O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI QARORLARIGA O‘ZGARTISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 21-iyuldagi PF-3631-son Farmoniga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 20-sentabr,
PQ-185-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlariga kiritiladigan o‘zgartishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 2005-yil 16-fevraldagi PQ-10-son qarorining 4-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” so‘zlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 11-martdagi PQ-26-son qarorining 3-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” so‘zlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 19-maydagi PQ-1531-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 225-modda)
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini takomillashtirish va texnika bilan jihozlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 28-iyundagi PQ-110-son qarorining 2-ilovasidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” so‘zlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 284-modda; 2011-y., 22-23-son, 225-modda)