1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish va ta’minoti;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashchora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida” 2025-yil 9-noyabrdagi PQ-336-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-noyabrdagi PQ-336-son qaroriga muvofiq:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.08.00 Fuqarolarning ayrim toifalarini davlat uy-joy fondiga qarashli uy-joy binolari bilan ta’minlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal to‘lovining yigirma besh foizini qoplab berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik kontrakt summasining o‘ttiz foizi miqdoridagi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan oshmaydigan qismini qoplab berish belgilangani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik to‘lov-kontrakt summasining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Iqtisodiyot va moliya vazirligining subsidiya.mf.uz axborot-dasturiy ta’minot tizimi (keyingi o‘rinlarda — Dasturiy ta’minot tizimi) orqali arizalarni avtomatik tekshirish, subsidiya oluvchilarning reyestrlarini shakllantirish va ariza beruvchiga xabarnomalarni elektron tarzda yetkazish hamda subsidiya to‘lovlari bilan bog‘liq jarayonlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomlarda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun ishchi komissiya faoliyati tashkil etilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Dasturiy ta’minot tizimiga ushbu bandning “a” kichik bandida belgilangan mexanizmlarni kiritish, ipoteka subsidiyasi bo‘yicha reyestrlarni tasdiqlash va tanlovni belgilangan vaqtda shaffof o‘tkazish uchun zarur tashkiliy choralarni ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sog‘liqni saqlash vazirligi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi hamda tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimlari davlat xizmatini ko‘rsatish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etish maqsadida “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasiga integratsiya qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatlarini ko‘rsatishning har bir bosqichida arizalarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibi joriy etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sog‘liqni saqlash vazirligi va Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda Dasturiy ta’minot tizimida oliy ta’lim tashkilotlariga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik to‘lov-kontrakt summasining bir qismini qoplab berish bo‘yicha ariza beruvchi va uning farzand(lar)i o‘rtasidagi qarindoshlik darajasini elektron tarzda tekshirish imkoniyatini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda davlat tibbiyot muassasalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga to‘lovlar miqdorini ikki baravar kamaytirish bo‘yicha imtiyozlar qo‘llash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, ushbu qarorga muvofiq ajratiladigan subsidiyalarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasidan mablag‘lar yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yillik budjet parametrlarida Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasiga tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari uchun 100 mlrd so‘m ajratiladi hamda qo‘shimcha indeksatsiya qilib boriladigan mablag‘lar doirasida mazkur qarorda keltirilgan xarajatlar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Dasturiy ta’minot tizimida oliy ta’lim tashkilotlarining axborot tizimlari orqali talabalarning o‘qish holati, shakli, bosqichi va yillik to‘lov-kontrakt miqdorini tasdiqlovchi ma’lumotlarning “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron almashinuvini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sog‘liqni saqlash vazirligi “UZINFOCOM” MCHJ bilan birgalikda tegishli tijorat banklari axborot tizimlarini Dasturiy ta’minot tizimiga “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilinishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda sog‘liqni saqlash vaziri E.E. Adilov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 12-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
310-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joy uchun dastlabki badal to‘lovining yigirma besh foizini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) hisobidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — amalda davlat tibbiyot muassasasida ishlayotgan hamda davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega tibbiyot yoki farmatsevtika xodimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimlari — ariza beruvchi tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlash, ushbu Nizomda belgilangan ijtimoiy mezonlar bo‘yicha ma’lumotlarni aniqlash uchun foydalaniladigan elektron axborot tizimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturiy ta’minot tizimi — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining subsidiya.mf.uz axborot-dasturiy ta’minot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mezon — ariza beruvchining amalda davlat tibbiyot muassasasida ishlayotgani hamda davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega ekanligi bir vaqtning o‘zida tasdiqlangan bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mas’ul tashkilotlar — ariza beruvchining arizasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni ushbu Nizom talablariga muvofiq baholashga mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya — amalda davlat tibbiyot muassasasida ishlayotgan, davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega tibbiyot yoki farmatsevtika xodimlariga ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joy uchun dastlabki badal to‘lovi qiymatining yigirma besh foizi miqdorida qoplab beriladigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov — tegishli elektron platforma orqali reyestr asosida g‘oliblarni tasodifiy tarzda tanlash jarayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xabarnoma — ariza beruvchiga subsidiya ajratish yoki uni ajratishni rad etish to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan va berilgan vaqtdan boshlab qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida amal qiladigan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona milliy mehnat tizimi — O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining ariza beruvchining ish holati va ish stajini tasdiqlovchi axborot tizimi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Subsidiya ajratish jarayonlari to‘liq raqamlashtirish, teng imkoniyat va shaffoflik, yagona mezon asosida saralash, mablag‘larni fuqaroga naqd berilmasdan maqsadli to‘lov sifatida bank hisobvarag‘iga (yoki bank mexanizmida belgilangan to‘lov qabul qiluvchi rekvizitga) yo‘naltirish, shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish, elektron jurnallarda qayd etish hamda elektron materiallarni kamida besh yil saqlash prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga asosan ajratiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya har yili yilning chorak qismida belgilangan umumiy sonning to‘rtdan bir qismi miqdorida ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Subsidiya fuqaro yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) doirasida fuqarolarning talablaridan kelib chiqib ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan hududdan qat’i nazar, istalgan hududdan subsidiya dasturi doirasida birlamchi uy-joy bozoridan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan fuqaro ushbu Nizom talablariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun belgilangan ipoteka krediti shartlari asosida Toshkent shahrida qurilgan uy-joylarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan fuqaro ushbu Nizom talablariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun belgilangan ipoteka krediti shartlari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda qurilgan uy-joylarni sotib olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Arizalarni qabul qilish va rasmiylashtirish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ariza beruvchi ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda davlat xizmatidan foydalanish uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi arizani elektron tarzda to‘ldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ariza berish uchun ariza beruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (keyingi o‘rinlarda — JSHSHIR), aloqa ma’lumotlarini (telefon raqami va elektron pochtasi) kiritadi hamda shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish, avtomatik tekshiruvlarni amalga oshirishga elektron rozilikni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchidan arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar hamda markaz tomonidan tegishli tashkilotlarga so‘rov yuborish orqali ma’lumotlarga aniqlik kiritilishi bepul amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bir JSHSHIR bo‘yicha bir chorak doirasida faqat bitta ariza qabul qilinishi ta’minlanadi va bir JSHSHIR bilan takroriy ariza yuborishga urinish holatida tizim arizani qabul qilmasdan takroriy ariza berish mumkin emasligi, avval yuborilgan ariza maqomini shaxsiy kabinet orqali kuzatish lozimligi to‘g‘risida elektron xabarnomani taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ariza qabul qilinganda, Dasturiy ta’minot orqali arizaga avtomatik tarzda ID raqami (keyingi o‘rinlarda — Ariza ID) beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ariza beruvchini baholashda ariza beruvchining amalda davlat tibbiyot muassasasida faoliyat yuritayotgani hamda davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega ekanligi tasdiqlanishi shart hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ariza beruvchining ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiq yoki muvofiq emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mas’ul tashkilotlarning axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda tekshiriladi va ikki ish kuni ichida Dasturiy ta’minot tizimiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza baholash jarayoniga o‘tkazilishidan oldin O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali ariza beruvchi va er (xotin) o‘rtasida rasmiy nikoh tuzilgani Dasturiy ta’minot tizimi tomonidan avtomatik ravishda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mas’ul tashkilotlarning axborot tizimlari tomonidan quyidagi ma’lumotlar tekshiriladi va Dasturiy ta’minot tizimiga taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi — ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida ikki va undan ortiq mulk huquqi bilan turar joy mavjud yoki mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi — ariza beruvchining davlat tibbiyot muassasalarida tibbiyot va farmatsevtika xodimi faoliyati bo‘yicha kamida 15 yil ish stajiga ega yoki ega emasligi, shu jumladan, ariza topshirgan vaqtda faoliyat yuritayotgani;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi — ariza beruvchining davlat tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot yoki farmatsevtika xodimi ekanligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Avtomatik tekshirish natijasiga ko‘ra ariza maqomi quyidagi tartibda belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona milliy mehnat tizimi ma’lumotlari orqali mezonlar to‘liq tasdiqlansa, ariza “Tanlovga qo‘yildi” maqomiga o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mezonlardan kamida bittasi mos kelmagan taqdirda, ariza “Rad etildi” maqomiga o‘tkaziladi va rad etish sababi ariza beruvchiga Dasturiy ta’minot tizimida tushunarli hamda aniq mazmunda ko‘rsatilgan holda, ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya ajratish Dasturiy ta’minot tizimi orqali avtomatik tarzda rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) taqdim etilgan arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar mezonga mos kelmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) taqdim etilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki soxta bo‘lganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ariza ko‘rib chiqish jarayoniga o‘tkazilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) boshqa uy-joy subsidiya dasturlari doirasida ariza beruvchining va (yoki) uning turmush o‘rtog‘ining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiyadan foydalangani aniqlanganda (shu jumladan, avval olingan subsidiyali ipoteka kreditini so‘ndirgan va uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya olish uchun topshirilgan arizasi ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ariza beruvchi davlat dasturlari doirasida ajratiladigan ipoteka kreditlaridan foydalangani aniqlanganda. Bunda qarz oluvchi tomonidan 2024-yil 1-mayga qadar olingan kreditlar hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushbu Nizomga muvofiq ajratiladigan subsidiya bir oilaga (eri yoki xotiniga) faqat 1 (bir) marta beriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda g‘olib foydalanmagan subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani o‘z xohishiga ko‘ra Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali elektron ariza bilan murojaat qilgan holda rad etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
G‘olibning subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani bekor qilish haqidagi arizasi Dasturiy ta’minot tizimi tomonidan avtomatik tarzda bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xabarnoma bekor qilingan taqdirda, subsidiya ajratish parametrlarida rad etilgan subsidiyalar soni qayta inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Yagona milliy mehnat tizimidan ma’lumot kelmasligi yoki integratsiya kanalida texnik nosozlik yuzaga kelish holatida tizim qabul yopilguniga qadar ma’lumot olish uchun avtomatik takroriy so‘rovlarni amalga oshiradi, biroq qabul yopilgunga qadar tasdiq ma’lumotlari olinmasa, ariza “Rad etildi” maqomiga o‘tkaziladi va ariza beruvchiga ma’lumotlar texnik sabablarga ko‘ra tasdiqlanmagani haqida elektron xabarnoma yuboriladi, bunda kelgusi chorakda mezonlarga muvofiq bo‘lgan taqdirda, qayta ariza berish huquqi saqlanib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ariza beruvchining avval ushbu imtiyozdan foydalangani qayta ishtirokni cheklash uchun asos hisoblanadi va Dasturiy ta’minot tizimi orqali avval to‘lovni to‘lagan shaxs aniqlangan taqdirda, ariza avtomatik ravishda “Rad etildi” maqomiga o‘tkaziladi hamda takroriy imtiyoz berilmasligi to‘g‘risida ariza beruvchiga elektron xabarnoma taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Arizalarning reyestrini shakllantirish va ularni tanlovga qo‘yish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Chorakning oxirgi ish kuni soat 14:00 da qabul avtomatik tarzda yopilgandan keyin Dasturiy ta’minot tizimida “Tanlovga qo‘yildi” maqomidagi arizalardan reyestr avtomatik tarzda shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda reyestr har bir ariza bo‘yicha Ariza ID, ariza yuborilgan sana va vaqt hamda JSHSHIRni o‘z ichiga oladi, biroq ommaviy e’lon qilinadigan axborotlarda shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish maqsadida JSHSHIR va ariza beruvchining to‘liq F.I.O. ma’lumotlari aks ettirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Reyestr shakllantirilgan paytdan e’tiboran reyestr tarkibini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, Dasturiy ta’minot tizimi reyestr shakllantirilgan sana va vaqtni hamda reyestr yaxlitligini tasdiqlovchi texnik belgilarni (reyestr identifikatori va uning nazorat summasi/xeshi kabi) qayd etadi va arxivda saqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Tanlovni o‘tkazish, g‘oliblarni aniqlash va natijalarni e’lon qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tanlov keyingi chorakning birinchi ish kunida onlayn tarzda o‘tkaziladi va tanlovga faqat “Tanlovga qo‘yildi” maqomidagi arizalar kiritiladi, bunda mezonlarga to‘liq muvofiq ishtirokchilar orasidan har chorak uchun belgilangan kvota doirasida 125 (bir yuz yigirma besh) nafar g‘olib avtomatik tasodifiy tanlash imkonini beruvchi veb-saytlar (random.org) orqali aniqlab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tanlov jarayoni shaffofligi va natijani qayta tekshirish imkoniyatini ta’minlash maqsadida tanlovning onlayn translyatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallari orqali amalga oshiriladi va yozuvi arxivlanadi, tanlovda aynan qaysi reyestrdan foydalanilgani va reyestr o‘zgarmagani tasdiqlanadi, tanlov natijalari Dasturiy ta’minot tizimida g‘oliblarning Ariza IDlari kesimida e’lon qilinadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir ishtirokchi YIDXPdagi shaxsiy manzili orqali o‘z natijasini ko‘radi hamda natija uning egasiga ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda xabarnoma (keyingi o‘rinlarda — subsidiya ajratish xabarnomasi) ko‘rinishida yuborilib, SMS orqali ham xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tanlov natijasiga ko‘ra kvota doirasida har chorakda 125 nafar ishtirokchiga “G‘olib” maqomi, qolgan ishtirokchilarga “Tanlovdan o‘tmadi” maqomi beriladi, biroq “Tanlovga qo‘yildi” maqomidagi arizalar soni 125 nafardan kam bo‘lgan holatda mezonga to‘liq muvofiq kelgan barcha ishtirokchilar “G‘olib” deb topiladi va keyingi bosqichga, ya’ni hujjatlarni taqdim etish jarayoniga o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. G‘oliblar tomonidan hujjatlarni taqdim etish tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXPdan subsidiya ajratish xabarnomasini olgan g‘olib uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish bo‘yicha qurilish (pudrat) tashkiloti bilan birlamchi shartnoma tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda subsidiya ajratish xabarnomasini olgunga qadar qurilish (pudrat) tashkiloti bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi, ulush kiritish asosida tuzilgan shartnomalar hamda subsidiya ajratish xabarnomasining muddati doirasida tuzilgan birlamchi shartnoma ham inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun g‘olib subsidiya ajratish xabarnomasi amal qilish muddatining oxirgi kunigacha bo‘lgan muddatda istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish xabarnomasini va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish bo‘yicha qurilish (pudrat) tashkiloti bilan tuzilgan birlamchi shartnomani hamda fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan badal mablag‘larini bankdagi hisobvarag‘iga joylashtirgani yoki qurilish (pudrat) tashkilotiga to‘laganini tasdiqlovchi hujjatni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ipoteka krediti bo‘yicha birgalikda qarz oluvchining (kafilning) tegishli ma’lumotlarini taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ishtirok etuvchi tijorat banki tegishli hujjatlar to‘liq taqdim qilingandan so‘ng besh ish kuni ichida qarz oluvchiga kredit berish masalasini o‘rganib chiqadi hamda arizani qanoatlantirish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ariza qanoatlantirilgan taqdirda, notarial harakatlarni amalga oshirish uchun ipoteka kreditini ajratish to‘g‘risida ariza beruvchiga kafolat xatini taqdim etadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. G‘olib qurilish (pudrat) tashkiloti bilan notarial tasdiqlangan uy-joyning oldi-sotdi shartnomasini hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi kadastr hujjatlarini ipoteka kreditini ajratish to‘g‘risidagi kafolat xatida ko‘rsatilgan muddat doirasida tijorat bankiga yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal summasi ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishning eng ko‘p miqdorlari doirasida ajratiladigan ipoteka krediti miqdoridan kelib chiqib hisoblanadigan uy-joy qiymatining o‘n besh foizi miqdorida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ajratilgan ipoteka krediti bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshlang‘ich badalning yigirma besh foizi Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshlang‘ich badal ushbu bandga muvofiq aniqlanadigan boshlang‘ich badal summasidan oshib ketgan taqdirda, qolgan qismi g‘olibning o‘z mablag‘lari hisobidan boshlang‘ich badal summasini oshirish orqali qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joyni sotib olish uchun ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning yigirma besh foiz qismini qoplash uchun to‘lanadigan subsidiya summasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SM = KS*0,15/0,85*0,25
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SM — ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning yigirma besh foiz qismini qoplash uchun to‘lanadigan subsidiya summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KS — ipoteka krediti shartnomasida ajratilayotgan ipoteka krediti miqdori (shartnomadagi kredit miqdoridan qat’i nazar, har yili davlat dasturlarida belgilanadigan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishning eng ko‘p miqdoridan oshib ketmagan holda aniqlanadigan ipoteka miqdori).
