Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.06.1994 yildagi 325-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 02.08.2010 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAVLAT UY-JOY FONDI XUSUSIYLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN NORMATIV HUJJATLARNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi, davlat uy-joy fondining asosiy qismi fuqarolarning mulkiga aylanganligi, uni saqlash va undan foydalanish shart-sharoitlarining oʻzgarganligi munosabati bilan hamda bozor munosabatlariga oʻtishda aholini ijtimoiy himoya qilish qoidalarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi toʻgʻrisidagi va turar joyni ijaraga olish haqidagi nizomlar 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turar joylarni va uy atrofidagi yerlarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(qarorning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 28-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
325-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 28-iyundagi 325-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlarida foydalaniladigan maqsadli kommunal uy-joy fondi mehnatga layoqatsiz, yolgʻiz, keksa shaxslar, pensionyerlar va ularning oila aʼzolari, uy-joyga ehtiyoji boʻlgan birinchi marta qurilgan yosh oilalar, fuqarolarning boshqa kam taʼminlangan toifalari uchun, agar ularning jon boshiga oladigan oylik daromadi eng kam ish haqidan past boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha (1-ilova), davlat hokimiyatining joylardagi organlari huzurida tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joyga muhtoj boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar kommunal uy-joy fondi uylaridagi turarjoylar bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taʼminlanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 164-sonli qaroriga muvofiq ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 31-son, 260-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kommunal uy-joy fondidan foydalanish va unga xizmat koʻrsatish tegishli hokimlikka bevosita boʻysunadigan uy-joy fondidan foydalanish va unga kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Uy-joy fondidan foydalanish va unga kommunal xizmat koʻrsatish korxonasi uning saqlanishini va undan tegishlicha foydalanilishini taʼminlaydi, shuningdek, fuqarolar tomonidan turar joylardan va uy atrofidagi yerlardan foydalanish qoidalariga rioya qilinishini nazorat qiladi, belgilangan tartibda olingan order asosida ijaraga oluvchilar bilan mulkdor nomidan turar joyni ijaraga olish shartnomalarini tuzadi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Turar joy maydonining normasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kommunal uy-joy fondi uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchilar uchun turar joy maydonining normasi Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksida belgilangan turar joy maydoni normasiga muvofiq belgilanadi, lekin u bir kishiga 9 kvadrat metrdan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning ayrim toifalariga normadan ortiqcha turar joy maydoni bir xona sifatidagi yoki 10 kvadrat metr hajmidagi qoʻshimcha turar joy maydoni beriladi. Qoʻshimcha turar joy maydoni berish tartibi va shartlari, shuningdek, uni olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar toifalarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ortiqcha turar joy maydoni uchun haq, ijaraga oluvchi tomonidan amaldagi tarifning uch baravari miqdorida toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Uy-joyni hisobga olish va taqsimlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Turar joyga, shuningdek, turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish 2-ilovada bayon qilingan shart-sharoitlar mavjud boʻlgan taqdirda tegishli hokimlik tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kommunal uy-joy fondidan turar joy bilan taʼminlash uchun fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan roʻyxatga muvofiq hisobga olish uchun qabul qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Turar joy maydonini olish uchun navbatda turish huquqi fuqarolar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshiga koʻra, nogironligi yoki kasalligi tufayli pensiyaga chiqishganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oiladagi boquvchisini yoʻqotganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatni oʻtashga ketganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet elda ishlash uchun va boshqa ishga uyushgan tarzda yuborilganda saqlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Fuqarolarning tegishli hokimlik tomonidan qabul qilingan arizalari dastlab turar joy maydonini hisobga olish va taqsimlash komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi, komissiya ariza beruvchining turar joy sharoitlarini tekshirib chiqqandan keyin tegishli dalolatnoma tuzadi, hisobga qoʻyish yoki rad etish haqida taklif kiritadi, u hokimlik qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Hokimlikning kommunal uy-joy fondidan turar joy berish haqidagi qarori asosida tegishli hokimlik fuqaroga taqdim etilgan turar joyga koʻchib kirish uchun birdan-bir asos boʻladigan yagona namunadagi orderni beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Order faqat boʻsh boʻlgan xolis turar joyga berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Birinchi navbatda turar joy buzilish holatidagi uylarda, yertoʻlalarda, baraklarda, turar joy maydoni bir kishiga 5 kvadrat metrdan kam boʻlgan kvartiralarda yashayotgan fuqarolarga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Fuqarolar turar joy olish uchun hisobdan quyidagi hollarda chiqariladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olingandan keyin turar joy sharoitlari yaxshilangan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi yashaydigan boshqa joyga doimiy yashash uchun koʻchib ketgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olish uchun asos boʻlgan sabablar bekor boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojligi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar berilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Turar joyni ijaraga olish shartnomasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Turar joyni ijaraga olish shartnomasi boʻyicha birinchi tomon (ijaraga beruvchi) ikkinchi tomon (ijaraga oluvchi)ga turar joyni haq evaziga yashash uchun berish majburiyatini oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joydan foydalanish uy-joy egasidan vakolat olgan uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va uni tuzatish boʻyicha tegishli korxona bilan turar joyni egallash huquqini beruvchi order berilgan fuqaro oʻrtasida turar joyni ijaraga olish shartnomasini tuzish orqali rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Turar joyni ijaraga olish shartnomasi boʻyicha kvartira, bir yoki bir necha xonadan iborat boʻlgan alohida turar joygina ijaraga berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xonaning bir qismi yoki umumiy kirish joyi boshqa xona bilan bogʻlangan xona (tutash xonalar) turar joyni ijaraga olish shartnomasining mustaqil predmeti boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Agar turar joyni ijaraga olish shartnomasi muayyan muddatga tuzilgan boʻlsa, ijaraga oluvchi shartnoma muddati tamom boʻlgandan keyin kommunal uy-joy fondida yashash huquqini beradigan hujjatlarni taqdim etganda shartnomani yangilash huquqiga ega boʻladi. Ijaraga beruvchi tomonidan bu huquqqa ijaraga oluvchi shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda sud orqali eʼtiroz bildirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Turar joyni ijaraga oluvchi va u bilan birga yashovchi boshqa shaxslar turar