1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar | |
I. Gematologiya xizmatini yanada rivojlantirish, gematologik va onkogematologik kasalliklarning oldini olish, tashxis qoʻyish va davolashni takomillashtirish | ||||||
1. | Gematologik va onkogematologik kasalliklarning oldini olish, erta bosqichlarda aniqlash, tashxis qoʻyish va davolash sifatini oshirish. | 1. Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) va hududlarda gematologik va onkogematologik kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash, ularga tashxis qoʻyish, davolash va ularning oldini olish boʻyicha tadqiqotlar natijalariga asoslangan xalqaro mutaxassislar ishtirokida klinik protokollarni joriy etish. | 2026-2027-yillar | Ijrochilar mablagʻlari Hisob-kitoblar asosida | Sogʻliqni saqlash vazirligi | |
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida ehtiyojga koʻra ajratilgan shifo oʻrinlari doirasida palliativ shifo oʻrinlarini tashkil qilish. | Reja-jadval tasdiqlash | |||||
3. Markazda mavjud oʻrinlar doirasida 25 oʻrinli (shundan 5 oʻrin kunduzgi davolanish uchun) gemofiliya boʻlimini tashkil etish orqali gemofiliya kasalligiga chalingan bemorlarni profilaktik davolash va prenatal tashxis qoʻyish hamda kasallik asoratlarini davolashni yoʻlga qoʻyish. | 2026-yil 1-sentabrdan boshlab | |||||
2. | Gematologik va onkogematologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlashda aholining keng ishtirokini taʼminlash. | 1. Xalqaro ekspertlar ishtirokida tibbiyot xodimlari hamda fuqarolar oʻrtasida gematologik kasalliklarga hushyorlikni va ularning bilimlarini oshirish boʻyicha soʻrovnoma ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2026-yil sentabr | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi | |
2. Soʻrovnomani qoʻllash, unga muvofiq tibbiy koʻrik oʻtkazish hamda birlamchi skrining tartib-qoidalariga oʻqitish orqali tibbiyot xodimlarini gematologik kasalliklarni erta bosqichlarida aniqlashga oʻrgatish. | 2026-yil yakuniga qadar | |||||
3. | Aholi orasida, ayniqsa, 18 — 35 yoshgacha (tugʻish yoshidagi) ayollar hamda birlamchi boʻgʻinga murojaat qiluvchi aholi orasida gematologik va onkogematologik kasalliklarni erta aniqlash, qon kasalligiga moyilligi yoki shubha mavjud aholi orasida yiliga bir marotaba skrining tekshiruvlarini oʻtkazish. | 1. Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar ehtiyojidan kelib chiqib, qonni umumiy tahlil qiladigan gematologik analizator bilan taʼminlash. 2. Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan reagentlar bilan toʻliq taʼminlash. | 2026 — 2030-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan 26,5 mlrd soʻm | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | |
3. Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar shifokor laborant va laborantlarining reja asosida malakasini oshirish. | Mahalliy budjet mablagʻlari | |||||
II. Kadrlar malakasi va ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish | ||||||
4. | Gematologik va onkogematologik kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qoʻyish va davolashning ustuvor yoʻnalishlarida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish. | Gematologik va onkogematologik kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qoʻyish va davolash sohasida dolzarb muammolarni tadqiq qilishga doir fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish. | 2026 — 2030-yillar | Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi | |
5. | Markazda toʻrt yoʻnalishda bazaviy moliyalashtiriladigan ilmiy laboratoriya va boʻlimlarni tashkil etish. | 1. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish. 2. Markazda mezenximal hujayralar texnologiyasi, CAR-T terapiya, qon kasalliklarini innovatsion davolash hamda onkogematologik va boshqa onkologik kasalliklarda auto va allogen oʻzak hujayralarini qoʻllash yoʻnalishlarida laboratoriyalarni tashkil etish. Bunda har bir laboratoriya uchun 1 ta shtat birligi — laboratoriya mudiri va 1 ta shtat birligi — laborant stavkalarini kiritishni koʻzda tutish. | 2026-yil oktabr | 2026-yil Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan, 2027-yildan Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutiladi | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | |
