O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QIShLOQ XO‘JALIGIGA IShLAB ChIQARISh-TEXNIKA XIZMATI KO‘RSATISh TIZIMIDA MA’MURIY-BOShQARUV XODIMLARI SONINI QISQARTIRISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi tizimining boshqaruv apparati tuzilmasini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligiga ishlab chiqarish-texnika xizmati ko‘rsatish sohasida noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining shu yil 1-martdan boshlab:
“O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi xodimlarining cheklangan sonini 134 nafar etib belgilab (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari), qo‘mita markaziy apparati ma’muriy-boshqaruv xodimlari sonini 25 foizga qisqartirish haqidagi taklifi qabul qilinsin. Apparat tuzilmasiga 1-ilovaga muvofiq rozilik berilsin;
“Agromashservis” viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) aksiyadorlik birlashmalari ma’muriy-boshqaruv xodimlari sonini 20 foizga;
“MTP” davlat-aksiyadorlik jamiyatlari ma’muriy-boshqaruv xodimlari sonini 15 foizga qisqartirish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
2. “Agromashservis” aksiyadorlik birlashmalarining va “MTP” davlat-aksiyadorlik jamiyatlarining namunaviy tuzilmalariga 2 va 3-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 19-martdagi 152-son qaroriga 1a-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi (Olimjonov)ga:
ma’muriy-boshqaruv xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qisqartirilishini ta’minlash va qo‘mitaning ko‘rsatib o‘tilgan bo‘linmalari shtat jadvallariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish;
1998-yil 15-aprelgacha barcha tarkibiy bo‘linmalarda ma’muriy-boshqaruv apparati xodimlarini belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazish;
tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va mutaxassislarining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida, Oliy xo‘jalik sudining o‘quv markazida, O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Bozor munosabatlari o‘quv-konsalting markazida kurslarda bozor iqtisodiyoti sharoitlarida xo‘jalik yuritish prinsiplari va usullariga o‘qitilishini tashkil etish topshirilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari I. H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 27-fevral.,
84-son
“O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi markaziy apparatining
TUZILMASI
Jami: 134 kishi
“Agromashservis” viloyat aksiyadorlik birlashmalari boshqaruv apparatining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Jami: 38 — 47 kishi
“MTP” davlat-aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi apparatining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Jami: 28 — 32 kishi