30.06.2026 yildagi 343-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayvonot dunyosi yo‘qotishlarining o‘rnini qoplash hamda kamyob va yo‘qolib ketish xavfi yuqori bo‘lgan yovvoyi hayvonlarni himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, hayvonot dunyosi yo‘qotishlarining o‘rnini qoplash choralarini kuchaytirish hamda ekotizimlar barqarorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga muvofiq ayrim hududlarda va (yoki) yo‘qolib ketish xavfi yuqori bo‘lgan hayvonlarni ov qilishga cheklov joriy qilish belgilangani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, 2026-yil 1-avgustdan 2028-yil 1-yanvarga qadar 1-ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida kamyob va yo‘qolib ketish xavfi yuqori bo‘lgan yovvoyi hayvonlarni ov qilish taqiqlanadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu cheklov fermalar, pitomniklar, inkubatorlar, baliqchilik pitomniklari va hovuz xo‘jaliklarida saqlanayotgan va (yoki) yetishtirilayotgan yovvoyi hayvonlarni ov qilish, shuningdek, ilmiy va tibbiy maqsadlarda foydalanish uchun ov qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalarni shakllantirish va taqsimlashda ov qilish taqiqlangan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi yuqori bo‘lgan yovvoyi hayvonlar turlariga nisbatan kvota ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mudofaa vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 2026-yil 1-avgustdan boshlab ovchilar uchun muqobil mashg‘ulot sifatida o‘q otish sportiga ixtisoslashtirilgan mashq poligonlarida tasdiqlangan reja-jadval asosida mas’ul shaxslar hamda instruktorlar ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mashg‘ulotlarda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ov quroli yoki mashq poligonlari tomonidan ijara asosida taqdim etilgan sport qurollaridan foydalanishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-avgustga qadar Fanlar akademiyasi hamda Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda daryo va soylardagi ixtiofauna holatini puxta o‘rgangan holda, ularda ko‘paytirish tavsiya etiladigan baliqlarning turlari ro‘yxatini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026 — 2030-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 2-ilovaga muvofiq ro‘yxatdagi respublikaning markaziy shaharlaridan oqib o‘tuvchi daryo va soylarni har yili jami 15 tonnadan kam bo‘lmagan miqdorda chavoqlantirish orqali ularning ixtiofauna populyatsiyasini qayta tiklash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda daryo va soylarni chavoqlantirish bilan bog‘liq xarajatlar Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har yili moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, 2026-yil 1-avgustdan boshlab 2030-yil 1-yanvarga qadar respublikaning markaziy shaharlaridan oqib o‘tuvchi daryo va soylar har yili jami 15 tonnadan kam bo‘lmagan miqdorda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda Fanlar akademiyasi tomonidan tuziladigan ro‘yxat asosida chavoqlantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noqonuniy ov qilish va brakonyerlik holatlarining oldini olish hamda ularga qarshi kurashish bo‘yicha nazorat tadbirlarini kuchaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniya va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy veb-saytlarda keng yoritilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 30-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
343-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 343-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida ov qilish taqiqlangan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi yuqori bo‘lgan yovvoyi hayvonlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Yovvoyi hayvonlarning turlari

Davlat tilidagi nomi

Rus tilidagi nomi

Lotin tilidagi nomi

I. Qushlar

1.

Oqqush-klikun

Lebed-klikun

Cygnus cygnus

2.

Oqqush-shipun

Lebed-shipun

Cygnus olor

3.

Jingalak saqoqush

Kudryaviy pelikan

Pelecanus crispus

4.

Qora laylak

Chyorniy aist

Ciconia nigra

5.

Oqbosh o‘rdak

Savka

Oxyura leucocephala

6.

Qiziltomoq g‘oz

Krasnozobaya kazarka

Branta ruficollis

7.

Qizil g‘oz

Flamingo

Phoenicopterus roseus

8.

Oq peshonali kichik g‘oz

Gus-piskulka

Anser erythropus

9.

Bizg‘aldoq

Strepet

Tetrax tetrax

10.

Turkiston oq laylagi

Turkestanskiy beliy aist

Ciconia ciconia ssp. asiatica

11.

Qoravoy

Karavayka

Plegadis falcinellus ssp. falcinellus

12.

Qoshiqburun

Kolpitsa

Platalea leucorodia

13.

Targ‘oq

Krechyotka

Chettusia gregaria

14.

Osiyo moki loyxo‘ragi

Aziatskiy bekasovidniy veretennik

Limnodromus semipalmatus

15.

Oqbovur

Belobryuxiy ryabok

Pterocles alchata ssp. caudacutus

16.

Kichik qoravoy

Maliy baklan

Phalacrocorax pygmaeus

17.

Marmar churrak

Mramorniy chirok

Marmaronetta angustirostris

18.

Ola qanotli o‘rdak

Beloglaziy nirok

Aythya nyroca

19.

Qizilbosh o‘rdak

Krasnogoloviy nirok

Aythya ferina

20.

Qora kaptar

Buriy golub

Columba eversmanni

21.

G‘urrak

Obiknovennaya gorlitsa

Streptopelia turtur ssp. arenicola ssp. turtur

22.

Kichik turna

Juravl- krasavka

Grus virgo

23.

Kulrang turna

Seriy juravl

Grus grus

24.

To‘xta tuvaloq

Drofa (Dudak)

Great Bustard

Otis tarda ssp. tarda

25.

Katta ko‘lbuqasi

Bolshaya vip

Botaurus stellaris

26.

