O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SKANDINAVIYA MAMLAKATLARI BILAN HAMKORLIKNI FAOLLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Skandinaviya mamlakatlari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlikni faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Skandinaviya mamlakatlari bilan hamkorlikni faollashtirishga doir tadbirlar rejasiga ilovaga* muvofiq rozilik berilsin.
* Ilova berilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tadbirlarning rejada belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlasinlar.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi ikki tomonlama aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish, shartnomaviy-huquqiy baza yaratish, shuningdek oliy darajadagi tashriflarni tashkil etish maqsadida 1999-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi ekspert guruhini Skandinaviya mamlakatlariga yuborsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 23-noyabr,
484-son