26.08.2026 yildagi PQ-302-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasi uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini zamon talablari va faoliyat xususiyatlarini inobatga olgan holda yanada takomillashtirish, shuningdek, mazkur yoʻnalishda xizmatni oʻtayotgan kadrlarning professional salohiyatini oshirish hamda doimiy monitoring qilib borish tartibini joriy qilish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Asosiy maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar ushbu qarorning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida zamonaviy bilim va yuksak amaliy koʻnikmaga ega boʻlgan professional kadrlar tayyorlashning uzluksiz taʼlim tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetini (keyingi oʻrinlarda — Universitet) jamoat xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishida kadrlarni maqsadli tayyorlashga ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkiloti sifatida transformatsiya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Universitetda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, yoʻl harakati xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash hamda qoʻriqlash faoliyati (keyingi oʻrinlarda — jamoat xavfsizligini taʼminlash) yoʻnalishlarida kadrlarni tayyorlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Universitetning yillik qabul kvotalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishining kunduzgi taʼlim shakliga 600 nafar kursantgacha, masofaviy taʼlim shakliga 300 nafar tinglovchigacha oshirilib, ularning 3/4 qismi Ichki ishlar vazirligi tizimi uchun jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi kadrlarni tayyorlashga ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Universitet tomonidan Ichki ishlar vazirligi tizimi uchun kadrlar tayyorlashda qabul kvotalari va mutaxassislik (yoʻnalish)lar taqsimoti ichki ishlar organlarining ehtiyojidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi boʻyicha departamenti bilan kelishilgan holda belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Universitetda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning jamoat xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishi uchun yurisprudensiya sohasida oliy maʼlumotga ega kadrlarni tayyorlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) bakalavriatning kunduzgi taʼlim shaklida “Yurisprudensiya (“Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati”, “Jamoat tartibini saqlash faoliyati”, “Yoʻl harakati xavfsizligi faoliyati” va “Qoʻriqlash faoliyati”)” yoʻnalishlari, masofaviy taʼlim shaklida esa “Yurisprudensiya (“Jamoat xavfsizligini huquqiy taʼminlash”)” yoʻnalishi boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida kamida besh yillik amaliy xizmat stajiga ega xodimlari va harbiy xizmatchilari uchun magistraturada oʻqitish “Jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatini tashkil etish” mutaxassisligi boʻyicha amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Universitetda ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati sohasidagi kadrlarni maqsadli tayyorlash xotin-qizlar, yoshlar va voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha hamda bozor (savdo komplekslari)dagi profilaktika inspektorlari lavozimlari uchun amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Universitetda jamoat xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishida kadrlarni tayyorlash oʻquv jarayonida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) dual taʼlim tizimini tashkil etishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 1-kursda oʻquv dasturlari huquqiy bilimlarni mustahkamlashga qaratilib, 80 foiz nazariy va 20 foiz amaliy mashgʻulotlardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 2-kursda oʻquv dasturlari ixtisoslikka yoʻnaltirilib, 60 foiz nazariy va 40 foiz amaliy mashgʻulotlardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) 3-kursda oʻquv dasturlari amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilib, 50 foiz nazariy va 50 foiz amaliy mashgʻulotlardan iborat boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) kursantlarning amaliy mashgʻulotlari Toshkent shahar hamda Toshkent viloyati ichki ishlar organlarining tegishli boʻlinmalarida amalga oshiriladi. Bunda bitiruvchi kurs kursantlari tegishli sohaviy xizmatlarda “stajyor-inspektor” lavozimida amaliyotni oʻtaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) oʻquv mashgʻulotlariga jamoat xavfsizligini taʼminlash, xotin-qizlar, yoshlar va voyaga yetmaganlar bilan ishlash (shu jumladan, psixologik yondashuv) sohalarida amaliy tajriba va professional mahoratga ega boʻlgan mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar bir yillik shartnoma asosida Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan jalb qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Milliy gvardiya (B. Tashmatov), Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov, T. Ismailov) 2026-yil 1-oktabrga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Universitetning tuzilmasida amaldagi shtat birliklari doirasida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” kafedrasini tashkil qilish hamda uni yuqori malakali professor-oʻqituvchilar bilan jamlash choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mazkur qarorga muvofiq Universitetda jamoat xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishida kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yangi oʻquv dasturlari va rejalarini hamkorlikda ishlab chiqish va tasdiqlashni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Jamoat xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishida kadrlar tayyorlashni tashkil etish va muvofiqlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Universitet kvotalarining 3/4 qismini Ichki ishlar vazirligining jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasi ehtiyojidan kelib chiqqan holda yoʻnalishlar kesimida shakllantiradi hamda belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Milliy gvardiya qoʻmondoniga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Universitetning jamoat xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishidagi mutaxassislik kafedralari professor-oʻqituvchilari tarkibini shakllantirishda ishtirok etadi va oʻz xulosalarini taqdim etib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) jamoat xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishida tahsil olayotgan kursantlarning dual taʼlim tizimini tashkil etadi, ularning bu boradagi koʻnikmalarini baholaydi hamda mazkur jarayonlarning samarali amalga oshirilishi uchun masʼul hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) jamoat xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishidagi oʻquv jarayonini tashkil etishda (taʼlim dasturlari va oʻquv rejalarini ishlab chiqishda) bevosita ishtirok etadi, oʻz taklif va tavsiyalarini taqdim etib boradi hamda tahsil olayotgan kursantlarning kasbiy bilim va koʻnikmalari darajasini davriy ravishda oʻrganib borib, taʼlim-tarbiya jarayonini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Universitetning taʼlim tizimini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Universitet bakalavriat taʼlim yoʻnalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun mutaxassislarni tayyorlash kunduzgi taʼlim shaklida davlat granti asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) masofaviy taʼlim shaklida Milliy gvardiya va ichki ishlar organlarining oliy maʼlumotga ega boʻlmagan harbiy xizmatchilari va xodimlari uchun davlat granti asosida, oliy maʼlumotga ega boʻlgan hamda Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari harbiy xizmatchilari va xodimlari uchun toʻlov-kontrakt asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) kadrlarni umumfuqaroviy asosda tayyorlash kunduzgi, kechki va masofaviy taʼlim shakllarida toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Universitetning dual taʼlim tizimida har bir kursant va tinglovchiga oʻqishni boshlashidan uni tamomlanguncha bir nafardan tajribali amaliyotchi-mutaxassisni mentor-tyutor sifatida biriktirish tartibi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) har yili oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim tashkilotlari kursantlari oʻrtasida “Huquqshunoslik” fan olimpiadasi tashkil etiladi hamda gʻolib boʻlganlarga xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish imkoniyati beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Universitet taʼlim jarayonining sifat koʻrsatkichlari va kelgusidagi strategiyasi bitiruvchilarning besh yil davomidagi kasbiy oʻsishi hamda xizmat samaradorligi monitoringi natijasi orqali 1-ilovaga muvofiq mezonlar asosida belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Universitet tomonidan budjet, budjetdan tashqari mablagʻlar hamda grantlar hisobidan har yili professor-oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar va magistrlarning kamida 30 nafarini hamkor xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga malaka oshirish, stajirovka va tajriba almashish uchun yuborish amaliyoti joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) Universitetda amaldagi oʻquv dasturlari boʻyicha oʻqitish ular muqaddam oʻrnatilgan tartibda yakunlanguniga qadar saqlanib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ehtimoliy boʻlgan xavflarni oldindan aniqlash va bartaraf etish koʻnikmalarini shakllantirish uchun Universitetda profayling dasturlari asosida oʻqitish tizimi joriy etiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) bakalavriat va magistratura taʼlim dasturlarida profayling uchun ajratiladigan oʻquv soatlari kamida ikki baravarga koʻpaytiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻz harbiy xizmatchilari (xodimlari)ni profayling boʻyicha malaka oshirish kurslarida mavjud ehtiyojdan kelib chiqqan holda shartnoma asosida oʻqitadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) profayling yoʻnalishida ilmiy tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar soni 2030-yilgacha bosqichma-bosqich oshirilib, yangi texnologiyalarni qoʻllash istiqbollari boʻyicha tadqiqotlarga ustuvorlik beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Universitetda kursant va tinglovchilarga 2 ta xorijiy tilni “1+1” dasturi asosida quyidagi tartibda mukammal oʻrgatish yoʻlga qoʻyiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 1 ta xorijiy til Universitet tomonidan belgilanadi, 1 ta xorijiy til taʼlim oluvchilarning tanloviga asosan oʻqitiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikat olish uchun imtihon xarajatlari Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Milliy gvardiya qoʻmondoniga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi boʻyicha departamenti bilan kelishilgan holda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari va harbiy xizmatchilari uchun Universitetning masofaviy taʼlim shakliga belgilangan qabul kvotasining 50 foizigacha boʻlgan miqdorda toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha kvota kiritish huquqi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Universitetda kadrlar tayyorlashda sogʻlom raqobat muhitini yaratish hamda oliy taʼlim tizimida hamkorlikni kuchaytirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari tomonidan Universitetda, shuningdek, Universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning oliy taʼlim muassasalarida paritet tartibida har yili 100 akademik soatdan iborat mahorat darslari oʻtiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Universitetning professor-oʻqituvchilar tarkibidagi lavozimlarga nomzodlar tanlov asosida saralab olinib, tajriba tariqasida ularni bir yil muddatga shartnoma asosida pedagogik faoliyatga jalb qilish amaliyoti joriy etiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) erishgan natijalariga koʻra professor-oʻqituvchilar bilan pedagogik faoliyatni amalga oshirish boʻyicha shartnoma keyingi oʻquv yili uchun uzaytiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) professor-oʻqituvchilar bilan pedagogik faoliyatni amalga oshirish boʻyicha shartnoma keyingi oʻquv yili uchun uzaytirilmagan taqdirda ular ilgarigi, unga teng yoki yuqori lavozimga tayinlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) professor-oʻqituvchilar bilan pedagogik faoliyatni amalga oshirish boʻyicha shartnoma salbiy sabablarga koʻra bekor qilingan yoki uzaytirilmagan hollarda ularni lavozimga tayinlash yoki harbiy xizmatdan boʻshatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida ilmiy-pedagogik jarayonni 2030-yilgacha rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, Universitetning oʻquv jarayonini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Universitet oʻquv dasturlariga “Oilaviy mediatsiya asoslari”, “Konfliktologiya (stress-menejment)”, “Muammoli sotsiologiya”, “Xavf-xatar tahlili (risk-menejment)”, “Profayling”, “CPTED asoslari”, “OSINT va raqamli tahlil”, “Jamoat xavfsizligini taʼminlashda geoinformatsion tizimlardan foydalanish”, “Uchuvchisiz uchish qurilmalari va robototexnika majmualaridan foydalanish” fanlari kiritilib, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) kursant va tinglovchilarni jamoat xavfsizligini taʼminlashda maxsus dasturiy taʼminotlar, sunʼiy intellekt texnologiyalari hamda dronlardan foydalanish boʻyicha nazariy va amaliy koʻnikmalarga oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) taʼlim dasturlari Departament va milliy hamda xorijiy hamkor oliy taʼlim tashkilotlarini jalb etgan holda birgalikda ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan “Jamoat xavfsizligini taʼminlash simulyatori” virtual oʻquv-amaliy majmuasi joriy etiladi hamda bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) mahalla, taʼlim muassasasi, jamoat joyi, demografik, ijtimoiy va huquqiy koʻrsatkichlarga asoslangan holda kursant va tinglovchilar uchun xavf indeksini baholash, tegishli choralarni belgilash va qaror qabul qilish koʻnikmalarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) videokuzatuv, biometrik identifikatsiya, prediktiv tahlil, real vaqt rejimidagi xavfsizlik monitoringi va xulq-atvor tahlili texnologiyalarini sinovdan oʻtkazish imkoniyati yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) kursantlar (tinglovchilar) tomonidan maʼruza mashgʻulotlarida va baholashda qoʻlyozma konspektlarni majburiy yozish talabi bekor qilinadi, ular tomonidan belgilangan vaqt va joylarda shaxsiy kompyuter texnikalaridan foydalanish amaliyoti joriy etiladi, shuningdek, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan belgilangan joylarda Wi-Fi zonalar tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan professor-oʻqituvchilar, kursant va tinglovchilarning faoliyati va oʻquv natijalarini baholash hamda reytingini shakllantirish boʻyicha yangi tizimni yoʻlga qoʻyish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi “E-reyting” platformasi joriy etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) professor-oʻqituvchilar, kursant va tinglovchilarning kompleks mezonlar asosidagi reyting natijalarini onlayn koʻrsatib turuvchi tahliliy (dashboard) jadvallarini namoyish etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) baholash tizimida professor-oʻqituvchilar, kursant va tinglovchilarning tegishincha innovatsion metodik yondashuvlar, akademik koʻrsatkichlari, mashgʻulotlar samaradorligi, jismoniy tayyorgarlik darajalari hamda ilmiy-ijtimoiy va ijodiy faolliklarini inobatga olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Shunday tartib oʻrnatilsinki, “E-reyting” platformasi orqali shakllantirilgan reyting natijalariga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) oʻquv semestri yakunida eng yuqori oʻrinlarni egallab turgan 10 nafardan professor-oʻqituvchi va kursantlar Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) oʻquv yili yakunida eng past oʻrinlarni egallab turgan Universitetning 10 nafar professor-oʻqituvchilari (harbiy xizmatchilar va xizmatchilar) bilan keyingi oʻquv yili uchun pedagogik faoliyatni amalga oshirish boʻyicha shartnoma uzaytirilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) faoliyati KPI asosida “qoniqarsiz” deb baholangan Universitetning professor-oʻqituvchilari bilan pedagogik faoliyatni amalga oshirish boʻyicha shartnoma bekor qilinishi yoki uzaytirilmasligi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Xalqaro hamkorlik va ilmiy-tadqiqot faoliyatni rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Universitet boshligʻining innovatsion taʼlim masalalari boʻyicha maslahatchisi (keyingi oʻrinlarda — Universitet boshligʻining maslahatchisi) lavozimi kiritilsin hamda quyidagi tartiblar joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Universitet boshligʻining maslahatchisi lavozimiga xorijiy mutaxassis (ekspert, menejer) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan shartnoma asosida tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Universitet boshligʻining maslahatchisi maqomiga koʻra Universitet boshligʻi oʻrinbosariga tenglashtiriladi hamda uning mehnatga haq toʻlash miqdorlari Universitet boshligʻi tomonidan Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan shartnomada mustaqil ravishda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini bosqichma-bosqich implementatsiya qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Universitetning amaldagi shtat birliklari doirasida Xorijiy harbiy kadrlarni tayyorlash fakulteti negizida “Jamoat xavfsizligi mintaqaviy oʻquv markazi” (keyingi oʻrinlarda — Mintaqaviy markaz) tashkil etilsin va quyidagilar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) huquq-tartibot sohasida xorijiy yetakchi oʻquv markazlari bilan strategik hamkorlikni oʻrnatish va rivojlantirish, mintaqa davlatlarining jamoat xavfsizligi yoʻnalishidagi oʻquv-taʼlim muassasalari oʻrtasida qoʻshma tadqiqot loyihalarini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) xorijiy davlatlarning huquq-tartibot organlari xodimlari uchun qisqa muddatli (1 — 4 hafta), oʻrta muddatli (1 — 6 oy) hamda uzoq muddatli (6 oydan 1 yilgacha) malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) xorijiy va mahalliy ekspertlar, trenerlar hamda amaliyotchi mutaxassislardan iborat professional oʻqituvchilar (trenerlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Mintaqaviy markazga Universitetning alohida tuzilmaviy boʻlinmasi sifatida oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot faoliyatini va xalqaro hamkorlikni amalga oshirish vakolatlari beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Mintaqaviy markaz boshligʻi va uning oʻrinbosariga tegishincha Xorijiy harbiy kadrlarni tayyorlash fakulteti boshligʻi va uning oʻrinbosariga belgilangan moddiy-moliyaviy taʼminot tartibi qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mintaqaviy markaz faoliyatini bosqichma-bosqich tashkil etishning mexanizmi quyidagicha belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) birinchi bosqich (2026-2027-yillar) — ichki salohiyatni shakllantirish bosqichi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) xorijiy yetakchi oʻquv markazlari bilan maqsadli xalqaro hamkorlik aloqalari oʻrnatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) xorijiy yetakchi mutaxassislar va amaliyotchi trenerlar Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shartnoma asosida jalb etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) xorijiy mutaxassislar tomonidan Universitet professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlarini intensiv oʻqitish dasturlari (“trainer of trainers” — trenerlarni tayyorlash dasturlari) amalga oshirilib, xalqaro tan olingan sertifikatlar taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) tayyorgarlikdan oʻtgan mahalliy oʻqituvchilar tomonidan Universitet kursant va tinglovchilariga zamonaviy oʻqitish uslublari va dasturlari asosida taʼlim berish yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ikkinchi bosqich (2028-yil) — milliy oʻqitish modeli va infratuzilmani takomillashtirish bosqichi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) xorijiy trenerlar yordamida ishlab chiqilgan oʻquv dasturlari, simulyator mashgʻulotlari va keys-stadi materiallari asosida milliy oʻquv-metodik majmuasi shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) xalqaro standartlarga mos holda oʻquv poligonlari, simulyator zallari, virtual oʻrganish muhitlari tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) qoʻshma (dual-degree) taʼlim dasturlari, onlayn modulli kurslar hamda qisqa muddatli xalqaro sertifikat kurslari yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) uchinchi bosqich (2029-yil va undan keyin) — Mintaqaviy markaz maqomini mustahkamlash bosqichi boʻlib, unda xorijiy davlatlarning huquq-tartibot idoralari xodimlari uchun malaka oshirish kurslari (shu jumladan, onlayn shaklida) muntazam asosda yoʻlga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Universitetning Ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi va Oʻquv-uslubiy situatsion markazi negizida Universitet huzurida amaldagi shtatlar doirasida Jamoat xavfsizligi masalalari boʻyicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar instituti tashkil etilsin hamda quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) jamoat xavfsizligiga tahdidlarni oʻrganish, baholash, prognozlash, shuningdek, ommaviy tartibsizliklarning kelib chiqish sabablari hamda ularda qoʻllanilayotgan taktikalarni kompleks tadqiq qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasiga oid milliy va xalqaro grant loyihalarini tayyorlash va ijrosini taʼminlash, kasbiy standartlar, malaka talablari va taʼlim dasturlarini takomillashtirishda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) yoshlarning jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasiga oid sunʼiy intellekt va prediktiv tahlil yoʻnalishlaridagi loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, har yili xalqaro va respublika xakatonlarini oʻtkazish va gʻolib loyihalarni grant asosida moliyalashtirishni taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti huzuridagi Jamoat xavfsizligi masalalari boʻyicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar institutining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Universitetning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Kadastr agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Universitet hududiga tutash boʻlgan Toshkent viloyati Toshkent tumani “Chigʻatoy” MFY hududidagi 5 ga yer maydonini doimiy foydalanish huquqi bilan belgilangan tartibda Universitet balansiga begʻaraz oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Milliy gvardiya (B. Tashmatov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Toshkent shahar (Sh. Umurzakov) va Toshkent viloyati (Z. Mirzayev) hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2027-yil 1-sentabrga qadar davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini qoʻllagan holda Universitetning malaka oshirish fakulteti tinglovchilari uchun 200 oʻrinli xostelni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2028-yil 1-iyulga qadar investitsiya dasturlari doirasida budjet mablagʻlari hisobidan 600 oʻrinli yotoqxonani qurish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur qarorning ijrosini tashkil etish maqsadida Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5077-son qaroriga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Milliy gvardiya (B. Tashmatov) ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament boshligʻi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 26-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-302-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-302-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat xavfsizligi universiteti bitiruvchilarining kasbiy oʻsishi hamda xizmat samaradorligi monitoringi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MEZONLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitiruvchilar monitoringi Jamoat xavfsizligi universitetini tamomlagandan keyin besh yil davomida har yili quyidagi mezonlar asosida oʻrganiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatda qolishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchining soʻrovnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchiga uning bevosita rahbari tomonidan berilgan baho;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar boʻlinmasining maʼlumotlari (intizomiy jazolari, ragʻbatlantirishlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiya va malaka oshirish natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat yutuqlarini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat pogʻonasidagi oʻsishi va pasayishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Monitoring Milliy gvardiyaning taʼlim jarayonini tashkil etish boshqarmasi tomonidan tegishli vazirlik va idoralarning kadr organlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-302-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida ilmiy-pedagogik jarayonni 2030-yilgacha rivojlantirishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAQSADLI kOʻrsatkichlari (indikatorlari)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkich (indikator) nomi