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu Nizomga muvofiq tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga ipoteka kreditlari ishtirok etuvchi tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan, keyinchalik ushbu mablag‘lar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtiriladigan mablag‘lar hisobidan ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan subsidiyani hisoblash va to‘lovni to‘lash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Sotib olinadigan uy-joy bo‘yicha g‘olib tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan boshlang‘ich badal to‘liq shakllantirilgandan so‘ng ishtirok etuvchi tijorat banki g‘olib bilan bir ish kuni ichida ipoteka krediti shartnomasini rasmiylashtiradi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka krediti shartnomasida uy-joyning ipoteka krediti asosida sotib olinayotgani, dastlabki badal summasi hamda to‘lov yo‘naltiriladigan bank rekvizitlari aniq va o‘qiladigan shaklda aks ettirilgan bo‘lishi lozim. Subsidiya fuqaroga faqat maqsadli to‘lov sifatida uning bank hisobvarag‘iga (yoki bank tomonidan belgilangan qabul qiluvchi rekvizitga) yo‘naltiriladi, biroq rekvizitlar to‘liq bo‘lmagan taqdirda, to‘lovni to‘lash imkoniyati yuzaga kelmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Taqdim etilgan hujjatlarda texnik nuqson, o‘qilmaslik, rekvizitlar noaniqligi yoki boshqa kamchiliklar aniqlansa, tijorat banki kamchiliklarni bartaraf etish va hujjatlarni qayta yuklash bo‘yicha aniq izoh berilgan elektron xabarnoma yuboradi hamda qayta yuklash imkoniyati taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. G‘olib xabarnoma amal qilish muddatida subsidiyadan foydalanmagan taqdirda, ariza avtomatik “Bekor qilindi” maqomiga o‘tkaziladi va to‘lov jarayoni ushbu ariza bo‘yicha to‘xtatiladi, bu haqida ariza beruvchiga asosi ko‘rsatilgan elektron xabarnoma yuboriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Hujjatlar to‘liq va talablarga muvofiq taqdim etilgan taqdirda, bank tomonidan to‘lov uchun ma’lumotlar to‘plami shakllantiriladi, unda Ariza ID, ipoteka krediti shartnomasi raqami va sanasi, dastlabki badal summasi, qoplanadigan yigirma besh foiz subsidiya miqdori, to‘lov yo‘naltiriladigan bank rekvizitlari va to‘lov maqsadi bo‘yicha ma’lumotlar jamlanadi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligiga to‘lovni to‘lash uchun belgilangan tartibda taqdim etiladi, shu bilan bir vaqtda to‘plam Dasturiy ta’minot tizimida elektron arxiv sifatida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Tijorat banklari axborot tizimlari orqali barcha rekvizitlar bilan Sog‘liqni saqlash vazirligiga buyurtmanoma yuboradi va Dasturiy ta’minot tizimida avtomatik ravishda shartnoma ma’lumotlariga asosan dastlabki badal va uning yigirma besh foiz qismi hisoblanadi. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan besh ish kuni ichida to‘lovlar Dasturiy ta’minot tizimi orqali to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Subsidiya fuqaroga naqd ko‘rinishda berilmaydi va faqat maqsadli to‘lov sifatida ipoteka krediti rasmiylashtirilgan bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi, to‘lov hujjatida esa Ariza ID, ipoteka shartnomasi raqami va sanasi hamda to‘lov maqsadi “uy-joy ipotekasi bo‘yicha dastlabki badal to‘lovining yigirma besh foizini qoplash” mazmunida ko‘rsatilishi orqali to‘lovning maqsadliligi va keyinchalik auditda tekshirish imkoniyati ta’minlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. To‘lov to‘langandan keyin Sog‘liqni saqlash vazirligi to‘lov tasdiqnomasini (tranzaksiya identifikatori yoki bank referensi, elektron kvitansiya ma’lumotlari) qabul qiladi va ushbu ma’lumotlar Dasturiy ta’minot tizimiga kiritilishi yoki integratsiya orqali uzatilishi asosida ariza maqomi “To‘lov amalga oshirildi”, keyin esa “Imtiyozdan foydalandi” maqomiga o‘tkaziladi, shuningdek ariza beruvchiga to‘lov to‘langani, to‘langan summa va to‘lov qaysi bank rekvizitiga yo‘naltirilgani haqida SMS-xabar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ariza “Imtiyozdan foydalandi” maqomiga o‘tkazilgandan keyin ariza beruvchi mazkur imtiyozdan takroran foydalanish huquqiga ega bo‘lmaydi va keyingi choraklarda ariza topshirishga urinish holatlarida mazkur holat avtomatik rad etish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Ariza qabul qilishdan to‘lovni to‘lashga qadar bo‘lgan barcha harakatlar (OneID tizimi orqali kirish, ariza yuborish, Yagona milliy mehnat tizimi tekshiruv natijalari, reyestrni shakllantirish, tanlov natijasini qayd etish, hujjatni yuklash, to‘lov uchun ma’lumotlar to‘plamini shakllantirish, Sog‘liqni saqlash vazirligiga to‘lov uchun taqdim etish, to‘lovni to‘lash va to‘lov natijasini qayd etish) elektron jurnallarda qayd etiladi hamda elektron materiallar, jurnallar va yozuvlar kamida besh yil saqlanadi, ommaviy e’lon qilinadigan ma’lumotlarda esa JSHSHIR va shaxsni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari oshkor qilinmaydi va raqamlangan ko‘rinishda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ariza beruvchi rad etish, tanlov natijasi, hujjatlar bo‘yicha qarorlar yoki to‘lov jarayonidan norozi bo‘lgan taqdirda, shikoyat kiritish huquqiga ega bo‘ladi va shikoyatni ko‘rib chiqish qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda ta’minlanadi, bunda shikoyatni ko‘rib chiqish natijasi ariza beruvchiga elektron tarzda yetkaziladi hamda shikoyat qanoatlantirilgan hollarda, maqom o‘zgarishi xabarnoma asosida Dasturiy ta’minot tizimiga kiritilishi orqali jarayonning uzluksizligi ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Ushbu Nizomda nazarda tutilmagan masalalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Mazkur Nizom ijrosini ta’minlash, monitoring va hisobot yuritish Sog‘liqni saqlash vazirligi va Jamg‘arma tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal to‘lovining bir qismini qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Dasturiy ta’minot tizimida (subsidiya.mf.uz) ro‘yxatdan o‘tadi yoki istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi.
2. Ariza beruvchi nomidan yoki mustaqil ravishda arizani elektron tarzda to‘ldiradi (JSHSHIRni kiritadi, telefon raqami va elektron pochtasini ko‘rsatadi).
3. Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish, avtomatik tekshiruvlarga elektron rozilikni belgilaydi.
4. Arizani yuboradi.
Har chorakning birinchi ish kunidan boshlab chorakning oxirgi ish kuni soat 14:00 gacha
2-bosqich
Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
1. Arizaga Ariza IDni avtomatik beradi va ariza qabul qilingan sana va vaqtni qayd etadi.
2. Arizani Dasturiy ta’minot tizimiga yuboradi.
3. Ariza maqomini “Qabul qilindi” deb belgilaydi.
4. Ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga Ariza ID va avtomatik tekshiruv boshlanishi to‘g‘risida elektron xabar taqdim etadi.
