Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.11.2017 31.03.1994 yildagi 176-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.11.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

DISSERTATSIYA IShLARINING HIMOYaSI VA EKSPERTIZASI BILAN BOG‘LIQ BO‘LGAN MOLIYAVIY XARAJATLAR HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 937-sonli “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarining himoyasi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash ishlarini tartibga keltirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi ekspert kengashlarining raislari, ilmiy kotiblari va ekspertlari ishlariga haq to‘lash to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq hamda dissertatsiyalarni ixtisoslashtirilgan kengashlarda himoya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi dissertatsiya ishlarining himoyasi va ekspertizasi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar doirasida pul ajratishni har yili nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 31-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
176-son

Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 31-martdagi 176-son qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi ekspert kengashlarining raislari, ilmiy kotiblari va ekspertlari ishlariga haq to‘lash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1. Ekspert kengashining raisiga, (rais yo‘q bo‘lganda) rais o‘rinbosariga va ilmiy kotibiga ekspert kengashining har bir majlisi uchun raislik qiluvchiga va ilmiy kotibga amalda sarflangan vaqt hisobidan soatbay (lekin 5 soatdan ko‘p bo‘lmagan) ish haqi to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi ekspert kengashi tomonidan dissertatsiyalar ekspertizasi uchun belgilangan ekspertlarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doktorlik dissertatsiyasi ekspertizasi uchun — 8 soat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodlik dissertatsiyasi ekspertizasi uchun — 5 soat hisobidan soatbay haq to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Dissertatsiyalar ekspertizasini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash oliy o‘quv yurtining professori (fan doktorlariga) va dotsenti (fan nomzodlariga) soatbay haq to‘lash stavkalariga binoan Oliy attestatsiya komissiyasiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 31-martdagi 176-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dissertatsiyalarni ixtisoslashtirilgan kengashlarda himoya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoyalarini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar quyidagi normativlar asosida qoplanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha jami 3 opponentga — fan doktoriga, har biriga 8 soat uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodlik dissertatsiyasi bo‘yicha jami 2 opponentga, shu jumladan, 1 fan doktori va 1 fan nomzodiga, har biriga 6 soat uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari avtoreferatlarini 60 nusxadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda chiqarish va tarqatish. Xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasining o‘quv adabiyotlarini chiqaradigan nashriyotlari uchun belgilangan amaldagi narxlar asosida aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa shaharlardan keladigan opponentlarning xizmat safari xarajatlari (xizmat safari muddati 3 kundan ko‘p bo‘lmasligi kerak). To‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi budjet tashkilotlari uchun belgilangan normativlar asosida amalga oshiriladi. Alohida hollarda doktorlik dissertatsiyalari himoyasida OAK ruxsati bilan respublika tashqarisidan bir opponentni taklif qilishga yo‘l qo‘yiladi. Xorijiy opponentlarning xizmat safari xarajatlarini qoplash taklif qiluvchi tashkilot tomonidan valyutani tartibga solish haqidagi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Opponentlar mehnatiga haq to‘lash oliy o‘quv yurtining professori (fan doktorlariga) va dotsenti (fan nomzodlariga) soatbay ish haqi stavkalariga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Huzurida ixtisoslashtirilgan kengashlar ishlayotgan muassasa va tashkilotlarning (valyutadan tashqari) xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi yilning har choragida, tasdiqlovchi moliyaviy hujjatlarga asosan qilingan haqiqiy xarajatlar bo‘yicha qoplaydi.