08.07.2026 yildagi PQ-257-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Raqamli hukumat” tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasiga muvofiq “Raqamli hukumat” tizimini rivojlantirishda yagona platformaviy yondashuvni hamda davlat axborot tizimlarining idoralararo integratsiyasi va texnologik muvofiqligini taʼminlash, ularning axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik darajasini oshirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining raqamli yechimlarini yaratish va rivojlantirish xarajatlarini maqbullashtirish hamda samaradorligini oshirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar Yagona integratsiyalashgan raqamli platforma (keyingi oʻrinlarda — Platforma)ni joriy etishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2028-yil yakuniga qadar davlat organlarining kamida 5 mingta maʼmuriy funksiyasini raqamlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) davlat axborot tizimlarini ishlab chiqish va ekspluatatsiya qilish xarajatlarini kamida 30 foizga qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2030-yil yakuniga qadar Platforma maʼlumotlari va namunaviy servislar asosida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida sunʼiy intellekt asosida koʻrsatiladigan xizmatlar ulushini 10 foizga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) qogʻoz shaklidagi hujjat aylanishidan voz kechish, vazirlik va idoralarni qogʻozsiz ish yuritishga hamda idoralararo elektron hamkorlikka oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) kamida 100 ta tahliliy modullarning muhim ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarning joriy tahlili asosida maʼlumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish amaliyotini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. “Raqamli hukumat” tizimini rivojlantirishda platformaviy yondashuvni taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, Platforma quyidagilarni taʼminlashga xizmat qiluvchi “Raqamli hukumat” tizimining texnologik elementi hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) davlat axborot tizimlarini yaratish, rivojlantirish, qoʻllab-quvvatlash va ularning kiberxavfsizligini taʼminlashda yagona arxitektura, standartlar, texnologik va tashkiliy yondashuvlarni qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) qayta foydalaniladigan raqamli komponentlar va servislardan foydalanish orqali davlat axborot tizimlarini ishlab chiqishni tezlashtirish, standartlashtirish va xarajatlarni qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) davlat maʼlumotlarini markazlashgan holda boshqarish, shu jumladan, maʼlumotlarni yigʻish, tasniflash, zaxiralash, saqlash va ulardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) davlat xizmatlarini koʻrsatishda toʻlovlar, yigʻimlar, bojlar va boshqa majburiy toʻlovlarni qabul qilish uchun toʻlov infratuzilmasi faoliyatini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Raqamli texnologiyalar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-avgustga qadar raqamli hukumat va davlat maʼlumotlarini boshqarish sohasidagi yetakchi xalqaro konsultantlarni konseptual va texnologik yechimlarni mustaqil ekspertiza qilish, shuningdek, ilgʻor xalqaro tajriba va standartlarni inobatga olgan holda Platformaning loyiha-texnik va arxitektura hujjatlarini ishlab chiqishga jalb etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026-yil 1-dekabrga qadar Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda Platformada maʼlumotlar almashinuvi, xavfsizlik va davlat raqamli servislarini ishlab chiqish boʻyicha yagona texnologik standartlarni ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2027-yil 1-iyulga qadar Platformaning ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) davlat axborot tizimlarida shakllantiriladigan maʼlumotlar davlat axborot resursi deb eʼtirof etiladi va ushbu maʼlumotlar Platforma doirasida boshqariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2027-yil 1-iyuldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) davlat axborot tizimlari Platforma doirasida uning namunaviy raqamli komponentlaridan foydalangan holda yaratiladi va rivojlantiriladi, bundan davlat sirini, davlat ahamiyatiga ega boʻlgan va bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni qayta ishlashga moʻljallangan hamda harbiylashtirilgan tuzilmalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning axborot tizimlarini ishlab chiqish mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) yangi davlat axborot tizimlarini ishlab chiqish va amaldagi tizimlarni modernizatsiya qilish hamda davlat axborot tizimlarining idoralararo hamkorligi va integratsiyasi Platformaning namunaviy servislari va komponentlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Platformaning funksionalini takrorlovchi davlat axborot tizimlarini yaratish va rivojlantirish taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Platforma doirasida davlat axborot tizimlari axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik sohasida belgilangan tartibda xulosa olish sharti bilan yaratiladi va rivojlantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Platformani yaratish va faoliyatini yuritish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Raqamli texnologiyalar vazirligiga — Platformani rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yuritish, standartlar va texnologik talablarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash vakolati berilsin hamda ularga qatʼiy rioya etilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish vazifasi yuklansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markaziga — Platformaning arxitektura yaxlitligini, unda yagona standartlarning qoʻllanilishini hamda davlat axborot tizimlarini Platformaga oʻtkazishni taʼminlash vazifasi yuklansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) davlat organlari va tashkilotlariga — davlat axborot tizimlarini Platformaning namunaviy raqamli servislari va komponentlaridan foydalangan holda ishlab chiqish, maʼmuriy funksiyalarni raqamlashtirish, kompozit elektron davlat xizmatlarni va qogʻozsiz ishlash modelini joriy etish vazifasi yuklansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Yagona integrator) — Platformaning texnik operatori va tizimli integratori hisoblanadi hamda Platformani ishlab chiqish, joriy etish, ekspluatatsiya qilish va texnik qoʻllab-quvvatlash ishlarini amalga oshiradi, Platformaning axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Yagona integratsiyalashgan raqamli platformani ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026 — 2028-yillarda Yagona integratsiyalashgan raqamli platformaning tarkibiga kiruvchi davlat axborot tizimlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2027-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) davlat organlari tomonidan ichki hujjat aylanmasi, qarorlar qabul qilish va kelishish hamda davlat xizmatlarini koʻrsatish Platforma va uning raqamli komponentlaridan foydalangan holda elektron shaklda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Platforma doirasida davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari oʻrtasida maʼlumot almashinuvini osonlashtirish maqsadida ochiq integratsiya (Open API) tamoyili joriy qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, 2026-yil 1-avgustdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Platforma doirasida ishlab chiqiladigan va modernizatsiya qilinadigan davlat axborot tizimlarining maʼlumotlarini joylashtirish, saqlash va qayta ishlash faqat davlat bulutli infratuzilmasi va (yoki) “Raqamli hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazida amalga oshiriladi, bundan davlat siri, davlat ahamiyatiga ega boʻlgan sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar, harbiylashtirilgan tuzilmalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning axborot tizimlari, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga javob beruvchi davlat maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Platforma doirasida amalga oshiriladigan davlat axborot tizimlarini geozaxiralash va uzluksiz ishlashini taʼminlash faqat davlat maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) tijorat banklari, birjalar, toʻlov va kredit tashkilotlariga Markaziy bankning axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik sohasidagi talablariga rioya qilgan holda davlat maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarining texnik quvvatlaridan foydalanishga ruxsat etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondi (ustav kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining hamda ular muassisligidagi korxonalarning yangi axborot tizimlarini ishlab chiqish, maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarini yaratish yoki server uskunalarini xarid qilish loyihalari “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yangi axborot tizimlari Platforma faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat qabul qilingunga qadar amaldagi tartibda ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) “Raqamli hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga belgilangan tartibda Yagona kiberxavfsizlik uzelining zaxira bogʻlamasi va Yagona kiberxavfsizlik operatorining agregatsiya qurilmalari joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Hududlarda raqamli boshqaruv tizimini joriy etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanining vaziyatlar markazida inson omilini istisno etgan holda hududning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarini real vaqt rejimida boshqarish imkonini beruvchi “Aqlli tuman” platformasi joriy etilganligi hamda ijobiy natijalar koʻrsatganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Raqamli texnologiyalar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini “Aqlli tuman” platformasi asosida takomillashtirsin hamda unda quyidagilarni inobatga olsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini monitoring va tahlil qilish, jumladan, aholi murojaatlari tahlili, iqtisodiy va investitsiya koʻrsatkichlari, ekologik holati, qurilish va kommunal xizmatlar boʻyicha koʻrsatkichlar hamda geofazoviy maʼlumotlar, hududiy obyektlar va xarita qatlamlarini yagona raqamli maydonda jamlash va tahlil qilish imkonini beruvchi “Rahbar paneli” moduli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) mahallalar kesimida aholini qiynayotgan muammolarni oʻrganish va asosiy yoʻnalishlar boʻyicha rivojlanish holatini aniqlash orqali fuqarolarning yashash darajasi va farovonligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash imkonini beruvchi “Inson qadri indeksi” moduli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) davlat organlari, xoʻjalik jamiyatlari, boshqa idora va tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari kesimida sohaga oid obyektlar, ularning joylashuvi, maʼmuriy-hududiy chegaralari, manzil va atribut maʼlumotlari hamda boshqa manbalardagi statistik maʼlumotlarni yagona raqamli xarita asosida jamlash, tahlil qilish va qayta ishlash imkonini beruvchi geoportal;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida ishlovchi, tuman, mahalla va sohalar kesimida vaziyatni real vaqt rejimida aks ettiruvchi, rahbariyat soʻrovlari boʻyicha tezkor maʼlumot, xulosa va takliflarni shakllantiruvchi “Hokimning virtual assistenti” moduli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini 2026-yil yakuniga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida, 2027-2028-yillarda respublikaning qolgan tuman va shaharlarida bosqichma-bosqich joriy etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksining egasi hisoblanadi, uning maqsadli yoʻnalishlari va funksional rivojlanishini belgilaydi hamda hududlarda joriy etilishi, davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro integratsiya qilinishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Yagona integrator “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) axborot tizimlarining hududlarda toʻliq joriy etilishi, ularning texnik-dasturiy hamda oʻquv-uslubiy jihatdan taʼminlanishini tashkil etish, shuningdek, dasturiy kompleksning uzluksiz faoliyat yuritishi va bosqichma-bosqich takomillashtirib borilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazalarini “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksiga integratsiya qilish, oʻzaro axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish hamda axborot tizimlarining kiberxavfsizligini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi komponentlari funksionalini takrorlovchi davlat axborot tizimlarini yaratish taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi doirasida ishlatiladigan server quvvatlari, maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash resurslari, shu jumladan, sunʼiy intellekt texnologiyalari asosidagi tahlil, prognozlash va “Hokimning virtual assistenti” modulining ishlashini taʼminlash uchun zarur grafik protsessor (GPU) resurslari belgilangan tartibda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini joriy etish, takomillashtirish, texnik qoʻllab-quvvatlash, server quvvatlari, maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash resurslari, shu jumladan, sunʼiy intellekt modullari uchun ajratilgan grafik protsessor (GPU) resurslaridan foydalanish boʻyicha Yagona integrator bilan oylik abonent toʻlovi asosida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini joriy etish doirasida tashkil etiladigan vaziyatlar markazlarida axborot xavfsizligi, jismoniy muhofaza, kirish-chiqishni nazorat qilish, videokuzatuv, tashrif buyuruvchilarni roʻyxatga olish va xodimlarning vakolatlarini cheklash boʻyicha maxsus rejim joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini joriy etish uchun zarur boʻlgan vaziyatlar markazi zallari, operator xonalarini qurilish-montaj va texnik taʼminlash ishlari, loyihalashtirish, aloqa kanallari, videodevorlar, ishchi oʻrinlar va boshqa dasturiy-apparat majmualari bilan jihozlash tegishli mahalliy hokimliklar tomonidan oʻz mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini hududlarda joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi doirasida integratsiya qilinadigan axborot tizimlari va maʼlumotlar hamda ularni taqdim etish uchun masʼul davlat organlari va tashkilotlari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini hududlarda joriy etish boʻyicha vazifalar taqsimoti 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash, shu jumladan, axborot tizimlarini ishlab chiqish, joriy etish, rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash xarajatlari Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hamda budjet tashkilotlarida ushbu maqsad uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Raqamli texnologiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 8-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-257-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyuldagi PQ-257-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona integratsiyalashgan raqamli platformani ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Ijrochilar