5. Bir JSHSHIR bo‘yicha bir chorak doirasida faqat bitta arizaga yo‘l qo‘yadi va takroriy urinishda “Avval yuborilgan ariza mavjud” xabarnomasini taqdim etadi.
Ariza qabul qilingan kunning o‘zida
3-bosqich
Iqtisodiyot va moliya vazirligining dasturiy ta’minot tizimi
1. Mas’ul tashkilotlarning elektron ma’lumotlar bazasidan kelib tushgan ma’lumotlar asosida arizani avtomatlashtirilgan tarzda quyidagi mezonlar asosida baholaydi:
ariza baholash jarayoniga o‘tkazilishidan oldin “FHDY yagona elektron arxivi” ma’lumotlari bazasidan ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i o‘rtasida rasmiy nikoh tuzilgani;
ariza beruvchining mezonlarga muvofiqligi.
Avtomatik tarzda (real vaqt rejimida)
4-bosqich
Dasturiy ta’minot tizimi
1. Mezonlar to‘liq tasdiqlansa “Tanlovga qo‘yildi”, tasdiqlanmasa “Rad etildi” maqomini belgilaydi, rad etish sababini aniq ko‘rsatadi.
2. Avval ushbu imtiyozdan foydalangan shaxslar “Imtiyozdan foydalandi” maqomi aniqlanganda, avtomatik “Rad etildi” maqomiga o‘tkaziladi.
Avtomatik tarzda
5-bosqich
Dasturiy ta’minot tizimi
1. Chorakning oxirgi ish kuni soat 14:00 da arizalar qabulini avtomatik tarzda to‘xtatadi.
2. “Tanlovga qo‘yildi” maqomidagi arizalardan reyestrni avtomatik shakllantiradi, reyestr har bir ariza bo‘yicha Ariza ID, ariza yuborilgan sana/vaqt va JSHSHIRni o‘z ichiga oladi.
3. Reyestr identifikatorini qayd etadi va reyestr tarkibini o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaydi.
Har chorakning oxirgi ish kunida
6-bosqich
Sog‘liqni saqlash vazirligi
1. Keyingi chorakning birinchi ish kunida onlayn tanlov o‘tkazadi.
2. Reyestrdan 125 (bir yuz yigirma besh) nafardan ortiq bo‘lmagan g‘oliblarni tasodifiy usulda aniqlaydi. “Tanlovga qo‘yildi” maqomidagi arizalar soni 125 dan kam bo‘lsa, barcha ishtirokchilarni “G‘olib” deb topadi.
3. Tanlovning onlayn translyatsiyasini rasmiy veb-sahifalari orqali amalga oshiradi va yozuvni arxivlaydi.
4. Tanlov natijalarini rasmiy veb-sahifalari orqali e’lon qiladi va g‘oliblarga “G‘olib”, subsidiya ajratish rad etilgan ariza beruvchilarga “Tanlovdan o‘tmadi” maqomini beradi hamda har bir ishtirokchiga natija haqida Davlat xizmatlari markazi orqali xabarnoma yuboradi.
Har chorakning oxirgi ish kunida
7-bosqich
Talabgor
1. O‘zining daromadi va imkoniyatlaridan kelib chiqib, mo‘ljallayotgan uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish bo‘yicha qurilish (pudrat) tashkiloti bilan birlamchi shartnoma tuzadi.
1. Subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnoma olingunga qadar yoki subsidiya xabarnomasining muddati doirasida
2. Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun g‘olib istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish bo‘yicha tegishli hujjatlarni taqdim qiladi.
2. Xabarnoma amal qilish muddatining oxirgi kunigacha
8-bosqich
Ishtirok etuvchi tijorat banki
1. Talabgorning hujjatlarini o‘rganib chiqadi.
2. Ipoteka kreditini ajratish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga notarial harakatlarni amalga oshirish uchun ipoteka kreditini ajratish to‘g‘risidagi kafolat xatini taqdim etadi.
Bunda talabgorga ipoteka kreditini ajratish rad etilgan taqdirda, to‘lov platformasida yaratilgan buyurtmanomani bekor qiladi.
5 ish kuni ichida
9-bosqich
Talabgor
Qurilish (pudrat) tashkiloti bilan notarial tasdiqlangan uy-joyning oldi-sotdi shartnomasini hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi kadastr hujjatlarini tijorat bankiga taqdim etadi.
Belgilangan tartibda
10-bosqich
Ishtirok etuvchi tijorat banki
1. Talabgor bilan ipoteka kreditini ajratish to‘g‘risidagi shartnomani imzolaydi hamda ipoteka kreditini rasmiylashtiradi.
1. 1 ish kuni ichida
2. Dasturiy ta’minot tizimi orqali boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun kadastr hujjatlarini ilova qilgan holda subsidiyani to‘lashga buyurtmanoma yuboradi.
2. 1 ish kuni ichida
11-bosqich
Jamg‘arma (Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi)
1. Tijorat banklari axborot tizimlari orqali barcha rekvizitlar bilan buyurtmanomani qabul qiladi.
2. Subsidiyani ipoteka krediti rasmiylashtirilgan bank tomonidan ko‘rsatilgan hisobvaraqqa o‘tkazadi.
3. To‘lov hujjatida Ariza ID, ipoteka shartnomasi raqami/sanasi va to‘lov maqsadini aniq ko‘rsatadi.
4. To‘lov tasdiqnomasini (tranzaksiya ID yoki bank referensi) Dasturiy ta’minot tizimiga uzatadi.
5 ish kuni ichida
12-bosqich
Dasturiy ta’minot tizimi
1. To‘lov tasdiqlangandan keyin ariza maqomini “To‘lov amalga oshirildi”dan “Imtiyozdan foydalandi”ga o‘tkazadi.
2. Ariza beruvchiga to‘lov to‘langani, to‘langan summa va qaysi bank rekvizitiga yo‘naltirilgani haqida elektron xabarnoma yuboradi.
3. “Imtiyozdan foydalandi” maqomiga o‘tkazilgandan keyin ariza beruvchi mazkur imtiyozdan takroran foydalanish huquqiga ega bo‘lmaydi va keyingi choraklarda ariza topshirishga urinishda avtomatik rad etish asosi hisoblanadi.
To‘lov tasdiqlanganidan so‘ng avtomatik tarzda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNA
ARIZA
I. Ariza beruvchining shaxsiy ma’lumotlari
1. Familiyasi, ismi va otasining ismi
2. Tug‘ilgan sanasi
3. Pasport yoki ID-karta seriyasi va raqami
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
5. Turmush o‘rtog‘ining shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
6. Telefon raqami
7. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa)
II. Ish joyi va staj ma’lumotlari
8. Davlat tibbiyot muassasasining to‘liq nomi
9. Lavozimi
10. Tibbiyot/farmatsevtika ixtisosligi
11. Davlat tibbiyot muassasalaridagi umumiy ish staji (yil/oy)
Men tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal to‘lovining bir qismi qoplab berilishidan manfaatdorligimni bildiraman.
Yagona milliy mehnat tizimidan ish holati va ish staji ma’lumotlarini olish va tekshirishga hamda yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning haqiqiyligini tasdiqlayman hamda kredit axboroti to‘g‘risidagi va tegishli ma’lumotlarning oshkor etilishiga roziligimni bildiraman.
Ariza topshirilgan sana: ____________________
(QR kod)
Ariza ID: _____________
Ariza holati:
Dasturiy ta’minot tizimi (subsidiya.mf.uz)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya ajratiladigan davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini baholashning ijtimoiy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MEZONLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Mezonlar
Mas’ul tashkilot
1.
Ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida ikki va undan ortiq mulk huquqi bilan turar joy mavjud emasligi
Kadastr agentligi
2.
Ariza beruvchining davlat tibbiyot muassasalarida tibbiyot va farmatsevtika xodimi faoliyati bo‘yicha kamida 15 yil ish stajiga ega yoki ega emasligi, shu jumladan, ariza topshirgan vaqtda faoliyat yuritayotgani
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
3.
