1-ILOVA
2-ILOVA
T/r | Hududlar nomi | 2026-yilda (tonna) | 2027-yilda (tonna) | Masʼullar | Vazirlik va idoralardan biriktirilgan |
1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 25 000 | 35 000 | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) | “Suvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi (R. Raximov) |
2. | Andijon viloyati | 35 000 | 45 000 | Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abduraxmanov) | Baliqchilikni rivojlantirish markazi (Lavozimga koʻra) |
3. | Buxoro viloyati | 10 000 | 15 000 | Buxoro viloyati hokimligi (B. Zaripov) | Suv xoʻjaligi vazirligi (R. Qarshiyev) |
4. | Jizzax viloyati | 30 000 | 40 000 | Jizzax viloyati hokimligi (U. Mustafoyev) | Suv xoʻjaligi vazirligi (R. Qarshiyev) |
5. | Qashqadaryo viloyati | 13 000 | 18 000 | Qashqadaryo viloyati hokimligi (M. Azimov) | Suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari (Z. Ishpulatov) |
6. | Navoiy viloyati | 15 000 | 18 000 | Navoiy viloyati hokimligi (N. Tursunov) | Suv xoʻjaligi vazirligi (R. Qarshiyev) |
7. | Namangan viloyati | 45 000 | 54 000 | Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov) | Baliqchilikni rivojlantirish markazi (Lavozimga koʻra) |
8. | Samarqand viloyati | 25 000 | 30 000 | Samarqand viloyati hokimligi (A. Boboyev) | Suv xoʻjaligi vazirligi (R. Qarshiyev) |
9. | Surxondaryo viloyati | 10 000 | 15 000 | Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov) | Suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari (Z. Ishpulatov) |
10. | Sirdaryo viloyati | 40 000 | 65 000 | Sirdaryo viloyati hokimligi (E. Turdimov) | Suv xoʻjaligi vazirligi (M. Karimov) |
11. | Toshkent viloyati | 35 000 | 50 000 | Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev) | Suv xoʻjaligi vazirligi (U. Sheraliyev) |
12. | Fargʻona viloyati | 35 000 | 55 000 | Fargʻona viloyati hokimligi (X. Bozarov) | Baliqchilikni rivojlantirish markazi (Lavozimga koʻra) |
13. | Xorazm viloyati | 45 000 | 60 000 | Xorazm viloyati (J. Raximov) | “Suvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi (R. Raximov) |
Jami | 363 000 | 500 000 |
|
| |
3-ILOVA
T/r | Asosiy vazifalar | Amalga oshirish mexanizmi | Moliyalashtirish manbasi | Ijro muddatlari | Masʼullar |
I. Tabiiy va sunʼiy suv havzalardan foydalanish samaradorligini oshirish | |||||
1. | Tabiiy suv havza (suv ombor)lari va sunʼiy koʻllarni toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazish. | 1. Baliqchilik maqsadlarida foydalanib kelinayotgan tabiiy va sunʼiy koʻllarni inventarizatsiyadan oʻtkazish. Bunda: baliqchilikdagi jami havza maydonlarini; suv yetkazish qiyin boʻlgan hududlarni; qurigan va bugungi kunda baliq yetishtirish imkoni yoʻq maydonlarni aniqlash. | Suv xoʻjaligi vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari | 2026-yil dekabr | Suv xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Baliqchilikni rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz), “Oʻzbekkosmos” agentligi |
2. Baliq yetishtirish imkoni yoʻq boʻlgan tabiiy koʻllar va suv omborlarining hisobini aniqlash va ularni baliqchilik maydonlaridan chiqarish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2026-yil dekabr | ||||
2. | Baliqchilik subyektlarini doimiy suv bilan taʼminlash tizimini raqamlashtirish va tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish. | 1. Baliqchilik xoʻjaliklarida baliq yetishtirish, ozuqa sarfi, suv isteʼmoli hamda qoʻllanayotgan texnologiya turlari boʻyicha hisobotlarni onlayn yuritish uchun “e-baliq” elektron platformasini joriy etish. 2. “e-baliq” elektron platformasi orqali suvdan foydalanish tartibi loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda: | Suv xoʻjaligi vazirligining Raqamlashtirish markazi mablagʻlari | 2027-yil may | Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Markaz |
