Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PF-166-son Farmoniga
1-ILOVA
|
Elektr energiyasini ishlab chiqarish (IES, GES, IEM va QES) |
14 ta issiqlik elektr stansiyalari; 46 ta gidroelektr stansiyalari; 9 ta mikro gidroelektr stansiyalari; 3 ta issiqlik elektr markazlari; 2 ta DXSH quyosh elektr stansiyalari |
• Ishlab chiqarish davomida yuzaga kelgan barcha xarajatlarni qoplab beruvchi tariflar asosida elektr energiyasi Yagona xarid qiluvchiga kafolatlangan tarzda sotiladi. | ||
|
↓ |
||||
|
Elektr energiyasini uzatish, xarid qilish va sotish (Yagona xarid qiluvchi) |
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (Yagona xarid qiluvchi) |
• Respublika hududida ishlab chiqarilgan barcha elektr energiyasini Yagona xarid qiluvchi sifatida xarid qilish va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga sotish. • Eksport va import operatsiyalarini amalga oshirish. • Magistral tarmoqlarga texnik xizmat koʻrsatish. | ||
|
↓ |
||||
|
Elektr energiyasini taqsimlash va sotish |
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ |
• Elektr energiyasini isteʼmolchilarga yetkazib berish va barcha isteʼmolchilarga oʻrnatilgan tariflarda sotish. | ||
|
↓ |
||||
|
Isteʼmolchilar |
Barcha isteʼmolchilar (7,6 mln aholi, 425 mingta yuridik isteʼmolchilar) |
• Ishlab chiqarilgan elektr energiyasini faqatgina “Hududiy elektr tarmoqlari” AJdan xarid qiladi. |



2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Elektr energetikasi sohasini isloh qilish boʻyicha huquqiy bazani shakllantirish | ||||
|
1. |
Yangi tahrirdagi “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasini ishlab chiqish. |
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining hamda Jahon bankining texnik koʻmagi asosida jalb qilingan xalqaro ekspertlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2023-yil dekabr |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Adliya vazirligi (Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. |
“Energetika bozorini tartibga solish toʻgʻrisida”gi normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish. |
1. Xalqaro moliya institutlari texnik koʻmagida xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, “Energetika bozorini tartibga solish toʻgʻrisida”gi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
2024-yil aprel |
Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Adliya vazirligi (Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. “Energetika bozorini tartibga solish toʻgʻrisida”gi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil may | |||
|
3. |
Xalqaro moliya institutlari texnik koʻmagida xalqaro ekspertlarni jalb qilgan xolda, elektr energetikasi sohasida raqobatli bozorni shakllantirish maqsadida bozor ishtirokchilari faoliyatini tartibga soluvchi ulgurji va chakana bozor qoidalarini, shu jumladan bozor ishtirokchilari faoliyatini litsenziyalash tartibini tasdiqlash. |
1. Bozor ishtirokchilari faoliyatini tartibga soluvchi raqobatli ulgurji va chakana bozor qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2024-yil mart |
Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (Sharaxmetov) |
|
2. Elektr energiyasi bozorida faoliyat yuritish uchun bozor ishtirokchilari faoliyatini litsenziyalash tartibini tasdiqlash. |
2024-yil mart | |||
|
4. |
2020 — 2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini elektr energiyasi bilan taʼminlash konsepsiyasini qayta koʻrib chiqish. |
1. Jahon bankining texnik koʻmagi asosida 2020 — 2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini elektr energiyasi bilan taʼminlash konsepsiyasini qayta koʻrib chiqib, uning yangi tahririni ishlab chiqish. |
2023-yil dekabr |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (Isaqulov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Mustafayev), “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ (Jurayev) |
|
2. Yangi tahrirdagi 2020 — 2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini elektr energiyasi bilan taʼminlash konsepsiyasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil fevral | |||
|
5. |
Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini qabul qilish. |
1. Xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagida xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish. |
2023-yil dekabr |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (Isaqulov) |
