18.08.2026 yildagi 444-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon banki ishtirokida “Oʻzbekistonda gaz sizib chiqishlarini bartaraf etish mexanizmini yaratish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida iqtisodiyotni dekarbonizatsiya qilish va iqlim oʻzgarishiga moslashishga qaratilgan loyihalarni barqaror moliyalashtirish uchun imtiyozli kredit va grantni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030 strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — Jahon banki) oʻrtasida “Oʻzbekistonda gaz sizib chiqishlarini bartaraf etish mexanizmini yaratish” loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirilayotgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani amalga oshirish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Jahon banki oʻrtasida qiymati 10,6 million AQSH dollariga teng Grant bitimi (keyingi oʻrinlarda — Grant bitimi) imzolangani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi va “Oʻztransgaz” AJ oʻrtasida Jahon banki tomonidan maʼqullanadigan Oʻzbekiston Respublikasida grantlarni taqsimlash boʻyicha subsidiar kelishuv imzolangani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon banki koʻmagida gaz sizib chiqish holatlarini aniqlash boʻyicha oʻtkazilgan tadbirlar natijasida respublika hududida joylashgan “Oʻztransgaz” AJ obyektlarining 1 000 tadan ortiq nuqsonli nuqtalarida 35 million kub metrgacha hajmda gaz sizib chiqish holatlari aniqlangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Grant bitimi asosida “Oʻzbekistonda gaz sizib chiqishlarini bartaraf etish mexanizmini yaratish” loyihasini amalga oshirish doirasidagi komponentlar va moliyalashtirish hajmlarning maqsadli parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekistonda gaz sizib chiqishlarini bartaraf etish mexanizmini yaratish” loyihasini muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etiladigan idoralararo ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekistonda gaz sizib chiqishlarini bartaraf etish mexanizmini yaratish” loyihasi doirasida gaz sizib chiqishlarini bartaraf etish natijasida iqtisod qilinadigan mablagʻlarni jamlash va qayta investitsiya qilish tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Loyihani 2026 — 2028-yillar davomida amalga oshirishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ushbu qarorga 3-ilovadagi moliyaviy mexanizm asosida gaz sizib chiqish holatlari “Oʻztransgaz” AJ tizimidagi obyektlar kesimida bosqichma-bosqich aniqlanadi va bartaraf etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratiladigan grantlar uchun Grant bitimi va subsidiar kelishuv shartlariga muvofiq hamda Jahon banki uchun maqbul boʻlgan shartlarda “Oʻztransgaz” AJ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklarida undiruvga yoʻl qoʻyilmaydigan (milliy va chet el valyutalarda) maxsus hisobvaraq ochiladi. Bunda Jahon banki tomonidan ajratiladigan grant mablagʻlari faqat chet el valyutasidagi maxsus hisobvaraqqa oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Loyiha doirasida gaz sizib chiqishi holatlarini bartaraf etish natijasida ushbu qarorga 3-ilovada moliyaviy mexanizmga muvofiq iqtisod qilingan metan gaz hajmlari hisob-kitoblari asosida shakllangan (belgilangan tartibda “verifikatsiya”dan oʻtgan) mablagʻlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida “Oʻztransgaz” AJ uchun ochiladigan undiruvga yoʻl qoʻyilmaydigan maxsus (eskrou) hisobvaraqda jamlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Energetika vazirligining roziligi bilan gaz sizib chiqish holatlarini bartaraf etish va gaz tizimi salohiyatini oshirish boʻyicha samarali loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Loyihani amalga oshirish natijasida qisqartirilgan issiqxona gazlari davlat tomonidan tasarruf etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Oʻztransgaz” AJ tizimidagi obyektlarda gaz sizib chiqish holatlarini aniqlash va bartaraf etish ishlari yakunlangandan soʻng Loyiha natijasida iqtisod qilingan mablagʻlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochiladigan undiruvga yoʻl qoʻyilmaydigan maxsus hisobvaragʻiga yoʻnaltirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur maxsus hisobvaraqdagi mablagʻlar respublikadagi boshqa gaz infratuzilmasi obyektlarida gaz yoʻqotishlari va sizib chiqish holatlarini aniqlash hamda bartaraf etish tadbirlarini moliyalashtirishga maqsadli yoʻnaltirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Idoralararo ishchi guruh Loyihani amalga oshirishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon banki hamda manfaatdor vazirlik va idoralar hamda boshqa tashkilotlar oʻrtasida samarali muvofiqlashtirish ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy barqarorlikni taʼminlash, moliyaviy mexanizm faoliyati samaradorligini oshirish va mablagʻlardan maqsadli hamda shaffof foydalanilishini taʼminlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus hisobvaraqda jamlanadigan mablagʻlardan maqsadli foydalanish, moliyaviy qarorlarni kelishish va nazorat qilish jarayonlarini jadallashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy mexanizm tatbiq etilishida hisob-kitoblar va toʻlov operatsiyalarining belgilangan tartibda yuritilishi hamda tashqi auditdan oʻtkazilishini muvofiqlashtirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi “Oʻztransgaz” AJ tomonidan avval yoʻqotilgan, keyinchalik bartaraf etiladigan va mustaqil “verifikatsiya” asosida tasdiqlanadi tabiiy gaz hajmlari tasdiqlangan sanadan boshlab kamida ikki yil davomida tabiiy gazni magistral gaz tizimi orqali transportirovka qilish boʻyicha oʻz ehtiyojlari va yoʻqotishlarini qoplash uchun qoʻllanadigan tarif toʻlovlarini kamaytirmasdan hisoblanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻztransgaz” AJ Jahon banki bilan kelishilgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani amalga oshirish guruhini loyiha davri uchun tashkil etsin hamda uning faoliyatini taʼminlash uchun 5 ta shtat birligi ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani amalga oshirish guruhi faoliyatini tartibga soluvchi nizom, ichki reglamentlar hamda Loyiha doirasida xaridlar, moliyaviy boshqaruv, hisobot yuritish va toʻlovlarni amalga oshirish tartib-taomillarini belgilovchi ichki hujjatlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻztransgaz” AJga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Jahon bankining moliyaviy boshqaruv va mablagʻlarni ajratish talablari asosida Loyiha doirasidagi toʻlov hujjatlarini tayyorlash, moliyaviy operatsiyalarni tashkil etish, grant mablagʻlaridan foydalanish monitoringini yuritish hamda moliyaviy hisobotlarni tayyorlash vakolatlarini Loyihani amalga oshirish guruhiga yuklashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Loyihani amalga oshirish guruhi faoliyatini taʼminlash maqsadida zarur hollarda mahalliy va xorijiy mutaxassislar, konsultantlar va ekspertlarni fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida jalb qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, Loyihani amalga oshirish guruhining ishchi va xodimlari, jalb etiladigan mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar, konsultantlar va ekspertlarga ish haqi va Loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq operatsion xarajatlarni Grant bitimida nazarda tutilgan tartibda grant hisobidan moliyalashtirishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va energetika vaziri Sh.X. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 18-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
444-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-avgustdagi 444-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Grant bitimi asosida “Oʻzbekistonda gaz sizib chiqishlarini bartaraf etish mexanizmini yaratish” loyihasini amalga oshirish doirasidagi komponentlar va moliyalashtirish hajmlarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAQSADLI PARAMETRLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Komponentlar