baliqchilik xoʻjaliklariga suv resurslarini ajratish, limit belgilash hamda suv yetkazib berish boʻyicha shartnomalar faqat platforma orqali rasmiylashtirishni; baliqchilik xoʻjaliklari har yili oʻz ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan suv hajmlarini olish uchun suv havza maydoni, baliqlantiriladigan chavoqlar soni, ozuqa sarfi, texnologiya turlari va yetishtirish rejalashtirilgan baliq hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda Suv xoʻjaligi vazirligiga ariza yuborishini; Suv xoʻjaligi vazirligi arizani oʻrganib chiqib, soʻralgan suv hajmini ajratish mumkin yoki imkoni yoʻqligi boʻyicha xulosa berishini; belgilangan limit boʻyicha yetkazib berilmagan suv uchun koʻrilgan zararlarni (fors-major holatdan tashqari) vazirlik tomonidan qoplab berishni nazarda tutish. | 2027-yil may | ||||
3. | Yangi turdagi baliqlarni yetishtirish boʻyicha tavsiya va qoʻllanmalar ishlab chiqish. | 1. Yangi turdagi baliqlarni yetishtirish boʻyicha tavsiya va qoʻllanmalarni ishlab chiqish. | Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | 2026-2027-yillar | Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Markaz |
2. Ishlab chiqilgan qoʻllanmalarni tashkil etiladigan seminarlarda baliqchilik xoʻjaliklariga yetkazish. | Reja-grafik asosida | ||||
4. | Sohada havaskor baliq ovlash va suv boʻyi turizmi faoliyatini kengaytirish. | Havaskor baliqchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Baliqchi kartasi” (Fisherman ID) raqamli tizimini joriy etish. Bunda: havaskor baliqchi ovchilarning yagona elektron reyestri va arzonlashtirilgan yillik abonement tizimini yaratish; bundan tushgan mablagʻlarni suv havzalarini tozalash hamda tabiiy suv havzalarini baliqlantirish tadbirlariga yoʻnaltirish. | Suv xoʻjaligi vazirligining Raqamlashtirish markazi mablagʻlari | 2026-yil oktabr | Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Sport vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi |
II. Baliqchilik tarmogʻini tartibga solish va boshqaruv tizimini takomillashtirish | |||||
5. | Tabiiy suv havzalaridagi baliq resurslarini muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish. | 1. Sanoat usulida baliq ovlash uchun beriladigan kvotalar berish tartibi va muddatlarini qayta koʻrib chiqish hamda aholini arzon baliq mahsulotlari bilan taʼminlash uchun kvota berish haqini kamaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2026-yil avgust | Suv xoʻjaligi vazirligi, Markaz, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
2. Baliqchilik xoʻjaliklarining sanoat usulida baliq ovlashga ruxsat berilgan toʻrlarini hisobga qoʻyish va identifikatsiya qilish hamda haq toʻlash tizimini qayta koʻrib chiqish. | 2026-yil avgust | ||||
3. Sanoat usulida baliq ovlash uchun kvota berish, ularning ijrosini monitoring qilish hamda ovlangan baliq hajmini hisobga olish jarayonlarini raqamlashtirish, shuningdek, kvotalarning maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan elektron nazorat mexanizmlarini joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. | 2026-yil avgust | ||||
4. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 80-son qaroriga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritish. | 2026-yil sentabr | ||||
6. | Baliqchilikda foydalaniladigan toʻrlar va ov qurollarining sifati ustidan davlat nazoratini kuchaytirish. | 1. Respublika hududiga olib kiriladigan baliqchilikda foydalaniladigan toʻrlar va ov qurollarining amaldagi texnik reglamentlar va standartlar talablariga muvofiqligini baholash hamda nazorat qilish tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2026-yil sentabr | Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, Markaz |
2. Amaldagi talablarga javob bermaydigan sifatsiz toʻrlar va ov qurollarining respublika hududiga olib kirilishi va muomalaga chiqarilishining oldini olish boʻyicha nazorat mexanizmlarini kuchaytirish. | Doimiy | ||||