Oʻlchov birligi

Amaldagi koʻrsatkich

2026-yil

2027-yil

2028-yil

2029-yil

2030-yil

I. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan tubdan takomillashtirish

1.

Xalqaro reytinglarda TOP-1000 talikdan oʻrin olgan xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda mashgʻulotlarni tashkil etish

mashgʻulotlar soni

5

10

20

30

40

50

2.

Kursant va tinglovchilarni amaliyot oʻtash maqsadida hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalari va tashkilotlariga yuborish

kursant va tinglovchilar soni

10

15

20

20

25

30

3.

Kursant va tinglovchilarni til bilish darajasini tizimli ravishda oshirish maqsadida xalqaro tan olingan til sertifikatlarini (IELTS, TOEFL, CEFR va boshqalar) qoʻlga kiritishni yoʻlga qoʻyish

kursant va tinglovchilar soni

219

255

290

325

360

400

II. Oʻquv dasturlari, texnologik ishlanmalar, darsliklar va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni tubdan takomillashtirish

4.

Oʻquv dasturlarini taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisliklaridan kelib chiqqan holda yangilash

foizda

(oʻquv dasturlari salmogʻi)

40

45

50

60

75

100

5.

Intellektual faoliyat natijasida zamonaviy va samarador ishlanmalarni ishlab chiqish

ishlanmalar soni

12

16

18

21

24

27

6.

Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida xalqaro va respublika miqyosida xakaton musobaqasini oʻtkazish

xakatonlar soni

-

2

3

5

7

10

7.

Darsliklarni zamonaviy bilim va tajriba asosida yangilash va nashr etish

foizda

(darsliklar salmogʻi)

85

90

92

95

98

100

8.

Oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni fanlar kesimida qayta ishlab chiqish

foizda

(oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar salmogʻi)

60

70

77

85

95

100

III. Ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish

9.

Universitetning ilmiy salohiyati (ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar ulushi)ni oshirish

foizda

(professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan)

76,8

78

78,5

79

79,5

80

10.

Universitetda uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatchilik hamda yashirin iqtisodiyot sohasida dissertatsiya ishlari ulushini oshirish (PhD va DSc)

ilmiy pedagogik kadrlar soni

151

155

160

165

175

190

11.

Universitetda maqsadli va tematik ilmiy-texnik loyihalar, xorijiy grantlar asosida tadqiqotlarni amalga oshirish

tadqiqotlar soni

2

3

5

7

9

11

12.

Monografiyalar nashr etish

monografiyalar soni

10

24

26

28

30

32

13.

Professor-oʻqituvchilar tomonidan xalqaro ilmiy jurnallarda, shuningdek, “Web of Science”, “Scopus” va boshqa xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallarda maqolalar chop etish

maqolalar soni

130

150

200

250

300

350

14.

Xirsh indeksi (h-indeks) 5 va undan yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilar salmogʻini oshirish

professor-oʻqituvchilar soni

52

55

60

65

70

75

15.

Respublika ilmiy jurnallarida maqolalar chop etish

maqolalar soni

186

200

250

300

350

400

16.

Xalqaro va respublika darajasidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar oʻtkazish

konferensiyalar soni

14

15

17

19

21

25

17.