|
2. Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil yanvar | |||
|
6. |
Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini qabul qilish. |
1. Xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagida xalqaro ekspertlarni jalb qilgan xolda, Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari loyihasini ishlab chiqish. |
2024-yil aprel |
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Mustafayev), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, Adliya vazirligi (Tashkulov) |
|
2. Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil iyun | |||
|
7. |
Elektr energiyasining savdo operatsiyalari uchun moʻljallangan savdo platformasini (keyingi oʻrinlarda — savdo platformasi) yaratish. |
1. Xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagida xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda savdo platformasini yaratish uchun texnik topshiriq ishlab chiqish. |
2024-yil aprel |
“Oʻzenergosotish” AJ, Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, Energetika vazirligi (Mirzamahmudov) |
|
2. Savdo platformasining dasturiy taʼminotini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish. |
2024-yil dekabr | |||
|
II. Magistral va taqsimlash elektr tarmoqlarini rivojlantirish | ||||
|
8. |
Respublika hududidagi yuqori kuchlanishli magistral elektr tarmoqlarini rivojlantirish. |
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan davlat kafolati ostida xalqaro moliya institutlaridan 3 ta investitsiya loyihasi doirasida jalb qilingan 138,9 mln dollar miqdoridagi mablagʻlarni toʻliq oʻzlashtirish orqali quvvati 500 MVA boʻlgan 1 ta 220 kVli va 1 002 MVA quvvatga ega 500 kVli yangi podstansiya, shuningdek 465 km yuqori kuchlanishli (220 va 500 kVli) elektr uzatish tarmoqlarini qurish ishlarini yakunlash. |
2024-yil dekabr |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (Isaqulov) |
|
9. |
Respublika hududidagi past kuchlanishli taqsimlash elektr tarmoqlarini rivojlantirish. |
2024-yil yakuniga qadar umumiy uzunligi 12 ming km boʻlgan 0,4 — 110 kVli elektr uzatish tarmoqlari va 3 mingta transformator punktini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlarini yakunlash. Shu jumladan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan davlat kafolati ostida xalqaro moliya institutlaridan 3 ta investitsiya loyihasi doirasida jalb qilingan 790 mln dollar miqdoridagi mablagʻlarni toʻliq oʻzlashtirish. |
2024-yil dekabr |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Mustafoyev) |
|
10. |
Respublikaning energetika sohasini Dispetcherlik boshqaruvi va maʼlumotlarni yigʻish dasturiy-apparat kompleksi (SCADA) hamda Aksiyadorlik jamiyatining resurslarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini (ERP) joriy etish orqali raqamlashtirish va kiberxavfsizlikni taʼminlash. |
1. “Energetika tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy qilishni muvofiqlashtiruvchi hukumat ishchi guruhi”ni tuzish. |
2023-yil noyabr |
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (Isaqulov), “Milliy dispetcherlik markazi” DUK (Boboyev), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (Mirzayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Mustafoyev), “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ (Jurayev) |
|
2. Aksiyadorlik jamiyatining resurslarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini (ERP) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va “Oʻzbekgidroenergo” AJga joriy etish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish. |
2024-yil dekabr | |||
|
3. Dispetcherlik boshqaruvi va maʼlumotlarni yigʻish dasturiy-apparat kompleksini (SCADA) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Milliy dispetcherlik markazi” DUKga joriy etish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish. |
2024-yil dekabr | |||
|
11. |
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ isteʼmolchilariga yetkazib beriladigan elektr energiyasi hisobini yuritish uchun yangi billing tizimini ishlab chiqish va toʻliq amaliyotga joriy etish. |
1. Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, zamonaviy texnologiyalar asosida, isteʼmolchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasining hisobini yuritish uchun yangi billing dasturini yaratishda texnik talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2023-yil dekabr |
Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (Mirzayev), “Milliy dispetcherlik markazi” DUK (Boboyev), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Mustafoyev) |
|
2. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “UZI№FOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MCHJ bilan yangi billing tizimini ishlab chiqish va toʻliq amaliyotga joriy etish boʻyicha tuzilgan shartnoma doirasida yangi billing tizimi test rejimida ishlashini hamda Toshkent shahri isteʼmolchilari mazkur tizimga oʻtkazilishini taʼminlash. |
2024-yil fevral | |||
|
3. Yetkazib berilgan elektr energiyasi hisobini yuritish uchun yangi billing tizimini toʻliq amaliyotga joriy etish. |
2024-yil dekabr | |||
|
III. Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi hamda “Oʻzenergosotish” AJ faoliyatini tashkil etish | ||||
|
12. |
Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) faoliyatini tashkil etish. |
Agentlik ijro apparatining boshqaruv lavozimlariga tayinlanadigan nomzodlar (boshqaruv raisi va uning oʻrinbosarlari) boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
2023-yil oktabr |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xodjayev) |
|
Agentlikni joylashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
2023-yil noyabr |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortikov), Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov) | ||
|
Tegishli vazirlik va idoralarning Agentlikka bosqichma-bosqich oʻtkazilayotgan funksiyalarini bajarish vazifasi yuklatilgan shtat birliklarini Agentlikka oʻtkazish hisobiga Agentlikning 20 ta shtat birligini shakllantirish. |
2023-yil dekabr |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xodjayev), Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi | ||
|
Xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagida xalqaro ekspertlarni jalb qilgan xolda Agentlik toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil yanvar |
Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Adliya vazirligi (Tashkulov) | ||
|
13. |
Elektr energiyasi tariflarini shakllantirishning yangi uslubiyotini ishlab chiqish. |
1. Xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagida elektr energiyasi tariflarini shakllantirishning yangi uslubiyotini ishlab chiqish uchun ekspertlarni jalb qilish. |
2023-yil dekabr |
Idoralararo tarif komissiyasi, Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xodjayev), Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi |
|
2. Elektr energiyasi tariflarini shakllantirishning yangi uslubiyotini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish. |
2024-yil fevral | |||
|
3. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasini xarid qilish va sotish boʻyicha mavjud qarzdorligi (shu jumladan, elektr energiyasini xarid qilish va sotish narxlari oʻrtasidagi salbiy tafovut hisobidan shakllangan qarzdorlik)ni taqsimlash tartibini ishlab chiqish va soʻndirish manbalarini tasdiqlash. |
2024-yil aprel | |||
|
14. |
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasi markaziy xarid qiluvchisi funksiyasini alohida kompaniyaga oʻtkazish orqali “Oʻzenergosotish” AJ faoliyatini tashkil etish. |
1. “Oʻzenergosotish” AJni tashkil etish uchun taʼsis hujjatlarini ishlab chiqish va rasmiylashtirish. |
2023-yil oktabr |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xodjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov), “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (Isaqulov) |
|
2. “Oʻzenergosotish” AJning tashkiliy tuzilmasi va ijroiya organlarining tuzilmalarini tasdiqlash. |
2023-yil noyabr | |||
|
3. “Oʻzenergosotish” AJning boshqaruv organlarini (kuzatuv kengashi va ijro etuvchi organlar) shakllantirish. |
2023-yil noyabr | |||
|
4. “Oʻzenergosotish” AJ faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur boʻlgan barcha choralarni koʻrish. |
2024-yil mart | |||
|
15. |
Elektr energiyasining uzatish, uni sotish va sotib olish tariflarini hamda elektr energiyasi uchun kelib tushadigan mablagʻlarni taqsimlashning yangi tartibini tasdiqlash. |
1. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari orqali uzatish, “Oʻzenergosotish” AJ uchun elektr energiyasini sotish va sotib olish tariflarini hamda elektr energiyasi uchun kelib tushadigan mablagʻlarni taqsimlashning yangi tartibini ishlab chiqish. |
