29.06.2026 yildagi PQ-246-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta-toʻqimachilik sohasida moliyaviy barqarorlikni oshirish hamda tolani chuqur qayta ishlashni qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda paxta-toʻqimachilik sohasi korxonalarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, tolani chuqur qayta ishlash asosida qoʻshilgan qiymatni kengaytirish, fermer xoʻjaliklari va klasterlarning oʻzaro manfaatdorligini taʼminlash hamda tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Asosiy maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) paxta xomashyosi yetishtiruvchi xoʻjalik subyektlari uchun bir xil moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish orqali ularning iqtisodiy manfaatdorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) toʻqimachilik ishlab chiqarish zanjirlarida ip-kalavani chuqur qayta ishlashga qaratilgan loyihalarning moliyaviy barqarorligini taʼminlash va eksport hajmlarini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Paxta-toʻqimachilik sohasi korxonalarini yanada qoʻllab-quvvatlash choralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) hamda Savdo-sanoat palatasining paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda toʻqimachilik korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirishga qaratilgan quyidagi takliflari maʼqullansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2025-yilda oʻziga biriktirilgan yer maydonlarida (ikkilamchi ijaraga berilgan yer maydonlari bundan mustasno) paxta yetishtirgan paxta-toʻqimachilik klasterlari va ular taʼsischi boʻlgan korxonalarga Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan konturlarda paxta xomashyosi yetishtirilganligi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzbekkosmos” agentligi) tomonidan tasdiqlangan hollarda har bir gektar yer uchun Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 3 million soʻmdan subsidiyalar ajratish;
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-sentabrdagi PQ–354-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2026-y., 07/26/354/0978-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) korxonalarning 2026-yil 1-iyunga qadar amalga oshirilgan boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-53-son Farmonida belgilangan miqdorlarda Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan boʻyash uskunalari xaridini subsidiyalash uchun nazarda tutilgan mablagʻning qoldiq qismi hisobidan subsidiya ajratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) oqartirilgan trikotaj mato (TIF TN kodi 6006 21 000 0) uchun alohida subpozitsiya belgilash va unga belgilangan eksport boji stavkalarini 2027-yil 1-yanvarga qadar bekor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) paxta tolasi chiqindilariga (TIF TN kodi 5202) eksport boji stavkasini 2027-yil 1-yanvarga qadar 5 foiz stavkada belgilash yuzasidan takliflarni Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiyaga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki 2027-yil 1-iyulga qadar tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi boʻyicha “A” va undan yuqori toifaga kiritilgan klasterlar va toʻqimachilik korxonalari uchun qoʻshilgan qiymat soligʻining salbiy farq summasi tekshiruvlarsiz ikki kun muddatda qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq qoʻmitasi ikki hafta muddatda tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi boʻyicha “A” va undan yuqori toifaga kiritilgan klasterlar va toʻqimachilik korxonalari uchun qoʻshilgan qiymat soligʻining salbiy farq summasini tekshiruvlarsiz ikki kun muddatda qaytarish tizimini joriy qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Savdo-sanoat palatasi va “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ korxonalarning 2026-yil 1-iyunga qadar amalga oshirilgan boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida korxonalarga, mazkur loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining 10 foizi, biroq 500 ming AQSH dollari ekvivalentidan koʻp boʻlmagan miqdorda Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda subsidiya ajratilishini taʼminlasin. Bunda subsidiya uskunalarni xarid qilish boʻyicha kontraktlar “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DMdan ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning 2-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan subsidiyalarni ajratish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Qishloq xoʻjaligi vazirligi taqdim etgan konturlarda paxta-toʻqimachilik klasterlari va ular taʼsischi boʻlgan korxonalar oʻziga biriktirilgan yer maydonlarida 2025-yil hosili uchun paxta xomashyosi (30 sentnerdan yuqori) yetishtirilganligi “Oʻzbekkosmos” agentligi tomonidan kosmik monitoring maʼlumotlari asosida bir oy muddatda oʻrganib chiqiladi va haqiqatda ekilgan maydonlar boʻyicha tasdiqlangan maʼlumotlar asosida Qishloq xoʻjaligi vazirligi subsidiya miqdorini hisoblab chiqadi hamda mablagʻ ajratish boʻyicha hisob-kitoblarni Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga taqdim etadi;
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-sentabrdagi PQ–354-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2026-y., 07/26/354/0978-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-sentabrdagi PQ–354-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2026-y., 07/26/354/0978-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi oldingi yillarda paxta xomashyosi uchun subsidiya toʻlovlarini moliyalashtirishga Davlat budjetidan ajratilib, iqtisod qilingan mablagʻlar hisobidan oʻzining hisobraqami (21510) orqali mablagʻlarni Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan hisoblangan subsidiya miqdori boʻyicha tasdiqlangan roʻyxat asosida paxta-toʻqimachilik klasterlari va ular taʼsischi boʻlgan korxonalarning hisobvaraqlariga belgilangan tartibda oʻtkazib beradi.
(6-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-sentabrdagi PQ–354-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2026-y., 07/26/354/0978-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Hisob palatasi Agentlik hamda tijorat banklari bilan birgalikda toʻqimachilik korxonalarining investitsiya loyihalariga jalb qilingan kreditlar shartlarini qayta koʻrib chiqishga oid vazifalar ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi ustidan nazorat oʻrnatsin hamda har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori N.Q. Xolmurodov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 29-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-246-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2026-y., 07/26/246/0656-son; 29.09.2026-y., 07/26/354/0978-son)