24.06.2026 yildagi PQ-239-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga palliativ tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Og‘ir kasalliklarga chalingan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, ularga og‘riqni kamaytirish, kasallik belgilarini nazorat qilish hamda uzluksiz kompleks tibbiy-ijtimoiy, psixologik va parvarish yordamini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, palliativ tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar mazkur qarorning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) palliativ tibbiy yordamini ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish hamda aholi uchun ushbu xizmatlarning qamrovini 2030-yilga qadar kamida 80 foizga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) palliativ yordamga muhtoj shaxslar va ularning oilalarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda manzilli tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) og‘ir kasalliklarga chalingan bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ularning hayot sifatini yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) palliativ yordam sohasida malakali kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) og‘ir kasalliklarning kechki bosqichlarida bo‘lgan bemorlarga uy sharoitida tibbiy xizmat ko‘rsatish mexanizmlarini joriy etish, statsionar tibbiyot muassasalari yuklamasini kamaytirish hamda tibbiy resurslardan samarali foydalanishni ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Aholiga palliativ tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2026-yil 1-oktabrdan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) respublikada palliativ tibbiy yordam ko‘rsatishning yagona tizimi tibbiy va ijtimoiy xizmatlar integratsiyasi asosida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) palliativ tibbiy yordamga muhtoj shaxslarni aniqlash, xizmat olish uchun yo‘llash, hisobga olish va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonlari elektron axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) mobil palliativ brigadalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi hamda ular orqali uy sharoitida tibbiy va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish ta’minlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) statsionar sharoitdagi palliativ tibbiy yordam ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari hamda xospislar tomonidan taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) palliativ tibbiy yordamini ko‘rsatishda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) “sifatli tibbiy xizmatlar” tamoyillari, jumladan, samaradorlik, xavfsizlik, tenglik, integratsiya va resurslardan oqilona foydalanish mezonlari asosida milliy sifat indikatorlari joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib, hududlarda xospis muassasalari bosqichma-bosqich tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Toshkent shahar hududlararo xospisini (keyingi o‘rinlarda — Metodologik markaz) respublikada palliativ tibbiy yordam ko‘rsatishni metodologik boshqarish, boshqa hududlarda xospis ishini tashkil qilishga mas’ul muassasa etib belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026-yil 1-oktabrdan boshlab dastlab Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida palliativ tibbiy yordam ko‘rsatishning yangi tizimi — onkologik kasalligi sababli palliativ tibbiy yordamga muhtoj shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi mobil palliativ brigadalarni ajratilgan budjet mablag‘lari va shtat birliklari doirasida tashkil qilish va ushbu amaliyotni bosqichma-bosqich boshqa hududlarda joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Samarqand viloyatida og‘ir va davolab bo‘lmaydigan kasalliklarga chalingan bolalar uchun xospis shaklida palliativ tibbiy yordam ko‘rsatish markazini (keyingi o‘rinlarda — Bolalar uchun xospis markazi) hamda ushbu markazda tajriba-sinov tariqasida statsionar va mobil palliativ yordam brigadalarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Bolalar uchun xospis markaziga 2030-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga vakolatli organlarda majburiy sertifikatlash tartibotlaridan o‘tishdan, shuningdek, obyektlarni qurish va jihozlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan uskunalar, butlovchi buyumlar, detallar, ehtiyot qismlar va materiallar bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, aholiga mobil palliativ tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2027-2028-yillarda qolgan hududlarda mobil palliativ brigadalarni tashkil qilish reja-grafigi, palliativ yordamga muhtojlikni aniqlash tartibi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Agentlik hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) palliativ yordamga muhtoj shaxslar hisobini yuritish, ushbu yordamni ko‘rsatish xizmatlariga yo‘naltirish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari elektron axborot tizimida yuritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) mobil palliativ brigadalar tomonidan palliativ va xospis yordamiga muhtoj shaxslar yashash manzillarida bemorning holati baholanadi hamda individual reja asosida yordam ko‘rsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) bemorning ehtiyojidan kelib chiqib, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, jumladan, noinyeksion shaklidagi dori vositalari bilan reimbursatsiya dasturi asosida ta’minlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yoki yolg‘iz yashovchi keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari yashash joyiga yetkazib beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) palliativ yordamga muhtoj elektron axborot tizimida qayd etilgan bemorlarga tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi tomonidan qo‘shimcha tibbiy tekshiruv va ko‘riklarsiz nogironlik belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) Agentlik tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) uy sharoitida palliativ yordamga muhtoj shaxslar yotoq holatdagi funksional karavot va maxsus matraslar bilan vaucher tizimi asosida ta’minlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) mahalla darajasida palliativ yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yishda vaucher asosida palliativ yordamga muhtoj shaxslarni uy sharoitida qarab turish va parvarish xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) palliativ yordam ko‘rsatishning yangi tizimi joriy etiladigan hududlar ro‘yxati Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Agentlik hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi. Bunda mobil palliativ va xospis yordami ko‘rsatiladigan