6. | Gematologiya sohasida taʼlim, ilm-fan va tibbiyot amaliyotining oʻzaro integratsiyasini kuchaytirish. Markazda gematologiya yoʻnalishida kadrlarni qayta tayyorlash va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim instituti tizimini yoʻlga qoʻyish. | 1. Gematologiya va transfuziologiya, oʻzak hujayralari transplantatsiyasi mutaxassisliklari yoʻnalishida klinik ordinaturada kadrlarini tayyorlash. 2. Klinik ordinatura mutaxassisliklari oʻquv rejalari hamda fan dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Hududlar uchun ehtiyoj asosida maqsadli klinik ordinatura orqali gematolog mutaxassislar tayyorlash. | 2026 — 2030-yillar | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi | |
7. | Yetakchi xorijiy markazlarda gematologiya yoʻnalishida mutaxassislar tayyorlash. | Markaz hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari gematologiya boʻlimlarining har yili kamida 20 nafar xodimining malakasini oshirish va stajirovka oʻtash uchun nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalariga yuborish. | 2026 — 2030-yillar | Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi | |
8. | Markaz faoliyatiga yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilish. | Markaz faoliyatiga Rossiya, Germaniya, AQSH, Turkiya va boshqa mamlakatlardan yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilish choralarini koʻrish. | 2026 — 2030-yillar Reja-jadval asosida | Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi | |
9. | Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari shifokorlarining gematologiya yoʻnalishida malakasini oshirish. | Oilaviy shifokorlar va birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining boshqa mutaxassislari uchun gematologik va onkogematologik kasalliklarning oldini olish va ularni oʻz vaqtida aniqlash boʻyicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslari va seminar-treninglar tashkil qilish. | Reja-jadval asosida | Ijrochilar mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi | |
III. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash, jihozlash, infratuzilmani rivojlantirish va raqamlashtirishni jadallashtirish | ||||||
10. | Qon va oʻzak hujayralari kriobankini tashkil qilish, oʻzak hujayralari transplantatsiyasi amaliyotlarini hududlarda (Nukus, Samarqand, Buxoro, Namangan) rivojlantirish hamda yangi davolash usullarini joriy qilish. | mavjud oʻrinlar doirasida 4 tagacha transplantatsiya oʻrin joylari; Qon va oʻzak hujayralari kriobankini tashkil etish. 2. Qon va oʻzak hujayralari kriobankini zarur tibbiy jihozlar va sarflash materiallari bilan jihozlash. | 2026 — 2030-yillar | Har yili dastur doirasida iqtisod qilingan mablagʻlar hisobidan | Sogʻliqni saqlash vazirligi | |
11. | Zamonaviy davolash va diagnostika usullarini joriy etish. | 1. Kimyoviy dori vositalarini eritish, suyultirish uchun dori vositalarini markazlashtirilgan va avtomatlashtirilgan holda tayyorlash xonasini tashkil etish. | 2026 — 2028-yillar | Har yili dastur doirasida iqtisod qilingan mablagʻlar hisobidan | Sogʻliqni saqlash vazirligi | |
2. Car-T hujayra, gen va immun terapiya uchun hujayralar texnologiyasini bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish. | Grantlar | |||||
12. | Respublika miqyosida gematologik va onkogematologik kasallikka chalingan bemorlarni hayotiy zarur kimyo terapiyasi, yondosh, reagent, sarflash materiallari va target dori vositalari bilan taʼminlash. | Kimyo terapiyasi, yondosh, reagent, sarflash materiallari va target dori vositalari boʻyicha ehtiyojni aniqlash va belgilangan tartibda xarid qilish choralarini koʻrish. | 2026 — 2030-yillar | Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari Davlat budjeti mablagʻlari 430 mlrd soʻm, shundan: 2026-yilda 70 mlrd soʻm, 2027 — 2030-yillar har yili 90 mlrd soʻmdan | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | |
13. | Milliy registrga asosan gemofiliyaning A va V turlari bilan ogʻrigan bemorlarni qon ivish omillari bilan taʼminlash. | Yiliga 1 500 nafargacha gemofiliyaga chalingan bemorlarni VIII, IX qon ivish omillari bilan taʼminlashning tashkiliy choralarini koʻrish. | 2026 — 2030-yillar | Davlat budjeti mablagʻlari 250 mlrd soʻm, shundan: 2026-yilda 50 mlrd soʻm, 2027 — 2030-yillar har yili 50 mlrd soʻmdan | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | |
14. | Gematologik va onkogematologik bemorlarni qon, uning tarkibiy qismlari, trombokonsentrat, virusli inaktivatsiya qilish uchun sarflash materiallari bilan taʼminlash. | Gematologik va onkogematologik bemorlarda davolash hamda kasallik asoratlarining oldini olish maqsadida qon, qonning tarkibiy qismlari, trombokonsentrat, plazma va trombokonsentratni qon orqali yuquvchi viruslardan inaktivatsiya qilish uchun sarflash materiallari bilan taʼminlashning tashkiliy choralarini koʻrish. | 2026 — 2030-yillar | Davlat budjeti mablagʻlari 250 mlrd soʻm, shundan: 2026-yilda 50 mlrd soʻm, 2027 — 2030-yillar har yili 50 mlrd soʻmdan | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | |
15. | Bemorlarni maxsus target dori vositasi bilan taʼminlash. | Kasallikning ingibitor turini davolash imkoniyatiga ega boʻlgan maxsus target dori vositasini xarid qilish. | 2026 — 2030-yillar | Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi | |
16. | Bemorlarni qon ivish omillari bilan taʼminlash. | Villebrand kasalligiga chalingan 130 nafargacha bemorlarni har yili Villebrand faktori hamda tugʻma qon ivish omili yetishmagan 70 nafarga yaqin bemorlarni har yili V, VII, X qon ivish omillari bilan taʼminlashning tashkiliy choralarini koʻrish. | 2026 — 2030-yillar | Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi | |
17. | Gematologik, nasliy gematologik va onkogematologik bemorlarni sitogenetik, molekulyar genetik, immunofenotipik, HLA-tiplash va sekvenirlash orqali yuqori texnologik tashxis qoʻyish uchun zarur reagent va sarflash materiallari bilan taʼminlash. | Reagent va sarflash materiallari boʻyicha ehtiyojni aniqlash va belgilangan tartibda xarid qilish choralarini koʻrish. | 2026-yildan boshlab har yili | Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi | |
18. | Gematologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bemorlarda autologik va allogen oʻzak hujayralari transplantatsiya amaliyotlarini oʻtkazish. | 1. Autologik va allogen oʻzak hujayralar transplantatsiyasi oʻtkaziladigan bemorlar uchun dori va sarflash materiallari, shuningdek, reagentlar hamda ish haqi xarajatlaridan kelib chiqqan holda, har bir amaliyot uchun xarajatlar smetasini ishlab chiqish. 2. Autologik va allogen oʻzak hujayralari transplantatsiyasi amaliyotlari uchun mablagʻ ajratish. | 2026-yildan boshlab har yili | Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari, grantlar | Sogʻliqni saqlash vazirligi | |
19. | Toshkent, Jizzax, Navoiy viloyatlari hamda Toshkent shahri koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari tarkibida 40 oʻringacha gematologiya boʻlimlari faoliyatini tashkil etish. | 1. Toshkent shahri va viloyatlar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida hududlardagi shtatlarni maqbullashtirish orqali gematologiya boʻlimlarini kengaytirish. Bunda zaruratga koʻra mazkur boʻlimlarning binolarini qurish yoki taʼmirlash ishlarini bosqichma-bosqich ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish. | 2026 — 2030-yillar | Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | |
2. Toshkent shahri va viloyatlar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari hududida qoʻshimcha tashkil etilgan gematologiya oʻrin joylarini zarur tibbiy jihozlar bilan taʼminlash. | 2026-2027-yillar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga ajratilgan mablagʻlar | ||||
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan gematologiya boʻlimlarini malakali kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2026-yildan boshlab | Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi | |||
20. | Ambulator kimyoterapiya va kunduzgi statsionarlarni rivojlantirish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, Toshkent shahridagi Ibn Sino nomli shahar 1-son klinik shifoxonasi va viloyatlar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida kimyo terapiyasi uchun ambulator va kunduzgi statsionarlar tarmogʻini yaratish. | 2026-yil sentabr | Ijrochilar mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi | |
21. | Gematologiya yordamini koʻrsatuvchi sogʻliqni saqlash tizimining barcha boʻgʻinlarida axborot almashinuvi jarayonlarini raqamlashtirish. | 1. Tibbiy koʻriklar hamda skrining orqali gematologik kasalliklar erta bosqichlarida aniqlangan bemorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimiga kiritish. 2. Markazda “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimini toʻliq joriy etish va ixtisoslashtirilgan gematologiya yordami bilan qamrab olingan bemorlar roʻyxatini shakllantirish. | 2026-yilda | Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan | Sogʻliqni saqlash vazirligi | |
