Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.06.2021 31.12.1998 yildagi 543-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.06.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida Davlat yer kadastrini yuritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli “Davlat kadastrlarini yuritish sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga, “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida davlat yer kadastri yuritilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida davlat yer kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yilda Oʻzbekiston Respublikasi mintaqalari boʻyicha yerlar sifatini baholash (tuproq bonitetini aniqlash) boʻyicha ishlarni amalga oshirish jadvali 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tumanlar va shaharlarda binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlariga, boshqa tashkilotlarga yuklansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi, “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar uch oy muddatda yer kadastri koʻrsatkichlari tarkibini, tizimini hamda yer kadastri hujjatlarining hisobot shakllarini ishlab chiqsinlar, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi esa tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yer resurslari davlat qoʻmitasi va “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat yer kadastrini yuritishning ilmiy tamoyillari va uslubiyatini Davlat kadastrlari yagona tizimini hisobga olgan holda ishlab chiqishni tashkil etsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
er kadastriga doir axborotlarni manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga berish tartibini belgilasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yildan boshlab yerlarni xaritaga olish, roʻyxatdan oʻtkazish, hisobga olish va baholashning zamonaviy texnologiyalariga oʻtishni taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada yerga doir axborotlarning avtomatlashtirilgan tizimi (EAAT)ni bosqichma-bosqich yaratishga kirishsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda kadastr ishlari uchun kadrlar tayyorlashni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat yer kadastrini yuritishga doir ishlarni budjet koʻrsatkichlarida nazarda tutilgan hajmlarda davlat budjeti mablagʻlari hisobiga oʻz vaqtida mablagʻ bilan taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Bosh vazir oʻrinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 31-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
543-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 31-dekabrdagi 543-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat yer kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat yer kadastri yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar kafolatlanishini taʼminlash, yerlarni hisobga olish va baholash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga, “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat yer kadastri yerlarning tabiiy, xoʻjalik va huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalarining oʻrni va oʻlchamlari, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar oʻrtasidagi taqsimoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va hujjatlar tizimidan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasining yer fondi davlat yer kadastri obyekti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yerning tabiiy xossalarini, huquqiy holatini va undan foydalanishni har tomonlama oʻrganish va baholash davlat yer kadastrining mavzusi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yer kadastri axborotini ishlab chiqish texnologiyasini doimiy ravishda takomillashtirish, tizimlashtirish, saqlash, yangilash va foydalanuvchilarga ishonchli va tejamli yer kadastri axboroti berish davlat yer kadastrining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat yer kadastrini yuritish aerokosmik suratga olish, topografik-geodezik, kartografik, tuproq, agrokimyoviy, geobotanik tadqiqotlar va boshqa tadqiqotlar va izlanishlar olib borish, yerlarning miqdor va sifat jihatidan hisobga olinishi va baholanishi, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat yer kadastri yer munosabatlarini tartibga solish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni yer toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash, yerdan oqilona foydalanishni, qayta tiklash va muhofaza qilishni, yer tuzilishini tashkil etish, yer uchun haq toʻlash miqdorlarini asoslash, xoʻjalik faoliyatini baholash uchun moʻljallangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar davlat yer kadastrining tarkibiy qismlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni ijaraga yoki mulk etib olish huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek servitutlarni va ushbu huquqlarga doir boshqa cheklashlarni hisobga olish;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
er miqdorini hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
er sifatini hisobga olish (tuproq bonitetini aniqlash);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erni qiymat jihatidan baholash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar davlat yer kadastrini yuritishning asosiy tamoyillari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning butun hududini qamrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fazoviy koordinatlarning yagona tizimini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
er kadastriga doir axborot ishlab chiqilishi uslubiyotining birligi va uzluksizligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