Himolay ulari

Gimalayskiy ular

Tetraogallus himalayensis

27.

Suv buldurug‘i

Sadja

Syrrhaptes paradoxus

28.

Qorabovur

Chernobryuxiy ryabok

Pterocles orientalis

29.

Zarafshon qirg‘ovuli

Zarafshanskiy fazan

Phasianus colchicus

30.

Xiva qirg‘ovuli

Xivinskiy fazan

Phasianus colchicus chrysomelas

31.

Zax loyxo‘rak

Kulik-soroka

Naematopus ostralegus

32.

Bigiz tumshuq

Shiloklyuvka

Recurvirostra avosetta

33.

Qoya kaptari

Skalniy golub

Columba rupestris

34.

Yilqichi

Lugovoy konek

Anthus pratensis

35.

Jannat pashshaxo‘ri

Rayskaya muxolovka

Terpsiphone paradisi

36.

Oq tomoqli bulbul

Solovey-belosheyka

Irania gutturalis

II. Sut emizuvchilar

37.

Qoplon

Peredneaziatskiy leopard

Panthera pardus ssp. saxicolor

38.

Sirtlon

Polosataya giyena

Nyaena hyaena ssp. hyaena

39.

Qor qoploni

Snejniy bars

Panthera uncia

40.

O‘rta Osiyo qunduzi

Sredneaziatskaya vidra

Lutra lutra ssp. seistanica

41.

Turkiston silovsini

Turkestanskaya ris

Lynx lynx ssp. isabellinus

42.

Qoraquloq

Turkmenskiy karakal

Caracal caracal ssp. michaelis

43.

Hind asalxo‘ri

Indiyskiy medoyed

Mellivora capensis ssp. buechneri

44.

Sayg‘oq

Saygak

Saiga tatarica

45.

Ko‘k sug‘ur

Surok menzbira

Marmota menzbieri

46.

Qum mushugi

Barxanniy kot

Felis margarita ssp. thinobia

47.

Qorsak

Turkmenskiy korsak

Vulpes corsac ssp. turcmenicus

48.

Olako‘zan

Perevyazka

Vormela peregusna

49.

Sariq sassiqko‘zan

Stepnoy xor

Mustela eversmanni ssp. talassica

50.

Yelik

Yevropeyskaya kosulya

Capreolus capreolus

51.

Tyan-Shan tog‘ qo‘yi

Tyan-Shanskiy gorniy baran

Ovis ammon ssp. karelini

52.

Oq latcha

Gornostay

Mustela erminea

53.

Qizil sug‘ur

Krasniy surok

Marmota caudata

54.

Bo‘rsiq

Barsuk

Meles meles

55.

Jayra

Dikobraz

Nystrix leucura

56.

Xongul (Buxoro bug‘usi)

Buxarskiy olen

Cervus elaphus (hanglu) bactrianus

III. Baliqlar

57.

Orol mo‘ylabdori

Aralskiy usach

Luciobarbus brachycephalus

58.

Orol bahrisi

Aralskiy ship

Acipenser nudiventris

59.

Amudaryo kichik kurakburuni

Maliy amudarinskiy lopatonos

Pseudoscaphirhynchus hermanni

60.

Amudaryo katta kurakburuni (qilquyruq)

Bolshoy amudarinskiy lopatonos

Pseudoscaphirhynchus kaufmanni

61.

Cho‘rtansifat oqqayroq

Shukovidniy jerex

Aspiolucius esocinus

62.

Amudaryo gulbalig‘i

Amudarinskaya forel

Salmo oxianus

IV. Sudralib yuruvchilar

63.

Bo‘z echkemar

Sredneaziatskiy seriy varan

Varanus griseus

64.

Qum bo‘g‘ma iloni

Peschaniy udavchik

Eryx miliaris

65.

Sharq bo‘g‘ma iloni

Vostochniy udavchik

Eryx tataricus ssp. tataricus ssp. speciosus

V. Umurtqasizlar

66.

Turkiston qisqichbaqasi

Turkestanskiy rak

Pontastacus kessleri

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 343-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yildan boshlab har yili chavoqlantirish orqali ixtiofauna populyatsiyasini qayta tiklash choralari ko‘riladigan respublikaning markaziy shaharlaridan oqib o‘tuvchi daryo va soylar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Daryo va soylar nomlari

Shahar nomi

Hudud nomi

Bir yil davomida chavoqlantirish miqdori

(tonna)

I. Daryolar

1.

Amudaryo

Nukus shahri

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

5,2

2.

Sirdaryo

Guliston shahri

Sirdaryo viloyati

4,9

3.

Sangzor

Jizzax shahri

Jizzax viloyati

1,14

4.

Qoradaryo

Samarqand shahri

Samarqand viloyati

0,68

5.

Qashqadaryo

Qarshi shahri

Qashqadaryo viloyati

0,5

6.

Tanxoz

Shahrisabz shahri

0,1

7.

Surxondaryo

Termiz shahri

Surxondaryo viloyati

0,02

Jami

12,54

II. Soylar

1.

Marg‘ilonsoy

Farg‘ona shahri

Farg‘ona viloyati

0,63

2.

Marg‘ilon shahri

0,63

3.

Besholishsoy

Farg‘ona shahri

0,5

4.

Naymansoy

Qo‘qon shahri

0,2

5.

Namangansoy

Namangan shahri

Namangan viloyati

0,5

Jami

2,46

Hammasi

15,0

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ushbu ro‘yxatdagi daryo va soylarni chavoqlantirish bilan bog‘liq xarajatlar Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/343/0658-son)