I. Tashkiliy chora-tadbirlar va normativ-huquqiy tartibga solish

1.

Yagona integratsiyalashgan raqamli platformani (keyingi oʻrinlarda — Platforma) loyihalash ishlariga Jahon banki bilan birgalikda yetakchi xalqaro maslahatchilarni (Big4) jalb etish.

1. Xalqaro konsalting tashkilotlari (Big 4) ekspertlarini jalb etish.

2026-yil iyul

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi

2. Platformani yaratish va rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini tayyorlash.

3. Loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish.

4. Platformani yaratish loyihasini amalga oshirish hamda ilgʻor tajribalarni mahalliy sharoitlarga moslashtirish boʻyicha ekspert tavsiyalarini tayyorlash.

2027-yil yanvar

2.

Platformaning loyihani boshqarish boʻyicha loyiha ofisini va asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) shakllantirish.

1. Loyihani boshqarish ofisini tashkil etish, uning tuzilmasini tasdiqlash va nizomini ishlab chiqish.

2. Asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) belgilash.

2026-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi

3.

Platformani ishlab chiqish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoalarni shakllantirish hamda treninglarni tashkil etish.

1. Jamoalarni shakllantirish (DevOps mutaxassislari, tahlilchilar, arxitektorlar, axborot xavfsizligi mutaxassislari, dasturchilar va boshqalar).

2026-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Malakali ekspertlarni jalb etgan holda treninglar tashkil etish, shuningdek, mavzuga oid seminarlar va konferensiyalarda ishtirok etish.

2027-yil yanvar

4.

Platforma faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

1. Yagona integratsiyalashgan raqamli platforma toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish. Bunda jismoniy shaxslarning raqamli profilini, davlat organlari va tashkilotlarini qogʻozsiz ishlash modeliga bosqichma-bosqich oʻtkazish va raqamli yetukligini baholash tartibini ham inobatga olish.

2. Nizom loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

5.

Platforma boʻyicha uslubiy koʻrsatma va tavsiyalarni ishlab chiqish.

1. Platformada davlat axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2. Platformaga joylashtiriladigan davlat axborot tizimlari uchun nosozliklarga chidamlilik, zaxira nusxalash va tiklash darajasiga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

6.

“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi tomonidan IP-manzillarni “taklif soʻrovi” tartib-taomili asosida xarid qilish.

1. Kompaniyalarga IP-manzillar xaridi boʻyicha soʻrov yuborish.

2. Shartnoma imzolash va Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidan roʻyxatdan oʻtkazish.

3. Taklif asosida imzolangan shartnoma boʻyicha 100 foiz oldindan toʻlovni amalga oshirish.

2026-yil dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi

7.

Davlat axborot tizimlari va raqamli servislarni Platforma talablariga muvofiqlashtirish hamda belgilangan muddatlarda bosqichma-bosqich Platformaga oʻtkazishni taʼminlash.

1. Mavjud axborot tizimlarini inventarizatsiya qilish va ularni Platforma talablariga muvofiqlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, Raqamli texnologiyalar vazirligiga kiritish.