Xorijiy nufuzli oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik memorandumlarini imzolash

memorandumlar soni

15

20

35

45

55

65

IV. Pedagog kadrlarning bilim, malaka va kasbiy tayyorgarlik darajasini hozirgi kun talablari asosida oshirish

18.

Professor-oʻqituvchilarni boshqa oliy taʼlim tashkilotlarida qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini tashkil etish

foizda

(professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan)

20

35

45

65

85

100

19.

Turdosh taʼlim muassasalari oʻrtasida sohaning yetuk mutaxassislari ishtirokida maʼruzalar tashkil etish

maʼruzalar soni

20

24

30

36

42

48

V. Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish

20.

Xorijiy hamkor oliy taʼlim muassasalaridan yetakchi professor-oʻqituvchilarni taʼlim jarayoniga mashgʻulot oʻtashga jalb etish

xorijiy professor-oʻqituvchilar soni

1

4

8

12

16

20

21.

Universitet professor-oʻqituvchilari va xodimlarini yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallarida stajirovka oʻtashga yuborish va malakasini oshirish

foizda

(professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan)

29

31

36

41

46

51

22.

Xalqaro kelishuvlar, xalqaro simpozium va konferensiyalarda ishtirok etadigan professor-oʻqituvchilar, kursant va tinglovchilar salmogʻini oshirish

jalb etiladigan professor-oʻqituvchilar soni

4

6

8

10

12

15

23.

Turdosh xorijiy oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻquv va ilmiy adabiyotlar (darslik, oʻquv qoʻllanma va monografiya) tayyorlash

Adabiyotlar soni

1

1

3

6

8

10

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-302-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat xavfsizligi masalalari boʻyicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar institutining tashkiliy tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Institut boshligʻi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Institut boshligʻining oʻrinbosari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Jamoat xavfsizligiga tahdidlarni tadqiq qilish markazi

 

 

Huquqbuzar shaxsi profaylingi markazi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

OSINT laboratoriyasi

 

 

Profayling laboratoriyasi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Kibertahdidlarni tadqiq qilish markazi

 

 

Innovatsiya va texnologiyalar markazi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Modellashtirish va situatsion prognozlash laboratoriyasi

 

 

Ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyasi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Institutning ishchi-xizmatchi toifasidagi bosh ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim va katta ilmiy xodim lavozimlari Universitet ishchi-xizmatchi (shu jumladan, professor-oʻqituvchilari) lavozimlarini maqbullashtirish hisobidan joriy etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Milliy gvardiya qoʻmondoniga Institutning tashkiliy-shtat tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-302-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Muddati

Moliyalashtirish manbasi

Masʼul ijrochilar

I. Tashkiliy chora-tadbirlar

1.

Jamoat xavfsizligi universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda magistratura mutaxassisliklaridagi oʻzgarishlarni inobatga olib, Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026 yil oktabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Milliy gvardiya

(B. Tashmatov, M. Rustambayev)

2.

Universitetning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha taʼlim dasturlarini xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilgan holda ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026 yil oktabr

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Milliy gvardiya

(B. Tashmatov, M. Rustambayev),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

3.

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqitishni tashkil etish.

Bunda kursantlar birinchi kursda umumiy, 2-kursdan boshlab esa xotin-qizlar, yoshlar va voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha hamda bozorlar (savdo komplekslari)dagi profilaktika inspektorlari lavozimlari uchun maqsadli oʻqitiladi.

Idoraviy hujjat loyihasi

2026 yil oktabr

-

Milliy gvardiya

(Sh. Ibragimov, M. Rustambayev),

Ichki ishlar vazirligi

(T. Ismailov)

4.

Universitet tuzilmasida mavjud shtat birliklari doirasida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasini tashkil etish.

Universitet professor-oʻqituvchilarining bilim va malakalarini baholash maqsadida assesmentdan oʻtkazish va natijalari yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026 yil sentabr

-

Milliy gvardiya

(B. Tashmatov, M. Rustambayev),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

Boshqaruv samaradorligi agentligi

(U.Xusainov)

5.

Universitet huzurida Jamoat xavfsizligi masalalari boʻyicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar instituti faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2026-yil sentabr

-

Milliy gvardiya

(B. Tashmatov, M. Rustambayev)

II. Oʻquv-uslubiy jarayonni takomillashtirish

6.

Universitetning professor-oʻqituvchilar tarkibidagi lavozimlarga nomzodlar tanlov asosida saralab olinib, tajriba tariqasida bir yil muddatga shartnoma asosida jalb qilish amaliyotini joriy etish. Bunda:

Universitetning jamoat xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishidagi mutaxassislik kafedralari professor-oʻqituvchilar tarkibini shakllantirish Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining bevosita ishtiroki va ijobiy xulosasi asosida amalga oshirilishini taʼminlash;

erishgan natijalariga koʻra professor-oʻqituvchilar bilan pedagogik faoliyatni amalga oshirish boʻyicha shartnomani keyingi oʻquv yili uchun uzaytirish;

professor-oʻqituvchilar bilan pedagogik faoliyatni amalga oshirish boʻyicha shartnoma keyingi oʻquv yili uchun uzaytirilmagan taqdirda ularni ilgarigi, unga teng yoki yuqori lavozimga tayinlash;

oʻquv semestri yakunida kompleks mezonlar boʻyicha reytingda eng yuqori oʻrinlarni egallab turgan 10 nafardan professor-oʻqituvchi va kursantlarni Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirib, eng past oʻrinlarni egallab turgan 10 nafar professor-oʻqituvchilar (harbiy xizmatchilar va xizmatchilar) bilan keyingi oʻquv yili uchun pedagogik faoliyatni amalga oshirish boʻyicha shartnomani uzaytirilmaslik;

professor-oʻqituvchilar bilan pedagogik faoliyatni amalga oshirish boʻyicha shartnoma salbiy sabablarga koʻra bekor qilingan yoki uzaytirilmagan hollarda ularni lavozimga tayinlash yoki harbiy xizmatdan boʻshatishni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirish koʻzda tutiladi.

Idoraviy hujjat loyihasi

2026-yil oktabr

-

Milliy gvardiya

(Sh. Ibragimov, M. Rustambayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Ichki ishlar vazirligi

(T. Ismailov)

7.