IV. Aholining xabardorligini oshirish va targʻibot ishlarini tashkil etish | ||||||
22. | Aholi va tibbiyot xodimlarining, ayniqsa, oilaviy shifokorlarning gematologik va onkogematologik kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash va davolash masalalari yuzasidan xabardorlik darajasini oshirish. | 1. 2026-yil uchun gematologik va onkogematologik kasalliklarning oldini olish va davolash boʻyicha media-reja ishlab chiqish. Har yili tegishli yil uchun media-reja ishlab chiqish. 2. Aholi oʻrtasida ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng koʻlamli tushuntirish ishlarini amalga oshirish, maqolalar, teledastur va radio eshittirishlar, audiovizual targʻibot materiallarini tayyorlash. 3. Aholi uchun kasallik belgilari, shuningdek, gematologik va onkogematologik kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash va davolashning afzalliklari, shu jumladan, hayotiy misollar asosida aks ettirilgan videorolik va qoʻllanmalar tayyorlash. | 2026-yil sentabr | Ijrochilar mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi | |
Izoh. Respublikada gematologiya xizmatini yanada rivojlantirish, uning faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish uchun jami xarajatlar 1 430 mlrd soʻm: | ||||||
shundan: | mlrd soʻm | |||||
Davlat budjeti mablagʻlari | — | 930 | ||||
Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari | — | 500 | ||||
2-ILOVA
T/r | Tibbiy asbob-uskuna (sarflash materiallari) nomi | Soni |
Jami: | 12 558 | |
1. | Oʻzak hujayralari separatori | 5 |
2. | Oʻzak hujayralari yigʻib olish uchun sarflash materiallari | 100 |
3. | Suyuq azotda oʻzak hujayralarini saqlash jihozi, qoʻshimcha uskunalari bilan | 5 |
4. | Kriopaketlar (750, 500 ml) | 200 |
5. | Bosqichma-bosqich oʻzak hujayralarini muzlatish jihozi, qoʻshimcha uskunalari bilan | 5 |
6. | Biologik xavfsizlik laminar shkaf (A2 sinf II, A2 sinf) | 5 |
7. | Qon avtomatik separatsiya jihozi | 8 |
8. | Qon avtomatik separatsiya jihozi uchun sarflash materiallari | 2 000 |
9. | Fotoferez jihozi | 5 |
10. | Fotoferez jihozi uchun sarflash vositalari va Metoksalen | 50 |
11. | Mikroskop | 5 |
12. | Suvli isitgich | 5 |
13. | Manual ekstraktor | 10 |
14. | Donor vaznini oʻlchash tarozisi | 5 |
15. | 6 ta konteynerli sovitkichli sentrifuga | 6 |
16. | Magistrallarni steril ulovchi uskuna | 4 |
17. | Gematologik analizator | 5 |
18. | Qon hujayralari separatori | 8 |
19. | Trombokonsentrat ajratish uchun sarflash vositalari (toʻplam, antikoagulyant 750ml, T-PAS) | 6000 |
20. | Qon tayyorlash uchun tarozili aralashtirgich | 20 |
21. | Plastik magistrallarni ulash uchun koʻchma yopishtirgich | 12 |
22. | Filtratsiya uchun shtativ | 6 |
23. | Plazmani darhol muzlatish uchun “shok” muzlatkich (Contact Shock Freezer, -30 °C / 60 250ml bags) | 5 |
24. | Virus inaktivatorlari | 4 |
25. | Plazma inaktivatsiya qilish uchun sarflash materiallari | 2000 |
26. | Trombotsitlarni inaktivatsiya qilish uchun sarflash materiallari | 2000 |
27. | Qon komponentlarini gamma-nurlatgich | 4 |
28. | Qon komponentlarini rentgen nurlatgich | 5 |
29. | Qon komponentlari uchun muzlatkichlar (+4-+6 gr S) | 16 |
30. | Qon komponentlari uchun muzlatkichlar (-70 gr S) | 10 |
31. | Termostat+trombomikser | 4 |
32. | Yangi avlod sekvinatori (NGS) | 1 |
33. | Immunogematologik analizatorlar | 5 |
34. | Infeksiyalarni aniqlash uchun immunoxemolyuminesensiya analizatori | 5 |
35. | PZR analizatori | 5 |
36. | Termostat | 5 |
37. | Sentrifuga laboratoriya uchun | 6 |
38. | Qon komponentlarini eritish uskunasi | 6 |
39. | Donorlar oʻrindiqlari | 8 |
3-ILOVA
T/r | Maqsadli koʻrsatkichlar | 2026-yil | 2027-yil | 2028-yil | 2029-yil | 2030-yil |
1. | Gematologik va onkogematologik kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash holatlari ulushi, foizda | 25 | 30 | 40 | 50 | 60 |
2. | Gematologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bemorlarning bir yillik yashovchanligi, foizda | 34 | 40 | 45 | 55 | 60 |
3. | Gematologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bemorlarning besh yillik yashovchanligi, foizda | 35 | 40 | 45 | 50 | 55 |
4. | Gematologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bemorlarni ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam bilan qamrab olish, foizda | 60 | 70 | 80 | 90 | 100 |