joydan shartnomaga muvofiq foydalanishga, uni yaroqli holda tutishga, turar joyning saqlanishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishga, uydagi barcha yashovchilarga turar joy va yordamchi binolardan bemalol foydalanish imkoniyati berilishi uchun birgalikda yashash qoidalariga rioya etishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Turar joyni ijaraga oluvchi bilan bir qatorda u bilan birga yashovchi oila aʼzolari ijara shartnomasidan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlarga ega boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oilaning ijaraga oluvchi bilan birga yashovchi balogʻatga yetgan aʼzolari ushbu shartnomadan kelib chiquvchi majburiyatlar boʻyicha ijaraga oluvchi bilan baravar javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ijaraga oluvchining oila aʼzolari deb, u bilan birga yashovchi xotini, ularning bolalari va ota-onalari, amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa shaxslar tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Agar ushbu Nizomning 21-bandida qayd etilgan fuqarolar ijaraga oluvchining oila aʼzosi boʻlmay qolsalar, biroq ijaraga olingan turar joyda yashashni davom ettirsalar, ular shartnomalar boʻyicha ijaraga oluvchi va uning oila aʼzolari kabi birday huquq va majburiyatlarga ega boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ijaraga oluvchi oʻzi ijaraga olgan turar joyga ushbu turar joyda yashovchi va turar joydan foydalanish huquqiga ega boʻlgan barcha balogʻatga yetgan fuqarolarning yozma roziligini olib oʻz xotini, oʻz bolalarini va xotinining bolalarini, ota-onasini, mehnatga layoqatsiz boqimandalarni, boshqa shaxslarni belgilangan tartibda koʻchirib kiritishga haqlidir. Balogʻat yoshiga yetmagan bolalarni ota-onalarinikiga koʻchirib kelish uchun ushbu turar joyda yashovchi va turar joydan foydalanish huquqiga ega boʻlgan qolgan fuqarolarning roziligi talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ushbu uyga koʻchib kirgan shaxslar, agar uyga koʻchib kirish paytida ular oʻrtasida yozma holdagi boshqacha bitishuv boʻlmasa, oilaning boshqa qolgan barcha aʼzolari bilan teng huquqlardan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Kvartira haqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Kommunal uy-joy fondidagi turar joydan foydalanganlik, unga xizmat koʻrsatganlik va uni tuzatganlik uchun haq toʻlash ijaraga oluvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan stavkalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ijaraga oluvchi turar joyni saqlaganlik, uni tuzatganlik va undan foydalanganlik uchun haqni kommunal uy-joy fondi uylaridagi turar joyni ijaraga olish shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda oʻz vaqtida toʻlashga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Turar joy maydonini birkitib (bronlashtirib) qoʻyish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ijaraga olish shartnomasi boʻyicha ijaraga oluvchi yoki uning oila aʼzolari, shuningdek, ular bilan birga yashovchi va turar joydan ular bilan teng asoslarda foydalanuvchi fuqarolar tomonidan egallangan turar joylar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet elga ishlash uchun xizmat safarlariga yuborilganda chet elda boʻlgan butun vaqt mobaynida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatga chaqirilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy davolash hollarida saqlab (bronlashtirib) qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Bu fuqarolarga tegishli hokimlik tomonidan ijaraga beruvchiga koʻrsatish uchun turar joyni saqlash guvohnomasi (bron) beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ijaraga oluvchi kommunal uy-joy fondiga qarashli uydagi bronlashtirib qoʻyilgan turar joyga bron amal qiladigan muddat mobaynida ijaraga qoʻyish shartnomasi boʻyicha vaqtincha yashovchilarni koʻchirib kiritishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ijaraga oluvchi yoki uning oila aʼzolari qaytib kelgach, ular bronlashtirib qoʻyilgan turar joyni darhol boʻshatib berishni talab qilishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ijaraga qoʻyiluvchi yoki vaqtincha yashovchilar bu turar joyni boʻshatib berishdan bosh tortganlari taqdirda, ular ijaraga oluvchining talabi bilan boshqa turar joy bermasdan turib sud yoʻli bilan koʻchirib yuboriladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Agar ijaraga oluvchi va uning oila aʼzolari bron muddati tamom boʻlgandan keyin olti oy mobaynida turar joyni ularga qaytarib berishni talab qilmasalar, turar joyni ijaraga olish shartnomasi bekor qilingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Turar joylarni almashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Kommunal uy-joy fondidagi turar joyni ijaraga oluvchi oʻzi egallab turgan turar joyni ijaraga olish shartnomasi boʻyicha huquqlar va majburiyatlarni oʻzaro bergan holda kommunal uy-joy fondidagi boshqa ijaraga oluvchi egallab turgan turar joyga almashtirish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Kommunal uy-joy fondiga qarashli uylardagi ijaraga oluvchilar oʻrtasida turar joylarni almashtirishning rad etilishiga sud yoʻli bilan eʼtiroz bildirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Turar joyni almashtirish uchun ijaraga oluvchi bilan birga yashovchi uning balogʻatga yetgan oila aʼzolarining, shu jumladan, turar joy maydoniga egalik qilish huquqiga ega vaqtincha boʻlmagan oila aʼzolarining yozma ravishdagi roziligi talab qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Quyidagi hollarda turar joyni almashtirishga yoʻl qoʻyiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar ijaraga oluvchiga u egallab turgan turar joyni ijaraga olish haqidagi shartnomani bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida daʼvo qoʻzgʻatilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar almashtirish chayqovchilik koʻrinishida yoki soxta tusda boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar almashtirilayotgan turar joylardan biri kommunal uy-joy fondiga qarashli uyda emas, balki boshqa har qanday uy-joy fondi (kooperativ, idoralarga qarashli, shaxsiy va boshqalar)ga qarashli boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar uy qulab tushay deb turgan yoki buzib tashlanishi lozim boʻlsa, yaʼni avariya holatida, unda bundan keyin normal yashash uchun yaroqsiz boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Shartnomaga bogʻliq holda Oʻzbekiston Respublikasidagi bir kishi boshqa-boshqa aholi yashaydigan joylardagi bir uyda yoki boshqa-boshqa uylarda yashovchi ikki, uch va undan ortiq ijaraga oluvchilar oʻrtasida almashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Ijaraga oluvchilarning foydalanishida boʻlgan muayyan turar joylar xona, kvartiragina almashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Ijaraga qoʻyish shartnomasi boʻyicha ularga berilgan turar joyda yashovchi ijaraga qoʻyiluvchilar va vaqtincha yashovchilar turar joylarni almashtirish huquqiga ega boʻlmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Turar joyni almashtirish uchun ruxsatnoma tegishli hokimlikning uy-joy organi tomonidan beriladigan almashtirish orderi bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Turar joyni almashtirish almashadigan tomonlar almashish ordyerlarini olgan paytdan boshlab sodir etilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Almashtirish orderi olingan kundan boshlab bir oy mobaynida haqiqiy boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Turar joyni qayta rejalashtirish, buzib boshqatdan qurish va mukammal tuzatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Turar joyni va yordamchi xonalarni buzib boshqatdan qurish va qayta rejalashtirish kvartirani yanada obod qilish maqsadini