2024-yil aprel |
Idoralararo tarif komissiyasi, Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xodjayev), Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi |
|
2. Ishlab chiqilgan elektr energiyasini uzatish, “Oʻzenergosotish” AJ uchun elektr energiyasini sotish va sotib olish tariflarini hamda elektr energiyasi uchun kelib tushadigan mablagʻlarni taqsimlashning yangi tartibini tasdiqlash. |
2024-yil may | |||
|
3. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Energosavdo” korxonasini tashkil etish va uning faoliyatini barcha hududlarda yoʻlga qoʻyish. |
2024-yil may | |||
|
16. |
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan imzolangan shartnomalarni qayta rasmiylashtirish. |
1. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning uzoq muddatli elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi shartnomalarini (Power Purchase Agreements) yangi tashkil etilgan “Oʻzenergosotish” AJ nomiga tegishli dalolatnomalar va shartnomalar (bitimlar) orqali qayta rasmiylashtirish. |
2024-yil may |
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (Isaqulov), “Oʻzenergosotish” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xodjayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov) |
|
2. Xususiy elektr stansiyalari investorlari bilan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan imzolangan 34 ta investitsiya shartnomasi va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitimlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritish. |
2024-yil may | |||
|
3. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasini “Oʻzbekgidroenergo” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJlardan sotib olish va elektr energiyasini “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga sotish bilan bogʻliq 16 ta shartnomani “Oʻzenergosotish” AJ nomiga tegishli dalolatnomalar va shartnomalar (bitimlar) orqali qayta rasmiylashtirish. |
2024-yil may | |||
|
4. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasini sotish va sotib olish bilan bogʻliq boʻlgan barcha debitorlik va kreditorlik qarzdorligini xatlovdan oʻtkazib, “Oʻzenergosotish” AJ nomiga tegishli dalolatnomalar va shartnomalar (bitimlar) orqali oʻtkazish. |
2024-yil iyul | |||
|
5. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasi eksporti va importi shartnomalari, xususiy elektr stansiyalari bilan imzolangan elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni “Oʻzenergosotish” AJga toʻliq oʻtkazish. |
2024-yil dekabr | |||
|
17. |
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish. |
1. Shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatlarini 200 MVtga yetkazish. |
2024-yil dekabr |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xodjayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi |
|
2. Quyosh fotoelektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatlarini 3 347 MVtga yetkazish. |
2024-yil dekabr | |||
|
3. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishlab chiqarish quvvatlarini elektr tarmoqqa integratsiya qilish doirasida batareya energiya saqlash tizimlari quvvatini 500 MVtga yetkazish. |
2024-yil dekabr | |||
|
4. Energiya tizimining sharqiy tomonida ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatlarini gʻarbiy qismga uzatish maqsadida yuqori kuchlanishli oʻzgarmas tok havo liniyasini (NVDC) loyihalash ishlarini yakunlash. |
2024-yil noyabr | |||
|
18. |
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida quriladigan quyosh va shamol elektr stansiyalarini yagona elektr tarmogʻiga integratsiya qilish. |
1. Quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasining yagona elektr tarmogʻiga ulanishini simulyatsiya qiluvchi dasturlardan foydalangan holda, kelgusida qurilishi rejalashtirilgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini yagona elektr tarmogʻiga taʼsirini oʻrganish. |
2023-yil noyabr |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (Isaqulov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Mustafoyev), “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ (Jurayev), “Oʻzbekgidroenergo” AJ (Sanginov) |
|
2. Quyosh va shamol elektr stansiyalarining yagona elektr tarmogʻiga taʼsirini oʻrganish natijalariga koʻra respublikani elektr energiyasi bilan taʼminlash konsepsiyasini qayta koʻrib chiqish. |
