18.08.2026 yildagi 443-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik startaplarni — yangi turdagi turizm xizmatlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismiga subsidiya ajratish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 19-noyabrdagi PQ-348-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-noyabrdagi PQ-348-son qaroriga muvofiq Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan turistik startaplarni — yangi turdagi turizm xizmatlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi, biroq 1 mlrd soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda har yili eng yaxshi 10 tagacha loyihalarga subsidiyalar ajratilishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Turistik startaplarni — yangi turdagi turizm xizmatlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismiga subsidiya ajratish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Turizm qoʻmitasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq davlat xizmatlari Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Adliya vazirligi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha ularning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali doimiy nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Turizm qoʻmitasi raisi A.Oʻ. Aqqulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 18-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
443-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-avgustdagi 443-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik startaplarni — yangi turdagi turizm xizmatlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismiga subsidiya ajratish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼMURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Reglament turistik startaplarni — yangi turdagi turizm xizmatlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xarajatlarni qoplash davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik startaplar — yangi turdagi turizm xizmatlari (keyingi oʻrinlarda — startap) — turistik xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan, turistlar uchun dolzarb hisoblangan turizm sohasida innovatsion xizmat, texnologiya yoki mahsulot yaratishga qaratilgan yangi biznes loyiha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — startapni yaratgan va subsidiya ajratish uchun murojaat qilgan tadbirkorlik subyekti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlarni qoplash — startapni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi, biroq 1 mlrd soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda har yili eng yaxshi 10 tagacha startap uchun Jamgʻarma hisobidan subsidiya ajratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Talabgor xarajatlarni qoplash uchun hujjatlarni topshirish sanasida quyidagi talablarga javob berishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq va yigʻimlar boʻyicha qarzdorligi boʻlmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankrotlik yoki tugatish jarayonida boʻlmasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Subsidiya bitta talabgor uchun bir kalendar yilda bir marotaba ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xarajatlarni qoplash uchun ariza taqdim etish va uni koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Subsidiya ajratish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Talabgor startap boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali Qoʻmitaga ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda ariza (keyingi oʻrinlarda — ariza) bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ctartapni amaliyotga joriy qilish boʻyicha biznes reja;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ctartap loyihasining taqdimot nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Arizaga talabgor toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritilgandan soʻng, talabgor uni imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, elektron raqamli imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor arizani YIDXP orqali toʻldirganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Talabgorning arizasini Qoʻmita tomonidan koʻrib chiqishda toʻlov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoʻmita raisi tomonidan Turistik ctartap loyihalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tarkibi shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning ish tartibi va tarkibi Qoʻmita raisi tomonidan belgilanadi hamda Qoʻmitaning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Komissiya tomonidan talabgorga Qoʻmitaga uning arizasi kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunida suhbat oʻtkazilishi haqida xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat xabarnoma yuborilgandan soʻng besh ish kunida videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda yoki talabgorning shaxsan ishtiroki orqali oʻtkazilishi mumkin. Suhbat davomida talabgor Komissiyaga oʻz startapini taqdimot qilib, Komissiya aʼzolarining savollariga javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Komissiya suhbat oʻtkazilgandan soʻng oʻn ish kunida talabgorning ushbu Reglamentda belgilangan talablarga mosligini oʻrganib chiqadi, Turizm qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kengashining ijobiy xulosasini oladi hamda subsidiya ajratish maqsadga muvofiq yoki maqsadga muvofiq emasligi haqida xulosa chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Komissiya tomonidan startapni baholashda uning maʼlum bir turistik xizmatni rivojlantirishga qaratilgani, bugungi kunda turistlar uchun dolzarbligi hamda avval mavjud boʻlmagan yoki sezilarli darajada takomillashtirilgan yechimni taqdim etish darajasiga eʼtibor qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Arizani koʻrib chiqishda qoʻshimcha oʻrganish talab etilsa, Qoʻmita talabgorni YIDXP orqali xabardor qilgan holda, arizani koʻrib chiqish muddatini yetti ish kunigacha uzaytirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qoʻmita talabgorning arizasini oʻrganish davrida quyidagi hujjatlarni masʼul davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali onlayn tekshirib oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), uning roʻyxatdan oʻtish raqami, sanasi, guvohnoma bergan organ nomi, soliq toʻlovchi sifatidagi identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — STIR) va tijorat bankidagi hisobvaragʻi rekvizitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorning soliq va yigʻimlar boʻyicha qarzdorligi holati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qoʻmita Komissiya xulosasi asosida ikki ish kunida subsidiya ajratish yoxud subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida (rad etish asoslarini koʻrsatgan holda) qaror qabul qiladi hamda qarorning elektron nusxasini qaror qabul qilingan kundan soʻng, bir ish kunida Davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki YIDXP (elektron tarzda murojaat qilinganda) orqali talabgorga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qarorda qoplanayotgan mablagʻ miqdori, talabgorning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIR hamda tijorat bankidagi hisobvaragʻi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda subsidiya miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 24-maydagi PQ-193-son qarorining 2-bandi talablaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Subsidiya ajratish quyidagi asoslarga koʻra rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizada ushbu Reglamentga 2-ilovada koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilmaganda yoki notoʻgʻri maʼlumot taqdim etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorga bir kalendar yil davomida mazkur Reglament doirasida subsidiya ajratilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor ushbu Reglamentda koʻrsatilgan talablarga javob bermaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
startap yuzasidan Turizm qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kengashining ijobiy xulosasi mavjud boʻlmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xarajatlarni qoplashni ushbu Reglamentda koʻrsatilmagan boshqa asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Talabgor xarajatlarni qoplashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini olgan kundan boshlab koʻpi bilan bir oy davomida qarorda koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etishi hamda ularning bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, Qoʻmitaga takroran ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ariza takroran taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kunida qayta koʻrib chiqiladi. Bunda xarajatlarni qoplashni yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ushbu Reglamentning 20-bandida koʻrsatilgan muddat tugagandan soʻng taqdim etilgan ariza yangi berilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Xarajatlarni qoplash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab yetti ish kunida Qoʻmita talabgorning xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga mablagʻlarni oʻtkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Xarajatlarni qoplash uchun Jamgʻarma hisobidan mablagʻ ajratilgan tadbirkorlik subyektlari roʻyxati (reyestri) Qoʻmitaning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Talabgor xarajatlarni qoplash uchun taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarning toʻgʻriligi uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Qoʻmita mazkur Reglamentga asosan ishlarni tashkil etish, muvofiqlashtirish, monitoring qilish va Jamgʻarma hisobidan ajratilgan mablagʻlarning talabgorga yetkazilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Talabgorlar Qoʻmitaning xarajatlarni qoplab berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaroridan rozi boʻlmagan taqdirda, Qoʻmitaning qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik startaplarni — yangi turdagi turizm xizmatlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismiga subsidiya ajratish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik startaplarni — yangi turdagi turizm xizmatlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish boʻyicha subsidiya ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

