻba korxonalari tomonidan tijorat banklariga toʻlanadigan dividendlar evaziga topshirish.

Bir oy muddatda

3. 2027-yildan boshlab “Yashil energiya” MCHJ ustav kapitalidagi davlat ulushi boʻyicha olinadigan dividendlarni respublikada amalga oshiriladigan energiya samaradorligi tadbirlarini moliyalashtirishga yoʻnaltirish.

Doimiy

II. Yoqilgʻi-energetika resurslarini prognozlash va strategik rejalashtirish

9.

2050-yilga qadar isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqish.

1. 2050-yilga qadar isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha respublika ishchi guruhini tuzish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Ikki hafta muddatda

Energetika vazirligi

(Xodjayev),

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Mustafayev),

Oʻzenergoinspeksiya

(Isoqjonov)

2. 2050-yilga qadar hududlar va tarmoqlarning yoqilgʻi-energetika resurslariga boʻlgan talabini aniqlash.

2026-yil oktabr

3. 2050-yilga qadar isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqish.

2026-yil noyabr

4. Konsepsiyani tasdiqlash boʻyicha tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil dekabr

10.

Yoqilgʻi energetika tarmogʻini 2035-yilgacha raqamli transformatsiya qilish strategiyasini quyidagilarni nazarda tutgan holda ishlab chiqish:

yoqilgʻi-energetika tarmogʻini raqamli transformatsiya qilish;

sohaning yagona raqamli arxitekturasi va yagona maʼlumotlar platformasini shakllantirish;

sunʼiy intellekt va ilgʻor raqamli texnologiyalarni joriy qilish;

tarmoq koʻrsatkichlarini onlayn prognozlash, monitoring qilish, risk-menejment tizimini joriy etish.

1. Sohada raqamlashtirish boʻyicha amalga oshirilgan loyihalar va mavjud axborot tizimlari xatlovini oʻtkazish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil oktabr

Energetika vazirligi

(Xodjayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

yoqilgʻi-energetika tarmogʻi korxonalari

2. Yoqilgʻi energetika tarmogʻini 2035-yilgacha raqamli transformatsiya qilish strategiyasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Belgilangan tartibda

III. Energetika tizimida moliyaviy operatsiyalar va pul oqimlarini boshqarish mexanizmlarini isloh qilish

11.

Elektr energiyasining ulgurji bozorida “yagona ulgurji narx” mexanizmlarini joriy etish boʻyicha taklif ishlab chiqish.

1. Elektr energiyasining ulgurji bozorida “yagona ulgurji narx” mexanizmlarini joriy etish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish va asosli takliflar tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Ikki oy muddatda

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Mustafayev),

Energetika vazirligi

(Xodjayev)

2. Oʻrganishlar ijobiy natija bersa, “yagona ulgurji narx” mexanizmlarini joriy qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Regulator va Energetika vazirligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlash.

2026-yil dekabr

12.

Elektr energiyasining ulgurji savdo operatsiyalari uchun moʻljallangan savdo platformasini ishlab chiqish.

1. Elektr energiyasi bozori konsepsiyasi va qoidalari talablaridan kelib chiqqan holda elektr energiyasining ulgurji savdo operatsiyalari uchun moʻljallangan savdo platformasini yaratish boʻyicha texnik topshiriq loyihasini ishlab chiqish.

Texnik topshiriq

2026-yil noyabr

“Oʻzenergosotish” AJ

(Obidjonov),

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi,

Energetika vazirligi

(Xodjayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

2. Texnik topshiriq loyihasini belgilangan tartibda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

Belgilangan tartibda

3. “UZINFOCOM” MCHJ bilan savdo platformasini ishlab chiqish boʻyicha tegishli shartnomalarni imzolash.

2026-yil dekabr

4. Savdo platformasini sinov tariqasida ishga tushirish.

2027-yil aprel

IV. Isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energiya resurslari bilan taʼminlashda qulayliklar yaratish

13.

Tabiiy gaz va elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun ommaviy oferta shartnomasini joriy qilish.

1. Tabiiy gaz va elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun namunaviy ommaviy oferta shartnomasini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil oktabr

Energetika vazirligi

(Xodjayev),

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi,

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

(Isakulov),

“Hududgaztaʼminot” AJ

(Xodjayev),

Oʻzenergoinspeksiya

(Isoqjonov),

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

(Turaxujayev)

2. Namunaviy ommaviy oferta shartnomasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil dekabr

3. Tasdiqlangan namunaviy oferta shartnomasini Energetika vazirligi va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish.

4. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning mobil ilovasida har bir isteʼmolchining elektr taʼminotidagi uzilishlari tarixini yuritish.

