Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.03.2018 04.12.2002 yildagi 425-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.03.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ISTE’MOL TOVARLARI IMPORTINI TARTIBGA SOLIShNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-martdagi 235-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo munosabatlarini tartibga solishning xalqaro amaliyotda umumiy ravishda qabul qilingan chora-tadbirlariga muvofiq va respublikaga iste’mol tovarlarini olib kelish tizimini yanada takomillashtirish, tovarlarning uchinchi mamlakat hududidan qayta eksport qilinishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qo‘yilsinki, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq uchinchi mamlakatdan kelib chiqqan va MDH mamlakatlari hududlaridan respublikaga qayta eksport qilinadigan tovarlar uchun belgilangan tartibda bojxona to‘lovlari undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2003-yil 1-yanvardan boshlab uchinchi mamlakatda ishlab chiqarilgan hamda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tijorat faoliyati uchun chegaradosh davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga qayta eksport qilinayotgan nooziq-ovqat iste’mol tovarlari importi uchun bojxona yig‘imi 20 foiz miqdorida belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Davlat bojxona qo‘mitasi ko‘rsatib o‘tilgan bojxona yig‘imini undirish tartibini o‘n kun muddatda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi import qilinayotgan iste’mol tovarlarini rasmiylashtirishda, bojxona to‘lovlarini undirish va tovarlarni sotishda ularning kelib chiqish mamlakatini to‘g‘ri aniqlanishi ustidan qattiq nazoratni ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Davlat bojxona qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegaradosh davlatlardan respublikaga import tovarlar olib kelayotgan jismoniy shaxslar uchun bojsiz tovar keltirishning ko‘pi bilan 1000 AQSh dollaridan iborat cheklangan normasini 2003-yil 1-yanvardan boshlab bekor qilsinlar, uni iste’mol tovarlarini shaxsiy foydalanish uchun bojsiz keltirishning cheklangan miqdoriy normalari bilan almashtirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari tomonidan chegaradosh davlatlardan shaxsiy foydalanish uchun bojsiz keltirilayotgan iste’mol tovarlarining cheklangan miqdoriy normalarini bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tijorat maqsadlari uchun mo‘ljallangan tovarlarni kelayotgan jismoniy shaxslar uchun tovarlarni bojsiz olib kelish normalarining amal qilishi tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-noyabrdagi 403-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 70-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarorning, birinchi navbatda, 2 va 3-bandlarining bajarilishi to‘g‘risida 2003-yil 10-yanvargacha axborot bersinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va E.M.G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 4-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
425-son