Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZBEKISTON TEMIR YOʻLLARI” DAVLAT-AKSIYADORLIK KOMPANIYASINI BOSHQARISHNI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA” 2001-YIL 3-MARTDAGI 108-SON QARORIGA OʻZGARTIRISH KIRITISH HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 7-iyundagi 263-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2005-yilgi parametrlari toʻgʻrisida” 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 3-martdagi 108-son qarorining 4-bandi beshinchi xatboshida “va budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” soʻzlari “budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga va Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 22-sentabr,
213-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 37-38-son, 288-modda)