1-ILOVA
Tizim nomi | Tizim faoliyati uchun masʼul tashkilot | Tizimda yaratiladigan imkoniyatlar | Ishga tushirish muddati |
“NP-AI audit assistant” platformasi | Hisob palatasi | Audit obyektlari kesimida maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, qayta ishlash, uzatish va intellektual tarzda tahlil qilish; | 2026-yil avgust |
audit natijalari asosida prognozlash (prediktiv) tahlillarni amalga oshirish hamda kelgusi audit yoʻnalishlarini belgilash; audit natijalari boʻyicha tezkor va asosli qaror qabul qilishga koʻmaklashish. | 2027-yil dekabr | ||
Sunʼiy intellekt konstruktori (AI-constructor) moduli | Hisob palatasi | “Masofaviy audit” AATda risklarni baholash, anomaliyalarni aniqlash va prognozlash; davlat auditi jarayoni uchun maxsus SI-agentlar, intellektual yordamchi va tahliliy modellarni konstruktor usulida yaratish; davlat xaridlari, budjet mablagʻlari va ijtimoiy toʻlovlarga oid katta hajmli maʼlumotlarni tahlil qilish uchun no-code va low-code instrumentlarini joriy qilish. | 2026-yil dekabr |
“Normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish” moduli | Hisob palatasi | normativ-huquqiy hujjatlardagi ziddiyatlarni bartaraf etish, ularni takomillashtirish, eskirgan hamda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish boʻyicha Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) takliflar kiritish; mazkur takliflarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan Muvofiqlashtiruvchi kengashning topshiriqlarini tegishli vazirlik va idoralarga yuborish va ijrosini nazorat qilish; budjet intizomini mustahkamlash boʻyicha fuqarolarning takliflarini qabul qilish va Muvofiqlashtiruvchi kengashga koʻrib chiqish uchun kiritish. | 2027-yil iyul |
“Avtomatik hisobot tekshiruvchi” (AI-based Reporting validator) axborot tizimi | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Barcha budjet ijrosi hisobotlarini yagona elektron bazaga jamlash, hisobot va maʼlumotlarni tozalash, standartlashtirish va avtomatik yuklash; budjet ijrosi hisobotlarini avtomatik ravishda koʻrib chiqish; arifmetik, mantiqiy va tuzilmaviy xatoliklarni aniqlash, hisobotlar oʻrtasidagi ziddiyatlarni topish. | 2026-yil dekabr |
“Elektron vakil” moduli | Hisob palatasi | Davlat organlari va tashkilotlarining maqsadli indikatorlari, davlat tashqi qarzi va grantlari boʻyicha loyihalari, qoʻshimcha daromad va budjetdan tashqari jamgʻarmalari, rivojlantirish dasturlari monitoringi va tahlilini oʻtkazish; situatsion markazlar faoliyati samaradorlik koʻrsatkichlari nazoratini olib borish; “Masofaviy audit” AATda davlat organlari va tashkilotlarida Hisob palatasining vakili sifatida bosh inspektorlar faoliyati hisobotlarini yuritish. | 2026-yil dekabr |
“Davlat xarajatlari skoringi”axborot tizimi | Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi | Budjet tizimi budjetlari mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan xarajatlarning samaradorligi, maqsadliligi va tavakkalchilik darajasini baholash; davlat tashkilotlari, loyihalar va xarajatlar boʻyicha xavf darajasini (past, oʻrta, yuqori) avtomatik aniqlash va reyting shakllantirish; sunʼiy intellekt va tahliliy algoritmlar orqali budjet intizomi buzilishi, ortiqcha xarajatlar hamda xavfli operatsiyalarni avtomatik belgilash; Davlat budjeti mablagʻlarining sarflanishi, xavf indeksi, aniqlangan kamchiliklar va tahlil natijalarini interaktiv dashbordlar orqali kuzatib borish. | 2027-yil yanvar |
“Auditni boshqarish” axborot tizimi | Hisob palatasi | Xalqaro standartlar talablariga muvofiq ravishda audit faoliyatini tashkil etish, auditorlarga metodologik yordam koʻrsatish va sifat nazorati tizimini mustahkamlash; auditning har bir bosqichida maʼlumotlar shaffofligi va aniqligini taʼminlash, yagona standartlashgan hujjatlarni yuritish tizimini joriy etish; nazorat tadbirlari hujjatlarining elektron toʻplamini shakllantirish va arxivlash, audit jarayonlarini boshqarish va natijalarini monitoring qilish. | 2027-yil iyun |
“Davlat aktivlarini boshqarish tizimini nazorat qilish” moduli | Hisob palatasi | “Masofaviy audit” AATda davlat korxonalari va uning tizim tashkilotlari hisobini olib borish va ularning samaradorligini baholash; “Masofaviy audit” AATda davlat korxonalari hisobi, ularning koʻchar va koʻchmas mol-mulklari, ishchi xodimlar dinamikasi va moliyaviy holati monitoringini olib borish; “Masofaviy audit” AATda davlat mulkini, shu jumladan, davlat ishtirokidagi korxonalar mol-mulkini xususiylashtirish (ulushlarni sotish) bosqichini hamda xususiylashtirish yakunlangandan keyin post-monitoring qilish. | 2027-yil iyun |
2-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Muddatlar | |||
Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari | Nazorat tadbiri, shu jumladan, audit tadbiri yakuni boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlardagi ziddiyatlarni bartaraf etish, ularni takomillashtirish, eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish bilan bogʻliq boʻlgan tizimli muammo va ularning yechimi yuzasidan takliflar tayyorlash va har bir band boʻyicha tegishli masʼullarni belgilash | Oʻn besh kun muddatda | ||||
Masʼul vazirlik va idoralar | Takliflar asosida tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash hamda davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari orqali uni koʻrib chiqish uchun “Davlat auditi” dasturiy kompleksidan foydalangan holda Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritish | Oʻn kun muddatda | ||||
3-bosqich | Muvofiqlashtiruvchi kengash | Koʻrib chiqish natijasiga koʻra takliflar maʼqullangan taqdirda, uni oʻrganish, takomillashtirish hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish uchun masʼul vazirlik yoki idoraga* yuborish. Bunda maʼqullanmagan takliflarni qayta ishlash uchun masʼul vazirlik va idoralarga qaytarish | Oʻn kun muddatda | |||
4-bosqich | Masʼul vazirlik yoki idora | Normativ-huquqiy hujjat loyihasini koʻrib chiqish hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish uchun Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimiga joylashtirish | Bir oy muddatda | |||
5-bosqich | Masʼul vazirlik yoki idora | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgandan soʻng uning xususiyatidan kelib chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga yuborish. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat koʻrinishidagi loyihani davlat roʻyxatidan oʻtkazish | Belgilangan tartib va muddatda | |||
3-ILOVA
4-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
I. Tashkiliy, huquqiy va institutsional asoslarni shakllantirish | ||||
1. | Davlat auditi faoliyatini raqamlashtirish jarayonini takomillashtirish boʻyicha instrumentlarni yaratish. | Quyidagilar yuzasidan chora-tadbirlarni belgilash: xavf (risk) tahlili mexanizmlarini 30 taga yetkazish; 50 ta servis va modullarni yaratish. Bunda ushbu chora-tadbirlar bilan bogʻliq xarajatlar Hisob palatasiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hamda Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi. | 2030-yil dekabr | Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. | “Sunʼiy intellekt laboratoriyasi” moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. | 1. “Sunʼiy intellekt laboratoriyasi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish. Bunda: | 2026-yil dekabr | Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
laboratoriyaga zarur grafik protsessorli DGX klasterini xorijiy ishlab chiquvchi tashkilot yoki uning rasmiy yetkazib beruvchilardan Davlat budjeti mablagʻlari asosida xarid qilish hamda boshqa zaruriy texnik qurilmalarni qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan xarid qilish; | Uch oy muddatda | |||
laboratoriyada qoʻllash uchun zarur boʻlgan sunʼiy intellekt modellarini xorijiy ishlab chiquvchi tashkilot yoki uning rasmiy yetkazib beruvchilaridan Davlat budjeti mablagʻlari asosida xarid qilish choralarini koʻrish. | Bir oy muddatda | |||
2. Hisob palatasining soʻroviga muvofiq sunʼiy intellekt va “Big Data” texnologiyalarini joriy etishda metodik va texnologik koʻmak koʻrsatish, sunʼiy intellekt texnologiyalari uchun GPU klasterini belgilangan tartibda ajratish. | 2026-yil 1-avgust | Raqamli texnologiyalar vazirligi | ||
3. | Davlat organlari va tashkilotlarida Hisob palatasining vakili sifatida faoliyat yuritayotgan bosh inspektorlar faoliyatini raqamlashtirish. | Bosh inspektorlar faoliyati ustidan masofaviy nazorat va tizimli tahlilni amalga oshirish maqsadida “Elektron vakil” modulini joriy etish. | 2026-yil dekabr | Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
4. | Davlat organlarining xavf profili moduli faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. “Masofaviy audit” AATda “Davlat organlarining xavf profili” modulini joriy etish. Bunda nazorat tadbirlari natijalari, masofaviy nazorat va sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida xavflarni baholash orqali yuqori xavfli faoliyat yoʻnalishlari, tizimlar, dasturlar, loyihalar hamda operatsiyalarni oʻzida mujassam etuvchi dasturiy taʼminot yaratishni nazarda tutish. | 2027-yil iyun | Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Davlat organlari va tashkilotlarining budjet intizomi reytingini yuritishni nazarda tutuvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: 100 balli tizimda baholangan holda “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratish; har yili oldingi yilning 1-yanvaridan baholanish oʻtkazilayotgan yilning 1-yanvariga qadar boʻlgan davrni reyting baholash tizimi bilan qamrab olish; reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhini shakllantirish; reyting yakunida “yashil” toifadagi tashkilotlar tajribasini ommalashtirish, “sariq” toifadagi tashkilotlarga faoliyatini yanada yaxshilash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, “qizil” toifadagi tashkilotlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, faoliyatini yaxshilashga oid chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, ijrosini har chorakda tashkilotlar rahbarlari ishtirokida Vazirlar Mahkamasi Rayosatida muhokama qilish. | 2027-yil mart | Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