Ariza beruvchining davlat tibbiyot muassasasida faoliyat yuritayotgan tibbiyot yoki farmatsevtika xodimi ekanligi
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNA
Uy-joy sotib olish uchun davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risida
___________-son
XABARNOMA
Ariza raqami __________
Berilgan sanasi 20___ yil “___” _________
Fuqaro _________________________________________________________________________________
(F.I.O)
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil “____” ___________dagi ___-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning _________________ sababli rad etishga asosli deb topildi.
(Ushbu Nizomning qaysi bandiga asosan rad etilishi ko‘rsatilishi kerak)
Pasport (ID-karta) ma’lumotlari:
seriyasi _______ raqami ______________________________
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) _________________
Kim tomonidan berilgan _________________________________,
Berilgan sanasi _______________________
Yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan manzili __________________________________________
Xabarnoma berilgan hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)
QR-kod
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNA
Uy-joy sotib olish uchun davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga subsidiya ajratish to‘g‘risida
_____________-son
XABARNOMA
Ariza raqami___________
Berilgan sanasi 20___ yil “____” _________
Amal qilish muddati 20___ yil “___” _________
Fuqaro __________________________________________________________________________________
(F.I.O)
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil “___” _________dagi ____-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan mezonlarga muvofiqligi sababli g‘olib deb topildi.
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) ________________
Kim tomonidan berilgan ____________________________,
Berilgan sanasi _______________________
Yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan manzili __________________________________________
Davlat budjeti hisobidan uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya miqdori ushbu Nizomda belgilangan umumiy tartibga muvofiq hisoblanadi va to‘lanadi.
Mazkur xabarnoma fuqaroga ipoteka krediti ajratilishini kafolatlamaydi. Ipoteka kreditini ajratish ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Xabarnoma berilgan hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)
QR-kod
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik to‘lov-kontrakt summasining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi miqdoridagi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan qismini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) hisobidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — amalda davlat tibbiyot muassasasida ishlayotgan, davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega tibbiyot yoki farmatsevtika xodimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimlari — ariza beruvchi tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlash, ushbu Nizomda belgilangan ijtimoiy mezonlar bo‘yicha ma’lumotlarni aniqlash uchun foydalaniladigan vazirlik va idoralarning elektron axborot tizimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturiy ta’minot tizimi — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining subsidiya.mf.uz axborot-dasturiy ta’minot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mezon — ariza beruvchining bir vaqtning o‘zida amalda davlat tibbiyot muassasasida ishlayotgani hamda davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega ekanligi tasdiqlangan bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mas’ul tashkilotlar — ariza beruvchining arizasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni ushbu Nizom talablariga muvofiq baholashga mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot (HEMIS) tizimi — oliy ta’lim tashkilotining talaba(lar)ning ta’lim shakli, ta’lim bosqichi, to‘lov-kontrakt miqdori va oliy ta’lim tashkilotining tegishli hisobvarag‘ini tasdiqlovchi ma’lumotlarni taqdim etuvchi axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyestr — kalendar oy bo‘yicha tekshiruvdan o‘tgan arizalar (farzandlar) kesimida shakllantiriladigan va to‘lovni to‘lash uchun asos bo‘ladigan ro‘yxat;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya — amalda ariza beruvchining farzandi uchun respublika oliy ta’lim tashkilotlaridagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi miqdoridagi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan qismi hisoblangan va oliy ta’lim tashkilotining tegishli hisobvarag‘iga maqsadli to‘lov sifatida o‘tkaziladigan mablag‘;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xabarnoma — ariza beruvchiga subsidiya ajratish yoki uni ajratishni rad etish to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan va berilgan vaqtdan boshlab qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida amal qiladigan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farzand (talaba) — ariza beruvchining qarindoshlik ma’lumotlari orqali tasdiqlangan va respublika oliy ta’lim tashkilotida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qiyotgan (yoki talabalikka tavsiya etilgan) shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FHDY axborot tizimi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ariza beruvchi va uning farzandlarining qarindoshlik munosabatlarini tasdiqlovchi axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona milliy mehnat tizimi — O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining ariza beruvchining ish holati va ish stajini tasdiqlovchi axborot tizimi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Subsidiya ajratish jarayonlari to‘liq raqamlashtirish, teng imkoniyat va shaffoflik, yagona mezon asosida muvofiqlikni aniqlash, mablag‘larni fuqaroga naqd berilmasdan oliy ta’lim tashkilotining hisobvarag‘iga maqsadli to‘lov sifatida yo‘naltirish, shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish, elektron jurnallarda qayd etish hamda elektron materiallarni kamida besh yil saqlash prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga asosan ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bir ariza beruvchining mazkur imtiyoz doirasida bir vaqtning o‘zida bir nechta farzandi uchun ariza berishga yo‘l qo‘yiladi, bunda subsidiya har bir farzand (talaba) bo‘yicha alohida hisoblanadi va to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Arizalarni qabul qilish va rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Arizalar Dasturiy ta’minot tizimida yil davomida uzluksiz qabul qilinadi, bunda har kalendar oy bo‘yicha to‘lovga chiqarish uchun reyestr mazkur oyning oxirgi ish kuni soat 23:59 da avtomatik tarzda shakllantiriladi hamda keyingi kundan boshlab kelib tushgan arizalar keyingi oy reyestriga kiritiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ariza beruvchi farzandiga yillik to‘lov-kontrakt summasining bir qismini qoplab berish bo‘yicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda davlat xizmatidan foydalanish uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi arizani elektron tarzda to‘ldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ariza berish uchun ariza beruvchi JSHSHIRini kiritadi, aloqa ma’lumotlarini ko‘rsatadi va har bir farzand uchun alohida ma’lumotlarni (farzand JSHSHIRi, oliy ta’lim tashkilotning ta’lim yo‘nalishi, bosqichi, to‘lov-kontrakt miqdori va boshqa zarur rekvizitlar) kiritadi hamda shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish, avtomatik tekshiruvlar va maqsadli to‘lovni to‘lashga elektron rozilikni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchidan arizada qayd etilgan ma’lumotlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar hamda markaz tomonidan tegishli tashkilotlarga so‘rov yuborish orqali ma’lumotlarga aniqlik kiritish bepul amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ariza yuborilgan paytda Dasturiy ta’minot tizimi arizaga ID raqamini (keyingi o‘rinlarda — Ariza ID) avtomatik tarzda beradi, ariza qabul qilingan sana va vaqtni qayd etadi, ariza maqomini “Qabul qilindi” deb belgilaydi hamda ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga Ariza ID va keyingi avtomatik tekshiruvlar boshlanishi to‘g‘risida elektron xabarnomani taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bir ariza beruvchi bir kalendar oy davomida o‘zining bir yoki bir nechta farzandi bo‘yicha bitta arizani yuborishi mumkin, bunda mazkur oy reyestriga kiritilgan ariza bo‘yicha farzandlar ro‘yxatini to‘ldirish yoki o‘zgartirish faqat reyestr shakllantirilguniga qadar amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchidan arizada qayd etilgan ma’lumotlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ariza beruvchi farzandi bo‘yicha ma’lumotlarni noto‘g‘ri kiritgani aniqlansa, reyestr shakllantirilguniga qadar arizani bekor qilish va qayta to‘ldirish huquqiga ega bo‘ladi, reyestr shakllantirilganidan keyin esa ariza Dasturiy ta’minot tizimida shikoyat (apellyatsiya) tartibida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Arizalarni ko‘rib chiqish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Arizalarni ko‘rib chiqishda yagona mezon qo‘llanadi, ya’ni ariza beruvchining bir vaqtning o‘zida amalda davlat tibbiyot muassasasida ishlayotgani hamda davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega ekanligi tasdiqlanishi shart hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tizim ariza beruvchi kiritgan JSHSHIR asosida Yagona milliy mehnat tizimidan elektron integratsiya orqali ariza beruvchining ish holati (hozir ishlayotgan/ishlamayotgan), ish joyi (davlat tibbiyot muassasasi nomi) va davlat tibbiyot muassasalaridagi ish staji (yil va oylarda) haqidagi ma’lumotlarni avtomatik ravishda oladi hamda ushbu ma’lumotlarni mezonlarga muvofiqlikni baholash uchun hal qiluvchi asos sifatida qo‘llaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ariza beruvchining mezonlarga muvofiqligi tasdiqlangan taqdirda, Dasturiy ta’minot tizimi farzand (talaba) bo‘yicha FHDY axborot tizimidan qarindoshlik munosabatlarini (ota-ona/farzand) avtomatik tekshiradi, qarindoshlik tasdiqlanmagan taqdirda esa ushbu farzand bo‘yicha subsidiya tayinlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qarindoshlik tasdiqlangan taqdirda, Dasturiy ta’minot tizimi Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot (HEMIS) tizimi orqali farzandning respublikadagi oliy ta’lim tashkilotida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qiyotgani, bosqichi, o‘qish holati (o‘qimoqda/chetlashgan) hamda yillik to‘lov-kontrakt summasi haqidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda aniqlaydi va ariza ma’lumotlari bilan solishtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Dasturiy ta’minot tizimida avtomatik tekshirish natijasiga ko‘ra har bir farzand bo‘yicha “Muvofiq” yoki “Rad etildi” maqomi belgilanadi, bunda rad etish sababi tushunarli va aniq mazmunda ko‘rsatiladi (jumladan, “mezon tasdiqlanmadi”, “qarindoshlik tasdiqlanmadi”, “bakalavriat emas”, “o‘qish statusi faol emas”, “Oliy ta’lim tashkiloti ma’lumoti taqdim etilmadi/tasdiqlanmadi”).