3. Import qilinadigan baliqchilik toʻrlari va ov qurollari boʻyicha davlat nazorati natijalarini muntazam tahlil qilib borish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish. | Tahlil natijalariga koʻra | ||||
7. | Sanoat usulida baliq ovlashda foydalaniladigan suv transporti vositalari uchun ekologik va texnik koʻrsatkichlarga asoslangan holda kompensatsiya toʻlovlarini belgilash tizimini takomillashtirish. | 1. Sanoat usulida baliq ovlashda foydalaniladigan motorli suv transporti vositalari boʻyicha dvigatel quvvati, ishlab chiqarilgan yili, yoqilgʻi sarfi va suvga chiqariladigan zararli moddalar hajmini inobatga olgan holda kompensatsiya toʻlovlarini differensial tartibda belgilash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2026-yil avgust | Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Markaz |
2. Energiya tejamkor va ekologik talablarga javob beradigan yangi avlod dvigatellaridan foydalanuvchi sanoat usulidagi baliq ovlovchilar uchun kompensatsiya toʻlovlarini bekor qilish boʻyicha takliflar tayyorlash. | 2026-yil avgust | ||||
3. Takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil sentabr | ||||
8. | Tabiiy va sunʼiy suv havzalarda baliq yetishtirish normativlarini belgilash. | 1. Tegishli ilmiy-tadqiqot institutlarini jalb qilgan holda hududlardagi tabiiy va sunʼiy suv havzalarda baliq yetishtirish imkoniyatlarini oʻrganish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2026-yil dekabr | Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti, Markaz |
2. Oʻrganish natijalari boʻyicha tabiiy va sunʼiy suv havzalarda baliq yetishtirish normativ hosildorligini ishlab chiqish. | 2027-yil may | ||||
9. | Kollektor-drenaj tarmoqlarida baliq yetishtirishdan oldin biologik va kimyoviy tahlillar oʻtkazish. | 1. Tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislarini jalb qilgan holda kollektor-drenaj tarmoqlarida suvning gidrokimyoviy, toksikologik, mikrobiologik va ixtiologik koʻrsatkichlarini hamda ogʻir metallar va boshqa ifloslantiruvchi moddalar miqdorini aniqlash boʻyicha kompleks ilmiy tahlillar oʻtkazish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2027-yil iyun | Suv xoʻjaligi vazirligi, Markaz |
2. Tahlil natijalari asosida kollektor-drenaj tarmoqlarini baliq yetishtirish uchun yaroqlilik darajasi boʻyicha toifalash, ulardan foydalanish yuzasidan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. | 2027-yil avgust | ||||
10. | Markazga ajratilgan suv obyektlarida baliqchilikni rivojlantirish. | 1. Ijaraga beriladigan suv obyektlarining roʻyxatini shakllantirish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2026-yil oktabr | Suv xoʻjaligi vazirligi, Markaz, mahalliy hokimliklar, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi |
2. Suv obyektlarini baliq yetishtirish maqsadlari uchun onlayn auksion savdolariga chiqarish orqali tadbirkorlik subyektlariga biriktirib berish. | 2027-yildan boshlab | ||||
3. Ijaraga berishdan tushgan mablagʻlarning 15 foizi mahalliy hokimiyatga (tegishli tumanlar mahalliy budjetiga), qolgan 85 foizini Baliqchilikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltirish. | Doimiy | ||||
11. | Markazning hududiy boʻlinmalari faoliyatini samarali tashkil etish. | 1. Markazning hududiy boʻlinmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun xizmat binolari, moddiy-texnika vositalari, aloqa va axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash hamda zarur tashkiliy shart-sharoitlarni yaratish. | Budjet mablagʻlari va Suv xoʻjaligi vazirligi mablagʻlari | 2026-yil sentabr | Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Markaz |
2. Hududiy boʻlinmalarni xizmat avtotransporti, kompyuter texnikasi, ofis jihozlari va boshqa zarur vositalar bilan taʼminlash choralarini koʻrish. | 2026-yil sentabr | ||||