koʻzlabgina amalga oshirilishi mumkin va bu ishga ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari, kommunal uy-joy fondi egasi vakilining roziligi va tegishli hokimlikning ruxsatnomasi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Ijaraga oluvchi egallab turgan turar joyni mukammal tuzatish zarur boʻlgan taqdirda, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini tuzatish davrida ijaraga beruvchi tomonidan beriladigan boshqa turar joyga koʻchishini talab qilishga haqlidir. Bunda turar joyni ijaraga olish shartnomasi bekor qilinmaydi, lekin ijaraga oluvchi unga tuzatish davriga berilgan turar joy uchungina saqlash, tuzatish va foydalanish uchun haqini toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuzatish tugallangandan keyin ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga u ilgari egallab kelgan turar joyni berishni rad etgan taqdirda ijaraga oluvchi ushbu masala boʻyicha sudga murojaat qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Uy-joyni ijaraga qoʻyish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Turar joyni ijaraga qoʻygan fuqarolar turar joy va kommunal xizmatlar haqi boʻyicha tovon olish huquqidan mahrum boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Ijaraga oluvchi vaqtinchalik joʻnab ketgan holda ijaraga beruvchi hamda oʻzi bilan birga yashovchi balogʻat yoshiga yetgan oila aʼzolarining roziligi bilan oʻzi egallab turgan turar joyni shartnoma boʻyicha ijaraga beruvchining oldida javobgarlikni saqlab qolgan holda ijaraga qoʻyishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Agar ijaraga qoʻyiluvchining koʻchib kirishi natijasida har bir yashovchiga toʻgʻri keladigan turar joy maydoni belgilangan sanitariya normasidan kam boʻlsa, ijaraga qoʻyish shartnomasi tuzilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Ijaraga qoʻyish shartnomasi boʻyicha turar joydan foydalanilganlik uchun haq toʻlash tomonlarning kelishuviga koʻra belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Ijaraga qoʻyish shartnomasining muddati tugaganidan keyin ijaraga qoʻyiluvchi shaxs bu shartnomani yangilashni talab qilishga haqqi yoʻq va ijaraga oluvchining talabi bilan turar joyni boʻshatib berishga majburdir, turar joyni boʻshatib berishni rad etgan taqdirda boshqa turar joy bermasdan turib sud yoʻli bilan koʻchirib yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X. Xizmat yuzasidan beriladigan turar joylar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Kommunal uy-joy fondiga qarashli xizmat yuzasidan beriladigan turar joylar oʻz mehnat majburiyatlarining turiga koʻra ish joyida yoki xizmat binosida yashashlari kerak boʻlgan fuqarolarga beriladi. Xizmat yuzasidan turar joylar berilishi mumkin boʻlgan xodimlar toifalari roʻyxati uy-joy fondining egasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Kommunal uy-joy fondida boʻlgan turar joy ushbu turar joy biriktirilgan tashkilotning taqdimnomasi boʻyicha tegishli hokimlikning qarori bilan xizmat yuzasidan beriladigan turar joylar sirasiga kiritiladi hamda hokimlik tomonidan beriladigan maxsus order boʻyicha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Xodimga ish sharoitlari munosabati bilan mehnat shartnomasi boʻyicha xizmat yuzasidan beriladigan turar joydan foydalanish huquqi mehnat shartnomasi bekor qilinishi bilan bir vaqtda toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Xodim oʻzi egallab turgan turar joyni boʻshatishni rad etgan taqdirda oʻzi bilan birga yashovchi barcha shaxslar bilan birgalikda boshqa turar joy berilmasdan sud yoʻli bilan koʻchirib yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Quyidagi shaxslar boshqa turar joy bermasdan turib xizmat yuzasidan berilgan turar joylardan koʻchirilishi mumkin emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat yuzasidan turar joy bergan korxonada, muassasada, tashkilotda kamida oʻn yil ishlagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona, muassasa, tashkilot tugatilishi munosabati bilan yoki xodimlar soni yoxud shtati qisqarganligi uchun ishdan boʻshagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat yuzasidan turar joy berilgan, biroq vafot etgan xodimning oila aʼzolari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XI. Turar joyni ijaraga olish shartnomasini bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Turar joyni ijaraga oluvchi istalgan vaqtda shartnomani bekor qilish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Turar joyni ijaraga oluvchi va uning oila aʼzolari doimiy yashash uchun boshqa joyga joʻnab ketganda turar joyni ijaraga olish shartnomasi u egallab kelgan turar joy dalolatnoma boʻyicha ijaraga beruvchiga topshirilgan kundan boshlab bekor qilingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Turar joyni ijaraga olish shartnomasi ijaraga beruvchi tomonidan bekor qilinishi va ijaraga oluvchi oʻzi egallab turgan turar joydan sud yoʻli bilan va amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan asoslardan boshqacha tarzda koʻchirib yuborilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini egallab turgan turar joy maydonidan boshqa turar joy bermasdan sud yoʻli bilan majburiy ravishda koʻchirib yuborish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi kommunal
uy-joy fondi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jon boshiga oʻrtacha oylik daromadi eng kam ish haqidan past boʻlgan taqdirda ijaraga olish shartnomasi boʻyicha kommunal uy-joy fondidan turar joy beriladigan fuqarolar toifalarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilari va baynalmilalchi jangchilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ofitsyerlar va muddatdan tashqari xizmatdan zaxiraga boʻshatilgan yoki isteʼfoga chiqqan harbiy xizmatchilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kasallikning ogʻir shakllariga chalingan fuqarolar, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlagan roʻyxat boʻyicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 16 yoshgacha 7 va undan ziyod bolalari boʻlgan koʻp bolali oilalar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 164-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 31-son, 260-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Gʻirt yetim bolalarni vasiylikka olgan oilalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Uch va undan ziyod mehnatga layoqatsiz oila aʼzolari boʻlgan, boquvchisini yoʻqotgan oilalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ishlamaydigan I va II guruh nogironlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Keksayib qolgan yolgʻiz pensionyerlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bolalikdan nogiron boʻlib qolgan 16 yoshgacha yoki bolalikdan I va II guruh nogiron boʻlib qolgan bolalari boʻlgan oilalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Birinchi marta qurilgan yosh oilalar, agar ular yashab turgan joyda ikki tomonlama turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilsalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi kommunal
uy-joy fondi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kommunal turar joy fondidan uy-joy bilan taʼminlash uchun fuqarolarni roʻyxatga olishda zarur boʻlgan shart-sharoitlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Turar joy maydoniga ega boʻlmagan, xususiy kvartirada yoki yashash uchun yaroqsiz uy-joylar (baraklar, vaqtinchalik uylar, avariya holatidagi uylar, yertoʻlalarda yashovchi fuqarolar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir oila aʼzosi yetti kvadrat metrdan kam boʻlgan turar joy bilan taʼminlanganlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yotoqxonalarda, ishlab chiqarish va yordamchi xonalarda yashovchilar, mavsumiy va vaqtinchalik xodimlar, shuningdek, oʻqishlari sababli yotoqxonalarga koʻchib oʻtgan fuqarolar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Alohida shaxsiy schyotga ega boʻlgan, qarindoshlik aloqalari boʻlmagan ikki va undan koʻp oila boʻlib bir kvartirada yashovchilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Alohida kvartirada yashashga muhtoj boʻlgan, respublika Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ayrim surunkali kasalliklarning ogʻir shakllariga chalinganlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 28-iyundagi 325-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turar joylarni va uy atrofidagi yerlarni saqlash va ulardan foydalanish
