Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
KORXONALARDA MEHNATKASHLAR VAKILLARINING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VA ULARGA BERILADIGAN IMKONIYATLAR TOʻGʻRISIDAGI KONVENSIYANI RATIFIKATSIYA QILISH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Korxonalarda mehnatkashlar vakillarining huquqlarini himoya qilish va ularga beriladigan imkoniyatlar toʻgʻrisidagi Konvensiya ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1997-yil 30-avgust,
494-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 250-modda)