Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
PAXTA TOLASINI EKSPORT QILISh VA ChET EL INVESTITSIYaSI IShTIROKIDAGI KORXONALARGA SOTISh BOʻYIChA ChET EL VALYuTASIDAGI TUShUMDAN MAJBURIY SOTUVNI AMALGA OShIRISh HAMDA PAXTA TOLASINI EKSPORT QILIShGA OID ShARTNOMALAR BOʻYIChA BANK KAFOLATLARINI BERISh VA ZAXIRA AKKREDITIVLARINI OChISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi 245-sonli “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash toʻgʻrisida”, 2003-yil 3-iyundagi 240-sonli “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”, 2004-yil 3-sentabrdagi 414-sonli “Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlari va qonunchilikning boshqa hujjatlari hamda Xalqaro savdo palatasi tomonidan tasdiqlangan 458-sonli “Taqdim etilgan talabnoma boʻyicha toʻlov bajarilishi shart boʻlgan kafolatlarga oid birxillashtirilgan qoidalar” (1992-yildagi tahriri) va 500-sonli “Hujjatli akkreditivlar uchun birxillashtirilgan qoida va odatlar”dan (1993-yildagi tahriri) kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Paxta tolasini eksport qilish va chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga sotish boʻyicha chet el valyutasidagi tushumdan majburiy sotuvni amalga oshirish hamda paxta tolasini eksport qilishga oid shartnomalar boʻyicha bank kafolatlarini berish va zaxira akkreditivlarini ochish tartibi toʻgʻrisida” Nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan sanadan oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 10-sentabr,
611-son