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOIDALARI

1. Mazkur qoidalar mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, turar joylardan va uy atrofidagi yerlardan foydalanish va ularni saqlash tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mulkdorlar, ijaraga oluvchilar, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va maqsadli kommunal uy-joy fondi turar joylarning ijaradorlari tuzatish-foydalanish korxonalari bilan turar joylarga texnika xizmati koʻrsatish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Namunaviy shartnoma (kontrakt)ga muvofiq shartnomalar (kontraktlar) tuzadilar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Turar joylarning egalari deganda oʻzlari egallab turgan davlat idoralariga qarashli kvartiralar va uylarni xususiylashtirib olgan shaxslar nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Alohida kvartira yoki boshqa ajratib qoʻyilgan joy, umumiy foydalaniladigan joy va uy atrofidagi hudud turar joyga texnikaviy xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida tuzilgan kontrakt (shartnoma)ning mavzui hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ijaraga oluvchilar, ijaradorlar, turar joylarning egalari va ular bilan birga yashovchi shaxslar turar joylar va asbob-uskunalardan ularning vazifasiga, ushbu qoidalar shartlariga va texnika xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi kontrakt (shartnoma)ga muvofiq foydalanishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ijaraga oluvchi, ijarador yoki turar joy egasining u bilan birga yashovchi oila aʼzolari barcha huquqlardan foydalanadilar va turar joylarga texnika xizmati koʻrsatish va ularni saqlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma (kontrakt)lardan kelib chiquvchi majburiyatlar uchun javob beradilar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Ijaraga oluvchining huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Turar joylarni ijaraga oluvchi quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi bilan birga turadigan voyaga yetgan oila aʼzolarining roziligi bilan oʻzi egallab turgan turar joyga oʻzining rafiqasini, bolalari va ota-onasini belgilangan tartibda koʻchirib kiritish. Ota-onasi oldiga ularning voyaga yetmagan bolalarini, bolalar oldiga esa ularning mehnatga layoqatsiz yolgʻiz ota-onasini koʻchirib kiritish uchun oila aʼzolarining roziligi talab qilinmaydi. Turar joyga boshqa fuqarolar bir kishiga toʻgʻri keladigan uy-joy maydonining ijtimoiy normasi haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilingan taqdirda qoʻyiladi, voyaga yetmagan bolalarni va mehnatga layoqatsiz yolgʻiz ota-onalarni qoʻyish bundan mustasno;
(6-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi bilan birga yashayotgan oila aʼzolarining (bunga vaqtincha uyda boʻlmaganlar ham kiradi) yozma roziligini olib, egallab turgan oʻz turar joyini boshqa ijaraga oluvchi bilan, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasidagi boshqa aholi yashaydigan joyda yashovchi bilan belgilangan tartibda almashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan normadan ortiqcha turar joy maydoniga ega boʻlgan taqdirda oʻz oila aʼzolarining roziligi bilan tegishli hokimlik, muassasa, korxona, tashkilotdan oʻzi egallab turgan turar joyning oʻrniga kichikroq turar joy berishni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila aʼzolarining roziligi bilan istagan vaqtda turar joylarni ijaraga olish toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va maqsadli kommunal uy-joy fondi uylarida yashovchi ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy ravishda birga yashovchi fuqarolar vaqtincha uyda boʻlmaganlarida turar joy olti oy mobaynida ularning ixtiyorida saqlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bir kvartirada yashovchi va undagi turar joylardan alohida-alohida tuzilgan ijara shartnomalari boʻyicha foydalanuvchi fuqarolar bir oilaga birlashganlari taqdirda oʻzlari egallab turgan turar joylar uchun ulardan biri bilan ijara shartnomasi tuzishni talab qilishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bir necha xonalardan iborat kvartira belgilangan tartibda turar joylarga boʻlingan taqdirda har bir ijaraga oluvchi bilan mustaqil ijara shartnomasi tuziladi va ularning har qaysisiga tuzatish-foydalanish tashkiloti shaxsiy schyot ochadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Uy-joy egasining huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Uy-joy egalari, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning, davlatning huquqlarini buzmagan va qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlariga ziyon yetkazmagan holda, mana shu uy-joyga egalik qilish, undan foydalanish, uni tasarruf etish huquqiga egadirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joylar, kvartiralarning mulkdorlari uydan foydalanishni, uning saqlanishini, umumiy mulk boʻlgan mulkning zarur sanitariya, yongʻin xavfsizligi va texnik holatini taʼminlash uchun, shuningdek boshqa maqsadlarga uy-joyga va umumiy foydalaniladigan joyga xizmat koʻrsatish uchun tashkilotni mustaqil belgilaydilar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori bilan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirildi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp qavatli uydagi kvartiralarning egalari quyidagi huquqlarga egadirlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirilgan kvartiralardan samarali foydalanishni, ularni boshqarishni taʼminlash va shirkat (birlashma) nizomida koʻzda tutilgan boshqa masalalarni hal etish, uy-joy egalarining manfaatlarini himoya qilish uchun kvartira egalari shirkati (birlashmasi)ni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetgan oila aʼzolarining roziligi bilan oʻz kvartirasini yoki uning bir qismini, yozma ravishda ijara shartnomasi tuzgan holda, ijaraga berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Ijaraga oluvchi, ijarador va turar joy egasining majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ijaraga oluvchilar, ijaradorlar va turar joy egalari quyidagilarga majburdirlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joylarning saqlanishini taʼminlash, oʻzlari bevosita foydalanadigan turar joyga, shuningdek, sanitariya-texnika va boshqa asbob-uskunalar (vodoprovod, kanalizatsiya markaziy isitish, isish; suv taʼminoti, gaz jihozlari, vanna, chanoq, idish-tovoq; yuvgich va boshqalarga ehtiyotlik bilan munosabatda boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr va issiqlik energiyasini, suv va gazni tejab sarflash, ularning behuda va xoʻjasizlarcha sarflanishiga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlari egallab turgan turar joylarni, umumiy foydalaniladigan joylarni, shuningdek, yoʻlak, lift kabinalari va zina maydonchalarini ozoda va tartibli saqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joylar, sanitariya-texnika va boshqa asbob uskunalarda nosozliklar aniqlangan hollarda zudlik bilan ularni bartaraf qilish choralarini koʻrish va zarur hollarda bu haqda tuzatish-foydalanish tashkilotiga yoki tegishli avariya xizmatiga xabar qilish.