er kadastri axborotining ishonchliligi va tejamliligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat yer kadastri maʼlumotlari asosiy (dastlabki) va joriy maʼlumotlarga boʻlinadi. Dastlabki roʻyxatdan oʻtkazish vaqtida olingan maʼlumotlar va davlat yer kadastrining dastlabki maʼlumotlarini tuzish asosiy axborot hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat yer kadastri maʼlumotlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish va (yoki) oʻzgartirish jarayonida olingan maʼlumotlar joriy axborot hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat yer kadastri Davlat kadastrlarining yagona tizimini, boshqa kadastr tizimlari va monitoringlarini yaratish va yuritish uchun fazoviy-huquqiy asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat kadastrlarining yagona tizimiga kiritish uchun yer-kadastr axborotining tarkibi va taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yer kadastri axborotidan yer munosabatlarini tartibga solishda, yerdan foydalanish bilan bogʻliq ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik vazifalarni hal etishda foydalanilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat yer kadastrini yuritish ishlari davlat budjetidan va boshqa manbalar hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Davlat yer kadastrining mazmuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagilar davlat yer kadastrining mazmunini tashkil etadi: yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, yer miqdori va sifatini hisobga olish (tuproq bonitetini aniqlash), yerni qiymat jihatidan baholash, shuningdek yer kadastri axborotini tizimlashtirish, saqlash, yangilash va manfaatdor shaxslarga tegishli shakllar va hajmlarda berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mulk huquqi subyektini, yer uchastkalariga egalik qilish va foydalanishni belgilovchi, yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar kafolatlanishini taʼminlovchi, yerni hisobga olish va baholash uchun asos yaratuvchi yerni roʻyxatdan oʻtkazishga doir axborot yer kadastri axborotining asosiy, dastlabki tarkibiy qismi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastlabki roʻyxatdan oʻtkazish axborotini shakllantirish paytida ishlarni oʻtkazish paytigacha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq holda paydo boʻluvchi yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar chegaralari belgilanadi va roʻyxatdan oʻtkaziladi (qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, ushbu huquqlarning paydo boʻlishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishi va toʻxtatilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Yer uchastkalarining naturada chegaralarini belgilash geodeziya usullari bilan yoki joyning oʻzida chegaralarning burilish nuqtalarini zarur aniqlikda belgilash va ularni chegara qoziqlari bilan mahkamlash yoʻli bilan kartografiya materialidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Yer uchastkalarining umumiy maydoni talab qilinadigan aniqlikda tahliliy, grafik-tahliliy yoki mexanik usullar bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yerni roʻyxatdan oʻtkazish axboroti avtomatlashtirilgan yerga doir axborot tizimiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy roʻyxatdan oʻtkazish axborotini shakllantirishda roʻyxatga oluvchi hujjatlar mundarijasiga mulkdorlar, yer uchastkalari egalari va foydalanuvchilarining huquqiy holati, shuningdek yerning maydoni, chegaralari, undan foydalanish maqsadi va foydalanish rejimi boʻyicha yuz bergan oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Naturada qayd etilgan oʻzgartirishlar, ular hujjatlar bilan rasmiylashtirilgandan keyin, yer kadastri daftariga hamda avtomatlashtirilgan yerga doir axborot tizimiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Yer uchastkalarining umumiy maydonini hisobga olish asosan geodeziya usullari bilan, yuqori aniqlikni talab etmaydigan hollarda esa kartometrik usullar bilan bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekin maydonlari boʻyicha yer miqdorini hisobga olish bir va undan ortiq konturlardan iborat boʻlgan asosiy yer kadastri birliklari — yer uchastkalari doirasida yuritiladi. Barcha toifadagi ekin maydonlari hisobga olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekin maydonlari boʻyicha yer miqdorini asosiy hisobga olish tegishli koʻlamdagi yangilangan reja-kartografiya asosida kartometrik usul bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Yer sifatini hisobga olish quyidagilarni oʻz ichiga oladi: tabiiy-qishloq xoʻjaligi va yer kadastri boʻyicha rayonlashtirish, yer tasnifi, ularni ekologiya, texnologiya va shaharsozlik belgilari va boshqa belgilar boʻyicha tavsiflash, tuproq va yerni guruhlarga ajratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yerlarning oʻlchami, joylashgan oʻrni, ekin maydonlari turlari va sifat holatiga oid qayd etiladigan maʼlumotlar yerni hisobga olish axborotini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Maʼmuriy-hududiy darajaning oshishiga qarab yerni hisobga olish axboroti uning koʻrsatkichlarining qiyosiyligiga rioya qilingan holda umumlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Yerlar qiymatini baholash turli maqsadlarga moʻljallangan yerlardan foydalanish samaradorligining hozirgi vaqtdagi darajasini aniqlash, kelajakda uni oshirish imkoniyatlarini tahlil qilish, asoslash, yer soligʻi va boshqa toʻlovlarni, uning normativ bahosini hisoblab chiqarish, yerlardan oqilona va samarali foydalanishni ragʻbatlantirish uchun amalga oshiriladi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha toifadagi yerlarni baholash qonunchilik bilan belgilangan tartibda natura (yerlarning har bir toifasi uchun oʻziga xos boʻlgan) va qiymat koʻrsatkichlari tizimi yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi maqsadlaridagi yerlar uchun ham tuproqning unumdorlik quvvati — tuproq boniteti boʻyicha qiyosiy baholash amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yerlarning qiymat bahosiga va tuproq bonitetiga doir maʼlumotlar yer bahosiga oid axborotni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Yerni roʻyxatga olish, yerni hisobga olish va yerni baholashga doir asosiy va joriy axborotlar yer kadastri axboroti majmuini tashkil etadi, ular har xil: alfavit — raqam (matn, jadval, koordinatlar va maydonlar roʻyxati), grafik (reja, xarita, sxemalar), elektron raqam (EHMning tezkor xotirasi, magnit manbalari) shakllarida qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