Universitetda huquqni muhofaza qilish tizimidagi oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari tomonidan, shuningdek, Universitetning professor-oʻqituvchilari tomonidan huquqni muhofaza qilish tizimidagi oliy taʼlim muassasalarida paritet prinsipiga asosan mahorat darslari oʻtishni yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab

Milliy gvardiya va Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Milliy gvardiya

(B. Tashmatov, M. Rustambayev),

huquqni muhofaza qilish tizimidagi oliy taʼlim muassasalari boshliqlari

8.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament)ning Universitetda jamoat xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishidagi taʼlim-tarbiya jarayonidagi ishtirokini tashkil etish.

Bunda Departament oʻquv jarayonini tashkil etishda (taʼlim dasturlari va oʻquv rejalarini ishlab chiqishda) bevosita ishtirok etishi, oʻz taklif va tavsiyalarini taqdim etib borishi hamda tahsil olayotgan kursantlarning kasbiy bilim va koʻnikmalari darajasini davriy ravishda oʻrganib borishi, taʼlim-tarbiya jarayonini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilab borishi nazarda tutiladi.

Idoralararo qaror loyihasi

2026-yil oktabr

-

Milliy gvardiya

(Sh. Ibragimov, M. Rustambayev),

Ichki ishlar vazirligi

(T. Ismailov)

9.

Departament tomonidan Universitetning jamoat xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishida tahsil olayotgan kursantlarning dual taʼlim jarayonini tashkil etish tartibini quyidagilarni nazarda tutgan holda ishlab chiqish:

jamoat xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishida tahsil olayotgan kursantlarning dual taʼlim tizimini tashkil etish;

kursantlarning bu boradagi koʻnikmalarini baholash hamda mazkur jarayonlarni samarali amalga oshirish.

Idoralararo qaror loyihasi

2026-yil oktabr

-

Milliy gvardiya

(Sh. Ibragimov, M. Rustambayev),

Ichki ishlar vazirligi

(T. Ismailov)

10.

Universitetda ehtimoliy boʻlgan xavflarni oldindan aniqlash va bartaraf etish koʻnikmalarini shakllantirish uchun profayling dasturlari asosida oʻqitish tizimini joriy etish. Bunda:

bakalavriat va magistratura oʻquv rejalarida profayling fan dasturlari uchun ajratiladigan oʻquv soatlarini kamida ikki baravarga koʻpaytirish;

Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻz harbiy xizmatchilari (xodimlari)ni profayling boʻyicha malaka oshirish kurslarida mavjud ehtiyojdan kelib chiqqan holda shartnoma asosida oʻqitishi belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2027 yil yanvar

-

Milliy gvardiya

(B. Tashmatov, M. Rustambayev),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar taʼlim tashkilotlarining kursant va tinglovchilari oʻrtasida huquqshunoslik fan olimpiadalarini tashkil etish hamda gʻolib boʻlganlarning xalqaro olimpiadalarda ishtirok etishini taʼminlash.

Idoralararo hujjat loyihasi

2027-yil yanvar

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Milliy gvardiya

(B. Tashmatov, M. Rustambayev),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Universitet bitiruvchilarining besh yil davomidagi kasbiy oʻsishi hamda xizmat samaradorligi monitoringini amalga oshirish. Bunda:

ish beruvchilar tomonidan bitiruvchilarning besh yil davomida xizmatda qolishi, kadrlar boʻlinmasining maʼlumotlari (intizomiy jazolari, salbiy sabablarga koʻra ishdan boʻshatilishi, ragʻbatlantirilishi), bevosita rahbarlarining bahosi, attestatsiya va malaka oshirish natijalari, xizmat yutuqlari, xizmat pogʻonasidagi oʻsishi va pasayishi hamda xizmat samaradorligini (bilim saviyasini) monitoring qilish tartibi;

ish beruvchilar tomonidan monitoring natijalarini Universitetga taqdim etish shakli va tartibi;

monitoring natijasi asosida Universitet taʼlim jarayonining sifat koʻrsatkichi va kelgusidagi strategiyasini belgilash tartibi koʻzda tutiladi.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2027-yil yanvar

-

Milliy gvardiya

(B. Tashmatov, M. Rustambayev),

Ichki ishlar vazirligi

(A. Tashpulatov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

Kursantlar (tinglovchilar) tomonidan maʼruza mashgʻulotlarida va baholashda qoʻlyozma konspektlarni majburiy yozishni bekor qilish, shuningdek, ular tomonidan belgilangan vaqt va joylarda shaxsiy kompyuter texnikalaridan foydalanish amaliyotini joriy etish.

Universitetda belgilangan joylarda Wi-Fi-zonalarni tashkil qilish.

Idoraviy hujjat loyihasi

2026-yil oktabr

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Milliy gvardiya

(B. Tashmatov, M. Rustambayev)

III. Ilmiy tadqiqot faoliyatini takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

14.

Universitetning Xorijiy harbiy kadrlarni tayyorlash fakulteti negizida Jamoat xavfsizligi mintaqaviy oʻquv markazini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2027-yil yanvar

-

Milliy gvardiya

(B. Tashmatov, M. Rustambayev),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Universitet oʻquv jarayonlariga mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish choralarini koʻrish. Bunda:

jamoat xavfsizligini taʼminlash, xotin-qizlar, yoshlar va voyaga yetmaganlar bilan ishlash (shu jumladan, psixologik yondashuvda) sohalarida amaliy tajriba va professional mahoratga ega boʻlgan mahalliy hamda xorijiy mutaxassislarni (ekspertlarni) bir yil muddatga shartnoma asosida jalb qilish;

Universitetga xorijiy ekspertlarni shartnoma asosida jalb etish mexanizmlarini belgilash;

Universitet boshligʻining innovatsion taʼlim boʻyicha maslahatchisi lavozimini joriy etish hamda xorijiy davlatlardan Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan shartnoma asosida ekspert-menejer jalb etish tartibini belgilash.

Idoraviy hujjat loyihasi

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Milliy gvardiya

(B. Tashmatov, Sh. Ibragimov, M. Rustambayev),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

16.