(11-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turar joylarning shikastlangan joylarini bartaraf qilish hamda shikastlangan sanitariya-texnika yoki boshqa asbob-uskunalarni tuzatish yoki almashtirish aybdor hisobiga amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr, gaz asboblaridan va boshqa asboblardan foydalanganda, pechlarga va oshxona oʻchoqlariga oʻt yoqqanda yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyda axlat oʻtkazgich boʻlmagan taqdirda axlat va oziq-ovqat chiqindilarini qopqoq bilan zich yopilgan chelaklarga toʻplab, kvartiradan belgilangan joylarga muntazam chiqarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat chiqindilarini yigʻish tashkil etilgan uylarda ularni maxsus idishlarga yigʻish va shu maqsad uchun hovlilarda oʻrnatilgan konteyner va bochoklarga chiqarib toʻkish va boshqalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qish mavsumida (agar uy markaziy isitish tarmogʻidan isitilmasa) pechlarni muntazam yoqib turish, turar joylarda va umumiy foydalaniladigan joylar (oshxonalar, yoʻlaklarda normal haroratni saqlab turish. Ijaraga oluvchi ijarador va turar joy egasi va ularning oila aʼzolari vaqtincha uyda boʻlmaganlarida ular uy-joyni saqlashni taʼminlash maqsadida unda normal haroratni saqlab turish majburiyatidan ozod qilinmaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir va ikki qavatli uylarda istiqomat qiluvchilarning soniga muvofiq jadval boʻyicha zina maydonchalarini, yoʻlaklarni va umumiy foydalanish joylarini muntazam tozalab turish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijarador yoki ijaraga oluvchi turar joydan butun oilasi bilan boshqa doimiy yashash joyiga chiqib ketganda turar joyni boʻshatish va tuzatish-foydalanish tashkiloti, ijaraga beruvchi (korxona, muassasa, tashkilotga turar joy va uning jihozlarini soz holatda dalolatnoma boʻyicha topshirish;
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga oluvchini koʻchirib chiqarmasdan tuzatish imkoniyati boʻlmaganda mukammal tuzatishni amalga oshirish muddatidan oʻzlari yashayotgan joydan ijaraga beruvchi taqdim qilgan sanitariya va texnika talablariga javob beradigan turar joyga tuzatilayotgan turar joyga tuzilgan shartnomani (ijara shartnomasini) bekor qilmasdan oila aʼzolari bilan birga koʻchib oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilgan xizmat va turar joyni saqlash uchun toʻlovlarni va kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarni keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay oʻz vaqtida toʻlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatilgan xizmat va turar joyni saqlash hamda kommunal xizmatlar uchun belgilangan muddatga toʻlanmagan toʻlovlar davlat notarial idoralarining ijroiya yozuvlari boʻyicha undirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bir nechta ijaraga oluvchilar, ijaradorlar va uy egalari egallagan turar joyda kommunal xizmatlar, telefon, umumiy foydalaniladigan joylarni tuzatish uchun sarflangan umumiy xarajatlarni taqsimlash ular oʻrtasidagi kelishuvga qoʻra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday kelishuv boʻyicha koʻrsatilgan xarajatlar quyidagicha taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joy xonalarida elektr energiyasi sarfi uchun haq, toʻlash, hisoblagich umumiy boʻlgan taqdirda, har bir ijaraga oluvchidagi yoritish nuqtalari va maishiy elektr asboblarining quvvatiga mutanosib ravishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joy xonalari umumiy pech bilan isitilganda isitiladigan xonalarning maydoniga muvofiq haq toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalaniladigan joylarni tuzatish va yoritish, suv, kanalizatsiya, tabiiy gaz va gazgolder qurilmalaridan olinadigan suyultirilgan gaz uchun toʻlov belgilangan tarif boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy telefon uchun haq — telefondan foydalanadigan turar joyda yashovchilarning soniga qarab, gaplashuvlarning sonidan (qatʼi nazar, toʻlanadi. Shaharlararo telefon soʻzlashuvlari uchun haq gaplashgan shaxs tomonidan toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kommunal xizmatlar, joriy tuzatish oʻtkazilishi, umumiy foydalaniladigan joylarni tozalash haqi boʻyicha umumiy xarajatlarni taqsimlash hamda turar joylardan foydalanishga oid boshqa masalalar boʻyicha turar joyda yashovchilar oʻrtasidagi nizolar joylardagi tegishli hokimiyat va oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan, tomonlar rozi boʻlmagan hollarda esa — sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Turar joydagi ayrim yashovchilar bir oydan ortiq vaqt mobaynida turar joyda boʻlmaganlari taqdirda ular boʻlmagan davr uchun kommunal xizmatlar haqi toʻlanmaydi. Turar joyda maʼlum muddat boʻlmagan yashovchilar telefon va xonalarni isitish uchun toʻlanadigan haqidan ozod qilinmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Turar joy egalari, ijaraga oluvchilar, ijaradorlar va ular bilan birga yashovchi barcha shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
balkon, lodjiya, dahliz, yoʻlak, zina maydonchalari va ehtiyot chiqish joylarini narsalar bilan uyib tashlash, ularda hayvonlar, qushlar, asalari saqlash, ekranlaridan yuqorida kir yoyish, gilamlar osish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiatorlarning montaj boshqaruvlarini buzish va markazlashtirilgan isitish tizimidan issiq suv olish, radiatorlar, gaz jihozlari, elektr oʻtkazgichlarning oʻrnini tuzatish-foydalanish tashkilotining ruxsatisiz oʻzgartirish;
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
unitaz va rakovinalarni oshxona chiqindilari, lattalar va boshqa narsalar bilan iflos qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻt oʻchirish narvonlari, buyumlari va jihozlariga yaqinlashish yoʻllarini narsalar bilan qoʻyib tashlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kvartira, yoʻlak, cherdak va yertoʻlalarda xonaga shikast yetkazuvchi va istiqomat qiluvchilarning tinchligi va normal turmush sharoitlarini buzuvchi ishlarni qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzatish-foydalanish tashkilotining ruxsatisiz uylarning tomlarida radiopriyemnik va televizorlarning antennalarini oʻrnatish;
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin nazorati organlarining ruxsatisiz vaqtinchalik pechlarni oʻrnatish hamda nosoz pechlardan foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Turar joydagi tartib