3. Hududiy boʻlinmalarning uzluksiz faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish. | Doimiy | ||||
13. | Suv omborlari, kollektor-drenaj tarmoqlari va tabiiy suv obyektlarida ijara huquqi asosida baliq ovlash tartibini ishlab chiqish. | 1. Suv omborlari, kollektor-drenaj tarmoqlari va boshqa tabiiy suv obyektlarida baliq ovlashni ijara huquqi asosida tashkil etish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2026-yil sentabr | Suv xoʻjaligi vazirligi, Markaz |
2. Loyihada ijara huquqini berish mezonlari, auksion tartibi, ijarachilarning huquq va majburiyatlari, baliq zaxiralarini muhofaza qilish, monitoring hamda nazorat mexanizmlarini belgilash. | 2026-yil sentabr | ||||
3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil oktabr | ||||
14. | Baliq yetishtirish obyektlari uchun suv isteʼmoli meʼyorlarini ilmiy asosda ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. | 1. Ekstensiv, yarim intensiv, intensiv va super intensiv texnologiyalar asosida foydalanilayotgan baliq yetishtirish obyektlari uchun talab etiladigan suv isteʼmoli meʼyorlarini ilmiy asosda ishlab chiqish. | Suv xoʻjaligi vazirligi mablagʻlari | 2027-yil fevral | Suv xoʻjaligi vazirligi, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti, Markaz, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti |
2. Ishlab chiqilgan suv isteʼmoli meʼyorlarini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2027-yil mart | ||||
3. Tasdiqlangan suv isteʼmoli meʼyorlarini baliqchilik subyektlari tomonidan suv resurslarini rejalashtirish, limit belgilash hamda elektron platforma orqali suv ajratish jarayonlarida qoʻllashni taʼminlash. | Belgilangan muddatlarda | ||||
15. | Baliqchilik tarmogʻini 2027 — 2030-yillarda rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish. | 1. Baliqchilik tarmogʻini 2027 — 2030-yillarda rivojlantirish strategiyasi loyihasini, shu jumladan, sohani raqamlashtirish, sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish, investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish hamda ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni ishlab chiqish. | Markaz va “Turonbank” ATB mablagʻlari | 2026-yil noyabr | Markaz, “Turonbank” ATB, Suv xoʻjaligi vazirligi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti |
2. Respublikadagi suv omborlari va kollektor-drenaj tizimlarining baliqchilik salohiyatini baholash hamda ulardan samarali foydalanish boʻyicha tahlil oʻtkazish. | 2026-yil oktabr | ||||
3. Tahlil natijalari asosida 2027 — 2030-yillarda respublikada suv omborlari, kanallar va kollektor-drenaj tizimlarida baliqchilikni rivojlantirish boʻyicha davlat dasturi loyihasini ishlab chiqish. | 2026-yil dekabr | ||||
4. Strategiya loyihasini ishlab chiqish uchun tender asosida mahalliy va xalqaro konsalting tashkilotlarni jalb etish. | 2027-yil fevral | ||||
5. Strategiya loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2027-yil may | ||||
16. | Markaz va Baliqchilikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish. | Markaz faoliyatini samarali tashkil etish hamda Baliqchilikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini nazarda tutuvchi nizom loyihasini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2026-yil oktabr | Suv xoʻjaligi vazirligi, Markaz |
17. | Suv xoʻjaligi vazirligi balansidagi melioratsiya obyektlarini toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazish va Markazga nol qiymatda ijaraga berish. | 1. Tegishli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat inventarizatsiya jarayonini muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlar shakllantirish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2026-yil avgust | Suv xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, “Oʻzbekkosmos” agentligi, Markaz |