5. | 2026 — 2030-yillarga moʻljallangan davlat auditi faoliyatida sunʼiy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish va rivojlantirish konsepsiyasini tayyorlash. | 1. Quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga olgan Konsepsiyani tasdiqlash: tashkiliy, huquqiy va institutsional asoslarni shakllantirish; raqamli integratsiya va intellektual audit tizimlarini joriy etish; intellektual davlat auditi ekotizimini shakllantirish. | 2026-yil 1-avgust | Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. Hisob palatasi tomonidan Konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha Ishchi komissiya tarkibini tasdiqlash va uning vazifalarini belgilash. | Hisob palatasi | |||
3. Konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha Ishchi komissiya aʼzolari hamda Hisob palatasining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga masʼul boʻlgan tuzilma xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5349-son Farmoni doirasida oylik ustamalar toʻlab borish. Ushbu toʻlovlarni 2026-yilda Hisob palatasiga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari va uning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshirish. | 2026-yil iyuldan boshlab | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi | ||
2027-yildan boshlab zarur mablagʻlarni Hisob palatasining asoslangan hisob-kitobiga koʻra Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutish. | Doimiy | |||
6. | Hisob palatasi faoliyatida, shu jumladan, davlat auditi sohasida sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalanish siyosati, etika qoidalari hamda ichki standartlarni ishlab chiqish. | 1. Hisob palatasida “Big Data” va sunʼiy intellektdan keng foydalanish tartibini ishlab chiqish va yoʻnalishlarini belgilash. | 2026-yil iyul | Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. Sunʼiy intellektdan foydalanish yoʻnalishlari va uni qoʻllash boʻyicha xalqaro tajribalarni oʻrganib, tegishli ichki idoraviy hujjatlar qabul qilish. | 2026-yil oktabr | |||
3. Sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish siyosatini ishlab chiqish. Bunda sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalanishda axborot xavfsizligi, davlat sirlari va shaxsiy maʼlumotlarni muhofaza qilish boʻyicha talablarni belgilash. | 2026-yil dekabr | |||
7. | Gʻaznachilik xizmati faoliyatini raqamlashtirishga alohida eʼtibor bergan holda takomillashtirish. | Gʻaznachilik xizmati faoliyatini raqamlashtirish hamda uning yangi funksiya va vazifalari doirasida Budjet kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2027-yil 1-iyun | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi |
8. | Sunʼiy intellekt va raqamli innovatsiyalarni joriy qilish shoʻbasini tashkil etish. | Shoʻba faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash. Bunda quyidagilarni shoʻbaning asosiy vazifalari etib belgilash: axborot texnologiyalari auditini oʻtkazish; Hisob palatasi faoliyatiga sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish. | 2026-yil iyul | Hisob palatasi |
9. | “NP-AI Audit Assistant” platformasini takomillashtirish. | 1. Hisob palatasi faoliyatida, shu jumladan, audit jarayonida foydalanilayotgan axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari va raqamli resurslarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish. | 2026-yil avgust | Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Unicon-soft” MCHJ |
2. Hisob palatasi faoliyatida, shu jumladan, davlat auditi sohasida maʼlumotlar almashinuvining yagona arxitekturasini ishlab chiqish. | 2026-yil oktabr | |||
3. “NP-AI Audit Assistant” platformasini “Davlat auditi” dasturiy kompleksi va “Masofaviy audit” AAT maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilish. | 2026-yil sentabr | |||
4. Matnli maʼlumotlarni NLP modellari orqali embedding (vektor koʻrinishga) transformatsiya qilish va ularni semantik qidiruvni taʼminlovchi “Vector Database”da saqlashni joriy etish. 5. “NP-AI Audit Assistant” sunʼiy intellekt platformasida pilot tariqasida quyidagi modullarni boshlangʻich joriy etish: | 2027-yil may | |||
nazorat tadbirlari natijalariga asoslangan holda davlat organlari hamda tashkilotlar faoliyatida, hududlar boʻyicha moliyaviy nazorat sohalarida xulosa, tavsiya va prognozlashtirish imkoniyatini yaratish; | 2027-yil may | |||
xalqaro va milliy audit standartlariga asoslangan holda foydalanuvchilarga javob va tavsiyalar berish orqali tezkor qaror qabul qilish imkonini yaratish; | 2026-yil dekabr | |||