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Bir nechta oila egallab turgan turar joylarda yashovchilar tomonidan kvartira boʻyicha masʼul shaxs saylanadi. Uning mazkur qoidalarni bajarish bilan bogʻlik, koʻrsatmalari kvartirada yashovchilarning barchasi uchun majburiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ijaraga oluvchilar, turar joy egalari va ijaradorlar oʻzlari egallab turgan xonalarning texnikaviy va sanitariya holatini kuzatish hamda zarur tuzatish ishlarini oʻtkazish uchun tuzatish-foydalanish tashkilotining xodimlarini belgilangan namunadagi shaxsiy guvohnomalarini koʻrsatganlaridan keyin qoʻyishga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy mulkdori boʻlmagan paytda uyga kirish ichki ishlar organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari ishtirokida tegishli tuzatish-foydalanish tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kvartiralarda osoyishtalik saqlanishi kerak. Proigrivatellar, magnitofonlar va televizorlar va har xil baland tovush chiqaruvchilardan foydalanishga soat 23.00 dan boshlab ertalab soat 7.00 gacha qoʻshnilarning osoyishtaligini buzmaydigan darajada past tovushda qoʻyish sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Turar joyda yashovchilar turar joydan chiqib ketayotib radiopriyemniklar, tovushni balandlatgichlar, televizorlar, elektr va gaz asboblari (sovutgichlardan tashqari)ni oʻchirishlari hamda suv va gaz keladigan joʻmraklarni berkitishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Bir nechta oila egallab turgan turar joyda umumiy foydalaniladigan joylardan foydalanish tartibi va tozalash boʻyicha navbatchilik turar joydagi barcha ijaraga oluvchilarning oʻzaro kelishuviga koʻra belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Turar joylarni va ularning asbob-uskunalarini tuzatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Turar joyni ijaraga oluvchilar, ijaradorlar kvartiradagi oʻzlari egallab turgan joylarni va qoʻshimcha xonalarni muntazam ravishda (har 4-5 yilda) oʻz hisoblaridan joriy tuzatishlari kerak. Kvartiradagi turar joylar va qoʻshimcha xonalarni oʻz hisobidan joriy tuzatishga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shiftlarni oqlash yoki boʻyash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
devorlarni oqlash, boʻyash yoki ularga gulqogʻoz yopishtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi romlarni ichki tomondan va derazalarning oraliq romlarini boʻyash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oyna qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tirqishlarni zamazkalar bilan toʻldirish yoki shtapiklar qoqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kvartiradagi turar joylar va yordamchi xonalarning pollari va eshiklarini boʻyash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parket pollarni pardozlash, ishqalash yoki loklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiatorlar, markaziy isitish, suv taʼminoti quvurlarini va kvartira ichidagi boshqa quvurlarni hamda pechlarning metall gʻiloflarini boʻyash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr oʻtkazgichlarni, shu jumladan, oʻrnatish armaturalari, (vklyuchatellar, shtepsel rozetkalari, patronlar va hokazolarni tuzatish hamda, agar suvoqlarga shikast yetkazilmasa, kvartiraga kiradigan simlarni almashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-texnika jihozlari va asboblari (suv taqsimlash kranlari, aralashtirgichlar, unitazlar, suv toʻkish bochoklari, oshxona yuvuvchisi, bet-qoʻl yuvgich, gaz plitalari, suv isitish koloniylari va hokazolarni almashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar tuzatish ehtiyoji normativ eskirish oqibatida paydo boʻlmagan boʻlsa ayrim taxtalarni va linoleum qoplamalarning bir qismini almashtirgan holda eshik va derazalarni, pollarni tuzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
derazalar va eshiklarning priborlarini almashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili isitish mavsumi boshlanguncha oʻzi yashab turgan joyning derazalari, kirish va balkon eshiklarini sovuq oʻtmaydigan qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayd etib oʻtilgan tuzatish ijaraga oluvchi, ijarador, turar joy egasining xohishiga koʻra belgilangan tartibda tasdiqlangan narxlar boʻyicha haq toʻlangan holda tuzatish-foydalanish tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Turar joy egasining mablagʻlari hisobiga uy-joyni mukammal tuzatish boʻyicha ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Kommunal uy-joy fondiga qarashli turar joylarning kvartira ichki joriy tuzatish, bunday tuzatish turar joyning ayrim konstruktiv qismlari (poydevori, devori, tomi va boshqalar) yoki undagi muhandislik jihozlari (isitish pechlari, oshxona plitalari, markaziy isitish, vodoprovod, kanalizatsiya, issiq suv taʼminoti, shamollatish, lift xoʻjaligi, asosiy elektr oʻtkazish (agar uni almashtirish suvoqning buzilishini talab qilsa) nosozligi munosabati bilan paydo boʻlgan hollardagina ijaraga beruvchi hisobidan amalga oshiriladi, konstruktiv qismlar va muhandislik asbob-uskunalarining ijaraga oluvchi va u bilan birga yashovchi shaxslarning aybi bilan ishdan chiqishi hollari bundan mustasnodir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Gaz asbob-uskunalari va tarmoqlarini joriy tuzatish gaz taʼminoti tashkiloti hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Har bir kvartira boʻyicha zarur kvartira ichki joriy tuzatish tuzatish-foydalanish tashkiloti (ijaraga beruvchi) tomonidan turar joylarni ijara oluvchilar bilan birgalikda uni bajarish muddati albatta koʻrsatilgan holda tuzilgan roʻyxat boʻyicha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuzatish-foydalanish tashkilotining vakili va ijaraga oluvchi tomonidan imzolangan talab qilinadigan joriy tuzatishning roʻyxati ham tuzatish-foydalanish tashkiloti, ham turar joylarni ijaraga oluvchi tomonidan bajarilishi zarur boʻlgan majburiyat hisoblanadi.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Agar tuzatish-foydalanish tashkiloti kvartira ichki tuzatish va uy jihozlarini tuzatish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmasa, ijaraga oluvchi bu tuzatishni oʻzi bajarishga, agar tuzatishni oʻtkazish talabi mazkur qoidalarning 26-moddasida koʻzda tutilgan tartibda belgilangan boʻlsa, smeta qiymati boʻyicha barcha xarajatlarni tuzatish-foydalanish tashkilotining zimmasiga yuklashga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijaraga oluvchi kvartirani ichki tuzatish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmasa, tuzatish-foydalanish tashkiloti bu tuzatishni oʻzi bajarishi va xarajatlarni smeta qiymati boʻyicha amaldagi narxlarda undan undirib olishi mumkin.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ishlar bajarilganda kvartiraning obodonchiligi va uning pardozi buzilmasligi shart.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Turar joyni saqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tuzatish-foydalanish tashkilotining majburiyatlari:
