O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
o‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasining
o‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasining
Qarori
IShLAB ChIQARILADIGAN VA REALIZATSIYA QILINADIGAN TOVARLAR (IShLAR, XIZMATLAR) BO‘YIChA QO‘ShILGAN QIYMAT SOLIG‘INI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 15-martda 1238-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 2003-yil 7-martdagi 43, 2003-37-son qaror bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarilgan va sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (2003-yil 29-aprel, ro‘yxat raqami 1238-son — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 7, 8-son) ilovaga* binoan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri M.B. NURMURODOV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-yanvar,
15-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi J.B. SAYFIDDINOV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-yanvar,
2004-12-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 11-son, 131-modda)