Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 18-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2709-9]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi hamda 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/14-son qarori (roʻyxat raqami 2709, 2015-yil 13-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 32-son, 437-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2026-yil 8-iyul,
19/7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 8-iyuldagi 19/7-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. Muqaddima “mikromoliya banklarining” degan soʻzlardan keyin “, shuningdek islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklar va mikromoliya banklarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 1-band quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“islomiy moliya vositalari — islomiy moliya standartlariga muvofiq boʻlgan moliyaviy vositalar.”.
3. 2-bandning yettinchi xatboshisi “kreditlar” degan soʻzdan keyin “, qarz majburiyatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. 3-bandning oltinchi xatboshisi “banklararo depozitlar” degan soʻzlardan keyin “, shuningdek islomiy moliya vositalari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5. 26-bandning oʻninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“berilishi (moliyalashtirilishi) kutilayotgan kreditlar va (yoki) islomiy moliya operatsiyalari;”.
6. 34-bandda:
birinchi xatboshidan “boʻlib” degan soʻz chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi “kreditlash” degan soʻzdan keyin “(moliyalashtirish)” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi xatboshi “kreditlarni” degan soʻzdan keyin “yoki islomiy moliya vositalari orqali jalb qilingan mablagʻlarni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
7. 35-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari “foiz stavkalari” degan soʻzlardan keyin “va islomiy moliya operatsiyalari boʻyicha ustama yoxud boshqa turdagi daromadlar miqdori” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
8. 47-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“47. Banklar ajratilgan kreditlarni va (yoki) moliyalashtirilgan islomiy moliya vositalarini jalb qilingan depozitlarga boʻlish orqali ajratilgan kreditlar va (yoki) moliyalashtirilgan islomiy moliya vositalarining depozitlardagi ulushini aniqlaydi. Koʻrsatkichning juda yuqori (80 foizdan ortiq) qiymati va (yoki) oʻsishi muammolarning dastlabki belgilaridanoq bankdan chiqib ketadigan barqarorligi pastroq resurslar manbalariga boʻlgan bank ishonchini bildiradi.”.
9. 50-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “moliyalash” degan soʻz “moliyalashtirish” degan soʻz bilan almashtirilsin.
10. 1-ilovada:
1) 1-bandda:
oltinchi xatboshi “kreditlar (overnayt)” degan soʻzlardan keyin “va islomiy moliya vositalari orqali taqdim etilgan mablagʻlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
toʻqqizinchi xatboshi “kreditlar” degan soʻzdan keyin “va (yoki) islomiy moliya operatsiyalari boʻyicha majburiyatlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 2-bandning uchinchi xatboshisi “kreditlar” degan soʻzdan keyin “va (yoki) islomiy moliya operatsiyalari boʻyicha majburiyatlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yangi kreditlarni va (yoki) islomiy moliya operatsiyalarini moliyalashtirish (kreditlar va (yoki) islomiy moliya operatsiyalari turi batafsil koʻrsatiladi);”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2026-y., 10/26/2709-9/0751-son)