Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 26.05.1994 yildagi 268-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“VISA” DEBET VA KREDIT KARTOChKALARINI MUOMALAGA ChIQARIShNI JADALLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 21-yanvardagi Farmonining Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining o‘zining “VISA” debet va kredit kartochkalarini muomalaga chiqarishni jadallashtirishga doir qismini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1994-yilning 25-aprelida respublikada xorijiy banklarning “VISA” kartochkalariga xizmat ko‘rsatish dasturi boshlanganligi, 14-iyundan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda xorijiy mamlakatlarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining “VISA” kartochkalarining muomalaga chiqarilishi va ularga xizmat ko‘rsatilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Chet el valyutalarining soxta banknotlari kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekistonda “VISA” kartochkalarining muomalaga kiritilishi munosabati bilan mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, respublika korxona va tashkilotlari, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasidagi naqd pulli to‘lov-hisob-kitob operatsiyalari asosan “VISA” kartochkalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika vazirliklari, davlat qo‘mitalari, konsernlar, uyushmalar, bank muassasalari, korxonalar va tijorat tuzilmalari chet mamlakatlarga doimiy ravishda borib turadigan xodimlar uchun, belgilangan limitlar doirasida, xizmat safarlari xarajatlari mablag‘laridan foydalanishning Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tomonidan chiqarilgan “VISA” kartochkalari yordamida naqd pulsiz tizimiga o‘tishni ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi, O‘zbekbirlashuv, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi va erkin muomaladagi valyutada xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tuzilmalar tasarruflaridagi ilovaga* muvofiq korxona va tashkilotlar bilan Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki hamda xorijiy banklar tomonidan chiqarilgan “VISA” kartochkalarini muomalaga kiritish bo‘yicha shartnomalar tuzishni 1994-yilning 10-iyunigacha ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, xalqaro normalarga muvofiq, tashkilot va korxonalar “VISA” kartochkalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni xizmatlar va tovarlar narxlariga operatsiyalarni bajarganlik uchun vositachilik xarajatlarini qo‘shmasdan amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki manfaatdor idoralar bilan birgalikda ilovada ko‘rsatilgan tashkilot va korxonalarni hamda “VISA” kartochkalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishda qatnashuvchilarni zarur asbob-anjomlar, jihozlar bilan ta’minlasin, ularning xodimlarini o‘qitishni tashkil etsin. Natijalari 1994-yilning 1-avgustigacha Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Aloqa vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki talabnomalariga binoan tegishli tur va sifatdagi aloqa kanallari berishni, shuningdek, “VISA” kartochkalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni tashkil etish uchun telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki xorijiy mamlakatlardagi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga “VISA” kartochkalari egalariga ular bo‘yicha xizmat ko‘rsatish qoidalarini tushuntirishga doir zarur chora-tadbirlarni ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 26-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
268-son