2026-yil dekabr

Vazirlik va idoralar

2. Platforma talablariga muvofiqlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ga taqdim etilgan takliflarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2027-yil yanvar

Raqamli texnologiyalar vazirligi

3. Platformaning namunaviy komponentlari va servislaridan foydalangan holda bosqichma-bosqich migratsiyani amalga oshirish.

2027-2028-yillar

Vazirlik va idoralar

8.

Maʼmuriy funksiyalar va davlat xizmatlarini raqamlashtirish, qayta koʻrib chiqish va optimallashtirish, shu jumladan, ularni proaktiv va kompozit shaklga oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Maʼmuriy funksiyalar va xizmatlarni tahlil qilish hamda ortiqcha bosqichlarni qisqartirish va raqamli formatga oʻtkazish.

2. Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun proaktiv va kompozit xizmatlar modelini bosqichma-bosqich joriy qilish.

2026 — 2028-yillar

Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

9.

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat organlariga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish imkoniyatini joriy etish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasiga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat yuborish va portal orqali natijasini elektron shaklda olish imkoniyatini yaratish.

2. Tegishli davlat organlari va tashkilotlariga kelib tushgan barcha murojaatlar bilan ishlash holatini oʻrganish, nazorat qilish va tahlil qilish imkoniyatini, shu jumladan, holatni onlayn kuzatish imkonini beruvchi maxsus “Rahbar paneli”ni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasiga integratsiya qilish.

3. Davlat organlari va tashkilotlariga loyiha va tashabbuslar boʻyicha takliflarni elektron shaklda kiritish imkoniyati yaratish.

2026-yil dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi, vazirlik va idoralar

10.

Murojaatlarning yagona klassifikatorini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Barcha davlat organlari va tashkilotlarida bir xil amaliyotni shakllantirish, tahlillarning aniq va sifatli boʻlishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidagi mavjud tasniflar asosida murojaatlarning yagona klassifikatorini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlariga joriy qilish hamda doimiy yangilab borish.

2026-yil sentabr

Adliya vazirligi,

Strategik rivojlantirish va islohotlar agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

11.

Davlat axborot tizimlarini tabiiy, texnogen va boshqa favqulodda vaziyatlardan maksimal darajada himoya qilishni nazarda tutuvchi geografik rezervlash loyihasi boʻyicha takliflar tayyorlash.

1. Himoyalangan maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarini qurish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish va tahlil qilish.

2. Milliy himoyalangan maʼlumotlarni qayta ishlash markazini qurish uchun mahalliy geografik va jismoniy shart-sharoitlarni oʻrganish va tahlil qilish.

3. Himoyalangan maʼlumotlarni qayta ishlash markazini qurish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2026-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Mudofaa vazirligi

II. Infratuzilmani tayyorlash hamda Platformani ishlab chiqish

12.

Platformaning texnik infratuzilmasini tekshirish va tayyorlash.

1. Zarur hisoblash resurslarini aniqlash va ajratish.

2. Bulutli yoki gibrid infratuzilmani joriy etish.

3. Maʼlumotlarning zaxira nusxasini saqlashni yoʻlga qoʻyish.

4. Maʼlumotlarni uzatish va saqlash uchun ishonchli aloqa kanallarini taʼminlash.

2026-yil oktabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

13.

Platforma komponentlari va modullarini ishlab chiqish.

1. Komponentlar va modullarga qoʻyiladigan talablarni tahlil qilish.

2. Pilot loyiha tarkibi va mazmunini aniqlash.

3. Loyihalash, dizayn va foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqish.

4. Komponentlar va modullarni bosqichma-bosqich ishlab chiqish, testdan oʻtkazish va takomillashtirish.

2027-yil iyul

Raqamli texnologiyalar vazirligi

14.

Raqamli yechimlar va innovatsion servislarni sinovdan oʻtkazish hamda keyinchalik kengaytirish uchun Platformada test muhitini (sandbox) yaratish.

1. Komponentlar va modullarga qoʻyiladigan talablarni tahlil qilish.

2. Loyihalash, dizayn va foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqish.

2027-yil iyul

Raqamli texnologiyalar vazirligi

15.

Tovarlar va xizmatlarning Yagona milliy tasniflash tizimini ishlab chiqish.

1. Xalqaro tajribani oʻrganish.

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil oktabr

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2026-yil noyabr

4. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil dekabr

III. Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash

16.

Platformaning axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha talablarni ishlab chiqish.

1. Ehtimoliy hujum modelini aniqlash hamda uning asosida axborot va kiberxavfsizlikka tahdidlar roʻyxatini shakllantirish.

2. Kompyuter hodisalariga javob berish, foydalanuvchi va tizim maʼlumotlarini zaxiralash, kirishni boshqarish, lavozim yoʻriqnomalari, integratsiya, maʼlumotlarni himoyalash va boshqa masalalar boʻyicha hujjatlarni (yoʻriqnomalar, reglamentlar) ishlab chiqish.

2026-yil dekabr

Davlat xavfsizlik xizmati,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

17.

Platformada maʼlumotlarni himoyalash va kiberhujumlarning oldini olish tizimini joriy etish.

1. Platformaning muhim (kritik) elementlariga kirishni chegaralash tizimlarini joriy etish.

2. Hujumlarni aniqlash va oldini olish tizimlari, xavfsizlikka oid muhim hodisalarni loglash va xabardor qilish, tarmoq ekranlari, shifrlash va maʼlumotlar yaxlitligini nazorat qilish, aloqa kanallarini himoyalash va boshqa vositalarni joriy etish.

3. Axborot xavfsizligi monitoringi markazi (SOC) faoliyatini tashkil etish va 24/7 rejimida doimiy monitoringni yoʻlga qoʻyish.

2027-yil iyul

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati

18.

Platformada axborotni kriptografik himoya qilish vositalarini joriy etish.

1. Qayta ishlanadigan maʼlumotlarni maxfiylik darajasi boʻyicha tasniflash.

2. Platformaning kriptografik himoya tizimini yaratish uchun texnik hujjatlarni tayyorlash.

3. Dasturiy va apparat-dasturiy axborotni kriptografik himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va yetkazib berish uchun “UNICON.UZ fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish.

4. “UNICON.UZ fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatida kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va isteʼmolchilarga yetkazib berish.

2027-yil iyun

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati

19.

Platforma va uning komponentlarini axborot hamda kiberxavfsizlik talablari boʻyicha ekspertizadan oʻtkazish.

Axborot va kiberxavfsizlik talablari boʻyicha ekspertiza oʻtkazish uchun vakolatli organ bilan shartnoma tuzish.

2027-yil iyun

Davlat xavfsizlik xizmati,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

20.

Platformaning axborot xavfsizligini nazorat qilish va auditdan oʻtkazish.

1. Axborot xavfsizligi auditi metodikasini ishlab chiqish va kelishish.

2. Axborot xavfsizligini taʼminlash va auditdan oʻtkazish boʻyicha yillik rejani tayyorlash hamda amalga oshirish.

3. Xalqaro standartlarga muvofiqlikni baholash (ISO 27001, GDPR va boshqalar).

2027-yil iyun

Davlat xavfsizlik xizmati,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

21.

Platformaning axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik hamda shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha belgilangan talablarga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash.

1. Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik boʻyicha yagona talablar va standartlarga muvofiqlikni taʼminlash.

2. Axborot tizimlarini joriy etishda belgilangan tartibda ekspertiza va auditdan oʻtkazish.

Doimiy

Vazirlik va idoralar

22.

“Raqamli hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazini muhandislik himoya inshooti bilan jihozlash hamda katta miqdordagi soʻrov yuborish orqali amalga oshiriladigan kiberhujumga (DDOS hujumlar) qarshi dasturiy-apparat kompleksi bilan jihozlash.