anʼanaviy SQL asosidagi maʼlumotlar bazalari, semantik vektor qidiruv texnologiyalari va katta til modellarini (LLM) oʻzaro integratsiya qilish orqali kompleks intellektual tahlil tizimini yaratish. | 2027-yil dekabr | |||
6. Tabiiy tilda savol qabul qilib, javob berish funksiyasini ishga tushirish hamda foydalanuvchilar uchun interaktiv panellar, diagrammalar va reytinglar yaratish. | Har bir modul yakuni boʻyicha oʻn kun muddatda | |||
10. | Hisob palatasida raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirishga koʻmaklashuvchi guruh tashkil etish. | 1. Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlarining idoralararo masofaviy nazorat markazi tarkibida Tahliliy modellashtirish va avtomatlashtirish guruhini tuzish. 2. Guruh faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash. Bunda: guruhning asosiy vazifalari etib quyidagilarni belgilash: davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalarini doimiy oʻrganish, ularning imkoniyatlari, maʼlumotlar tarkibi va sifatini tahlil qilish; “Takliflarni boshqarish” moduli orqali kelib tushgan taklif va tashabbuslarni baholash, ularni muhokamadan oʻtkazish orqali qabul qilingan qarorlar ijrosini monitoring qilish; Markaz amalga oshirayotgan tahlillarni avtomatlashtirish uchun zarur boʻlgan tahliliy modellar, ishlash qoidalari, algoritmlar, texnik topshiriqlar va funksional talablarni ishlab chiqish; xavf (risk) tahlili mexanizmlarini joriy etishda maʼlumotlar yetishmasligi holatlarini aniqlagan holda zarur maʼlumotlarni shakllantirish, ularni yigʻish boʻyicha texnik yoʻriqnomalar, maʼlumotlar modellari hamda metodik tavsiyalar tayyorlash; tahliliy jarayonlarni formallashtirish, biznes-jarayonlar, tahlil ssenariylari va xavf (risk)larni aniqlash mexanizmlarini diagramma, sxema va modellar koʻrinishida rasmiylashtirish; xavf (risk) indikatorlari va tahliliy qoidalar reyestrini shakllantirish, yuritish, ularning dolzarbligini taʼminlash, takomillashtirish boʻyicha berilgan takliflarni amaliyotga joriy etish; tahlilchilar, auditorlar va dasturchilar oʻrtasida yagona hamkorlik mexanizmini shakllantirish, biznes-jarayon talablarini texnik talablarga transformatsiya qilish va loyihalar ijrosini muvofiqlashtirish. | 2026-yil iyul | Hisob palatasi |
11. | Hisob palatasining nazorat ishlari yillik dasturini shakllantirishda fuqarolarning ishtirokini taʼminlash. | Hisob palatasining nazorat ishlari yillik dasturini shakllantirishda sinov tariqasida uning sayti orqali fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida har chorakda bitta eng koʻp ovoz toʻplagan mavzuda tarmoq yoki hududda audit oʻtkazilishini inobatga olish tartibini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni Hisob palatasining amaldagi ichki idoraviy hujjatiga kiritish. | 2026-yil dekabr | Hisob palatasi |
12. | “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida ayrim qurilish obyektlarining samaradorligini baholash. | 1. “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida budjet, davlat maqsadli jamgʻarmalari, budjetga tenglashtirilgan mablagʻlar hamda davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan korxonalar mablagʻlari hisobidan qurilib, foydalanishga topshirilgan va qurilishi tugallanmagan obyektlarni hisobga olish, xatlovini yuritish, monitoring qilish va tahlil qilish imkonini beruvchi modul ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. Bunda: qurilishi tugallanmagan obyektlar va qurilib, foydalanishga topshirilgan obyektlar samaradorligi baholash; bazaviy hisoblash miqdorining 60 ming baravaridan yuqori qiymatdagi obyektlarni Hisob palatasi tomonidan, ushbu qiymatdan past boʻlgan obyektlarni esa, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan baholash; kadastr, kommunal xizmatlar va sohaviy tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish orqali obyektning foydalanilayotganligi, quvvatdan foydalanish darajasi va boʻsh turgan obyektlarni avtomatik aniqlash tizimini yoʻlga qoʻyish; nazoratni faqat qurilish davri bilan cheklamasdan, loyihalashtirishdan tortib foydalanishga topshirilgandan keyingi 3 yillik ekspluatatsiya davrini ham qamrab olish. | 2027-yil iyul | Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida har bir obyekt uchun yagona elektron pasport shakllantirish, unda yer ajratishdan boshlab ekspluatatsiyaga qabul qilishgacha boʻlgan barcha maʼlumotlarni yaratish. Bunda yer ajratish boʻyicha maʼlumotlar — Raqamli texnologiyalar vazirligi, ekspluatatsiya davridagi maʼlumotlar — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan integratsiya orqali taqdim etiladi. | 2027-yil yanvar | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
II. Raqamli integratsiya va intellektual audit tizimlarini joriy etish bosqichi | ||||
13. | “NP-AI Audit Assistant” platformasida amalga oshiriladigan tahlillar hamda prognozlashtirish yoʻnalishlarini yaratish. | “NP-AI Audit Assistant” platformasida: |
| |