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yagona milliy mehnat tizimi, FHDY yoki Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot (HEMIS) tizimlaridan ma’lumot kelmasligi yoxud integratsiya kanallarida texnik nosozlik yuzaga kelishi holatida, Dasturiy ta’minot tizimi reyestr shakllantirilguniga qadar ma’lumot olish uchun avtomatik takroriy so‘rovlarni amalga oshiradi, reyestr shakllantirilguniga qadar tasdiq ma’lumotlari olinmasa, ushbu farzand bo‘yicha ariza “Rad etildi” maqomiga o‘tkaziladi va kelgusi oyda qayta ariza berish huquqi saqlanib qoladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Bir o‘quv yili uchun bir farzand bo‘yicha subsidiya bir marta tayinlanadi, bunda keyinchalik to‘lov-kontrakt miqdori o‘zgargan taqdirda, qayta hisob-kitob va qo‘shimcha (yoki kamaytirilgan) to‘lovlar mazkur Nizomda belgilangan yillik qayta tasdiqlash jarayoni doirasida to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Reyestrni shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Har kalendar oyning oxirgi ish kuni soat 23:59da Dasturiy ta’minot tizimi “Muvofiq” maqomidagi farzandlar bo‘yicha reyestrni avtomatik shakllantiradi, reyestr har bir yozuv bo‘yicha kamida quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza topshirilgan sana va vaqti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza ID;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining JSHSHIRi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farzandning JSHSHIRi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy ta’lim tashkiloti nomi va STIRi (mavjud bo‘lsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim yo‘nalishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosqich;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yillik to‘lov-kontrakt summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisoblangan subsidiya summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv natijasi va maqomi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Reyestr shakllantirilgan paytdan e’tiboran reyestr tarkibini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, shu sababli Dasturiy ta’minot tizimi reyestr shakllantirilgan sana va vaqtni hamda reyestr yaxlitligini tasdiqlovchi texnik belgilarni (reyestr identifikatori va uning nazorat summasi/heshi) qayd etadi va arxivda saqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Reyestr shakllantirilgandan keyin Dasturiy ta’minot tizimi reyestrni Jamg‘armaga elektron tarzda taqdim etadi, Jamg‘arma esa reyestr asosida to‘lov hujjatlarini rasmiylashtirish va to‘lov to‘lanishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Subsidiya miqdorini hisoblash
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Subsidiya miqdori har bir farzand (talaba) bo‘yicha alohida hisoblanadi va quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
S = min (K × 0,30; BHM × 15),
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bu yerda, S — subsidiya miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
K — farzandning tegishli o‘quv yili uchun yillik to‘lov-kontrakt summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BHM — to‘lov to‘lanayotgan kunda amalda bo‘lgan bazaviy hisoblash miqdori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Misol uchun, yillik to‘lov-kontrakt summasi K = 20 000 000 so‘m bo‘lganda, K × 0,30 = 6 000 000 so‘mni tashkil etadi, BHM = 412 000 so‘m deb olinsa, BHM × 15 = 6 180 000 so‘m bo‘ladi va subsidiya S = 6 000 000 so‘m miqdorida belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
K = 25 000 000 so‘m bo‘lganda K × 0,30 = 7 500 000 so‘m, BHM ×15 = 6 180 000 so‘m bo‘lsa, subsidiya S = 6 180 000 so‘m miqdorida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Bir ariza beruvchining bir nechta farzandi bo‘yicha subsidiya miqdori har bir farzand uchun alohida hisoblanadi va to‘lovlar ham har bir farzand kesimida to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. To‘lovni to‘lash tartibi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Jamg‘arma reyestr kelib tushgan kundan boshlab o‘n ish kuni ichida to‘lov hujjatlarini rasmiylashtiradi va subsidiyani oliy ta’lim tashkilotining tegishli hisobvarag‘iga maqsadli to‘lov sifatida o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Subsidiya oliy ta’lim tashkiloti tomonidan farzand (talaba)ning tegishli o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt bo‘yicha to‘lovlarini hisobga olishda qo‘llanadi hamda mazkur to‘lovlar bo‘yicha belgilangan muddatlarga rioya etilishi ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda to‘lovlar Jamg‘arma tomonidan bir oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan bir necha talabalarning to‘lov-kontrakt bo‘yicha to‘lovlari bitta to‘lov topshiriqnomasiga ko‘ra reyestr asosida to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. To‘lov to‘langandan keyin Jamg‘arma to‘lov tasdiqnomasini (tranzaksiya identifikatori yoki to‘lov referensi) qabul qiladi va ushbu ma’lumotlar Dasturiy ta’minot tizimiga kiritilishi yoki integratsiya orqali uzatilishi asosida tegishli farzand bo‘yicha ariza maqomi “To‘lov to‘landi” maqomiga o‘tkaziladi, ariza beruvchiga esa to‘langan summa va to‘lov qaysi oliy ta’lim tashkiloti rekvizitiga yo‘naltirilgani haqida elektron xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Subsidiya fuqaroga naqd ko‘rinishda berilmaydi hamda boshqa maqsadlarga yo‘naltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yillik qayta tasdiqlash va to‘lovni davom ettirish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Subsidiya har bir farzand (talaba) uchun respublika oliy ta’lim tashkiloti bakalavriat ta’lim yo‘nalishini bitirguncha har o‘quv yilida to‘lanadi, bunda navbatdagi o‘quv yili uchun to‘lovni to‘lashdan oldin Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot (HEMIS) tizimi orqali farzandning o‘qishi davom etayotgani, bosqichi va yillik to‘lov-kontrakt miqdori avtomatik qayta tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Navbatdagi o‘quv yili uchun qayta tasdiqlash natijasi “Muvofiq” maqomida bo‘lgan taqdirda, farzand bo‘yicha subsidiya mazkur Nizomning 5 va 6-boblariga muvofiq hisoblanadi va to‘lanadi, “Rad etildi” maqomida bo‘lgan taqdirda esa to‘lov to‘xtatiladi va ariza beruvchiga sababi ko‘rsatilgan elektron xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Farzandning o‘qish statusi akademik ta’tilga chiqqan, talabalar safidan chetlashtirilgan yoki bakalavriat ta’lim yo‘nalishidan boshqa ta’lim darajasiga o‘tgan hollarda hamda kursdan kursga qolganda ushbu o‘quv yili uchun navbatdagi to‘lovlar to‘lanmaydi, avval to‘langan mablag‘larni qayta hisob-kitob qilish masalalari esa oliy ta’lim tashkilotining ichki hisob-kitob tartibi va kontrakt shartlariga muvofiq hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ariza beruvchida yangi farzandning bakalavriatga qabul qilinishi (yoki avval ko‘rsatilmagan farzand bo‘yicha murojaat) paydo bo‘lgan taqdirda, Dasturiy ta’minot tizimida tegishli farzandni