Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING QARORLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh VA AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR HAMDA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va Davlat kadastri davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi toʻgʻrisidagi, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan Davlat nazorati toʻgʻrisidagi, Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Davlat yer kadastri toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hukumatning ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. SSSR Ministrlar Sovetining “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida” 1977-yil 10-iyundagi 501-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1977-yil 24-iyundagi 416-son qarori (OʻzSSR QT, 1977-y., 6-son, 24-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 25-dekabr,
534-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastrlari yagona tizimini tashkil etish va uni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1996-yil 17-iyuldagi 255-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 7-son, 21-modda) ning:
a) 2-bandi quyidagi mazmunda bayon qilinsin: “2. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kadastrining yagona tizimiga kiritish uchun “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi tomonidan belgilanadigan va tegishli davlat va tarmoq kadastrlarini yuritish toʻgʻrisida nizomlardagi turlar, hajmlar va muddatlarda zarur maʼlumotlarni “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasiga taqdim etsinlar”.
b) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimini tashkil etish va uni yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomning:
8-bandining ikkinchi xatboshidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandi “tizimiga” soʻzidan keyin “Oʻzgeodezkadastr tomonidan va” soʻzlari bilan toʻldirilsin;