budjet xarajatlari, pensiya jamgʻarmasi hamda subsidiya yoʻnalishlarida tahlil va prognozlarni amalga oshirish; | 2027-yil aprel | Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
davlat xaridlari hamda qurilish yoʻnalishi boʻyicha tahlil va prognozlarni amalga oshirish. Jumladan: budjet tushumlarini avtomatik kuzatib borish; hududlarning qoʻshimcha imkoniyatlariga baho berish; xavf yuqori boʻlgan sohalar, tarmoqlar va subyektlarni aniqlash; masʼullarga avtomatik signal berish; budjet daromadlari, mahalliy budjetni prognozlashtirish hamda imtiyoz yoʻnalishlarida tahlilni amalga oshirish. | 2027-yil davomida | Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi | ||
Bunda vazirlik va idoralar hamda hududlarning salohiyatidan kelib chiqib daromad, xarajat, kamchilik va xavflarni prognoz qilish modellarini joriy etish; | 2027-yil dekabr | Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Soliq qoʻmitasi | ||
tashqi qarz yoʻnalishlari boʻyicha tahlil va prognozlarni amalga oshirish; | 2028-yil may | Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Hisob palatasi, davlat ulushi mavjud tijorat banklari | ||
bank sohasi boʻyicha tahlil va prognozlarni amalga oshirish; | 2027-yil dekabr | |||
sunʼiy intellekt modellarini LoRA (Low-Rank Adaptation) texnologiyasi asosida qayta oʻqitish natijasida model javoblarining aniqligi, barqarorligi va mazmunan toʻliqligini taʼminlash. | 2028-yil iyun | Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi | ||
Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tashkilotlarda AI-constructor moduli imkoniyatidan tegishli shartnoma asosida foydalanish orqali ularning faoliyatiga oid maʼlumotlarni tizimga oʻqitish hamda shu asosda foydalanuvchilar tomonidan tezkor va asoslangan qarorlar qabul qilinishini yoʻlga qoʻyish. | 2028-yil iyul | Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
14. | “NP-AI audit assistant” platformasidan davlat auditi jarayonida keng foydalanish. | Platformani davlat auditi jarayoniga joriy etish. Bunda birinchi navbatda, platformada “Masofaviy audit” AAT xavf (risk) tahlillari va “Davlat auditi” dasturiy kompleksidagi audit tadbirlari natijalari asosida avtomatik tarzda auditni rejalashtirish va uning dasturlarini shakllantirishni yoʻlga qoʻyish. | 2027-yil 1-avgust | Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
15. | Katta hajmli maʼlumotlar (“Big Data”) va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali “Masofaviy audit” AATda yangi xavf (risk) tahlili mexanizmlari va monitoringini joriy qilish. | 1. Aynan bir hududda va bir davr uchun tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlaridagi qurilish materiallari narxlarini sunʼiy intellekt yordamida oʻzaro solishtirish imkoniyatini yaratish. | 2027-yil oktabr | Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. “Masofaviy audit” AATda subsidiyalar toʻgʻri va maqsadli ajratilishini monitoring qilish imkonini beruvchi modulni ishga tushirish. | 2027-yil dekabr | |||
16. | Audit tadbirlarining davlat auditi oliy audit organlarining xalqaro standartlari (ISSAI) asosida oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida “Auditni boshqarish” axborot tizimini joriy qilish. | 1. “Auditni boshqarish” axborot tizimining texnik topshirigʻini ishlab chiqib, tasdiqlash. Tasdiqlangan texnik topshiriqqa asosan axborot tizimini ishlab chiqish. | 2027-yil 1-iyun | Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. Ishlab chiqilgan axborot tizimini test sinovidan oʻtkazish va amaliyotga joriy etish. | 2027-yil sentabr | |||
17. | Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida xarajatlarni rejalashtirishni samarali tashkil etish. | Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar rejalashtirilishida sohaga oid hisobot va maʼlumotlarni raqamlashtirish hamda mavjud axborot tizimlari maʼlumotlari asosida amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish. | 2027-yil yanvar | Hisob palatasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
18. | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining “Yagona milliy loyiha boshqaruvi axborot tizimi” platformasini joriy etish va undan foydalanish tartibini belgilash va mutaxassislarni oʻqitish, uning integratsiyasini, zarur funksiyalarini ishga tushirish. | 1. Platformani joriy etish va undan foydalanishni tashkil etish reglamentini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish. Bunda loyiha tashabbuskorlari tomonidan maʼlumotlar oʻz vaqtida va sifatli kiritilmasligi boʻyicha javobgarlikka tortish mexanizmini inobatga olish. 2. Platformada: | Ikki oy muddatda | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
loyiha tashabbuskorlari xatlari, murojaatlari va arizalarini edo.ijro.uz, murojaat.gov.uz va boshqa ruxsat beruvchi davlat organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish; maʼlumotlarni qayta ishlash funksiyasini ishga tushirish. | Ikki oy muddatda | |||