Universitetda xalqaro hamkorlik va ikki tomonlama shartnomalar doirasida xorijiy davlatlar harbiy xizmatchilarining taʼlim olish salmogʻini oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab

Xalqaro hamkorlik va ikki tomonlama shartnomalar doirasida

Milliy gvardiya

(B. Tashmatov, M. Rustambayev),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

17.

Universitet bilan jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Bunda Universitet tomonidan har yili kamida 30 nafar professor-oʻqituvchilar, ilmiy-pedagog kadrlar va magistrlarni hamkor xorijiy taʼlim muassasalariga, ixtisoslashgan taʼlim tashkilotlariga malaka oshirish, stajirovka va tajriba almashish uchun yuborish amaliyotini joriy etish nazarda tutiladi.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab

Universitetning budjet, budjetdan tashqari va grant mablagʻlari

Milliy gvardiya

(B. Tashmatov, M. Rustambayev),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

IV. Oʻquv-uslubiy jarayonga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish

18.

Universitetda “Jamoat xavfsizligi simulyatori” virtual oʻquv-amaliy majmuasini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Bunda mahalla, taʼlim muassasasi, jamoat joyi va yoʻl qismining haqiqiy demografik, ijtimoiy va huquqiy koʻrsatkichlarga asoslangan holda kursant va tinglovchilar uchun xavf indeksini baholash, tegishli choralarni belgilash va qaror qabul qilish koʻnikmalarini shakllantiruvchi dasturiy taʼminot yaratish koʻzda tutiladi.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026 — 2028-yillar

Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Milliy gvardiya

(B. Tashmatov, Sh. Ibragimov, M. Rustambayev)

19.

Universitetda professor-oʻqituvchilar hamda kursant va tinglovchilarning faoliyatini baholashning yangi KPI tizimini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2027-yil yanvar

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Milliy gvardiya

(B. Tashmatov, M. Rustambayev),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

20.

Universitet professor-oʻqituvchilari hamda kursant va tinglovchilari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida “E-reyting” platformasini joriy etish. Bunda:

professor-oʻqituvchilar, kursant va tinglovchilarning kompleks mezonlar asosidagi reyting natijalarini onlayn koʻrsatib turuvchi tahliliy (dashboard) jadvallarni namoyish etish;

baholash tizimida professor-oʻqituvchilar, kursant va tinglovchilarning tegishincha innovatsion metodik yondashuvlar, akademik koʻrsatkichlari, mashgʻulotlar samaradorligi, jismoniy tayyorgarlik darajalari hamda ilmiy-ijtimoiy va ijodiy faolliklarini inobatga olish nazarda tutiladi.

“E-reyting” platformasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish

2027-yil avgust

Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Milliy gvardiya

(B. Tashmatov, M. Rustambayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

21.

Universitetda masofaviy taʼlim tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida Yagona “Raqamli kampus” taʼlim platformasini ishlab chiqish.

Bunda LMS, AI-monitoring va “Raqamli kampus” taʼlim platformalarini integratsiya qilish choralari koʻriladi.

“Raqamli kampus” innovatsion poligoni axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab

Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Milliy gvardiya

(B. Tashmatov, M. Rustambayev),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

V. Moddiy-texnika bazani mustahkamlash

22.

Universitet hududiga tutash boʻlgan Toshkent viloyati Toshkent tumani “Chigʻatoy” MFY hududidagi 5 ga yer maydonini Jamoat xavfsizligi universiteti balansiga oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil sentabr

-

Toshkent viloyati hokimligi

(Z. Mirzayev),

Davlat aktivlari agentligi

(S. Murodov),

Milliy gvardiya

(B. Tashmatov, M. Rustambayev)

23.

Universitetning malaka oshirish fakulteti tinglovchilari uchun 200 oʻrinli xostel qurish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2027-yil sentabr

Davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari asosida

Milliy gvardiya

(B. Tashmatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Toshkent shahar hokimligi

(Sh. Umurzakov),

Toshkent viloyati hokimligi

(Z. Mirzayev)

24.

Universitetda qoʻshimcha 600 oʻrinli yotoqxona qurish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2028-yil iyul

Investitsiya dasturlari doirasida budjet mablagʻlari

Milliy gvardiya

(B. Tashmatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Toshkent shahar hokimligi

(Sh. Umurzakov),

Toshkent viloyati hokimligi

(Z. Mirzayev)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga bogʻliq holda normativ-huquqiy hujjatlar shakli oʻzgarishi, birlashtirilishi yoki ajratilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-302-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5077-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) uchinchi xatboshidagi “kunduzgi va sirtqi” soʻzlari “kunduzgi, masofaviy va kechki” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Universitetda magistratura dasturi boʻyicha Milliy gvardiya va ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida kamida besh yillik amaliy stajga ega boʻlgan xodimlari (harbiy xizmatchilari)ni oʻqitish davlat granti asosida kunduzgi taʼlim shaklida bir yilni, kadrlarni umumfuqaroviy asosda tayyorlash toʻlov-kontrakt boʻyicha kunduzgi taʼlim shaklida bir yilni, kechki va masofaviy taʼlim shakllarida bir yarim yilni tashkil etadi hamda bitiruvchilarga magistr akademik darajasini tasdiqlovchi oliy taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi hujjat (diplom) beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) beshinchi xatboshida “sirtqi” va “Milliy gvardiyaning” soʻzlari tegishincha “masofaviy” va “Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) oltinchi xatboshida “sirtqi” soʻzi “masofaviy” soʻzi bilan, “300” va “100” raqamlari tegishincha “600” va “300” raqamlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) sakkizinchi xatboshida “sirtqi” soʻzi “masofaviy” soʻzi bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 6-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Universitetga kunduzgi, masofaviy va kechki taʼlim shaklining bakalavriat hamda kunduzgi taʼlim shaklining magistratura dasturlari boʻyicha umumiy asoslarda yurisprudensiya, psixologiya va iqtisodiyot sohalarida kadrlarni talabalar tarkibiga kiritgan holda tayyorlash huquqini berish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 8-band quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v) Universitetga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish uchun zarur boʻlgan statistik va boshqa axborotlarni davlat organlari, vazirlik hamda idoralardan begʻaraz asosda soʻrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari doirasida Qurolli Kuchlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi hamda uning tasarrufidagi korxonalarning moddiy-texnik vositalari va laboratoriya uskunalaridan begʻaraz foydalanish, shuningdek, hamkorlikda tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida shartnoma asosida ekspertlik, ilmiy-tadqiqot va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa pullik xizmatlar koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyasida ilmiy tadqiqot natijalari asosida jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida maxsus vositalar, uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar), robototexnika majmualari, dasturiy taʼminotlar, texnika vositalari namunalarini va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning Jamoat xavfsizligi masalalari boʻyicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar instituti xodimlariga xizmat faoliyati samaradorligi koʻrsatkichi (KPI) asosida har oylik individual ustamalarni Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan toʻlab borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning Jamoat xavfsizligi masalalari boʻyicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar instituti boshligʻi va oʻrinbosariga Universitet boshligʻi oʻrinbosarlariga, institutning markaz boshliqlariga Ilmiy-amaliy-tadqiqotlar markazi boshligʻiga, institut katta ilmiy xodimlariga kafedra oʻqituvchilariga belgilangan moddiy-moliyaviy taʼminot meʼyorlari hamda qoʻshimcha koeffitsiyent miqdorlari qoʻllaniladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 9-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toʻlov kontrakt asosidagi taʼlim, mol-mulkni ijaraga berish, pullik kurslarni tashkil etish va boshqa xizmat koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar Universitetning budjetdan tashqari hisob raqamiga yoʻnaltiriladi. Bunda mazkur mablagʻlarning kamida 50 foizi oʻquv jarayoniga shartnoma asosida malakali mutaxassislarni jalb qilish, xalqaro va respublika darajasidagi tadbirlarni tashkil etish (shu jumladan, xakatonlar, startaplar oʻtkazish va gʻolib loyihalarni moliyalashtirishga), shaxsiy tarkibni har oylik moddiy ragʻbatlantirish va ustama toʻlashga, qolgan qismi oʻquv moddiy-texnik bazani rivojlantirishga va saqlab turishga, raqamli infratuzilmani rivojlantirishga hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa maqsadlarga yoʻnaltiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5077-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining Vasiylik kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

V.V. Maxmudov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, Vasiylik kengashi raisi

D.B. Kadirov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi boʻyicha departamenti boshligʻi, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

B.X. Tashmatov

Milliy gvardiya qoʻmondoni

A.A. Tashpulatov

ichki ishlar vaziri

N.T. Yoʻldoshev

Bosh prokuror

B.N. Kurbanov

Davlat xavfsizlik xizmati raisi

Sh.G. Xalmuxamedov

mudofaa vaziri

A.D. Tashkulov

adliya vaziri

K.A. Sharipov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

Lavozimi boʻyicha

Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5077-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetidagi taʼlim mutaxassisliklari (yoʻnalishlari)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Mutaxassislik (yoʻnalish) nomi

Beriladigan malaka

Taʼlim shakli

Oʻqish muddati

I. Bakalavriat

1.

Jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyati

sohalar boʻyicha menejer

kunduzgi

4 yil

2.

Psixologiya:

“Xizmat faoliyatini psixologik taʼminlash”

psixolog

kunduzgi,

masofaviy

4 yil,

4/5 yil*

3.

Yurisprudensiya:

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati”

“Jamoat tartibini saqlash faoliyati”

“Yoʻl harakati xavfsizligi faoliyati”

“Qoʻriqlash faoliyati”

“Jamoat tartibini huquqiy taʼminlash faoliyati”

yurist

kunduzgi

3 yil

4.

Yurisprudensiya:

“Jamoat xavfsizligini huquqiy taʼminlash”

yurist

masofaviy

4/5 yil*

5.

Iqtisodiyot:

“Iqtisodiy xavfsizlik”

iqtisodchi

kunduzgi

4 yil

6.

Intellektual xavfsizlik tizimining muhandislik faoliyati

muhandis

kunduzgi

4 yil

7.

Yurisprudensiya**

yurist

kunduzgi,

masofaviy,

kechki

4 yil

4/5 yil*

4 yil

8.

Psixologiya**

psixolog

kunduzgi,

masofaviy,

kechki

4 yil

4/5 yil*

4 yil

9.

Iqtisodiyot**

iqtisodchi

kunduzgi,

masofaviy,

kechki

4 yil

4/5 yil*

4 yil

II. Magistratura

10.

Jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatini tashkil etish ****

yurist

kunduzgi

1 yil

11.

Psixologiya:***

“Psixologik faoliyatni tashkil etish”

psixolog

kunduzgi

1 yil

12.

Intellektual xavfsizlik tizimining qoʻmondonlik-muhandislik faoliyati***

Tizim muhandisi

kunduzgi

1 yil

13.

Jamoat xavfsizligini taʼminlashning maxsus-taktik faoliyati***

sohalar boʻyicha menejer

kunduzgi

1 yil

14.

Iqtisodiyot:

“Iqtisodiy xavfsizlikni tashkil etish faoliyati”

iqtisodchi

kunduzgi

1 yil

15.

Yurisprudensiya**

yurist

kunduzgi

masofaviy

kechki

1 yil

1,5 yil

1,5 yil

16.

Psixologiya**

psixolog

kunduzgi

masofaviy

kechki

1 yil

1,5 yil

1,5 yil

17.

Iqtisodiyot**

iqtisodchi

kunduzgi

masofaviy

kechki

1 yil

1,5 yil

1,5 yil

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* oliy maʼlumotga ega boʻlmaganlar uchun 4 yil, oliy maʼlumotga ega boʻlganlar uchun 3 yil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** kadrlarni umumfuqaroviy asosda tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
**** Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari xodimlari (harbiy xizmatchilari) uchun davlat granti hisobidan oʻqitiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Milliy gvardiya qoʻmondoniga Vasiylik kengashi bilan kelishilgan holda mutaxassislik yoʻnalishlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2026-y., 07/26/302/0885-son)