2. Respublikadagi barcha melioratsiya obyektlarini toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazib, baliq yetishtirish uchun mos suv manbalari mavjud boʻlgan obyektlar roʻyxatini shakllantirish. | 2026-yil oktabr | ||||
3. Aniqlangan baliq yetishtirishga mos obyektlarni elektron ochiq savdoga chiqarish. | 2027-yil fevral | ||||
18. | Akvakultura boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish. | 1. Akvakultura boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2027-yil may | Suv xoʻjaligi vazirligi, Markaz, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Qonun loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2027-yil sentabr | ||||
19. | Respublikadagi tabiiy koʻllarni asrab-avaylash va ulardan oqilona foydalanish. | 1. Suvda suzuvchi qushlarning asosiy yashash manzili boʻlgan xalqaro ahamiyatga ega suvli-botqoq yerlar toʻgʻrisidagi konvensiya (Ramsar konvensiyasi) roʻyxatiga kiritilgan tabiiy obyektlarni doimiy asrab-avaylash boʻyicha zarur choralarni koʻrib borish. | Mablagʻ talab etilmaydi | Doimiy | Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Markaz |
2. Tabiiy koʻllardan samarali va oqilona foydalanish boʻyicha maxsus dastur ishlab chiqish. | 2027-yil yanvar | ||||
III. Ilm-fan, innovatsiyalar va naslchilikni rivojlantirish | |||||
20. | Baliqchilik tarmogʻidagi ustuvor ilmiy muammolar boʻyicha ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ilmiy loyihalar tanlovlarini eʼlon qilish. | 1. Baliqchilik tarmogʻida, jumladan, mahalliy karp zotini yaratish hamda baliqlarni yetishtirish va parvarish qilishning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy loyiha mavzularini shakllantirish. | Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida | 2026 — 2029-yillar | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti, Suv xoʻjaligi vazirligi |
2. Shakllantirilgan mavzular asosida 2027 — 2029-yillarda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ilmiy loyihalar tanlovlarini eʼlon qilish. | Belgilangan muddatlarda | ||||
3. Tanlov natijalariga koʻra gʻolib deb topilgan ilmiy loyihalarni ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida moliyalashtirish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish choralarini koʻrish. | Belgilangan muddatlarda | ||||
21. | Soha mutaxassislarining bilim va koʻnikmalarini oshirish, ular faoliyatiga innovatsion texnologiyalarni joriy etishga koʻmaklashish. | 1. “Baliqchilik maktabi”ni tashkil etish uchun xususiy tadbirkorlar yoki xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb etish. | Tashabbuskorlar mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari | 2027-yil mart | Markaz, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Fargʻona va Namangan viloyatlari hokimliklari |
2. Namangan va Fargʻona viloyatlarida sovuq suv baliqlarini yetishtirish faoliyatini yoʻlga qoʻygan korxonalarda laboratoriya va oʻquv xonasini oʻzida jamlagan “Baliqchilik maktabi”ni tashkil etish. | 2027-yil iyun | ||||
3. Baliqchilik xoʻjaliklari mutaxassislarini oʻqitish grafiklarini ishlab chiqish va qisqa muddatli kurslarni tashkil etish. | Grafik asosida | ||||
22. | Baliqchilik tarmogʻida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish. | 1. Baliqchilik tarmogʻida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish, monitoring tizimlarini yoʻlga qoʻyishga qaratilgan pilot loyihani amalga oshirish. | Suv xoʻjaligi vazirligi mablagʻlaridan 20 mlrd soʻm | 2027-yil dekabr | Suv xoʻjaligi vazirligi, Markaz, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. Sunʼiy intellekt texnologiyalarini baliqchilik tarmogʻida joriy qilishda mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda pilot loyiha natijalari asosida tizimni respublika miqyosida bosqichma-bosqich kengaytirish. | 2028-yil yakuniga qadar | ||||
