Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2021 16.02.1998 yildagi 69-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘riqlanadigan geodeziya zonalari va geodeziya punktlarini qo‘riqlash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyundagi 395-sonli “O‘zbekiston Respublikasida geodeziya va kartografiya sohasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Geodeziya va kartografiya to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida geodeziya punktlarining saqlanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida Qo‘riqlanadigan geodeziya zonalari va geodeziya punktlarini qo‘riqlash to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Industriyani rivojlantirish kompleksi Kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-fevral 1998-y.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
16-fevraldagi 69-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida Qo‘riqlanadigan geodeziya zonalari va geodeziya punktlarini qo‘riqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Geodeziya va kartografiya to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida geodeziya punktlari qo‘riqlanishini ta’minlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Geodeziya punkti maxsus markaz, sirtqi belgi va geodeziya punktining chegarasi hisoblanadigan zovur yoki tuproq devor ko‘rinishidagi tashqi shakldan iborat bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geodeziya punktining tashqi shakli mavjud bo‘lmagan taqdirda sirtqi belgining asosi uning chegarasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirtqi belgilarga ega bo‘lmagan, maxsus markazlari esa imoratlar va boshqa inshootlarning devorlariga joylashtirilgan geodeziya punktlari uchun punktlarning chegaralari va Qo‘riqlanadigan zonalari belgilanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Geodeziya punkti joylashgan yer uchastkasi va tashqi tomondan punkt chegarasiga tutashib ketuvchi 1 metr kenglikdagi yer geodeziya punktining Qo‘riqlanadigan zonasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Geodeziya punktining Qo‘riqlanadigan zonasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining ruxsatisiz sirtqi belgining shikastlanishi va yo‘q qilinishiga, maxsus markaz joylashgan joyning o‘zgarmasligi buzilishiga olib kelishi yoki geodeziya punktidan uning bevosita vazifasiga ko‘ra foydalanishda va unga erkin borishda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlarini amalga oshirish va ishlarni bajarish taqiqlanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 7-son, 59-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Geodeziya punktlari qo‘riqlanishini ta’minlash zarur bo‘lgan hollarda fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda servitut* o‘rnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* servitut — o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan foydalanish huquqi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘z ishida geodeziya punktlaridan foydalanuvchi tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasiga ushbu punktlarning holati to‘g‘risida axborot taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Geodeziya punktlari saqlanishi ustidan kuzatishni tashkil etish ular o‘rnatilgan hududlardagi tumanlar, shaharlar hokimliklariga yuklanadi. Geodeziya punktlarining shikastlanishi yoki yo‘q qilinishi, shuningdek ular tayyorlangan materiallarning o‘g‘irlanishi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq aybdor shaxslarning javobgarligiga olib keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Geodeziya punktlarini muntazam ravishda tekshirib turish va tiklash O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 7-son, 59-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi hududida geodeziya punktlarini hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 7-son, 59-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 1998-y., 2-son, 7-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 7-son, 59-modda)