1. “Raqamli hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazini muhandislik himoya inshooti bilan jihozlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha ehtimoliy ijrochi (loyiha va pudrat tashkiloti)larga soʻrovlar yuborish.

2. Loyiha va pudrat tashkiloti tanlovini eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan oʻtkazish.

2027-yil iyun

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi

23.

Kiberxavfsizlik hamda shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish tizimini rivojlantirish borasida amaldagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil avgust

Davlat xavfsizlik xizmati,

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2026-yil oktabr

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil dekabr

24.

Kiberxavfsizlik yoʻnalishida malakali kadrlar yetishtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjat qabul qilish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil avgust

Davlat xavfsizlik xizmati,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2026-yil oktabr

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil dekabr

25.

Davlat axborot tizimlari foydalanuvchilariga markazlashgan tarzda uchinchi shaxslarga ERIdan foydalanish huquqini berish, bekor qilish va monitoring qilish imkoniyatini yaratish.

1. Xalqaro tajriba, jumladan, Finlyandiya tajribasini oʻrganish.

2026-yil sentabr

Soliq qoʻmitasi,

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Mavjud axborot tizimlarini takomillashtirish yoki yangi axborot tizimini ishlab chiqish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflarni kiritish.

2026-yil noyabr

3. Texnik imkoniyat yaratish.

2027-yil mart

26.

Davlat axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarining arxitekturasini hamda xavfsizligini tahlil qilish, ularning kodlaridagi zaifliklarini tekshirish, aniqlash va bartaraf etish imkonini beruvchi sunʼiy intellektga asoslangan agent dasturini ishlab chiqish.

1. Xalqaro tajribani oʻrganish.

2026-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

2. Sunʼiy intellektga asoslangan agent dasturini ishlab chiqish va tajriba-sinov tariqasida ishga tushirish.

2027-yil yanvar

3. Tajriba-sinov natijasiga koʻra Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflarni kiritish.

2027-yil aprel

27.

Vazirlik va idoralar tomonidan joriy etilgan axborot tizimlarining mavjud toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiyasini “Raqamli hukumat” tizimining Idoralararo integratsion platformasi orqali amalga oshirish choralarini koʻrish.

1. Mavjud toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiyalar va meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish va tahlil qilish.

2026-yil noyabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK,

Davlat xavfsizlik xizmati,

vazirlik va idoralar

2. Toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiyalar boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

2027-yil fevral

3. Tahlil natijalariga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiyalarni “Raqamli hukumat” tizimining Idoralararo integratsion platformasi orqali oʻtkazish boʻyicha reja-grafik tasdiqlash va bosqichma-bosqich oʻtkazish.

Reja-grafik asosida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan mazkur “yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlar ijrosi monitoring qilib, zarur hollarda, unga oʻzgartirish kiritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyuldagi PQ-257-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026 — 2028-yillarda Yagona integratsiyalashgan raqamli platformaning tarkibiga kiruvchi davlat axborot tizimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

2.

“Raqamli hukumat” tizimining foydalanuvchilarini identifikatsiyalash yagona axborot tizimi

3.

“Raqamli hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi

4.

“Raqamli hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasi

5.

“Raqamli hukumat” tizimining Yagona billing tizimi

6.

“Raqamli hukumat” tizimining Yagona toʻlov shlyuzi

7.

“Raqamli hukumat” tizimining Yagona xabarnomalar tizimi

8.

“Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi

9.

Ochiq maʼlumotlar portali

10.

“ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi

11.

Jismoniy shaxslarning yagona reyestri

12.

Yuridik shaxslarning yagona reyestri

13.

Fuqaroning yagona raqamli profili

14.

Yuridik shaxsning yagona raqamli profili

15.

Klassifikatorlar va maʼlumotnomalarning yagona reyestri

16.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimi “E-qaror”

17.

Davlat organlari uchun raqamli mahsulotlar va xizmatlar marketpleysi

18.

Davlat organlari uchun xizmat sifatida dasturiy taʼminot (SaaS) asosidagi namunaviy yechimlar platformasi

19.

Namunaviy xizmat sifatida platforma (PaaS) servislar va dasturlash, xavfsizlik hamda ekspluatatsiyani birlashtiruvchi (DevSecOps) konveyerlar platformasi

20.

Muntazam jarayonlarni sunʼiy intellekt asosida avtomatlashtirish va intellektual yordamchilar platformasi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi Platformaga integratsiya qilinadigan davlat axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari grafigini tasdiqlaydi, ijrosini nazorat qiladi hamda zarur hollarda, unga oʻzgartirish kiritib borishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyuldagi PQ-257-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini hududlarda joriy etish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbasi

Masʼul ijrochilar

1.

“Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini joriy etish uchun zarur situatsion zallar, operator xonalari va ishchi oʻrinlarini tashkil etish, shu jumladan, loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlari, aloqa kanallari, videodevorlar, kompyuter texnikasi, tarmoq uskunalari va boshqa dasturiy-apparat majmualari bilan jihozlash.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahri — 2026-yil dekabr

Respublikaning qolgan tuman va shaharlarida — 2027-2028-yillarda grafik asosida

Tegishli mahalliy budjetlar, hokimliklarning budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2.

“Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi texnik topshirigʻini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish, ularning kiberxavfsizlik va axborot tizimiga muvofiqligini taʼminlash, kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish.

2026-yil noyabr

-

“UZINFOCOM” MCHJ,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Kiberxavfsizlik markazi

3.

“Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksidan foydalanish tartibini belgilovchi namunaviy reglamentni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil avgust

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

4.

“Raqamli hokimlik” dasturiy majmuasini joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining reja-jadvalini tasdiqlash va uni barcha tumanlarda ishga tushirishni taʼminlash.

Bunda respublikaning barcha hududlarida mahalliy hokimliklarning masʼul xodimlari uchun oʻquv-treninglar tashkil etish.

2027-2028-yillarda

Tegishli mahalliy budjetlar, ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar,

tuman (shahar) hokimliklari,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

“UZINFOCOM” MCHJ

5.

Hududlar kesimida barcha geofazoviy maʼlumotlarga ishlov berish hamda ularni tahlil qilish orqali mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilishga koʻmaklashuvchi geoportal modulini “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi doirasida joriy etish.

2028-yil dekabr

Ijrochilarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Kadastr agentligi,

Qurilish va uy joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari,

“UZINFOCOM” MCHJ

6.

Mahallalar kesimida aholini qiynayotgan muammolarni oʻrganish va asosiy yoʻnalishlar boʻyicha rivojlanish darajasini aniqlash orqali fuqarolarning yashash darajasi va farovonligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash imkonini beruvchi “Inson qadri indeksi” modulini joriy etish.

2027-yil dekabr

Ijrochilarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari,

“UZINFOCOM” MCHJ

7.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy istiqomat qiluvchi jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish uchun Davlat chegarasini kesib oʻtganligi boʻyicha maʼlumotlarni yashash manzili kesimida “Raqamli mahalla” ATga avtomatik taqdim etish (push maʼlumot) mexanizmlarini joriy etish.

2026-yil dekabr

-

Ichki ishlar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari qoʻmondonligi,

Migratsiya agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

8.

“Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksiga kelib tushgan xabarlarning masʼul organ va tashkilotlar tomonidan koʻrib chiqilishi va hal etilishini har haftada oʻtkaziladigan hokimlik soatlarida tanqidiy muhokama qilib borish.

Doimiy

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari

9.

Respublikaning barcha darajadagi mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksida ishlash boʻyicha oʻqitish yuzasidan seminarlar tashkil etish.

