Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.01.2025 22.03.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 679
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Tartibi, 22.03.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 679
Kuchga kirish sanasi
22.03.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.01.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TASDIQLAYMAN”
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari Sh. Abdullayev
20-son, 1999-yil 2-mart
“TASDIQLAYMAN”
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari D. Asadov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pullik tibbiy xizmat ko‘rsatishga bosqichma-bosqich o‘tayotgan davolash-profilaktika muassasalarini moliyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 22-martda 679-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 26-dekabrdagi 210-son, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 24-dekabrdagi 20-sonli “Pullik tibbiy xizmat ko‘rsatadigan davolash-profilaktika muassasalarini moliyalash tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3603, 27.01.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1. Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturini amalga oshirishga doir asosiy chora-tadbirlarning 26-bandi ijrosi bo‘yicha ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-son Farmoniga 10-ilova).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. Tartib pullik xizmat ko‘rsatishga bosqichma-bosqich o‘tkazilayotgan davlat davolash-profilaktika muassasalarining moliyaviy resurslarini shakllantirishning asosiy umumiy qoidalari, uslublari va yondashuvlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.3. Ro‘yxatga kiritilgan davolash-profilaktika muassasalari quyidagilarni amalga ta’minlashlari zarur (yuqorida nomi qayd etilgan Farmonga 3-ilova);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z faoliyatini budjetdan to‘liq ta’minlanishidan asta-sekin va izchil ravishda tibbiy xizmat ko‘rsatish hajmini o‘zini o‘zi moliyaviy ta’minlash sharoitiga, ya’ni pullik tibbiy xizmat ko‘rsatishga o‘tish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul to‘lanishining shaklidan qat’i nazar, davolanuvchilar zamonaviy va malakali tibbiy yordam olishi uchun rad etmay bajarish va teng foydalanish imkoniyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha bosqichlarda aholiga ko‘rsatilgan xizmatning yuqori sifati va tibbiyot-sanitar standartlarga muvofiq bo‘lishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.4. Davolash-profilaktika muassasalarining pullik tibbiy xizmat ko‘rsatishga o‘tishlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturida belgilangan muddatlar va miqdorlarga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-son Farmoniga 3-ilova), shuningdek aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning qo‘shimcha (davlat tomonidan kafolatlanganidan ortiq) turlariga bo‘lgan talabdan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davolash-profilaktika muassasalari faoliyatini moliyalashtirishning turlari va manbalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. Aralash moliyalashtiriladigan davolash-profilaktika muassasalarida bir vaqtning o‘zida moliyalashtirishning ikki xil shakli amal qiladi — budjetdan moliyalashtirish va o‘zini o‘zi moliyalashtirish. Ikki xil shaklda moliyaviy mablag‘lar hajmini belgilashda kasalliklar turi va aholining ijtimoiy guruhlari bo‘yicha tasdiqlangan tibbiy-iqtisodiy standartlarga muvofiq ravishda davolanuvchiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar qiymati yotadi. O‘zini o‘zi moliyalashtirish shakli pullik tibbiy xizmat ko‘rsatishga o‘tish va uni kengaytirish bilan bog‘lik ravishda rivojlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2. Aralash moliyalashtiriladigan davolash-profilaktika muassasalari moliyaviy resurslarining asosiy manbalari quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet mablag‘lari, uning hajmi belgilangan tartibda davolangan bemorlarning soni va xizmat ko‘rsatiladigan hududning aholisi sonidan kelib chiqib belgilanadi. DPM tomonidan sarflanadigan budjet mablag‘larining hajmi aholiga pullik xizmat ko‘rsatish shakllari rivojlanishi sari asta-sekin kamayib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu korxonalar va tashkilotlarning ishchilariga va ularning oila a’zolariga tuzilgan shartnomalar asosida ko‘rsatilgan profilaktik va tibbiy xizmat hajmi uchun davolash-profilaktika muassasalar hisobiga o‘tkaziladigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davolash-profilaktika muassasalari tomonidan aholiga davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam ko‘rsatish hajmidan ortiq ravishda ko‘rsatilgan qo‘shimcha tibbiy xizmat uchun davolanuvchining (homiylar) to‘lovlari (davolash ovqatlanishi bilan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylarning mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan man etilmagan boshqa manbalar.
(2.2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Aralash moliyalashtiriladigan davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy xizmat tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. Aralash moliyalashtiriladigan davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy xizmat ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimini 1998 — 2005-yillarda isloh qilish davlat dasturi, me’yoriy-uslubiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va tegishli hududiy sog‘liqni saqlash boshqaruvi organlarining litsenziyalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2. Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning, ularning shaklidan qat’i nazar, o‘z vaqtidaligi, to‘laqonliligi va sifatiga davolash-profilaktika muassasasining rahbari javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.3. Davolash-profilaktika muassasasining rahbari mavjud budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni taqsimotchisi bo‘lib, ularning maqsadli ishlatilishi uchun javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4. Aralash moliyalashtiriladigan davolash-profilaktika muassasalarida barcha smeta-moliya va buxgalteriya hujjatlari, shuningdek davolanuvchilarga bepul va pullik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish moliyalashtirish manbalari bo‘yicha alohida olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.5. Aralash moliyalashtiriladigan davolash-profilaktika muassasalariga tushadigan mablag‘larning alohida hisobini yuritish uchun bank muassasalarida quyidagi depozit hisobvaraqlari ochiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) aholiga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun budjetdan tushadigan mablag‘lar uchun — hisobvaraq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) pullik xizmatdan tushadigan mablag‘larni hisobga olish uchun — hisobvaraq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ovqatlanish uchun davolanuvchilarning (homiy korxonalar va h.k.) xususiy to‘lovlaridan kelib tushadigan mablag‘larni jamlash uchun — hisobvaraq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.6. Budjetdan moliyalashtirish uchun davolash-profilaktika muassasasining daromadlar va xarajatlar smetasi, shtatlar jadvali va boshqa hujjatlar belgilangan tartibda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.7. Pullik tibbiy va boshqa turdagi xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar va xarajatlar smetasi, shtatlar jadvali va boshqa hujjatlar davolash-profilaktika muassasasining rahbari tomonidan yuqori turuvchi sog‘liqni saqlash boshqaruvi organi bilan kelishgan holda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.8. Davolash-profilaktika muassasasida davolanuvchilarga pullik xizmatlar ko‘rsatish ushbu maqsadlar uchun ajratilgan alohida bo‘limlarda (yoki ixtisoslashtirilgan pullik bo‘lim palatalarida) amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.9. Davolash-profilaktika muassasasining rahbari va pullik tibbiy yoki boshqa turdagi xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linma (xodimlar guruhi) o‘rtasidagi munosabatlar ular o‘rtasidagi, mijozlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni kafolatlashni ta’minlash bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari va javobgarliklari aniq yoritilgan, shartnoma bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.10. Aralash moliyalashtiriladigan davolash-profilaktika muassasasida pullik xizmat ko‘rsatish qiymati tibbiy xizmatning har bir turiga kasalliklar bo‘yicha tibbiy-iqtisodiy standartlar, amaldagi me’yorlar va xarajatlarning javobgar shaxslar tomonidan tuziladigan barcha turlari kalkulyatsiyasi asosida belgilanadi. Tibbiy xizmatga to‘lovning eng ko‘p qiymati mazkur muassasa tomonidan budjet mablag‘lari hisobiga ko‘rsatilayotgan aynan shunday xizmatlar qiymatidan, qiymatning 25 foizidan ko‘proq ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.11. Davolash-profilaktika muassasasi davolanuvchilar uchun barcha tegishli maishiy sharoitlarni va davolash-saqlash rejimini tashkil etadi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi, jumladan, bemorni o‘z vaqtida va malakali davolamaganligi oqibatida og‘irlashishini kelib chiqishi uchun moddiy javobgar bo‘ladi.
(3.11-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.12. Xizmatlar turi, ularning narxi va miqdori masalalari bo‘yicha davolanuvchi va davolash-profilaktika muassasasi o‘rtasidagi munosabatlar mazkur Tartibga ilova qilingan Bitim hisobvarag‘ining shakli bo‘yicha rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.13. Tibbiy xizmat, dori-darmon vositalari va tibbiy mahsulotlar uchun to‘lovlar shifoxona kassasiga naqd pul bilan yoki muassasasining hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan oldindan yoki davolanuvchini kuzatish, ko‘rish va davolash davrida to‘lanishi mumkin. Alohida hollarda tibbiy xizmat uchun to‘lovlarni to‘lash muddatlari davolash-profilaktika muassasasi va davolanuvchi o‘rtasida yakka tartibda tuziladigan bitimda belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.14. Davolash-profilaktika muassasasi ko‘rsatayotgan tibbiy xizmatning o‘z vaqtidaligi va sifatini nazorat qilish yuqori turuvchi sog‘liqni saqlash boshqaruvi organi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.15. Davolash-profilaktika muassasalari va davolanuvchilar o‘rtasida kelib chiqadigan nizoli masalalar va kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘riladi.
(3.15-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Aralash moliyalashtiriladigan davolash-profilaktika muassasalarida bemorni dori-darmonlar bilan ta’minlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.1. Bepul tibbiy xizmat oluvchi bemorlarni dori vositalari va tibbiy mahsulotlar bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash va Moliya vazirliklari tomonidan 1999-yil 26-yanvarda tasdiqlangan va Adliya vazirligida 1999-yil 18-fevralda 639-son bilan ro‘yxatga olingan dori vositalari va tibbiy mahsulotlarni berish, hisobga olish va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish Tartibiga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.2. Tibbiy yordamning pullik turlarini ko‘rsatish uchun dori vositalari va tibbiy mahsulotlar bilan ta’minlash shifoxona ichidagi dorixona rahbari, mudiriga yuklatiladi va ularni “Dori-darmon” davlat aksiyadorlik birlashmasi tizimidan, turli mulkchilik shaklidagi dorixonalardan sotib olish yoki davolanuvchilardan tushadigan mablag‘lar hisobidan ta’minotchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuziladigan shartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.3. Dori vositalarini hisobga olish, kelib tushishini va pulli xizmatga ishlatilishini nazorat qilish davolash-profilaktika muassasasining rahbari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining me’yoriy hujjatlariga muvofiq tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tartibga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎BITIM HISOBVARAG‘INING
‎Namunaviy shakli