2027-yil yanvar

14.

Elektr taʼminotidagi uzilishlar belgilangan muddatlarda bartaraf etilmaganligi uchun isteʼmolchilarga kompensatsiya toʻlash mexanizmini joriy qilish.

1. Elektr taʼminotidagi uzilishlar belgilangan muddatlarda bartaraf etilmaganligi uchun isteʼmolchilarga kompensatsiya toʻlash mexanizmi boʻyicha tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Mustafayev),

Energetika vazirligi

(Xodjayev),

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

(Turaxujayev)

2. Ishlab chiqilgan hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Belgilangan tartibda

15.

Tabiiy gaz yetib borishi qiyin boʻlgan hududlarni elektrlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni jadallashtirish.

1. Tabiiy gaz yetib borishi qiyin boʻlgan hududlarni elektrlashtirish uchun tajribali konsultantlarni jalb qilish maqsadida xalqaro moliya institutlari bilan muzokaralar oʻtkazish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil noyabr

Energetika vazirligi

(Xodjayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Mustafayev),

Energiya samaradorligi milliy agentligi

(Badriddinov)

2. Xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagida tajribali konsultantlarni jalb qilish.

2026-yil dekabr

3. Jalb qilingan konsultantlar bilan birga tabiiy gaz yetib borishi qiyin boʻlgan hududlarni elektrlashtirish konsepsiyasini quyidagilarni nazarda tutgan holda ishlab chiqish:

elektrlashtiriladigan isteʼmolchilar, shuningdek, tabiiy gaz taʼminoti mavjud boʻlmagan va isitish maqsadida elektr energiyasidan foydalanib kelayotgan isteʼmolchilar uchun elektr energiyasining imtiyozli tariflarini belgilash;

elektrlashtirish natijasida almashtiriladigan energiya samaradorligi yuqori boʻlgan maishiy texnikalarni sotib olishda qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish.

2027-yil fevral

4. Tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2027-yil aprel

V. Yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi kadrlar salohiyatini oshirish

16.

Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida kadrlar salohiyatini oshirish.

1. Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida kadrlarni bozor mexanizmlariga oʻtish, raqamlashtirish, sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash, data-analiz (maʼlumotlar tahlili) va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha malakasini oshirish rejasini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

Bir oy muddatda

Energetika vazirligi

(Xodjayev),

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi,

Oʻzenergoinspeksiya

(Isoqjonov),

Boshqaruv samaradorligi agentligi

(Xusainov),

yoqilgʻi-energetika tarmogʻi korxonalari

2. Rejaga asosan ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish maqsadida rivojlangan davlatlarga stajirovkalar tashkil qilish.

Reja asosida

3. Stajirovkada amaliy koʻnikmalarga ustuvorlik berish, olingan tajribani mahalliy sharoitga moslashtirish hamda stajirovka yakunida tajriba va bilimlarni amaliyotga joriy etish rejalarini ishlab chiqish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Reja asosida

4. Stajirovka natijadorligi boʻyicha doimiy ravishda monitoring va nazoratni olib borish.

Doimiy

5. Reja asosida hududlarda tizimli oʻquv-seminar va treninglar tashkil etish.

Reja asosida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 22-sentabrdagi PF-202-son Farmoniga
7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5059-son Farmonining 8-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga 1-ilovada “28. Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“

28. Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi

50

50

shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni

2

2

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-57-son qarorining 11-bandi uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi “Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-166-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 5-bandning ikkinchi — oʻn birinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi ikkinchi — oʻninchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminotida raqobatga asoslangan ulgurji va chakana bozorlarni bosqichma-bosqich tashkil qilishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminotining ulgurji va chakana bozorlarida raqobatni qoʻllab-quvvatlash, bozorning jozibadorligini hamda talab va taklifning mutanosibligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminotining raqobatga asoslangan ulgurji va chakana bozorlari ishtirokchilari uchun teng huquq va shaffoflikni taʼminlovchi qonun-qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminotining raqobatga asoslangan ulgurji va chakana bozorlari ishtirokchilari faoliyatini litsenziyalash, ularning litsenziya shartlariga amal qilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashdagi texnologik yoʻqotishlarning ruxsat etilgan meʼyorlarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor konyunkturasi va energiya resurslariga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda, ishlab chiqarish hajmlarini oshirishni rejalashtirish hamda infratuzilmani yaratishga qaratilgan uzoq muddatli investitsiya siyosatini shakllantirishda va amalga oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2028-yildan boshlab elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminotida tartibga solinadigan tariflar va toʻlovlarni tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2028-yildan boshlab elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminotida isteʼmolchilar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xizmatlar sifati ustidan monitoringni amalga oshirish hamda isteʼmolchilar murojaatlarini koʻrib chiqishning samarali tizimini joriy etish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 10-bandning “g” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “30” raqami “50” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi “Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-28-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “30” raqami “50” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 3-bandning uchinchi xatboshisida “elektr energetikasi sohasida” soʻzlari “elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti sohalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 1-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 1 — 3-bandlardagi “Elektr energiyasining” soʻzlari “Elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti sohalarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 4-bandda “Elektr energiyasining raqobatga asoslangan ulgurji va chakana bozorlari” soʻzlari “Elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti sohalaridagi bozor” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) 5 va 6-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. 2028-yildan boshlab elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti sohalarida tartibga solinadigan tariflar va toʻlovlarni belgilash uslubiyotlarini ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashdagi texnologik yoʻqotishlarning ruxsat etilgan meʼyorlarini tasdiqlash”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-iyuldagi 484-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilarni elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 23-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 319-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 2-band quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“namunali isteʼmolchi — EHNATga ulangan va masofadan boshqarish imkoniyatiga ega hisobga olish uskunasi bilan taʼminlangan, elektr energiyasi uchun muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmagan hamda elektr energiyasidan foydalanish va uni hisobga olish boʻyicha qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻymagan isteʼmolchi (maishiy isteʼmolchilar va oxirgi ikki oy davomida toʻlov intizomiga rioya qilmagan isteʼmolchilar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn birinchi — qirq uchinchi xatboshilar tegishlicha oʻn ikkinchi — qirq toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 20-bandda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) 78-bandning sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tungi davr soatlarida — belgilangan tarif;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yarim tigʻiz davr soatlarida — belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda kamayuvchi koeffitsiyent qoʻllab amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) 84-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“84. EHNATga ulangan hisoblagichga ega boʻlgan isteʼmolchilarga elektr energiyasi oldindan toʻlangan toʻlov doirasida yetkazib beriladi. Bunda namunali isteʼmolchining shaxsiy hisobvaragʻidagi mablagʻ tugaganda elektr energiyasini yetkazib berish EHNAT orqali avtomatik ravishda toʻxtatiladi hamda mablagʻ kelib tushgandan soʻng avtomatik ravishda tiklanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 88-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“88. Elektr energiyasi uchun toʻlov quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maishiy isteʼmolchilar har oyning 10-sanasiga qadar oʻtgan oyda isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻliq hisob-kitob qilishlari shart, EHNATga ulangan maishiy isteʼmolchilar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