23. | Baliqchilik tarmogʻida ilmiy-tadqiqot, naslchilik va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun tajriba-sinov bazasini tashkil etish. | 1. Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutiga ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish uchun Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan Ohangaron daryosi boʻyida joylashgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan 10 gektar yer maydonini qonunchilikda belgilangan tartibda ajratish. | Tegishli tashkilotlarning oʻz mablagʻlari, xalqaro grantlar, tadbirkorlar mablagʻi | 2026-yil sentabr | Toshkent viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Markaz |
2. Ajratilgan yer maydonida zamonaviy tajriba-sinov bazasi, naslchilik va inkubatsiya obyektlarini tashkil etish hamda ularni zarur infratuzilma bilan taʼminlash. | 2026-2027-yillar | ||||
3. Markaz va Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda mahalliy baliq turlari seleksiyasi, naslchilik, chavoq yetishtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish. | 2026-2027-yillar | ||||
24. | Mahalliy karp va sovuq suv baliqlari naslini takomillashtirish hamda genetik resurslarni rivojlantirish. | 1. Mahalliy karp va sovuq suv baliqlari boʻyicha genetik resurslarni saqlash, seleksiya ishlarini tashkil etish hamda yuqori mahsuldor, mahalliy iqlim sharoitiga moslashgan va kasalliklarga chidamli yangi zotlarni yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish. | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamgʻarmasi mablagʻlari | 2026 — 2035-yillar | Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Markaz |
2. Karp va sovuq suv baliqlarining genetik bazasini shakllantirish hamda uning ilmiy maʼlumotlar bazasini yuritish. | Doimiy | ||||
3. Ilmiy-tadqiqot va seleksiya ishlarini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish hamda natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish. | 2026 — 2030-yillar | ||||
25. | Naslli chavoqlar ishlab chiqarish tizimini rivojlantirish va naslchilik xoʻjaliklari tarmogʻini kengaytirish. | 1. Mahsuldorligi yuqori boʻlgan naslli chavoqlar yetishtirishga ixtisoslashgan naslchilik xoʻjaliklarini tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarini shakllantirish hamda tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish. | Tadbirkorlar mablagʻi | 2026-2027-yillar | Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Markaz, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti |
2. Naslchilik xoʻjaliklarini ilmiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, sertifikatlash tizimini joriy etish hamda naslli chavoqlarni yetishtirish standartlarini ishlab chiqish. | 2026-2027-yillar | ||||
3. Baliqchilik xoʻjaliklarini sifatli va mahsuldorligi yuqori boʻlgan naslli chavoqlar bilan barqaror taʼminlash mexanizmlarini joriy etish. | 2026-2027-yillar | ||||
IV. Baliq mahsulotlari isteʼmolini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va investitsiyalarni jalb etish | |||||
26. | Aholi tomonidan baliq mahsulotlarini isteʼmol qilish hajmini oshirish hamda ijtimoiy soha muassasalarini xavfsiz va sifatli baliq mahsulotlari bilan taʼminlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish. | 1. Amaldagi sanitariya qoidalari va normalarini (SanQvaN) xalqaro tan olingan standartlar asosida qayta koʻrib chiqish hamda baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish va isteʼmol qilishga oid talablarni uygʻunlashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2026-yil sentabr | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Markaz |
2. Taʼlim tashkilotlari, harbiy qismlar va boshqa ijtimoiy soha muassasalarini baliq mahsulotlari bilan taʼminlashga oid sanitariya-gigiyena talablarini takomillashtirish hamda ularni amaliyotga joriy etish boʻyicha takliflarni tayyorlash. | 2026-yil oktabr | ||||
3. Ishlab chiqilgan takliflar asosida amaldagi sanitariya qoidalari va normalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil noyabr | ||||