(27-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga oluvchiga turar joyni soz holatda taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy fondidan texnikaviy foydalanish qoidalari va normalariga muvofiq uylar va turar joylarni tekshirish, natijalarini tegishli dalolatnomalarda qayd qilish va ular asosida turar joylarni ijaraga oluvchilar, ijaradorlar va uy-joy egalaridan ularning zimmalariga yuklangan turar joylarni joriy tuzatish vazifalarining bajarilishini talab qilish va qayd etilgan qoidalar bilan tuzatish-foydalanish tashkilotlarining zimmalariga yuklatilgan tuzatishni amalga oshirish;
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili uy-joylar va ularning asbob-uskunalarini qish mavsumida ishlashga oʻz vaqtida tayyorlash ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joylar va turar joylarning muhandislik asbob-uskunalari uzluksiz ishlashini, uylarning kirish va boshqa umumiy foydalaniladigan joylari tegishlicha saqlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uylarni mukammal tuzatishni qoidalarda nazarda tutilgan muddatlarda yoki uy-joylarni ijaraga oluvchilar, ijaradorlar, uy-joy egalari bilan kelishilgan muddatlarda, shuningdek, kechiktirib boʻlmaydigan zarur hollarda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-texnika asbob-uskunalari, eshiklar, derazalar, pollarni ularning normativ eskirishi sababli almashtirish va uy tashqarisidagi obodonchilik obyektlarini soz va tartibli saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha turar joy xonalari amalda umumiy foydalaniladigan joylar, tashqi va hovli obodonchiligi obyektlari va uy xoʻjaligi boshqa obyektlarining shikastlanishi va boshqa kamchiliklarini oʻz vaqtida bartaraf etish maqsadida muntazam tekshirish oʻtkazib turish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar tegishli hokimlikning ruxsati boʻlmasa, uy atrofidagi yerlarning yoʻlkalarida palatkalar, doʻkonchalar oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uylarning old tomonida, devorlar va buning uchun moʻljallanmagan boshqa joylarda afishalar, plakatlar, har xil eʼlonlarni osib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kirlar, kiyim-kechak va boshqa uy buyumlarini boʻsh yer maydonlari yoki hovlining koʻchaga chiqadigan ochiq joylarida osib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzboshimchalik bilan, tegishli ruxsatsiz hovlida har xil qurilmalar (garaj, saroy, devorlar va hokazolar)ni qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hovli ichini metall chiqindilari, qurilish axlati, boshqa chiqindilar bilan uyib tashlash, oʻt oʻchirish yoʻlaklarini saqlab qolish va turar joy derazalarini qorongʻilashtirmaslik sharti bilan binokorlik materiallari va oʻtin taxlab qoʻyish bunga kirmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hovliga maishiy chiqindilarni toʻkish, chiqarib tashlash, koʻmish yoki kuydirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uylar va boshqa imoratlarning devorlariga tegishli ruxsatsiz har xil choʻzgichlar, koʻrsatish belgilari, lavhalar, bayroq oʻrnatgichlar, meʼmorchilik qismlari va boshqa moslamalarni oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻkalamzorlashtirish ishlariga mutasaddi boʻlgan kommunal xizmat koʻrsatish organlarining ruxsatisiz daraxt va koʻchatlarni oʻtqazish, joydan joyga koʻchirish yoki kesib tashlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzatish-foydalanish tashkilotining ruxsatisiz uy atrofidagi yerlarni kovlash;
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp kvartirali uy-joylarning uylarida mol, shuningdek odamlar sogʻligi uchun xavfli hayvonlarni saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uylar, binolar, inshootlarni oʻzboshimchalik bilan qayta qurish, qayta rejalashtirish, shuningdek koʻp qavatli uylar, binolar va inshootlarga tutashib ketgan yer uchastkalarida oʻzboshimchalik bilan imorat qurish yoxud ularning tashqi koʻrinishini foydalanish koʻrsatkichlarini va binolarning zilzilaga chidamliligini pasaytiruvchi hamda boshqa shaxslarning yashashi yoki faoliyati uchun noqulaylik yaratuvchi tarzda boshqacha oʻzgartirish.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori asosida oʻn birinchi –– oʻn ikkinchi xatboshilari bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Uy atrofidagi yerlarda qazish ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar yoki shaxslar ishlar tamom boʻlgandan keyin tuzatish-foydalanish tashkilotidan obodonchilik boʻyicha bajarilgan ishlarga uning daʼvosi yoʻqligini yozma ravishda tasdiqlatib olishlari kerak.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Uy atrofidagi yerlarni har xil gʻovlar bilan oʻrab olish, poliz ekinlari ekish, bogʻ, avtomashinalar va boshqa transport vositalarini yuvish joyini barpo etish, benzin va moy toʻkish, signallar, tormozlar va dvigatellarni sozlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ijaraga beruvchi, ijaraga qoʻyuvchi va uy-joyning egasi uy atrofidagi yerlarni tegishli sanitariya tartibida saqlashlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Uy atrofidagi yerlarni supirib-sidirish va tozalash hokimlik belgilagan soatlarda amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Uy atrofidagi yerlarni saqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Uy atrofidagi yerlarga shu uyga tutashib ketgan umumiy foydalaniladigan yerlar kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tashqi obodonlashtirish qismlaridan foydalanish va ularni tuzatish texnika xizmati koʻrsatish va uy-joylarni saqlash toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan tuzatish-foydalanish tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Uy atrofidagi yerlarda boʻsh maydonlar boʻlsa, ular quyidagilar uchun jihozlanishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kir quritish uchun xoʻjalik maydonchasi, kiyimlar va boshqa uy buyumlarini tozalash hamda tuzatish-foydalanish tashkilotining ehtiyoji uchun maydoncha;