Grafik asosida

-

“UZINFOCOM” MCHJ,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklar

10.

Yagona raqamli muloqot nuqtasi orqali oʻzaro hamkorlik qilish, hududiy muammolar boʻyicha tezkor murojaat yuborish, fotosurat va geolokatsiya maʼlumotlarini ilova qilish, murojaatlar ijrosini kuzatish, javoblar olish, tezkor xizmatlardan foydalanish hamda hududga oid muhim xabarnomalarni qabul qilish imkonini beruvchi “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi doirasida mobil ilova ishlab chiqish.

2026-yil dekabr

Ijrochilarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari

“UZINFOCOM” MCHJ,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining normativ-huquqiy hujjatlari hamda xulosalari, bayonnomalari, taqdimnomalarini “E-qaror” axborot tizimiga kiritilishini taʼminlash.

2026-yil sentabr

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyuldagi PQ-257-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi doirasida integratsiya qilinadigan axborot tizimlari va maʼlumotlar hamda ularni taqdim etish uchun masʼul davlat organlari va tashkilotlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Masʼul idora

Taqdim etiladigan maʼlumotlar mazmuni

Muddati

I. Iqtisodiyot, moliya, soliq va savdo

1.

Markaziy bank

Bank va moliyaviy xizmatlar, kreditlar, muammoli kreditlar, qarz yuklamasi va moliyaviy faollik boʻyicha hududiy koʻrsatkichlar.

2026-yil sentabr

Kreditlar holati, muddatli toʻlov, bank xizmatlaridan foydalanish va tadbirkorlik subyektlari moliyaviy faolligi koʻrsatkichlari tuman/shahar va davr kesimida.

2027-yil yanvar

Hududlar kesimida kredit, lizing, aylanma mablagʻ, imtiyozli moliyalashtirish boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlar.

2027-yil fevral

2.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Mahalliy budjet daromadlari va xarajatlari, subsidiyalar, tashabbusli budjet, davlat dasturlari va hududiy biznes-rejalar ijrosi.

2026-yil sentabr

Yillik/choraklik maqsadli koʻrsatkichlar, KPI va ijro holati kesimidagi maʼlumotlar.

Sanoat, xizmatlar, qurilish, savdo va hududiy iqtisodiy oʻsish boʻyicha prognoz, trend, xavf va resurs ehtiyojlarini baholash uchun zarur koʻrsatkichlar.

2027-yil dekabr

3.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

“Onlayn-mahalla”, mehnat bozori, bandlik, ishsizlik, vakansiyalar, kasbiy oʻqitish, ishga joylashtirish, mehnat migratsiyasi va mahallabay dasturlar koʻrsatkichlari.

2026-yil sentabr

Kambagʻallikdan chiqarish dasturlari, mikroloyihalar, kreditlash, oilalar bilan ishlash natijalari va hududiy ijtimoiy xavf guruhlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

4.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiya loyihalari, eksport koʻrsatkichlari, sanoat zonalari, yirik, oʻrta va kichik sanoat korxonalari, ishlab chiqarish quvvati, mahsulot turlari, ish oʻrinlari, muammolar va ehtiyojlar.

2026-yil sentabr

Korxona pasporti: nomi, STIR, faoliyat turi, manzil, geojoylashuv (koordinata), tarmoq, quvvat, bandlik, eksport.

Sanoat zonasi maydoni, rezidentlar, boʻsh maydonlar, cheklovlar, imtiyozlar va qoʻllab-quvvatlash choralari.

2026-yil oktabr

5.

Bojxona qoʻmitasi

Eksport va import hajmi, tovarlar, yoʻnalishlar, davlatlar, korxonalar, bojxona rasmiylashtiruvi, muammoli eksportyorlar va tashqi savdo dinamikasi.

2026-yil sentabr

Davlat chegarasi va bojxona postlari orqali kirib kelgan va chiqib ketgan transport vositalari, yuklar, tovarlar, bojxona rasmiylashtiruvi holati, postlar kesimida oʻtkazuvchanlik, navbat va yuklama koʻrsatkichlari hamda jismoniy shaxslar harakati boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlar.

2026-yil dekabr

Korxona, hudud, tarmoq va davr kesimida logistika va tashqi savdo tendensiyalari maʼlumotlari.

6.

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

Tashqi reklama obyektlari, reklama hududlari, pasportlar, arizalar, ruxsat holati, reklamadan xoli hududlar va joylashuv maʼlumotlari.

2026-yil sentabr

Savdo va xizmat koʻrsatish faolligi, isteʼmolchilar murojaatlari, narxlar va bozor raqobatiga oid umumlashtirilgan koʻrsatkichlar.

2026-yil dekabr

7.

Soliq qoʻmitasi

Soliq tushumlari, qarzdorlik, soliq turlari, onlayn nazorat-kassa mashinalari cheklari, ijara munosabatlari, bozorlar nazorati va yashirin iqtisodiyotga oid koʻrsatkichlar.

2026-yil sentabr

Korxonalarning STIR, faoliyat turi, aylanma, soliq tushumlari, eksport/importga bogʻliq soliq koʻrsatkichlari va hududiy faollik maʼlumotlari.

Savdo, xizmat koʻrsatish, ijara, oʻzini oʻzi band qilganlar va soliq bazasini kengaytirish boʻyicha mahallabay tahlil maʼlumotlari.

8.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ

Davlat aktivlari, boʻsh turgan obyektlar, yer uchastkalari, elektron auksion lotlari, savdo holati, boshlangʻich va yakuniy qiymat, manzil va joylashuv maʼlumotlari.

2026-yil sentabr

Investorlar va mahalliy hokimliklar uchun foydalanilishi mumkin boʻlgan obyektlar reyestri, obyekt pasporti, infratuzilmaga yaqinligi va huquqiy maqomi boʻyicha maʼlumotlar.

2026-yil dekabr

9.

Savdo-sanoat palatasi

Tadbirkorlik subyektlari, ishlab chiqaruvchilar, xizmat koʻrsatuvchilar, eksportyorlar, biznes muammolari, soʻrovnoma natijalari, kredit, xomashyo, uskuna, logistika va bozorga chiqish ehtiyojlari.

2027-yil dekabr

10.

“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ

Birja savdolari, davlat xaridlari, bitimlar, buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar, tovar guruhlari, narx dinamikasi va hududiy savdo faolligi boʻyicha maʼlumotlar.

2026-yil sentabr

II. Davlat boshqaruvi, raqamli infratuzilma va xavfsizlik

11.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasiga (pm.gov.uz) kelib tushgan murojaatlar, kategoriyalar, hudud, ijro holati, muddati oʻtgan murojaatlar, masʼul tashkilot va natijalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

2026-yil dekabr

12.

Bosh prokuratura

Yashirin iqtisodiyot, bozorlar nazorati, noqonuniy tadbirkorlik, huquqbuzarliklar profilaktikasi va topshiriqlar ijrosiga oid umumlashtirilgan koʻrsatkichlar.

2026-yil sentabr

13.

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi

Ijro hujjatlari, qarzdorlik, undiruv holati, aliment, kommunal toʻlovlar, soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha ijro ishlari holati, hudud, mahalla, qarzdorlik turi, summa, ijro bosqichi va natijalar boʻyicha maʼlumotlar.

2026-yil oktabr

14.

Markaziy saylov komissiyasi

Saylov okruglari, okrug chegaralari, deputatlar, deputat biriktirilgan hududlar, aholi bilan ishlash koʻrsatkichlari, mahalliy kengashlar va hududiy vakillik organlari boʻyicha maʼlumotlar.