27. | Aholi oʻrtasida baliq isteʼmoli madaniyatini oshirish maqsadida targʻibot ishlarini olib borish. | 1. Aholi oʻrtasida baliq isteʼmoli madaniyatini oshirish yuzasidan kontentlar yaratish va keng ommalashtirish choralarini koʻrish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2026-yil davomida | Markaz, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti |
2. Ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarga ushbu kontentlarni joylashtirib borish. | Doimiy | ||||
28. | Baliq mahsulotlarini sotish infratuzilmasini rivojlantirish. | 1. Savdo rastalari tashkil etiladigan dehqon bozorlari roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash. | Tadbirkorlar va mahalliy budjet mablagʻlari | 2026-yil avgust | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Markaz, Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Soliq qoʻmitasi |
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri dehqon bozorlarida mahalliy baliq yetishtiruvchilarning mahsulotlarini bevosita isteʼmolchilarga sotishga moʻljallangan maxsus savdo rastalarini tashkil etish. | 2026-yil oktabr | ||||
3. Savdo rastalarining uzluksiz faoliyat yuritishini taʼminlash hamda ulardan samarali foydalanish yuzasidan doimiy monitoring olib borish. | Doimiy | ||||
29. | Baliq mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilishning zamonaviy infratuzilmasini rivojlantirish. | 1. Toshkent viloyati Chinoz tumanida baliq va baliq mahsulotlarini qabul qilish, saralash, muzlatish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash hamda logistika xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan zamonaviy logistika markazi (xab)ni tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqish. | Tijorat banklari kredit mablagʻlari va tadbirkorlar mablagʻi | 2026-yil sentabr | Toshkent viloyati hokimligi, Suv xoʻjaligi vazirligi |
2. Logistika markazini tashkil etish uchun zarur yer maydoni, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, moliyalashtirish manbalari hamda boshqaruv modelini belgilash boʻyicha takliflarni tayyorlash. | 2026-yil dekabr | ||||
3. Logistika markazini tashkil etish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil dekabr | ||||
30. | 2026-2027-yillarda baliqchilik tarmogʻida amalga oshiriladigan loyihalarni shakllantirish. | 1. Tarmoqda ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida loyiha tashabbuskorlari roʻyxatini shakllantirish. Bunda intensiv usulda baliq yetishtirish, sovuq suv baliqlarini yetishtirish hajmlarini oshirish, baliq taomlari shoxobchalarini barpo etish loyihalariga alohida eʼtibor qaratish. | Loyiha tashabbuskorlari va tijorat banklari kreditlari | 2026-yil sentabr | Markaz, tijorat banklari |
2. Loyiha tashabbuskorlariga imtiyozli kredit mablagʻlari ajratish. | Belgilangan muddatda | ||||
31. | Baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilish. | 1. Baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan investitsiya loyihalarini shakllantirish hamda ularni xalqaro moliya institutlari talablariga muvofiq tayyorlash. | Xalqaro moliya institutlaridan mablagʻlar jalb qilish | 2026-yil noyabr | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Markaz |
2. Xalqaro moliya institutlari bilan muzokaralar olib borish orqali Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi tomonidan Markazga kamida 25 million AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit va grant mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrish. | 2027-yil dekabr | ||||
3. Jalb qilingan mablagʻlarni Markaz bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda baliqchilik subyektlarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltirish. | Belgilangan tartibda | ||||