(35-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
futbol, basketbol, voleybol, tennis oʻynash hamda gimnastika bilan shugʻullanish uchun sport maydonchalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qum solingan qutilar bilan taʼminlangan, argʻimchoqlar, tebranadigan taxtalar, ayvonchalar va boshqa moslamalar oʻrnatilgan kichik yoshdagi bolalar uchun oʻyin maydonchalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qish davrida sport va bolalar maydonchalarida zarur asbob-uskunalar bilan jihozlangan sirpanadigan va yaxmalak otadigan tepaliklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axlat va oziq-ovqat chiqindilari uchun konteyner va bochoklar oʻrnatiladigan maydonchalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Turar joylarni ijaraga oluvchilar ijaradorlar va turar joy egalari va ular bilan birga yashovchi shaxslar koʻchat qilingan daraxtlar, xoʻjalik, sport, bolalar maydonchalari va ularning jihozlarini asrashlari, uy atrofidagi yerlarni saqlash qoidalariga rioya qilishlari va ularni iflos qilishga yoʻl qoʻymasliklari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Itlarni sayr qildirish buning uchun belgilangan maxsus maydonchalarda oʻtkazilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Tuzatish-foydalanish tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari turar joyda yashovchilarning uy atrofidagi yerlarda koʻkalamzor maydonlarni koʻpaytirishga oid tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashlari, bunda daraxtlar koʻp boʻlishiga eʼtibor berishlari kerak.
(37-xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilinmaganlik uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Tuzatish-foydalanish tashkilotlarining javobgarligi tashkilot bilan uy-joy egasi oʻrtasida turar joylarga xizmat koʻrsatish va ularni saqlash boʻyicha tuzilgan shartnoma (kontrakt) bilan belgilanadi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Turar joylardan foydalanish, umumiy foydalaniladigan joylar, zina maydonlari, liftlar, kirish joylari, uy atrofidagi yerlarni sanitariya holatida saqlash qoidalarini buzishda, uy-joyni va turar joylarni oʻzboshimchalik bilan qayta jihozlash va qayta rejalashda va ulardan maqsadga muvofiq boʻlmagan tarzda foydalanishda, uy-joylardan foydalanish qoidalari va normalariga zid ravishda xoʻjasizlarcha saqlashda, uy-joylar, turar joylar, ularning asbob-uskunalarini, obodonchilik obyektlarini, daraxtzorlarni buzishda aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Uy-joylar, turar joylar, muhandislik asbob-uskunalari, obodonchilik obyektlari, uylarga tutashib ketgan yer uchastkalaridagi daraxtlarga ziyon yetkazgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar turar joy egasiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ularning aybi bilan korxona, muassasa va tashkilot zararning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq xarajat qilganligi uchun mansabdor shaxslar va boshqa xodimlar belgilangan tartibda moddiy javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Etkazilgan zararni qoplash miqdori va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Turar joylardan foydalanish, uy-joy va uy atrofidagi yerlarni saqlash qoidalarini buzgan, zimmalariga yuklangan kvartira ichki joriy tuzatishini oʻz vaqtida amalga oshirmaydigan, xizmat koʻrsatish, turar joylarni saqlash va kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlamaydigan, maishiy axlatlar va chiqindilarni belgilanmagan joylarga muntazam chiqarib tashlaydigan turar joylarni ijaraga oluvchilar, uy egalari, ijaradorlar va ular bilan birga yashaydigan shaxslar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari orqali taʼsir ostiga ham olinadilar.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 25-iyundagi 315-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Agar ijaraga oluvchi, ijarador, uy-joy egasi va ular bilan birga yashovchi shaxslar turar joylarni muntazam ravishda buzsalar yoki ulardan belgilangan maqsadda foydalanmasalar, oʻzlari bilan bir kvartirada yoki bir uyda yashovchilarning yashashiga imkoniyat bermasalar, ogohlantirish va taʼsir koʻrsatish choralari natijasiz qolsa, ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va boshqa manfaatdor shaxslarning talablari boʻyicha aybdorlarni koʻchirib chiqarish boshqa turar joy xonasi berilmasdan sud qarori bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X. Tomonlarning uy-joylar (kvartiralar)ga texnika xizmati koʻrsatish, ularni tuzatish boʻyicha ijara shartnomalarini bajarishlarini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Uy-joy fondini saqlash va undan toʻgʻri foydalanish vazifasi tomonlar oʻz zimmalariga olgan shartnoma majburiyatlarini bajarishlarini va ularning haqiqatda bajarilishini muntazam tekshirishni talab etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu maqsadda tuzatish-foydalanish tashkiloti bir yilda kamida bir marta shartnoma (kontrakt)larning bajarilishini tekshirishni tashkil qilishi va bu tekshirishni uy-joy fondini bahorgi navbatdagi koʻrik vaqtiga toʻgʻrilashi kerak.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Turar joylardan foydalanish va ularni saqlash qoidalariga rioya qilinishini tekshirish albatta fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, uy-joy egalari shirkati ishtirokida oʻtkaziladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-iyuldagi 345-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Tekshirish natijalari shartnoma (kontrakt)larga ilova qilinadigan turar joy pasportida belgilangan tartibda qayd qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Turar joy xonalariga xizmat koʻrsatish va ularni saqlash boʻyicha shartnoma (kontrakt) shartlarini bajarmagan tomonlarga mazkur qoidalarning 8-boʻlimida koʻrsatilgan choralar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turar joy (uy, kvartira)ning pasporti uy-joy egasining arizasi boʻyicha joylardagi texnik roʻyxatga olish organlari tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.