Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.11.1998 yildagi 495-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’MURIY-BOShQARUV APPARATI XODIMLARI SONINI QISQARTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv organlari tuzilmasini takomillashtirish, uni bozor iqtisodiyoti tamoyillari va talablariga muvofiqlashtirish, ularni saqlash sarf-xarajatlarini yanada qisqartirish va kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ma’muriy-boshqaruv apparati tuzilmasini takomillashtirish va uning xodimlari sonini qisqartirish bo‘yicha Respublika komissiyasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar va ular tasarrufidagi tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari boshqaruv apparati xodimlari sonini 1 — 3-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari va idoralar rahbarlari o‘rinbosarlari sonini 5-ilovaga* muvofiq qisqartirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 5-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar va boshqa xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv apparati xodimlari sonini qisqartirish bo‘yicha belgilangan topshiriqlarning bajarilishini ta’minlasinlar va 1999-yil 1-yanvargacha shtatlar jadvalini ma’muriy-boshqaruv xodimlarining tasdiqlangan cheklangan soniga muvofiqlashtirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda boshqaruv organlari apparatidan bo‘shab qoladigan xodimlarni ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish masalalarini qonunchilikda belgilangan tartibda hal etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1999-yil uchun Davlat budjetini shakllantirishda budjet tashkilotlari bo‘yicha ma’muriy-boshqaruv apparatini saqlash sarf-xarajatlarini vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va ularning budjet mablag‘lari hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tasarrufidagi tashkilotlar boshqaruv apparati xodimlarining belgilangan cheklangan soniga qat’iy muvofiq holda mablag‘ bilan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Komplekslari, Moliya vazirligi boshqaruv apparati xodimlari sonini qisqartirish bo‘yicha belgilangan topshiriqlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar va boshqa xo‘jalik birlashmalari tomonidan bajarilishini 1999-yil I choragi yakunlariga ko‘ra tekshirsinlar hamda Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 27-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
495-son