221. Tuman (shahar)ning navbatchi yer-kadastr xaritasini yuritish davlat yer kadastrining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navbatchi yer-kadastr xaritasi barcha yer uchastkalari chegaralarini yetarli darajada aniq koʻrsatish imkonini beradigan masshtabda, elektron va qogʻoz shaklida tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navbatchi yer-kadastr xaritalarida barcha yer uchastkalarining chegaralari koʻrsatiladi. Keyinchalik xaritaga yer uchastkalarining egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari tarkibida, shuningdek chegaralarda boʻlgan oʻzgarishlar muntazam ravishda kiritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navbatchi yer-kadastr xaritasini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
(221-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Har bir maʼmuriy-hududiy darajada taqdim etiladigan yer kadastriga doir hujjatlarning tarkibi va shakli “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqiladi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishib olinadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Yer kadastriga doir maʼlumotlarning ishonchliligi uchun davlat yer kadastrini yuritish vazifasi yuklangan tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlarining vakolatli shaxslari, shuningdek, yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va yer uchastkalari mulkdorlari javob beradilar.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Davlat yer kadastrini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tumanlar va shaharlarda binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari, boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Dastlabki kadastr maʼlumotlari yangilanayotganda yer uchastkalarining huquqiy holatida, yerlarning sifat holati va ulardan foydalanishda, ularni baholashda yuz berayotgan oʻzgarishlar aniqlanadi va roʻyxatdan oʻtkaziladi. Yer uchastkalari mulkdorlari, yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlariga, boshqa tashkilotlarga koʻrsatib oʻtilgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida oʻn kun muddatda axborot berishga majburdirlar.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari, boshqa tashkilotlar:
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkdorlardan, yer egalaridan, yerdan foydalanuvchilardan va ijarachilardan huquqiy holatda, yer uchastkalarining tarkibida va yer uchastkalaridan foydalanishda yuz bergan oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplaydilar va naturada tekshirilgandan keyin joriy oʻzgarishlarni uch kun mobaynida yer kadastri axborotiga kiritadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer-kadastr daftarini va navbatchi yer-kadastr xaritasini tashkil qiladilar va yuritadilar, tuman (shahar) yer resurslarining mavjudligi va sifat boʻyicha holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini doimiy ravishda yangilab boradilar;
(27-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 15-yanvargacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalariga yerlarning miqdori va ulardan foydalanish toʻgʻrisida hisobot taqdim etadilar.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi boshqa tashkilotlarining yer kadastrini yuritishga doir faoliyatini muvofiqlashtirib boradilar;
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi boshqa tashkilotlarining hisobotlarini umumlashtiradilar, yer uchastkasiga egalik huquqi subyektlari, mintaqadagi yer resurslari miqdori, sifati va ularni baholashga doir maʼlumotlar bankini yaratadilar, Respublika yer maʼlumotlari yagona bankini yaratishda qatnashadilar;
(28-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishib olingan mintaqa yerlarining miqdori va ulardan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni har yili 1-fevralgacha “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasiga taqdim etadilar.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat yer kadastri yuritilishini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarning ishlab chiqilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar, shaharlar, tumanlarning maʼmuriy chegaralarini, keyinchalik ularning maydonlarini muvofiqlashtirgan holda, geodezik usullar bilan belgilash va joylarga biriktirib qoʻyish ishlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topografiya-geodeziya ishlarini va yerlarni tegishli masshtablarda xaritaga olishni tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer resurslarini aerokosmik usullar bilan oʻrganishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boʻlinmalarning yerlarning miqdori va ulardan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini oʻrganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqilgan yer kadastri axborotlari sifatini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuproq, geobotanik va boshqa turdagi maxsus tadqiqotlarni, yerlarni baholashni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
er kadastri axborotining sifati va har xilligiga talabni muntazam oʻrganib boradi, yer kadastrini yuritish texnologiyasini takomillashtirishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika mintaqalari boʻyicha yer kadastri hujjatlarini yangilash navbatini va muddatlarini asoslab beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomatlashtirilgan yer axboroti tizimini joriy etishni va uning faoliyatini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
er kadastri axborotlarini nashr etadi, manfaatdor vazirliklar va idoralarga maʼlumotlar taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etiladigan yer kadastri axborotlari tarkibini, hajmini va ularga texnik talablarni belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-martgacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Yer resurslarining holati toʻgʻrisida Milliy hisobotni taqdim etadi”;
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)