(subsidiya olish uchun murojaat qilgan tadbirkorlik subyekti)

Turizm qoʻmitasiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali subsidiya olish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qiladi.

Har chorak yakunining 20-sanasidan 25-sanasigacha

2-bosqich

Turistik ctartap loyihalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya

1. Arizani koʻrib chiqadi va suhbat oʻtkazish haqida talabgorga xabarnoma orqali maʼlum qiladi.

5 ish kunida

2. Videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda yoki talabgorning shaxsan ishtiroki orqali suhbat oʻtkazadi.

5 ish kunida

3. Arizaning belgilangan talablarga mosligini oʻrganib chiqadi va tegishli xulosa chiqaradi.

10 ish kunida

3-bosqich

Turizm qoʻmitasi

1. Turistik startap loyihalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning xulosasi asosida subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

2 ish kunida

2. Qaror nusxasini Davlat xizmatlari markazi yoki talabgorning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.

1 ish kunida

4-bosqich

Talabgor

Subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni olganda, qarorda koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, Turizm qoʻmitasiga takroran Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali murojaat qiladi.

1 oy ichida

5-bosqich

Turizm qoʻmitasi

Ariza takroran taqdim etilganda, uni qayta koʻrib chiqadi.

5 ish kunida

6-bosqich

Turizm qoʻmitasi

Subsidiya toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, tadbirkorning tijorat bankidagi hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazib beradi.

7 ish kunida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik startaplarni — yangi turdagi turizm xizmatlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismiga subsidiya ajratish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

 

Turistik startaplarni — yangi turdagi turizm xizmatlarini ishlab chiqib,

amaliyotga joriy etish boʻyicha subsidiya ajratish toʻgʻrisida

ARIZA

 

________________________________________________________________________________

(tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaga muvofiq ariza beruvchining toʻliq nomi)

________________________________________________________________________________

(pochta manzili)

______________________________________________________________________ manzil boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan,

Direktori

(ishonchli vakil): _______________________________________________________ shaxs nomidan

(ariza beruvchi rahbari / ishonchli vakilning F.I.O.)

________________________________________________________________ manzilda joylashgan

(viloyat, tuman, shahar, koʻcha, bino raqami)

Turistik startaplarni — yangi turdagi turizm xizmatlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish boʻyicha subsidiya ajratishingizni soʻrayman.

Sarflanishi rejalashtirilayotgan xarajatlar miqdori:

__________________________________

______________________________________

Targʻibot havolasi:

Bank rekvizitlari

va hisobvaragʻi:

___________________________________________

___________________________________________

Aloqa maʼlumotlari

(telefon / faks raqami,

elektron pochta manzili:

__________________________________________

_________________________________

(ariza beruvchining lavozimi, F.I.O.)

20 ____ yil _____________

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2026-y., 09/26/443/0853-son)