qo‘shgan holda qayta ariza berish huquqiga ega bo‘ladi, bunda mezon va avtomatik tekshiruvlar to‘liq takror qo‘llanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Rad etish asoslari, xabardor qilish va shikoyat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Quyidagi holatlar farzand bo‘yicha arizani rad etish uchun asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mezon tasdiqlanmagani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi davlat tibbiyot muassasasida ishlamayotgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish staji kamida o‘n besh yilga yetmagani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarindoshlik tasdiqlanmagani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farzandning respublika hududidagi oliy ta’lim tashkilotida bakalavriatda o‘qimasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘qish statusi faol emasligi (akademik ta’til/chetlashtirilgan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy ta’lim tashkiloti tomonidan yillik to‘lov-kontrakt summasi tasdiqlanmagani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza ma’lumotlariga qasddan noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgani.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tizim rad etish to‘g‘risidagi qarorni avtomatik tarzda shakllantiradi va ariza beruvchiga shaxsiy kabinet orqali, zarur hollarda elektron pochta orqali xabar qiladi, xabarnomada rad etish sababi va qayta murojaat qilish imkoniyati ko‘rsatiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ariza beruvchi rad etish, tekshiruv natijalari yoki to‘lov jarayonidan norozi bo‘lgan taqdirda, Dasturiy ta’minot tizimi orqali elektron shikoyat (apellyatsiya) kiritish huquqiga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Shikoyatlarni ko‘rib chiqish muddati o‘n ish kunidan oshmasligi ta’minlanadi, shikoyat natijasi Dasturiy ta’minot tizimida qayd etiladi va ariza beruvchiga elektron tarzda yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Shikoyat qanoatlantirilgan taqdirda, tegishli farzand bo‘yicha maqom o‘zgarishi va reyestrga kiritish amallari elektron qaror asosida Dasturiy ta’minot tizimida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Dasturiy ta’minot tizimida autentifikatsiya OneID tizimi orqali amalga oshiriladi, Dasturiy ta’minot tizimida rol-model (administrator, operator, nazoratchi) joriy etiladi va har bir rol vakolatlari minimallashtirish prinsipi asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Arizani qabul qilish, ma’lumot almashinuvi, reyestrni shakllantirish va to‘lov jarayonlariga oid barcha harakatlar elektron jurnallarda qayd etiladi, jurnallar va elektron materiallar kamida besh yil saqlanadi hamda ularga ruxsatsiz kirishdan himoya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Integratsiya kanallari orqali ma’lumot almashinuvi himoyalangan aloqa kanallarida amalga oshiriladi, shaxsiy ma’lumotlarni uzatish va saqlashda shifrlash, identifikatsiya, autentifikatsiya va audit mexanizmlari qo‘llanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Ommaviy e’lon qilinadigan ma’lumotlarda ariza beruvchi va farzandning JSHSHIRi, pasport ma’lumotlari va boshqa identifikatsiyalovchi ma’lumotlar oshkor qilinmaydi hamda faqat raqamlangan (ID) ko‘rinishda aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Mazkur Nizomda nazarda tutilmagan masalalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Mazkur Nizom ijrosini ta’minlash, monitoring va hisobot yuritish Sog‘liqni saqlash vazirligi va Jamg‘arma tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik to‘lov-kontrakt summasining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik to‘lov-kontrakt summasining bir qismini qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Ariza beruvchi
(tibbiyot va farmatsevtika xodimlari)
1. Dasturiy ta’minot tizimida (subsidiya.mf.uz) ro‘yxatdan o‘tadi yoki istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi.
2. Ariza beruvchi nomidan yoki mustaqil ravishda arizani elektron tarzda to‘ldiradi. Elektron ariza shaklida JSHSHIRini kiritadi, aloqa ma’lumotlarini (telefon raqami va elektron pochtasi) ko‘rsatadi va har bir farzand uchun alohida ma’lumotlarni (farzand JSHSHIRi, oliy ta’lim tashkiloti nomi, ta’lim yo‘nalishi, bosqich, to‘lov-kontrakt miqdori va boshqa zarur rekvizitlar) kiritadi.
3. Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish, avtomatik tekshiruvlar va maqsadli to‘lovni amalga oshirishga elektron rozilikni belgilaydi.
4. Arizani yuboradi.
Yil davomida uzluksiz
(har kalendar oy reyestr shakllanguniga qadar)
2-bosqich
Dasturiy ta’minot tizimi
1. Arizaga Ariza IDni avtomatik tarzda beradi.
2. Ariza qabul qilingan sana va vaqtni qayd etadi.
3. Ariza maqomini “Qabul qilindi” deb belgilaydi.
4. Ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga Ariza ID va keyingi avtomatik tekshiruvlar boshlanishi to‘g‘risida elektron xabarnomani taqdim etadi.
Ariza yuborilgan vaqtda avtomatik tarzda
3-bosqich
Yagona milliy mehnat tizimi
(integratsiya orqali)
1. Ariza beruvchi kiritgan JSHSHIR asosida ariza beruvchining ish holati (hozir ishlayotgan/ishlamayotgan), ish joyi (davlat tibbiyot muassasasi nomi) va davlat tibbiyot muassasalaridagi ish staji (yil va oylarda) haqidagi ma’lumotlarni avtomatik ravishda taqdim etadi.
2. Tizim ushbu ma’lumotlar asosida mezonga muvofiqlikni baholaydi: ariza beruvchi amalda davlat tibbiyot muassasasida ishlayotgani va kamida 15 yil ish stajiga ega ekanini tasdiqlaydi.
Avtomatik tarzda
(real vaqt rejimida)
4-bosqich
FHDY axborot tizimi (integratsiya orqali)
1. Ariza beruvchining mezonlarga muvofiqligi tasdiqlangan taqdirda, farzand va ariza beruvchi o‘rtasidagi qarindoshlik munosabatlarini (ota-ona/farzand) avtomatik tekshiradi.
2. Qarindoshlik tasdiqlanmagan taqdirda, ushbu farzand bo‘yicha subsidiyani tayinlamaydi va “Rad etildi” maqomini belgilaydi.
Avtomatik tarzda
5-bosqich
Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot (HEMIS) tizimi
(integratsiya orqali)
1. Qarindoshlik tasdiqlangan taqdirda, farzandning respublikadagi oliy ta’lim tashkilotida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qiyotgani, bosqichi, o‘qish holati (o‘qimoqda/chetlashgan) hamda yillik to‘lov-kontrakt summasi haqidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda aniqlaydi.
2. Tizim ariza ma’lumotlari bilan solishtiradi va tasdiqlaydi yoki rad etadi.
Avtomatik tarzda
6-bosqich
Dasturiy ta’minot tizimi
1. Avtomatik tekshirish natijasiga ko‘ra har bir farzand bo‘yicha “Muvofiq” yoki “Rad etildi” maqomini belgilaydi.
2. Rad etish sababini tushunarli va aniq mazmunda ko‘rsatadi (jumladan, “mezon tasdiqlanmadi”, “qarindoshlik tasdiqlanmadi”, “bakalavriat emas”, “o‘qish statusi faol emas”).
3. Ariza beruvchiga shaxsiy kabinet orqali xabarnoma yuboradi.
Avtomatik tarzda
(reyestr shakllanguniga qadar)
7-bosqich
Dasturiy ta’minot tizimi
1. Har kalendar oyning oxirgi ish kuni soat 23:59 da “Muvofiq” maqomidagi farzandlar bo‘yicha reyestrni avtomatik shakllantiradi.