3. Platformaga maʼlumotlar kiritish va ulardan foydalanish doirasida loyiha tashabbuskorlarini oʻqitish. | 2027-yil 1-yanvarga qadar ikki oy muddatda | |||
19. | Davlat mulkini, davlat ishtirokidagi korxonalarning mulkini xususiylashtirish (ulushlarni sotish) va davlat mulkini ijaraga berish jarayonlarini monitoring qilish. | 1. Davlat mulkini, davlat ishtirokidagi korxonalarning mulkini xususiylashtirish (ulushni sotish) va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Davlat mulki” axborot tizimidagi “Xususiylashtirish monitoringi” moduli, “Mulkni ijaraga berish” axborot tizimi va soliq organlari tizimi maʼlumotlarini “Masofaviy audit” axborot tizimining “Davlat aktivlarini boshqarish tizimini nazorat qilish” moduliga integratsiya qilish. | 2027-yil mart — noyabr | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Davlat mulkini, shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalarning mulkini xususiylashtirish (ulushlarni sotish) hamda davlat mulkini ijaraga berish jarayonlarini amalga oshirish bosqichida, shuningdek, xususiylashtirish yakunlanganidan keyin sotilgan korxonalar holati ustidan post-monitoring qilib borish tizimini yoʻlga qoʻyish. | 2027-yil iyun | |||
3. “Davlat aktivlarini boshqarish tizimini nazorat qilish” modulini takomillashtirish. | Doimiy | |||
20. | “Masofaviy audit” AATda joriy qilingan “Fincontrol” modulini takomillashtirish. | 1. Strategik yirik davlat korxonalarida davlat xaridlarini monitoring qilish, tahlil qilish hamda xavf-xatarlarni aniqlash mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish. | 2026-yil dekabr | Hisob palatasi, “UzAssets” AJ va uning boshqaruvidagi strategik yirik davlat korxonalari |
2. “Masofaviy audit” AATga integratsiya qilingan axborot tizimlaridan kelib tushayotgan maʼlumotlar asosida korxonalar faoliyatini sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilish imkoniyatini yaratish. “Masofaviy audit” AATda korxonalar faoliyatini avtomatik tahlil qilish imkoniyatini test sinovidan oʻtkazish va uni amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etish. | 2027-yil 1-aprel | |||
3. Strategik yirik davlat korxonalari tomonidan tegishli hisobotlar har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakuni boʻyicha esa keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay Hisob palatasining “Fincontrol” moduliga kiritib borilishini taʼminlash. | Doimiy | Strategik yirik davlat korxonalari | ||
4. “Fincontrol” moduli imkoniyatidan tegishli shartnoma asosida foydalanish orqali ularning faoliyatiga oid xaridlarini monitoring qilish, biznes rejani chuqur tahlil qilish hamda xavf-xatarlarni aniqlash mexanizmlarini tizimga oʻqitish va shu asosda foydalanuvchilar tomonidan tezkor va asoslangan qarorlar qabul qilinishini yoʻlga qoʻyish. | Doimiy | Hisob palatasi, “UzAssets” AJ va uning boshqaruvidagi strategik yirik davlat korxonalari | ||
21. | Davlat rivojlantirish dasturlarini shakllantirish jarayonini raqamlashtirish. | 1. Davlat rivojlantirish dasturlarini shakllantirish jarayonida davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish va avtomatik tahlil qilish mexanizmlarini joriy etish. 2. Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Davlat investitsiyalarini boshqarish” axborot tizimini hamda “Yagona milliy loyiha boshqaruvi” axborot tizimi bilan integratsiya qilgan holda, dasturlar doirasida tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarni oʻzaro taqqoslash orqali dasturlarga kiritilgan bir xil (takroriy) obyektlarni erta aniqlash imkoniyatini yaratish. | 2027-yil 15-dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Hisob palatasi |
22. | Qurilish obyektlari boʻyicha shartnomalarning belgilangan muddatlarda bajarilishini tashkil etish. | Pudrat shartnomasining “Ishlarni bajarish grafigi”ni raqamlashtirish doirasida “Davlat investitsiyalarini boshqarish” axborot tizimida quyidagi funksiyalarni ishga tushirish: qurilish obyekti boʻyicha moliyalashtirilgan avans sanasini inobatga olgan holda “Ishlarni bajarish grafigi” va pudrat tashkiloti tomonidan soliq organlariga topshirilgan hisob-fakturalardagi ish hajmlari qiymatlarini solishtirish; qurilish obyektlarini foydalanishga topshirishning shartnomalarda belgilangan muddatlarida shartnomaviy qiymati bilan pudrat tashkiloti tomonidan soliq organlariga topshirilgan hisob-fakturalardagi ish hajmlari qiymatlarini solishtirish, ishlar bajarilganligi boʻyicha shartnomaviy qiymatlar doirasida bajarilgan ishlar toʻliq rasmiylashtirilgan holatlarni risk etib belgilash. | 2027-yil 1-aprel | Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