2026-yil dekabr

15.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Favqulodda vaziyatlar, 112/101 xabarlari, yongʻinlar, qutqaruv qismlari, xizmat koʻrsatish hududlari, resurslar, tezkor xabarlar, jabrlanganlar va zarar qiymati.

2026-yil sentabr

Seysmik, sel, suv toshqini, koʻchki, yongʻin xavfi yuqori hududlar va aholini ogohlantirish uchun zarur maʼlumotlar.

2026-yil dekabr

16.

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Davlat xizmatlari (my.gov.uz), aholi murojaatlari, elektron hukumat integratsiyalari, idoralararo maʼlumot almashinuvi va raqamli infratuzilmaga oid maʼlumotlar.

2026-yil sentabr

17.

Adliya vazirligi

FHDY maʼlumotlari: tugʻilish, vafot etish, nikoh, ajrim va demografik koʻrsatkichlar.

2026-yil sentabr

Aholi dinamikasi, oila tarkibi, xizmatlar qamrovi va hududiy xizmat obyektlari boʻyicha maʼlumotlar.

2026-yil dekabr

18.

Milliy statistika qoʻmitasi

Hududiy statistika, aholi, korxonalar, ishlab chiqarish, qurilish, savdo, xizmatlar, sanoat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va boshqa makro koʻrsatkichlar.

2026-yil sentabr

19.

Ichki ishlar vazirligi

Migratsiya va fuqarolik, yoʻl harakati xavfsizligi, yoʻl-transport hodisalari, maʼmuriy va jinoiy-huquqiy statistika, profilaktika inspektorlari, SOS xabarlari, qoʻriqlash obyektlari va himoya orderlari.

2026-yil sentabr

Yoʻl infratuzilmasi, chorrahalar, svetoforlar, kameralar, radarlar, piyodalar oʻtish joylari, xavfli nuqtalar va jamoat xavfsizligi obyektlari boʻyicha joylashuv maʼlumotlari.

2026-yil dekabr

112/102 xabarlari, aholi murojaatlari, topshiriqlar ijrosi, huquqbuzarliklar dinamikasi va mahalla/koʻcha/obyekt kesimida tahliliy maʼlumotlar.

2026-yil sentabr

Yoʻl harakatini tashkil etish va intellektual transport infratuzilmasi boʻyicha maʼlumotlar.

2026-yil dekabr

Oʻzbekistonga kirib kelgan va chiqib ketgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yagona axborot tizimi boʻyicha maʼlumotlar.

20.

Milliy gvardiya

Jamoat xavfsizligi, patrul yoʻnalishlari, qoʻriqlanadigan obyektlar, ommaviy tadbirlar xavfsizligi, tezkor chaqiruvlar va xizmat kuchlari joylashuvi boʻyicha maʼlumotlar.

2026-yil sentabr

21.

“Oʻzarxiv” agentligi

Hududiy boshqaruv, tarixiy maʼlumotlar, arxiv hujjatlari va davlat organlari faoliyatiga oid zarur arxiv maʼlumotlari.

2026-yil oktabr

Tarixiy va boshqaruv tahlili uchun raqamlashtirilgan hujjatlar, reyestrlar va maʼlumotnomalar.

2026-yil dekabr

22.

“Oʻzbekkosmos” agentligi

Yer resurslari, qishloq xoʻjaligi yerlari, ekologik holat, oʻrmon fondi, chiqindi hududlari, suv obyektlari va qurilish holati boʻyicha kosmik monitoring maʼlumotlari.

2026-yil dekabr

Noqonuniy qurilish, yerdan samarasiz foydalanish, yashil hududlar, sanoat zonalari va infratuzilma holatini masofadan monitoring qilish uchun geotasvirlar va tahlil natijalari.

23.

Kadastr agentligi

Kadastr obyektlari, koʻchmas mulk, yer uchastkalari, maʼmuriy-hududiy birliklar, mahallalar, koʻchalar, sektorlar, chegaralar, manzillar, noqonuniy qurilish va yerdan foydalanish holati.

2026-yil dekabr

Hudud chegaralari, obyekt konturlari, kadastr raqami, manzili, maydoni, huquqiy maqomi, foydalanish turi, obyekt holati va koordinatalar.

Muhandislik-kommunal obyektlar, strategik obyektlar, davlat kadastrlari va boshqa idoralar taqdim etadigan geografik maʼlumotlarni (koordinatalar, poligonlar va qatlamlar), yagona raqamli xaritaga bogʻlash uchun identifikatorlar va klassifikatorlar.

24.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Hududiy biznes-rejalar, investitsiya loyihalari, sanoat zonalari, mahalliy korxonalar, ishchi guruh soʻrovnomalari, muammolar reyestri va mahalliy qarorlar ijrosi.

2026-yil sentabr

Subsidiyalar va tashabbusli budjet boʻyicha maʼlumotlar.

Aholi murojaatlari boʻyicha maʼlumotlar.

“Raqamli mahalla” tizimi maʼlumotlari.

Maʼmuriy-hududiy birliklar, mahallalar va koʻchalar boʻyicha maʼlumotlar.

2026-yil dekabr

Davlat xizmatlari va hududiy xizmat obyektlari haqida maʼlumotlar.

Yoʻl harakatini tashkil etish va intellektual transport infratuzilmasi boʻyicha maʼlumotlar.

25.

Tuman (shahar) hokimliklari

Bosh rejalar, “qizil chiziqlar”, renovatsiya hududlari, koʻchalar, mahalliy xizmat obyektlari, ijtimoiy obyektlar, tashqi reklama, yer/bino takliflari va mahalliy infratuzilma maʼlumotlari.

2026-yil sentabr

Mahalliy inventarizatsiya natijalari.

26.

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

“Raqamli mahalla” tizimi, mahalla pasporti, aholi, oila, xonadon, “mahalla yettiligi”, ijtimoiy obyektlar, mahalla reytingi va mahalliy muammolar.

2026-yil sentabr

Mahalla kesimidagi ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlar, aholi murojaatlari, hududiy tahlil va ijro monitoringi uchun maʼlumotlar.

2026-yil dekabr

III. Transport va aloqa

27.

Transport vazirligi

Jamoat transporti, yoʻnalishlar, bekatlar, grafiklar, transport vositalari, GPS-treking, yoʻlovchi oqimi, oʻrtacha tezlik va xizmat qamrovi, yoʻnalishlar, transport infratuzilmasi va harakat zichligi boʻyicha maʼlumotlari.

2026-yil sentabr

28.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

Temir yoʻl infratuzilmasi, vokzal va bekatlar, yoʻlovchi oqimi, qatnovlar, yoʻnalishlar, yuk va yoʻlovchitashish koʻrsatkichlari.

2026-yil sentabr

29.

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

Avtomobil yoʻllari, koʻpriklar, yoʻl qoplamasi holati, taʼmirlash rejalari, yoʻl belgilari, yoritish, xavfli uchastkalar va yoʻl infratuzilmasi obyektlari.

2026-yil sentabr

Yoʻl toifasi, uzunligi, kengligi, yuk koʻtarish cheklovlari, logistika yoʻlaklari va obyektlarga kirish yoʻllari va geografik maʼlumotlari.

2026-yil dekabr

30.

“Oʻzbekiston pochtasi” AJ

Pochta boʻlinmalari, xizmat koʻrsatish nuqtalari, manzil, ish vaqti, xizmat turlari, qamrov hududi va joylashuv maʼlumotlari (koordinatalar va poligonlar).

2026-yil dekabr

IV. Energetika va kommunal xoʻjalik

31.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Boshqaruv servis kompaniyalari, koʻp kvartirali uylar, liftlar, uy-joy fondi, aholi murojaatlari, xizmat koʻrsatish tashkilotlari va kommunal xizmatlar holati.

2026-yil sentabr

Shaharsozlik, bosh reja, “qizil chiziqlar”, renovatsiya hududlari, qurilish ruxsatnomalari, nazorat natijalari va qurilish obyektlari geografik maʼlumotlari (koordinatalar, poligonlar va qatlamlar).

2026-yil dekabr

Koʻp qavatli uylar holati, boshqaruv servis kompaniyasi qamrovi, xizmat sifati, avariyalar va taʼmirlash ishlari maʼlumotlari.

2026-yil dekabr

32.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

Qurilish obyektlari, davlat nazorati natijalari, ruxsatnomalar, loyiha-smeta hujjatlari, obyekt holati, muddati oʻtgan qurilishlar va qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

2026-yil sentabr

Shaharsozlik, qurilish xavflari, hudud, muddat va masʼul tashkilot kesimida tahlil maʼlumotlari.

2026-yil dekabr

33.

“Hududgaztaʼminot” AJ

Tabiiy va suyultirilgan gaz isteʼmoli, billing, toʻlovlar, qarzdorlik, 104/112 xabarlari, aholi murojaatlari, suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berish, kechikishlar va gaz toʻldirish shoxobchalari.

2026-yil sentabr

Gaz infratuzilmasi boʻyicha geografik maʼlumotlari (koordinatalar, poligonlar va qatlamlar): gaz taqsimlash punktlari, gaz quvurlari, yuqori, oʻrta va past bosimli tarmoqlar, klapanlar, hisoblagichlar, gaz taqsimlash hududlari va texnik holat maʼlumotlari va joylashuvi.

2026-yil dekabr

Korxonalar kesimida gazga ulanish nuqtasi, bosim, sarf, mavjud quvvat, ehtiyoj, cheklov va avariyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

2026-yil dekabr

34.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

Elektr energiyasi isteʼmoli, billing, toʻlovlar, qarzdorlik, hisoblagichlar, aholi murojaatlari, uzilishlar, avariyalar, meʼyordan ortiq isteʼmol, quyosh panellari va tarmoqqa uzatilgan energiya.

2026-yil sentabr

Elektr infratuzilmasi boʻyicha geografik maʼlumotlari (koordinatalar, poligonlar va qatlamlar): podstansiyalar, transformator punktlari, elektr uzatish liniyalari, kabel liniyalari, taqsimlash punktlari, hisoblagichlar, xizmat zonalari va texnik holat maʼlumotlari va joylashuvi.

2026-yil dekabr

Elektr quvvati, ulanish nuqtasi, mavjud/talab etiladigan quvvat, cheklovlar va avariyaviy holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

2026-yil dekabr

35.

“Oʻztransgaz” AJ

Magistral gaz quvurlari, gaz taqsimlash stansiyalari, yuqori bosimli tarmoqlar, uzatish nuqtalari, bosim, harorat, sarf, quvur diametri, uzunligi, texnik holati va muhofaza hududlari.

2026-yil dekabr

36.

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

Ichimlik suvi va kanalizatsiya isteʼmoli, billing, toʻlovlar, qarzdorlik, suv oʻlchagichlar, avariyalar, suv sifati, limitlar va aholi murojaatlari.

2026-yil sentabr

Suv va kanalizatsiya boʻyicha geografik maʼlumotlari (koordinatalar, poligonlar va qatlamlar): suv quvurlari, magistral va ichki tarmoqlar, nasos stansiyalari, suv omborlari, suv tozalash inshootlari, kanalizatsiya kollektorlari, quduqlar va chiqarish nuqtalari maʼlumotlari va joylashuvi.

2026-yil dekabr

Korxonalar kesimida suv/oqova suv ulanish nuqtalari, mavjud quvvat, sarf, limit, texnik cheklov va avariyaviy holatlar.

2026-yil dekabr

37.

“Issiqliktaʼminot” AJ

Issiqlik taʼminoti, issiq suv, billing, toʻlovlar, qarzdorlik, avariyalar, aholi murojaatlari, qozonxonalar, issiqlik markazlari va xizmat koʻrsatish hududlari.

2026-yil sentabr

Issiqlik infratuzilmasi boʻyicha geografik maʼlumotlari (koordinatalar, poligonlar va qatlamlar): issiqlik quvurlari, qozonxonalar, markaziy va individual issiqlik punktlari, ulanish nuqtalari, texnik holat va tarmoq quvvati.

38.

“Veolia Energy” MCHJ XK

Issiqlik taʼminoti, issiq suv, billing, toʻlovlar, qarzdorlik, avariyalar, aholi murojaatlari, qozonxonalar, issiqlik markazlari va xizmat koʻrsatish hududlari.

Issiqlik infratuzilmasi boʻyicha geografik maʼlumotlari (koordinatalar, poligonlar va qatlamlar): issiqlik quvurlari, qozonxonalar, markaziy va individual issiqlik punktlari, ulanish nuqtalari, texnik holat va tarmoq quvvati.

V. Qishloq va suv xoʻjaligi, ekologiya va tabiiy xavflar

39.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Qishloq xoʻjaligi yerlari, ekinlar, fermer va klasterlar, hosildorlik, agromonitoring, sunʼiy yoʻldosh va dronlar yordamida oʻsimliklar va ekinlar holatini masofadan turib baholash (NDVI/SIPI), irrigatsiya holati, mavsumiy ishlar va mahsulot ishlab chiqarish koʻrsatkichlari.

2026-yil sentabr

Agrosanoat korxonalari, qayta ishlash quvvatlari, xomashyo bazasi va hududiy imkoniyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

40.

Suv xoʻjaligi vazirligi

Irrigatsiya va drenaj tarmoqlari, kanallar, ariqlar, nasos stansiyalari, aholi murojaatlari, gidropostlar, suv resurslari, limitlar, suv olish nuqtalari va muhofaza hududlari.

2026-yil sentabr

Qishloq xoʻjaligi, ekologiya, shaharsozlik, suv resurslari va suv xoʻjaligi obyektlari boʻyicha geografik maʼlumotlari (koordinatalar, poligonlar va qatlamlar).

41.

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

Ekologik nazorat, havo va suv sifati, chiqindilar, sanoat chiqindilari va chiqindilarni koʻmish joylari, muhofaza qilinadigan hududlar, ekologik xavflar va aholi murojaatlari.

2026-yil sentabr

“Yashil makon”, daraxtlar, yashil hududlar, oʻsimliklar va hayvonot dunyosi, sanoat korxonalari ekologik koʻrsatkichlari.

42.

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi

Chiqindilarni boshqarish, “Toza makon” maʼlumotlari, billing, toʻlovlar, qarzdorlik, konteyner maydonlari, chiqindi yigʻish grafiklari, maxsus texnikalar GPS harakati, poligonlar, qayta ishlash obyektlari va aholi murojaatlari.

2026-yil sentabr

43.

Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Ob-havo, harorat, namlik, yogʻingarchilik, shamol, atmosfera bosimi, PM2.5, PM10, havo sifati indeksi (AQI), xavfli meteo hodisalar va prognozlar.

2026-yil sentabr

44.

Fanlar akademiyasi

Seysmologiya, seysmik xavf, makroseysmik koʻrsatkichlar, epitsentr, magnituda, chuqurlik, grunt xususiyatlari va tabiiy xavfli hududlar maʼlumotlari.

2026-yil sentabr

VI. Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoya

45.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Tibbiyot muassasalari, xodimlar, tez tibbiy yordam 112/103 chaqiruvlar, xizmat koʻrsatish vaqti, kasallanish, elektron retsept maʼlumotlari.