2. Reyestr har bir yozuv bo‘yicha: ariza topshirilgan sana/vaqt, Ariza ID, ariza beruvchi va farzand JSHSHIRi, oliy ta’lim tashkiloti nomi va STIRi, ta’lim yo‘nalishi, bosqich, yillik to‘lov-kontrakt summasi, hisoblangan subsidiya summasi (S=min(K×0,30; BHM×15)), tekshiruvi natijasi va maqomini o‘z ichiga oladi.
3. Reyestr identifikatori va nazorat summasini qayd etadi va arxivda saqlaydi.
Har oy oxirgi ish kuni soat 23:59da
8-bosqich
Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi
1. Reyestrni elektron tarzda qabul qiladi.
2. Reyestr asosida to‘lov hujjatlarini rasmiylashtiradi.
3. Subsidiyani oliy ta’lim tashkilotining tegishli hisobvarag‘iga maqsadli to‘lov sifatida o‘tkazadi. Bunda bir oliy ta’lim tashkilotida ta’lim olayotgan bir nechta talabaning to‘lovlari bitta to‘lov topshiriqnomasi bo‘yicha reyestr asosida to‘lanadi.
4. To‘lov tasdiqnomasini (tranzaksiya identifikatori yoki to‘lov referensi) Dasturiy ta’minot tizimiga uzatadi.
Reyestr kelgan kundan 10 ish kuni ichida
9-bosqich
Dasturiy ta’minot tizimi
1. To‘lov tasdiqlangandan keyin tegishli farzand bo‘yicha ariza maqomini “To‘lov amalga oshirildi”ga o‘tkazadi.
2. Ariza beruvchiga to‘langan summa va to‘lov qaysi oliy ta’lim tashkiloti rekvizitiga yo‘naltirilgani haqida elektron xabarnoma yuboradi.
To‘lov tasdiqlangandan so‘ng avtomatik tarzda
10-bosqich
Ariza beruvchi
Rad etish, tekshiruvi natijalari yoki to‘lov jarayonidan norozi bo‘lgan taqdirda, Dasturiy ta’minot tizimi orqali elektron shikoyat (apellyatsiya) kiritadi.
O‘z xohishiga ko‘ra
11-bosqich
Mas’ul vazirliklar
(Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi)
1. Shikoyatni ko‘rib chiqadi.
2. Shikoyat natijasini Dasturiy ta’minot tizimida qayd etadi va ariza beruvchiga elektron tarzda yetkazadi.
3. Shikoyat qanoatlantirilgan taqdirda, tegishli farzand bo‘yicha maqom o‘zgarishi va reyestrga kiritish amallarini elektron qaror asosida tizimda aks ettiradi.
10 ish kuni ichida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik to‘lov-kontrakt summasining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNA
ARIZA
I. Ariza beruvchining shaxsiy ma’lumotlari
1. Familiyasi, ismi va otasining ismi
2. Tug‘ilgan sanasi
3. Pasport yoki ID-karta seriyasi va raqami
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
5. Telefon raqami
6. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa)
II. Ish joyi va staj ma’lumotlari
7. Davlat tibbiyot muassasasining to‘liq nomi
8. Lavozimi
9. Tibbiyot/farmatsevtika ixtisosligi
10. Davlat tibbiyot muassasalaridagi umumiy ish staji (yil/oy)
III. Farzand (talaba) ma’lumotlari
(har bir farzand uchun alohida to‘ldiriladi)
11. Farzandining familiyasi, ismi, otasining ismi
12. Farzandining JSHSHIRi
13. Oliy ta’lim tashkilotining nomi
14. Ta’lim yo‘nalishi/mutaxassisligi
15. Ta’lim bosqichi (kurs)
16. Ta’lim shakli (kunduzgi/sirtqi)
17. O‘qish statusi (o‘qimoqda/tavsiya etilgan)
18. Yillik to‘lov-kontrakt summasi (so‘mda)
19. Oliy ta’lim tashkilotining bank rekvizitlari (hisobvaraq raqami/STIR)
Men tibbiyot va farmatsevtika xodimlari farzandlari uchun bakalavriat to‘lov-kontrakt summasining bir qismi subsidiya tarzida qoplab berilishidan manfaatdorligimni bildiraman.
Yagona milliy mehnat tizimidan ish holati va ish staji, FHDY axborot tizimidan qarindoshlik, HEMIS tizimidan farzand ta’lim ma’lumotlarini olish va tekshirishga, subsidiyani oliy ta’lim tashkilotining hisobvarag‘iga maqsadli to‘lov sifatida o‘tkazishga hamda shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berishga roziligimni bildiraman. Ushbu arizada ko‘rsatilgan barcha ma’lumotlarning haqqoniyligini tasdiqlayman.
Ariza topshirilgan sana:
_____________________
(QR kod)
Ariza ID: _____________
Ariza holati:
Dasturiy ta’minot tizimi (subsidiya.mf.uz)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibining izoh qismi 5-bandi “Ijtimoiy reyestrning “kambag‘al oila” toifasiga kiritilgan oilalarning a’zolariga” so‘zlaridan keyin “, davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 31-martdagi 256-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-ilovaning 11-bandi uchinchi xatboshisi “kambag‘al oila” toifasiga kiritilgan oilalarning a’zolariga” so‘zlaridan keyin “, davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3-ilovaning 11-bandi uchinchi xatboshisi “kambag‘al oila” toifasiga kiritilgan oilalarning a’zolariga” so‘zlaridan keyin “, davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 4-ilovaning 11-bandi uchinchi xatboshisi “kambag‘al oila” toifasiga kiritilgan oilalarning a’zolariga” so‘zlaridan keyin “, davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 348-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentining 5-bandi ikkinchi xatboshisi “kambag‘al oila” toifasiga kiritilgan oilalarning a’zolariga” so‘zlaridan keyin “, davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 3-ilova quyidagi mazmundagi 152-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“152. Davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan ushbu Nizomning 15-bandi birinchi xatboshisida belgilangan yig‘im summasining 50 foizi undiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 4-ilova quyidagi mazmundagi 162-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“162. Davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan ushbu Nizomning 16-bandi birinchi xatboshisida belgilangan yig‘im summasining 50 foizi undiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“152. Davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan ushbu Nizomning 15-bandi birinchi xatboshisida belgilangan yig‘im summasining 50 foizi undiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“132. Davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan ushbu Nizomning 13-bandi birinchi xatboshisida belgilangan yig‘im summasining 50 foizi undiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti quyidagi mazmundagi 112-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“112. Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali davlat xizmati ko‘rsatilganda davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan ushbu Reglamentning 11-bandida belgilangan yig‘im summasining 50 foizi undiriladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno)”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-son qarori bilan tasdiqlangan Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 122-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“122. Davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan mazkur Reglamentning 12-bandida belgilangan yig‘im summasining 50 foizi undiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 302-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“302. Davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan mazkur Reglamentning 30-bandida belgilangan yig‘im summasining 50 foizi undiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentining 10-bandi beshinchi xatboshisi “kambag‘al oila” toifasiga kiritilgan oilalarning a’zolariga” so‘zlaridan keyin “, davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish va foydalanish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti quyidagi mazmundagi 272-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“272. Davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan ushbu Reglamentning 27-bandida belgilangan yig‘im summasining 50 foizi undiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 395-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentining 92-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“92. Davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan ushbu Reglamentning 9-bandida belgilangan yig‘im summasining 50 foizi undiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamentining 9-bandi to‘rtinchi xatboshisi “kambag‘al oila” toifasiga kiritilgan oilalarning a’zolariga” so‘zlaridan keyin “, davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamentining 11-bandi uchinchi xatboshisi “kambag‘al oila” toifasiga kiritilgan oilalarning a’zolariga” so‘zlaridan keyin “, davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 27-dekabrdagi 897-son qarorining 2-bandi “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1-ilovada nazarda tutilmagan boshqa shaxslarga ijtimoiy kartani berganlik uchun bank xizmatlari to‘lovi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizidan oshmasligi lozim. Bunda davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan mazkur yig‘im summasining 50 foizi undiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 15-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan yig‘im summasining 50 foizi undiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish