“TASDIQLANGAN”
O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri o‘rinbosari E. Gadoyev
1999-yil 25-mart, EG 04-02-05/624-son
O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri o‘rinbosari E. Gadoyev
1999-yil 25-mart, EG 04-02-05/624-son
“TASDIQLANGAN”
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
1999-yil 25-mart, 02/8-50-son
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
1999-yil 25-mart, 02/8-50-son
KIChIK VA O‘RTA BIZNES KORXONALARINI ULAR TOMONIDAN TAShKIL ETILAYOTGAN IShLAB ChIQARIShLAR UChUN TEXNOLOGIK JIHOZLARI BO‘YIChA IMPORT BOJXONA BOJINI TO‘LAShDAN OZOD QILISh
tartibi
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 8-aprelda 694-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
I. UMUMIY QOIDALAR
Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2008-yil 23-iyundagi 65 va 01-02/8-41-sonli “Kichik va o‘rta biznes korxonalarini ular tomonidan tashkil etilayotgan ishlab chiqarishlar uchun texnologik uskunalar yuzasidan import bojxona bojlarini to‘lashdan ozod etish Tartibini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 694-1, 26.06.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1. Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF–1987-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-maydagi “Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 232-son qarorini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan hamda kichik va o‘rta biznes korxonalarini, ular tomonidan tashkil qilinadigan ishlab chiqarishlar uchun texnologik uskunalar importi chog‘ida to‘lanadigan bojxona bojlarini to‘lashdan ozod qilish tartibini tartibga soladi.
1.2. Mazkur Tartib Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi yoki Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi a’zolari (keyingi o‘rinlarda — shaxslar) bo‘lib hisoblangan kichik va o‘rta biznes korxonalariga tatbiq etiladi.
Kichik va o‘rta biznes subyektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, ishlab chiqarish tarmoqlarida band o‘rtacha yillik xodimlari soni 10 kishigacha bo‘lgan; mikrofirmalar, savdo, xizmat ko‘rsatish sohasi va boshqa noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida — 5 kishigacha;
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, sanoat sohasida band o‘rtacha yillik xodimlari soni 40 kishigacha bo‘lgan kichik korxonalar: qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlarida — 20 kishigacha; ilm—fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, chakana savdo va boshqa noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida — 10 kishigacha;
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, o‘rtacha yillik xodimlari soni kichik korxonalar uchun belgilanganidan ortiq, biroq sanoat sohasida 100 kishidan, qurilishda — 50 kishidan, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida, ulgurji savdoda 30 kishidan, chakana savdo, xizmat ko‘rsatish va boshqa noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida — 20 kishidan oshmaydigan o‘rta korxonalar.
II. IMPORT BOJLARINI TO‘LAShDAN OZOD QILISh TARTIBI
2.1. O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga bojxona bojlari undirilmasdan texnologik uskunalarni olib kirish huquqiga ega shaxslar bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
korxonaning notarial tasdiqlangan ustavining ko‘chirma nusxasi;
vakolatli organlar tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan kontrakt;
shaxsning Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasiga yoki Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasiga a’zoligini tasdiqlovchi guvohnoma;
bojxona yuk deklaratsiyasi;
vakolatli bankning olib kirilayotgan uskuna texnologik uskuna bo‘lib hisoblanishi va kichik va o‘rta biznes korxonalari tomonidan ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun olib kirilayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi.
2.2. Hududiy bojxona organi shaxs turar joyidagi soliq organini u tomonidan imtiyozli shartlarda olib kirilgan texnologik uskunadan foydalanish ustidan nazoratni o‘rnatish uchun, shuningdek, shaxsni shaxs tomonidan tashkil etiladigan ishlab chiqarishlar uchun olib kiriladigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining talablari to‘g‘risida xabardor qiladi.
2.3. Texnologik uskunani sotish yoki foydalanishga oid belgilangan me’yorlar davrida shaxsning tugatilishi hollarida (TIA yoki boshqa hujjatlarda aytib o‘tilgan) bank va shaxsning turar joyidagi soliq organi import bojlarining sotish yoki tugatish vaqtiga qoldiq qiymati bo‘yicha bo‘lgan amaldagi stavkalar bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan summalarini undirishga oid choralarni ko‘ruvchi hududiy bojxona organiga xabar beradi.
III. HUJJATLARNI KO‘RIB ChIQISh MUDDATLARI
3.1. Texnologik uskunani olib kirish chog‘ida kichik va o‘rta biznes subyektlari ma’lumotnoma olish uchun hujjatlar majmuini, ushbu hujjatlarni belgilangan, biroq besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatlarda ko‘rib chiquvchi vakolatli bankka taqdim etadilar. Subyektlarning o‘zaro munosabatlari: korxona — bank — korxona — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy bojxona organi.
Bank xulosasi quyidagi rekvizitlar albatta ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma — xat ko‘rinishida taqdim etiladi:
olib kirilayotgan texnologik uskunaning soni va turlari;
chet el kredit liniyasi mablag‘lari hisobidan berilgan (texnologik) uskunaning chet el kreditlari hisobidan olib kirilishi chog‘ida valyuta va kredit summasi;
uskuna texnologik xususiyatga ega va ular tomonidan ishlab chiqarishlarni tashkil qilish maqsadida olib kirilmoqda.
Bojxona organlari bojxona rasmiylashtiruvini mazkur Tartib talablarini qo‘llagan holda, olib kirish dalili asosida belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
3.2. Yuqorida keltirilgan hujjatlarni taqdim etmaslik, yuqorida sanab o‘tilgan talablarning bajarilmasligi uskunani bojxonada rasmiylashtirishni rad etish uchun asos bo‘lib hisoblanmaydi. Bunday hollarda kichik va o‘rta biznes subyektlarining texnologik uskunalarini bojxonada rasmiylashtirish umumiy asoslarda, bojxona bojini undirish orqali amalga oshiriladi.
“KELIShILGAN”
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi
M. Sobirov
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi
M. Sobirov
“KELIShILGAN”
Dehqon va fermer xo‘jaliklar uyushmasi
A. Bobomirzayev
Dehqon va fermer xo‘jaliklar uyushmasi
A. Bobomirzayev
(O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 4-son)