2026-yil dekabr

Tibbiy xizmat qamrovi, muassasalar quvvati, hududiy kasallanish dinamikasi, tezkor chaqiruvlar va aholi murojaatlari maʼlumotlari.

Onkologiya, yuqumli kasalliklar va sanitariya-epidemiologiya boʻyicha maʼlumotlar.

Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza va maxsus tibbiy hisoblar boʻyicha maʼlumotlar.

Tugʻilish, vafot etish boʻyicha maʼlumotlar.

46.

Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

Dorixonalar, farmatsevtika obyektlari, taʼminoti va litsenziya maʼlumotlari, manzil, ish rejimi, xizmat koʻrsatish hududi maʼlumotlari.

2026-yil dekabr

47.

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

Ayollar dasturlari, “Ayollar daftari”, qoʻllab-quvvatlash choralari, bandlik, ijtimoiy himoya, tazyiq va zoʻravonlikdan himoya bilan bogʻliq umumlashtirilgan koʻrsatkichlar.

2026-yil sentabr

48.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Ijtimoiy himoya reyestrlari, ehtiyojmand oilalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, ijtimoiy xizmatlar, nafaqalar va qoʻllab-quvvatlash choralari boʻyicha maʼlumotlar.

2026-yil sentabr

Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza va maxsus tibbiy hisoblar boʻyicha maʼlumotlar.

2026-yil oktabr

49.

Yoshlar ishlari agentligi

Yoshlar dasturlari, “Yoshlar daftari”, “Yoshlar balansi”, imtiyozlar, taʼlim, bandlik, tadbirkorlik, yoshlar toifalari, muammolar, qoʻllab-quvvatlash choralari va natijalar, sport va ijtimoiy faollik koʻrsatkichlari.

2026-yil sentabr

50.

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

Pensiya oluvchilar, pensiya turlari, toʻlovlar, hududiy taqsimot, qarzdorlik/toʻxtatilish holatlari va pensiya taʼminoti boʻyicha umumlashtirilgan koʻrsatkichlar.

2026-yil sentabr

VII. Taʼlim va sport

51.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktablar, oʻquvchilar, oʻqituvchilar, sigʻim, davomat, reyting, taʼlim sifati, infratuzilma, kamera va xavfsizlik koʻrsatkichlari.

2026-yil sentabr

52.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Oliy taʼlim, kasbiy taʼlim va akademik litseylar, talabalar, oʻqituvchilar, talabalar turar joylari, yoʻnalishlar, mutaxassisliklar, kadrlar tayyorlash koʻrsatkichlari, sigʻim, davomat, reyting, taʼlim sifati, infratuzilma, kamera va xavfsizlik koʻrsatkichlari.

2026-yil sentabr

Kadrlar salohiyati, mutaxassisliklar, ishlab chiqarish ehtiyojlari bilan bogʻlashga zarur maʼlumotlar.

2026-yil dekabr

53.

Sport vazirligi

Sport muassasalari, sportchilar, murabbiylar, guruhlar, davomat, musobaqalar, sport obyektlari holati, sigʻimi va joylashuv maʼlumotlari.

2026-yil sentabr

VIII. Madaniyat, turizm va din

54.

Turizm qoʻmitasi

Turistik oqim, ichki va xorijiy turistlar, joylashtirish obyektlari, mehmonxonalar, gidlar, turoperatorlar, turistik yigʻimlar, marshrutlar va xizmatlar sifati.

2026-yil sentabr

Turizm obyektlari, sigʻim, yuklama, mavsumiylik, manzil va joylashuv maʼlumotlari.

55.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

Diniy obyektlar, masjidlar, ziyoratgohlar, diniy taʼlim va diniy-maʼrifiy obyektlar boʻyicha reyestr, manzil, masʼul tashkilot va joylashuv maʼlumotlari.

2027-yil dekabr

56.

Madaniy meros agentligi

Madaniy meros obyektlari, arxitektura va arxeologiya yodgorliklari, monumental sanʼat, reyestr maʼlumotlari, muhofaza hududlari, obyekt holati va joylashuv maʼlumotlari.

2026-yil sentabr

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini joriy etish jarayonida hududlar ehtiyojlaridan kelib chiqib, mazkur roʻyxatga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Roʻyxatda koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlari oʻz vakolati doirasida tegishli axborot tizimlari, maʼlumotlar, shu jumladan, geografik maʼlumotlar (koordinatalar, poligonlar va qatlamlar) belgilangan tartibda taqdim etish uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maʼlumotlar mavjud boʻlgan eng quyi maʼmuriy-hududiy birlik, obyekt, korxona yoki infratuzilma elementi darajasida, hudud nomi, maʼmuriy-hududiy tuzilmalarni (obyektlarni) belgilash tizimi (MHTBT) yoki boshqa yagona identifikator, davr, koʻrsatkich qiymati, manzil, koordinatalar va zarur atributlar bilan taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyuldagi PQ-257-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini hududlarda joriy etish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAZIFALAR TAQSIMOTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini hududlarda joriy etish doirasida masʼul etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Raqamli texnologiyalar vazirligi — “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksining hududlarda joriy etilishi va faoliyati yoʻlga qoʻyilishini tashkil etish, davlat organlari va tashkilotlari maʼlumotlar bazalarining “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksiga integratsiya qilinishini muvofiqlashtirish, shuningdek, server quvvatlari, maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash resurslari, sunʼiy intellekt texnologiyalari asosidagi tahlil, prognozlash va “Hokimning virtual assistenti” modulining ishlashini taʼminlash uchun zarur grafik protsessor (GPU) resurslarini ajratish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Iqtisodiyot va moliya vazirligi — “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksidan foydalanish bilan bogʻliq oylik abonent toʻlovi uchun zarur mablagʻlarning 2027-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlash uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi — “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksining egasi sifatida uning maqsadli yoʻnalishlari, funksional rivojlanishi, hududlarda joriy etilishi, davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik mexanizmlarini umumiy muvofiqlashtirish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — UZINFOCOM” MCHJ — “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksining hududlarda joriy etilishi va faoliyati yoʻlga qoʻyilishini dasturiy taʼminlash, uning uzluksiz ishlashi va takomillashtirib borilishini tashkil etish, oʻquv seminarlarini oʻtkazish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari taqdim etgan maʼlumotlar bazalarining “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksiga integratsiyasini tashkil etish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) davlat organlari va tashkilotlari — oʻzlariga tegishli axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari va elektron axborot resurslarini belgilangan muddat va talablarga muvofiq “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksiga integratsiya qilish, zarur texnik maʼlumotlar, API, veb-servislar, maʼlumotlar tuzilmasi, maʼlumotnomalar, identifikatorlar va boshqa axborot resurslarini Yagona integratorning texnik talablariga muvofiq taqdim etish hamda maʼlumotlarning toʻliq, ishonchli va uzluksiz almashinuvini taʼminlash uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari — “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksini tegishli hududda joriy etish uchun zarur situatsion zallar, operator xonalari, aloqa kanallari va boshqa texnik infratuzilmani tashkil etish, loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarini olib borish hamda dasturiy-apparat majmualari bilan jihozlashni taʼminlash, shuningdek, “Raqamli hokimlik” dasturiy kompleksi orqali kelib tushgan xabarlar, murojaatlar va topshiriqlarning belgilangan tartibda tuman (shahar) darajasida yoki masʼul tashkilotlar tomonidan koʻrib chiqilishi va hal etilishini nazorat qilish hamda har chorakda kelib tushayotgan xabarlar va ularning ijrosini tanqidiy muhokama qilib borish uchun.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2026-y., 07/26/257/0717-son)