O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QIShLOQ XO‘JALIGI TEXNIKASI VA TEXNOLOGIYALARINI DAVLAT SINOVLARIDAN O‘TKAZISh SIFATINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan va xorijdan keltirilayotgan traktorlar, qishloq xo‘jaligi mashinalari va asbob-uskunalarini davlat, sertifikatsiya, moslashtirish sinovlaridan va boshqa xil sinovlardan o‘tkazish sifatini tubdan yaxshilash, qishloq xo‘jaligining texnika bilan jihozlanganlik darajasini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘stirish va hosilini yig‘ishtirish bo‘yicha barcha texnologik jarayonlarni bajarishda mashina-traktor parkining puxta ishlashini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston mashina sinash stansiyasi (O‘zMSS) “O‘zagromashservis” uyushmasi tarkibidagi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash davlat markazi (O‘zQTTDM)ga aylantirilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 62-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 23-maydagi PQ-1972-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 23-maydagi PQ-1972-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
4.Belgilansinki:
respublikada yangidan yaratilayotgan traktorlar, qishloq xo‘jaligi mashinalari va asbob-uskunalarining, shuningdek xorijdan keltirilayotganlarining barcha namunalari, ularni respublika qishloq xo‘jaligida ishlatishning ishonchliligini va samaradorligini tekshirib ko‘rish maqsadida, O‘zbekiston davlat markazida majburiy tartibda davlat sinovlaridan o‘tkaziladi. Bunda xorijdan keltiriladigan texnika, qoidaga ko‘ra, tanlov asosida sinovdan o‘tkaziladi;
O‘zbekiston davlat markazida tayyorlangan sinovlar natijalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-fevraldagi 44-f-son farmoyishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzurida tashkil etilgan Qishloq xo‘jaligida texnika siyosatini amalga oshirish Kengashi ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq xo‘jaligi texnikasini seriyali ishlab chiqaradigan mashinasozlik korxonalari ularni nazorat sinovlariga muntazam taqdim etishga majburdirlar.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 62-modda)
5. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi:
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash davlat markazi Ustavini bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
qishloq xo‘jaligi texnikasini davlat sinovidan o‘tkazishning Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1992-yil 7-aprelda tasdiqlangan tartibini qayta ko‘rib chiqsin va uni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kelishib olish uchun taqdim etsin;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda, seriyalab ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikasini Mashina va asbob-uskunalarning texnikaviy holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasining tekshirishlar dalolatnomalari bo‘yicha takroriy sinovdan o‘tkazish tartibini ishlab chiqsin;
O‘zbekiston davlat markazida joylashgan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash tarixi muzeyining, shuningdek eng yangi qishloq xo‘jaligi texnikasi ko‘rgazmasining faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 5-mart,
97-son
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sinash davlat markazining
TUZILMASI
Jami: 130 kishi