2023-yil dekabr | |||
|
3. Ishga tushiriladigan quyosh va shamol elektr stansiyalarini yagona elektr tarmogʻiga integratsiya qilish uchun muntazam ravishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari potensialini oʻrganib borish. |
Doimiy asosida | |||
|
IV. Respublika elektr energetikasi sohasi uchun kadrlar tayyorlash | ||||
|
19. |
Respublika elektr energetikasi sohasi uchun yetuk mutaxassislarni, shu jumladan dispetcherlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini hozirgi zamon talablariga toʻliq moslashtirish. |
1. Kadrlarga boʻlgan talab va kadrlarni tayyorlash yoʻnalishlarini aniqlash. |
2023-yil dekabr |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xodjayev), “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (Isaqulov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Mustafoyev), “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ (Jurayev), “Oʻzbekgidroenergo” AJ (Sanginov) |
|
2. Elektr energetikasi sohasini zamon talablariga toʻliq moslashtirish maqsadida ushbu yoʻnalishdagi mutaxassislar, shu jumladan dispetcherlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha yagona markazni tashkil etish. |
2024-yil yanvar | |||
|
3. Markazda xorijiy davlatlarning yetakchi taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari, biznes-hamjamiyatlari va xalqaro jamiyatlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish hamda mustahkamlash. |
2024-yil iyun | |||
|
20. |
Elektr energetikasi sohasidagi kadrlarning bilimlarini muntazam ravishda oshirib borish. |
1. Xodimlarni ularning sohaviy xizmatda ishlash layoqatini aniqlash maqsadida har uch yilda bir marotaba alohida oʻquv dasturi asosida oʻqitish. 2. Oʻquv kurslari yakunida umumiy va maxsus modullar boʻyicha sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan xodimlarga sertifikat berish. |
Doimiy asosda |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (Isaqulov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Mustafoyev), “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ (Jurayev), “Oʻzbekgidroenergo” AJ (Sanginov), “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ (Jurayev) |
|
21. |
Elektr energetikasi sohasidagi kadrlarni kasbga oid sifatlarini rivojlantirish va faoliyatining samaradorligini oshirish. |
1. Elektr energetikasi sohasida kadrlarning oʻz kasbiga oid boʻlgan qoʻshimcha bilimlarni oʻzlashtirishi va faoliyat samaradorligini oshirish uchun oʻzaro bogʻliq boʻlinmalar roʻyxatini shakllantirish. |
2023-yil noyabr |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (Isaqulov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Mustafoyev), “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ (Jurayev), “Oʻzbekgidroenergo” AJ (Sanginov) |
|
2. Shakllantirilgan roʻyxat asosida kadrlarni rotatsiya qilish grafiklarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2023-yil dekabr | |||
|
3. Elektr energetikasi sohasida kadrlarni muntazam ravishda rotatsiya qilish. |
Doimiy asosda | |||
|
22. |
Malakali xalqaro ekspertlarni Agentlik faoliyatiga jalb qilish. |
Xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagida xalqaro ekspertlar uchun texnik shartlarni ishlab chiqish va ularni jalb qilish. |
2024-yil fevral |
Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xodjayev) |
|
23. |
Ilgʻor xorijiy kompaniyalarda elektr energetikasi sohasidagi dispetcherlarning malakasini oshirish. |
1. Elektr energetikasi sohasidagi dispetcherlarning malakasini oshirish maqsadida ilgʻor xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish. |
2024-yil fevral |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (Isaqulov), “Milliy dispetcherlik markazi” DUK (Boboyev) |
|
2. Hamkorlik kelishuvlari asosida har yili kamida 10 nafar dispetcherni ilgʻor xorijiy kompaniyalarga malaka oshirishga yuborish. |
2024-yil dekabr | |||
|
24. |
Agentlik xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish. |
1. Xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagida Agentlik xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Tasdiqlangan dastur asosida ilmiy-nazariy hamda ilmiy-amaliy seminarlar, forumlar, koʻrgazmalar, simpozium, treninglar, master-klasslar va davra suhbatlari tashkil qilish. |
2023-yil dekabr |
Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, Energetika vazirligi (Mirzamahmudov) |