Asosiy yoʻnalishlar

Masʼul idoralar

Moliyalashtirishning taxminiy miqdori*
(mln AQSH dollari)

1.

“A” komponent

Gaz infratuzilmasida mavjud gaz yoʻqotishlari hajmlarini kamaytirishga qaratilgan taʼmirlash

“Oʻztransgaz” AJ

9,6

Tejalgan metan gaz asosida iqtisod qilingan mablagʻlar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Oʻztransgaz” AJ, Energetika vazirligi

Hisob-kitoblarga koʻra**

2.

“B” komponent

Gaz sizib chiqishi holatlari va emissiyalarni kamaytirish monitoringini hamda hisobotini yuritish boʻyicha institutsional salohiyatini mustahkamlash

“Oʻztransgaz” AJ

0,5**

3.

“C” komponent

Loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etish, xorijiy ekspertlarni jalb qilish va loyihani amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash

“Oʻztransgaz” AJ

0,5**

Jami

10,6

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, tovarlarni yetkazib berish yuzasidan tenderlar oʻtkazish va xizmatlarni koʻrsatish natijalari boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Iqtisodiyot va moliya vaziriga loyiha komponentlari doirasida iqtisod qilingan mablagʻlarni moliyalashtirishning grant loyihasi bilan belgilanayotgan ustuvor yoʻnalishlaridan (gaz sizib chiqishini aniqlash va bartaraf qilish) kelib chiqib, tegishli idoralar va Jahon banki bilan kelishilgan holda loyiha komponentlari boʻyicha qayta taqsimlash huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-avgustdagi 444-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekistonda gaz sizib chiqishlarini bartaraf etish mexanizmini yaratish” loyihasini muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etiladigan Idoralararo ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

U.K. Abidxadjayev

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari,
Idoralararo ishchi guruh rahbari

2.

U.M. Mamadaminov

energetika vazirining birinchi oʻrinbosari,
Idoralararo ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

A.Sh. Isakov

“Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisi v.b.

4.

Sh.I. Safarov

“Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosari v.b.

5.

A.B. Nazarov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi departamenti direktori

6.

B.A. Mirzayev

Energetika vazirligi boshqarmasi boshligʻi

7.

J.N. Olimov

“Oʻztransgaz” AJ loyiha ofisi rahbari

8.