23. | “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida shartnomaviy munosabatlarning ayrim yoʻnalishlarini takomillashtirish. | “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini takomillashtirishda quyidagilarni nazarda tutish: obyektlarni loyihalash ishlarini qurilish ishlari bilan parallel olib borishga ruxsat berilgan muddatni, parallel loyihalashga berilgan muddat yakunlanguniga qadar loyihalar davlat ekspertizasidan oʻtkazilganligini, belgilangan muddat yakunlangandan soʻng bir oy ichida loyiha ekspertizadan oʻtkazilmaslik holatlarini risk etib belgilashni nazarda tutuvchi funksiyani ishga tushirish; eng maqbul takliflar asosida yoki toʻgʻridan-toʻgʻri belgilangan pudratchining shartnoma tuzilgan kuniga pudrat tashkilotining STIRi orqali reyting.mc.uz platformasidagi salohiyatini (reytingini), Milliy statistika qoʻmitasining maʼlumotlar bazasi orqali qachon tashkil etilganligi boʻyicha xavf (risk) tahlili funksiyasini yaratish. | 2027-yil 1-aprel | Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
24. | Budjet ijrosi hisobotlarini avtomatik koʻrib chiqish, arifmetik, mantiqiy va strukturaviy xatolarni aniqlash, hisobotlar oʻrtasidagi ziddiyatlarni topish, NLP (Natural Language Processing) orqali matnli hisobotlarni tahlil qilishni yoʻlga qoʻyish. | Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida “Avtomatik hisobot tekshiruvchi — AI-based Reporting validator” tizimini ishlab chiqqan holda unda quyidagilarni nazarda tutish: | 2027-yil dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Hisob palatasi |
texnik talablar va metodologiyani ishlab chiqish (arifmetik, mantiqiy va strukturaviy tekshiruv mezonlarini, hisobot formatlari va maʼlumotlar standartlarini belgilash, NLP orqali tahlil qilinadigan matnli maʼlumotlar turlarini aniqlash); | Uch oy muddatda | |||
yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish (barcha budjet ijrosi hisobotlarini yagona elektron bazaga integratsiya qilish, maʼlumotni tozalash, standartlashtirish va avtomatik yuklash mexanizmini joriy etish); | Ikki oy muddatda | |||
avtomatik tekshiruv algoritm va modullarini ishlab chiqish (arifmetik hisob-kitoblarni avtomatik tekshirish algoritmlarini yaratish, mantiqiy va strukturaviy xatolarni aniqlash qoidalarini joriy qilish, hisobotlar oʻrtasidagi ziddiyatlarni avtomatik solishtirish funksiyasini ishlab chiqish); | Uch oy muddatda | |||
NLP asosida matnli tahlil tizimini joriy etish (matnli izoh va hisobotlarni tahlil qiluvchi NLP modellarini oʻqitish va integratsiya qilish, nomuvofiq, takroriy yoki xavf (risk) mavjud boʻlgan maʼlumotlarni avtomatik aniqlash mexanizmlarini ishga tushirish); | Dastlab olti oy muddatda, keyinchalik doimiy | |||
sinovdan oʻtkazish va amaliyotga tatbiq etish (tizimni pilot tartibda testdan oʻtkazish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, masʼul xodimlarni oʻqitish va tizimni bosqichma-bosqich doimiy foydalanishga joriy qilish). | Dastlab loyiha yakuni boʻyicha, keyinchalik doimiy | |||
25. | Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni “Raqamli komplayens” axborot dasturiy kompleksi orqali Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga taqdim etishni yoʻlga qoʻyish. | Hisob palatasining axborot tizimlari orqali davlat xaridlari, qurilish hamda ijtimoiy toʻlovlar boʻyicha korrupsiyaviy xavf-xatarlar aniqlanganda, tegishli maʼlumotlarni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga uning “Raqamli komplayens” axborot dasturiy kompleksiga integratsiya qilish orqali elektron shaklda taqdim etib borish. | Doimiy | Hisob palatasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi |
III. Toʻliq intellektual davlat auditi ekotizimini shakllantirish | ||||
26. | Davlat auditi va moliyaviy nazoratida sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha asoslar yaratish. | Davlat moliyaviy nazorati sohasida sunʼiy intellektdan foydalanishning huquqiy, etik va axborot xavfsizligi talablarini nazarda tutuvchi “Davlat auditi va moliyaviy nazoratida sunʼiy intellektdan foydalanish” milliy metodologiyasini ishlab chiqish. | 2028-yil dekabr | Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
27. | Hisob palatasida “Smart Audit” va “Digital Audit Ecosystem” modellarini toʻliq joriy etish. | 1. Davlat auditi sohasida toʻliq raqamli va intellektual ekotizimni shakllantirish, sunʼiy intellekt texnologiyalarini strategik qaror qabul qilish jarayonlariga integratsiya qilish hamda xalqaro standartlar darajasidagi raqamli audit modelini yaratish. | 2029-yil dekabr | Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. Hisob palatasining barcha axborot tizimlarini “Smart Audit” va “Digital Audit Ecosystem” modellarini toʻliq joriy etgan holda yagona platformada birlashtirish. | 2030-yil dekabr | Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi | ||