32. | Milliy baliqchilik tarmogʻini ommalashtirish va investitsiyaviy jozibadorligini oshirish. | 1. Har yili noyabr oyida mahalliy va xorijiy mutaxassislar, investorlar hamda tadbirkorlar ishtirokida “Milliy baliqchilik koʻrgazma-yarmarkasi”ni tashkil etish. | Budjet mablagʻlari | Har yili noyabr | Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Markaz |
2. Koʻrgazma-yarmarka doirasida innovatsion texnologiyalar, naslchilik, omuxta yem, qayta ishlash, akvakultura uskunalari hamda investitsiya loyihalarining taqdimotlarini tashkil etish. | Har yili noyabr | ||||
3. Koʻrgazma-yarmarka yakunlari boʻyicha hamkorlik kelishuvlari va investitsiya loyihalarini amalga oshirish choralarini koʻrish. | Har yili noyabr | ||||
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Baliqchilikni rivojlantirish markazi | ||||||||||||||||||||||||||||||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻlimlari | ||||||||||||||||||||||||||||||
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi* | ||||||||||||||||||||||||||||||
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti | ||||||||||||||||||||||||||||||
Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali | ||||||||||||||||||||||||||||||
5-ILOVA
“ | ||||
Suv xoʻjaligi vazirligi | 265 | 265 | ||
shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni | 4 | 4 | ||
1. | Suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi | 851 | 851 | |
shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni | 1 | 1 | ||
”; | ||||
“ |
| ||
8. | Baliqchilikni rivojlantirish markazi | 1,8 | |
8.1. | Baliqchilikni rivojlantirish markazining hududiy boshqarmalari | 1,4 | |
| ”. |
“ | |||||
8. | Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanidagi “A. Ortiqov” QFYdagi 20 gektar oʻrmonzor hududida Suvchilar malakasini oshirish markazini tashkil etish. | 1. Agrobank” ATB tomonidan loyihaning texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqib ekspertizadan oʻtkazish. | Homiy tashkilotlar mablagʻlari | 2026-yil avgust | Suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet, Toshkent viloyati hokimligi |
2. Salohiyatli investorni jalb qilish boʻyicha tender eʼlon qilish. | 2026-yil sentabr | ||||
3. Malaka oshirish markazi uchun yuqori salohiyatga ega ekspertlar, oʻqituvchilar va trenerlar bazasini shakllantirish. | 2027-yil may | ||||
4. Tanlab olingan ekspertlar, oʻqituvchilar va trenerlarni nufuzli xorijiy taʼlim muassasalariga malaka oshirish uchun yuborish. | 2027-yil iyun | ||||
5. “Raqamli texnologiyalar asoslari” oʻquv kursi doirasida suv xoʻjaligi sohasi xodimlarini oʻqitish. | Reja-grafik asosida | ||||
”; |
“ | |||||
17. | Istiqbolli loyihalar ofisi ishini tashkil etish, faoliyatini doimiy monitoring qilib borish. | 1. Universitet tashkiliy tuzilmasiga loyiha ofisi rahbari — prorektor lavozimini kiritish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2026-yil iyul | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet, Loyiha ofisi rahbari |
2. Loyiha ofisi rahbari — prorektor nomzodini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyaga kelishish uchun kiritish. | Doimiy | ||||
3. Universitet rektori va Loyiha ofisi rahbari — prorektor tomonidan qaror ijrosi va Universitetda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Administratsiyada har oy yakuni bilan taqdimot qilib borish. | Har oy yakuni bilan | ||||
”. |
“ | |||||
1. | Oddiy Laqqa Siluris glanis L. (Linnaeus, 1758), Oq doʻng peshona Nypophthalmichthys molitrix (Valenciennes, 1844), Chipor doʻng peshona Nypophthalmichthys (Arystichthys) nobilis (Richardson, 1845), Oq amur Ctenopharyngodon idella (Valenciennes, 1844), Zogʻora baliq Cyprinus carpio (Linnaeus, 1758), Choʻrtansifat oq qayroq Aspiolucius esocinus (Kessler, 1874), Orol oqqayroq Aspius aspius iblioides (Kessler, 1872), Pelyad Coregonus peled (Gmelin, 1788), Oq sla Sander (Stizostedion) lucioperca (Linnaeus, 1758), Kamalakrang gul baliq Oncorhinhus mykiss (Walbaum, 1792). | 3,5 | 0,03 | 0,02 | 15 |
”. |