Sh.X. Ishmuxammedov

“Oʻztransgaz” AJ departamenti boshligʻi

9.

lavozim boʻyicha

“Oʻztransgaz” AJ Loyihani amalga oshirish guruhi rahbari, Idoralararo ishchi guruh kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-avgustdagi 444-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda gaz sizib chiqishlarini bartaraf etish boʻyicha moliyaviy mexanizmni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekistonda gaz sizib chiqishlarini bartaraf etish boʻyicha moliyaviy mexanizm (keyingi oʻrinlarda — moliyaviy mexanizm) “Oʻztransgaz” AJga tegishli gaz infratuzilmasi obyektlarida gaz sizib chiqishlarini aniqlash va bartaraf etish ishlarini moliyalashtirish, shuningdek, gaz tejalishi natijasida shakllangan mablagʻlarni jamlash va qayta investitsiya qilish maqsadida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Moliyaviy mexanizm umumiy nazorati Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar moliyaviy mexanizmning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gaz sizib chiqishlarini aniqlash va bartaraf etish ishlarini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gaz tejalishi natijasida shakllangan moliyaviy mablagʻlarni jamlash va qayta investitsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
metan emissiyalarini qisqartirish orqali ekologik samaradorlikni oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gaz sohasida monitoring, hisobot va “verifikatsiya” tizimlarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gaz sohasida institutsional va texnik salohiyatni oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gaz infratuzilmasida iqtisodiy jihatdan samarali taʼmirlash ishlarini qoʻllab-quvvatlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Gaz uzatish tizimi operatori “Oʻztransgaz” AJ — moliyaviy mexanizmning dastlabki benefitsiari sifatida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Moliyaviy mexanizm doirasida quyidagi tadbirlar moliyalashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gaz sizib chiqishlarini aniqlash va bartaraf etish ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻlchash, monitoring, hisobot va “verifikatsiya” tizimlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gaz infratuzilmasi xodimlari salohiyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gaz infratuzilmasini modernizatsiya qilish va texnik xizmat koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik va xavfsizlik standartlarini taʼminlashga qaratilgan tadbirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Moliyaviy mexanizmning dastlabki bosqichida qayta investitsiya qilish mexanizmining moliyaviy va operatsion tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Oʻztransgaz” AJ har chorakda gaz sizib chiqishlarini aniqlash va bartaraf etish boʻyicha ustuvor ishlar roʻyxatini, shuningdek, keyingi yil uchun investitsiya rejalarini tayyorlaydi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Energetika vazirligiga kelishish uchun taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Energetika vazirligi taqdim etilgan rejalarni Grant bitimi va Loyiha operatsion qoʻllanmasida belgilangan mezonlar asosida koʻrib chiqadi hamda mablagʻlardan samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida 5 ish kunidan kechiktirmagan holda ijobiy (yoki qayta ishlash uchun) xulosani taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “Oʻztransgaz” AJ tasdiqlangan rejalar asosida xarid va taʼmirlash ishlarini amalga oshiradi hamda hujjatlashtirilgan xarajatlar asosida Jahon banki grantini jalb qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) amalga oshirilgan ishlar yakunlari boʻyicha “Oʻztransgaz” AJ mustaqil “verifikatsiya” qilingan hisobotlarni tayyorlaydi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi. Mazkur hisobotlarda iqtisod qilingan gaz hajmlari, kamaytirilgan metan emissiyalari, amalga oshirilgan ishlar hajmi va moliyaviy koʻrsatkichlar aks ettiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Iqtisodiyot va moliya vazirligi mustaqil tasdiqlangan hisobotlar asosida iqtisod qilingan tabiiy gaz hajmlari va ularning moliyaviy qiymatini belgilangan hisob-kitob usuliga muvofiq aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) “Oʻztransgaz” AJ tomonidan avval yoʻqotilgan, keyinchalik bartaraf etiladigan hamda mustaqil “verifikatsiya” natijalari asosida tasdiqlangan tabiiy gaz hajmlari hisob-kitoblar asosida shakllangan mablagʻlar “Oʻztransgaz” AJning maxsus (eskrou) hisobvaragʻida jamlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) “Oʻztransgaz” AJ maxsus (eskrou) hisobvaragʻida jamlangan mablagʻlarni kelishilgan va hujjatlashtirilgan gaz sizib chiqish holatlarini aniqlash va bartaraf etish ishlarini moliyalashtirish uchun qayta investitsiya qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) “Oʻzbekistonda gaz sizib chiqishlarini bartaraf etish mexanizmini yaratish” loyihasining dastlabki bosqichida maxsus (eskrou) hisobvaraqda jamlangan mablagʻlardan Jahon banki grantiga qoʻshimcha moliyalashtirish manbai sifatida loyihaning “A” komponenti doirasida gaz infratuzilmasidagi gaz sizib chiqish holatlarini bartaraf etish ishlarini moliyalashtirish uchun foydalaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) Jahon banki grant toʻliq oʻzlashtirilgandan soʻng maxsus (eskrou) hisobvaraqda jamlanadigan mablagʻlar gaz sizib chiqish holatlarini aniqlash va bartaraf etish ishlarini moliyalashtirishning asosiy manbaiga aylanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2026-y., 09/26/444/0856-son)