‎‎“___”__________ 1999-y. ‎‎________-son
‎‎“___”__________ 1999-y.dan ‎‎“___”_________ 1999-y.gacha

‎‎davolash uchun _____________________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________________________________
‎‎davolash-profilaktika muassasasining nomi
‎_________________________________________________________________________________________________
‎bemorning familiyasi, ismi, otasining ismi
_________________________________________________________________________________________________
‎bemorning tashxisi
‎_________________________________________________________________________________________________
‎bo‘limning nomi
‎_________________________________________________________________________________________________
‎davolovchi shifokorning familiyasi, ismi, otasining ismi

‎‎Davolash-profilaktika muassasasi to‘liq hajmda bajarishni, davolanuvchi esa — quyidagi tibbiy xizmatlar haqini to‘lash majburiyatini oladilar.

T/r‎

‎‎Xizmatlar nomi
‎(dori vositalaridan va tibbiy mahsulotlardan tashqari)

‎‎O‘lchov birligi

‎‎Soni

‎‎Narxi (so‘m)

‎‎Summa

‎‎Davolanuvchining
‎olganligi
‎haqidagi
‎imzosi

‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎

Jami‎‎

‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎

T/r‎

‎‎Dori vositalari
‎va tibbiy
‎mahsulotlarning
‎nomi

‎‎O‘lchov birligi

‎‎Soni

‎‎Narxi (so‘m)

‎‎Summa

‎‎Davolanuvchining
‎olganligi
‎haqidagi
‎imzosi

‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎

Jami‎‎

‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎

‎‎
‎‎Bo‘lim mudiri
‎Davolovchi shifokor
‎Hisobchi (iqtisodchi, buxgalter) Davolanuvchi
‎‎Muassasaning muhri o‘rni
(O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2008-yil 23-apreldagi 35, 5-son (ro‘yxat raqami 679-1, 2008-yil 5-may) qarori bilan kiritilgan o‘zgartirish bilan. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)