EHNATga ulangan maishiy isteʼmolchilar qarzdorligi mavjud boʻlganda, dastur orqali darhol tarmoqdan uziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchilarga (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) elektr energiyasi 100 foiz oldindan haq toʻlash asosida yetkazib beriladi, namunali isteʼmolchilar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunali isteʼmolchilar hisobot oyi uchun shartnomada belgilangan elektr energiyasi qiymatining 15 foizini hisobot oyi boshlanguniga qadar oldindan toʻlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot oyining qolgan qismi uchun toʻlovlar isteʼmolchi tomonidan elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqib, hisobot oyi davomida ixtiyoriy ravishda qismlarga boʻlib amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchining shaxsiy hisobvaragʻidagi mablagʻning tugashi va shu munosabat bilan elektr energiyasini yetkazib berishning avtomatik toʻxtatilishi toʻlov intizomining buzilishi hisoblanmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunali isteʼmolchida muddati oʻtgan qarzdorlik yuzaga kelganda, EHNAT bilan maʼlumot almashinuvi uning aybi bilan buzilganda, hisobga olish uskunasi ishiga aralashish yoki elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlanganda, namunaviy isteʼmolchi maqomini yoʻqotadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15 foizlik oldindan toʻlov tartibini qoʻllash uchun belgilangan talablarga isteʼmolchi qayta muvofiq boʻlganda, mazkur tartib keyingi hisobot oyidan avtomatik ravishda tiklanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchining 15 foizlik oldindan toʻlov tartibidan foydalanish huquqi EHNAT va hisob-kitob maʼlumotlari asosida avtomatik ravishda aniqlanadi. Bunda isteʼmolchidan alohida murojaat yoki qoʻshimcha kelishuv tuzish talab etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun elektr taʼminoti shartnomasida belgilangan muddatlarda toʻlanmagan qarzi boʻlgan yuridik shaxslarga elektr energiyasi yetkazib berish toʻxtatib qoʻyiladi (maxsus tartibga koʻra elektr energiyasi yetkazib beriladigan isteʼmolchilar bundan mustasno). Bunda tadbirkorlik reytingida “yuqori” va “oʻrta” toifadagi korxonalarga oldindan toʻlov summasining 50 foizini hisobot oyining birinchi sanasigacha va qolgan qismini hisobot oyining oʻn beshinchi sanasigacha boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi yigirma oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“namunali isteʼmolchi — TGNHATga ulangan va masofadan boshqarish imkoniyatiga ega hisobga olish uskunasi bilan taʼminlangan, tabiiy gaz uchun muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmagan hamda tabiiy gazdan foydalanish va uni hisobga olish boʻyicha qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻymagan isteʼmolchi (maishiy isteʼmolchilar va ikki oy davomida toʻlov intizomiga rioya qilmagan isteʼmolchilar bundan mustasno)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigirma oltinchi — oʻttiz sakkizinchi xatboshilar tegishincha yigirma yettinchi — oʻttiz toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 63-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron shaklda tuzilgan tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasini qogʻoz shaklida rasmiylashtirish yoki takroran qogʻoz shaklida tuzish talab etilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) 107-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) 111-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“111. Isteʼmolchi tomonidan tabiiy gazni yetkazib berish uchun tuzilgan shartnoma asosida yetkazib beriladigan tabiiy gaz uchun 100 foiz oldindan toʻlov amalga oshirilishi shart, issiqxona xoʻjaliklari va namunali isteʼmolchilar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namunali isteʼmolchilar hisobot oyi uchun shartnomada belgilangan tabiiy gaz qiymatining 15 foizini hisobot oyi boshlanguniga qadar oldindan toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot oyining qolgan qismi uchun toʻlovlar isteʼmolchi tomonidan tabiiy gazga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, hisobot oyi davomida ixtiyoriy ravishda qismlarga boʻlib amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmolchining shaxsiy hisobvaragʻidagi mablagʻning tugashi va shu munosabat bilan tabiiy gazni yetkazib berishning avtomatik toʻxtatilishi toʻlov intizomining buzilishi hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namunali isteʼmolchida muddati oʻtgan qarzdorlik yuzaga kelganda, TGNHAT bilan maʼlumot almashinuvi uning aybi bilan buzilganda, hisobga olish uskunasi ishiga aralashish yoki tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlanganda, namunali isteʼmolchi maqomini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15 foizlik oldindan toʻlov tartibini qoʻllash uchun belgilangan talablarga isteʼmolchi qayta muvofiq boʻlganda, mazkur tartib keyingi hisobot oyidan avtomatik ravishda tiklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmolchining 15 foizlik oldindan toʻlov tartibidan foydalanish huquqi TGNHAT va hisob-kitob maʼlumotlari asosida avtomatik ravishda aniqlanadi. Bunda isteʼmolchidan alohida murojaat yoki qoʻshimcha kelishuv tuzish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Issiqxona xoʻjaliklariga hosil yilining dastlabki 6 oyida (oktabr — mart) yetkazib beriladigan tabiiy gaz uchun oldindan toʻlov 50 foiz miqdorida, qolgan qismi oy yakuniga qadar, keyingi oylardan boshlab esa har oyda 100 foiz oldindan toʻlov amalga oshiriladi. Bunda mazkur xatboshidagi qoida tegishli oyda oldingi davr uchun qarzdorligi boʻlmagan issiqxona xoʻjaliklariga tatbiq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga asosan tabiiy gazni sotishda narxni shakllantirishning alohida tartibi belgilanadigan isteʼmolchilar uchun yetkazib berilgan tabiiy gaz toʻlovlari alohida tariflar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maishiy isteʼmolchilarni issiqlik energiyasi bilan taʼminlash uchun tabiiy gazdan foydalanadigan idoraviy va munitsipal uy-joy fondidagi, yuridik shaxslar yotoqxonalaridagi, koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlaridagi lokal qozonxonalarga yetkazib beriladigan tabiiy gaz boʻyicha toʻlovlar va hisob-kitoblar maishiy isteʼmolchilar uchun bazaviy meʼyor boʻyicha belgilangan tarif asosida amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 118-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(vi) 119-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“119. Isteʼmolchilar hisob-kitob davri boshlanishidan kamida besh kun oldin tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasida koʻrsatilgan oylik tabiiy gaz hajmi qiymati summasining 100 foizi miqdorida gaz taʼminoti tashkilotining hisobvaragʻiga toʻlovlarni oldindan amalga oshirishi shart, namunali isteʼmolchilar va issiqxona xoʻjaliklari bundan mustasno”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2026-y., 06/26/202/0965-son)