28. | Davlat auditi jarayonida raqamli iz qoldirish va avtomatik komplayens monitoring tizimini joriy qilish. | 1. Audit jarayonida shakllantiriladigan elektron hujjatlar, tahliliy maʼlumotlar va qarorlar boʻyicha raqamli iz (digital trace) mexanizmlarini yaratish. 2. Qonunchilik va ichki normativ hujjatlar talabiga muvofiqlikni avtomatik baholovchi sunʼiy intellekt asosidagi komplayens monitoring modullarini ishlab chiqish. 3. Shubhali operatsiyalar, xavfli tranzaksiyalar va belgilangan talablardan ogʻish holatlarini avtomatik aniqlash hamda masʼul xodimlarga xabar berish mexanizmlarini joriy etish. 4. Komplayens xavflari va qonunbuzilish holatlari boʻyicha real vaqt rejimida monitoring olib boruvchi intellektual tizimlarni ishga tushirish. 5. Avtomatik komplayens monitoring natijalari asosida risk indikatorlari, tahliliy hisobotlar va erta ogohlantirish mexanizmlarini shakllantirish. | 2029-yil dekabr | Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
IV. Kadrlarni oʻqitish, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash | ||||
29. | Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini amalga oshiruvchi mutaxassislarni elektron oʻqitish uchun asoslar yaratish. | Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini amalga oshiruvchi mutaxassislar uchun elektron oʻquv darsliklarini joriy etish. | 2026-yil dekabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi |
30. | Davlat auditi va moliyaviy nazorati organlari hamda uning xodimlari uchun oʻquv va uslubiy dasturlarni amalga oshirish. | Davlat auditi va moliyaviy nazorati boʻyicha amaldagi elektron kutubxona va taʼlim platformasini takomillashtirish, shuningdek, oʻquv materiallar, keyslar hamda metodik tavsiyalar bankini yaratish choralarini koʻrish. | 2027-yil may | Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
31. | Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Davlat auditi oliy maktabi faoliyatini tizimli tashkil etish. | 1. Davlat auditi oliy maktabi faoliyatini zamonaviy yondashuvlar asosida samarali tashkil etish va rivojlantirish, shuningdek, uning moddiy-texnika bazasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni belgilash hamda amalga oshirish. | 2026-2027-yillar | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Hisob palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Davlat auditi oliy maktabi bazasida sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarning ishonchliligi, xavfsizligi hamda samaradorligini baholash mavzusida doimiy ravishda malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish. | Doimiy | |||
3. Audit jarayoniga sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish boʻyicha oʻquv dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2026-yil oktabr | |||
32. | Har yili “Audit jarayonlarida sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni qoʻllashda innovatsion gʻoyalar” mavzusida mahalliy yoki xalqaro konferensiyalar tashkil etish. | 1. Mahalliy yoki xalqaro konferensiyada ishtirok etadigan xalqaro va mahalliy tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish va ularning roʻyxatini shakllantirish. 2. Mahalliy yoki xalqaro konferensiyani yuqori saviyada oʻtkazish yuzasidan ishchi guruhini tashkil etish, uning vazifalarini belgilash va amalga oshirish. 3. Mahalliy yoki xalqaro konferensiya materiallarini toʻplash va chop etish. | Doimiy | Hisob palatasi, Tashqi ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
33. | Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo mamlakatlar oliy audit organlari bilan sunʼiy intellekt texnologiyalarini audit jarayonlarida qoʻllash boʻyicha hamkorlik uchrashuvini tashkil etish. | 1. Uchrashuvda ishtirok etadigan xalqaro va mahalliy tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish, ularning roʻyxatini shakllantirish. 2. Uchrashuvni yuqori saviyada oʻtkazish yuzasidan ishchi guruhini tashkil etish, uning vazifalarini belgilash va amalga oshirish. 3. Uchrashuv materiallarini toʻplash va chop etish. | 2027-yil mart-aprel | Hisob palatasi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
5-ILOVA
“ | ||||||||
Qashqadaryo viloyati | 74 | 74 | ||||||
9. | Dendrologiya bogʻi | Qarshi tumani “Hilol” MFY | “Yashil” texnikum | 1163, 1165, 1172 | 21,2 | 21,2 | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar | |
Jami: | 21,2 | 21,2 | ||||||
10. | Botanika bogʻi | Qarshi tumani “Hilol” MFY | “Sulton tex group” MCHJ | 18:13:000006800 | 52,8 | 52,8 | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar | |
Jami: | 52,8 | 52,8 | ||||||
”; | ||||||||
“ | ||||||||
Samarqand viloyati | 196 | 70 | 126 | |||||
15. | Dendrologiya bogʻi | Samarqand viloyati, Urgut tumani | Qishloq xoʻjaligi | 1049, 1044, 1043, 1038, 1042,1045, 1046,1047, 1039, 1040, 1041, 1042, 1063, 1064, 1065 | 50 | 50 | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar | |
Samarqand shahri | Shahar hokimligi zaxirasi va Oʻrmon xoʻjaligi | 39.725931, 66.929070 | 116 | 116 | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar | |||
Jami: | 166 | 50 | 116 | |||||
16. | Botanika bogʻi | Samarqand shahri Xishrav qoʻrgʻoni 8-uy | “Yashil” texnikum | 39.634354, 66.89635 | 30 | 20 | 10 | Texnikumga qarashli yer maydoni |
Jami: | 30 | 20 | 10 | |||||
”. | ||||||||