kasalliklar turlarini ham bosqichma-bosqich kengaytirib borish inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Metodologik markaz yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tibbiyot muassasasi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026-yil 1-sentabrdan boshlab Metodologik markazda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) palliativ yordamga muhtoj shaxslarning oila a’zolari uchun Oilani qo‘llab-quvvatlash xizmati yo‘lga qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) palliativ yordamga muhtoj shaxslar va ularning yaqinlari uchun “Palliativ parvarish qoidalari” maxsus o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2027-yil 1-yanvardan boshlab Oilani qo‘llab-quvvatlash xizmati hududlararo xospislarda yo‘lga qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) palliativ yordam doirasida ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq mazkur Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Bolalar uchun xospis markazi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) og‘ir va davolab bo‘lmaydigan kasalliklarga chalingan bolalarga statsionar va mobil shakllarda palliativ yordam ko‘rsatuvchi Agentlik huzuridagi alohida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat muassasasi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 2026-yil 1-iyuldan boshlab o‘z faoliyatini boshlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) Bolalar uchun xospis markazida tibbiy faoliyatni metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda nazorat qilish, tibbiyot xodimlarining toifasini belgilash va malakasini oshirish, giyohvandlik vositalari hamda psixotrop moddalar saqlanishi ustidan nazorat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda Bolalar uchun xospis markazining bosh vrachi bir vaqtning o‘zida Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokorining palliativ yordam bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanadi hamda sog‘liqni saqlash vaziri bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) Bolalar uchun xospis markazi qo‘shimcha moliyaviy ko‘mak va xospis xizmati bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida homiylik va xayriya mablag‘larini jamg‘aradigan nodavlat notijorat tashkilotini ta’sis etishi hamda unga Agentlik va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ijtimoiy buyurtmalar berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) nodavlat tibbiyot tashkilotlariga palliativ yordamni ko‘rsatishga ruxsat etiladi. Bunda ular tomonidan Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan tibbiy xizmatlar xaridi bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda shartnoma tuziladi va ko‘rsatilgan tibbiy xizmatga ko‘ra moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) palliativ yordamga muhtoj shaxs yashash manzilidan qat’i nazar, palliativ yordam uchun ajratilgan shifo o‘ringa eksterritorial tamoyili asosida bepul joylashtiriladi hamda unga ko‘rsatilgan xizmatlar Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) kattalar va bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida bir nafardan palliativ yordam shifokori lavozimi uchun qo‘shimcha shtat birliklari ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 2026-yil 1-sentabrdan boshlab bemorlarga palliativ yordamni ko‘rsatishda ishtirok etuvchi tibbiyot xodimlari oylik lavozim maoshlariga quyidagi miqdorlarda qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika hamda markaziy shifoxonalarning onkolog shifokori va o‘rta tibbiyot xodimi, kattalar va bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining palliativ yordam shifokori hamda xospis muassasalarining shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI)ga erishganligi uchun lavozim maoshining 100 foizigacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) palliativ yordam bo‘yicha maxsus o‘quv dasturi asosida tashkil etiladigan kursning barcha bosqichlarini muvaffaqiyatli tugatgan tibbiyot xodimlari uchun kurs yakuni bo‘yicha beriladigan sertifikatga muvofiq oylik lavozim maoshining 50 foizi. Bunda kurs yakunlangandan uch oy muddatdan so‘ng ish joyida borib baholanganda kursda o‘rgatilgan palliativ yordam tamoyillarini amaliyotga to‘liq joriy etgan mutaxassislarga ushbu ustama miqdori 100 foizga yetkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi muassasalarida Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hamda tibbiyot muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, Agentlik tizimi muassasalarida Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan rag‘batlantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) xospis muassasalari xodimlariga lavozim maoshining 100 foizi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Aholiga palliativ tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Palliativ tibbiy yordam ko‘rsatuvchi tashkilotlarni tashkil etish rejasi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Palliativ tibbiy yordam ko‘rsatishni rivojlantirishda “Sifatli tibbiy xizmatlar” indikatorlari 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) “E-palliative” axborot tizimiga integratsiya qilinadigan axborot tizimlari (bazalari) ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sog‘liqni saqlash vazirligi 2026-yil 1-oktabrga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) palliativ tibbiy yordam ko‘rsatuvchi bino-inshootlar hamda ularni jihozlashga bo‘lgan talablar, shuningdek, mobil palliativ brigadalar uchun zarur tibbiy jihozlar ro‘yxatini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda palliativ va xospis yordamiga muhtoj shaxslarni identifikatsiya qilish, hisobini yuritish, xizmatlarga yo‘naltirish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini, xizmat ko‘rsatishda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning hisobini yuritish imkonini beruvchi elektron axborot tizimini amaliyotga joriy qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi bilan birgalikda palliativ yordamga muhtojlarga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, jumladan, noinyeksion shaklidagi dori vositalarini buyurish, yashash joyiga yetkazib berish, saqlash, realizatsiya qilish, berish, hisobga olish va yo‘q qilish, foydalanish nazoratini olib borish tartibi tasdiqlanishini va jarayonlarning elektron axborot tizimida yuritilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Agentlik bilan birgalikda Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari va Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mobil palliativ brigadalar, shuningdek, palliativ tibbiy yordam ko‘rsatishda ishtirok etuvchi mutaxassislarni Metodologik markazda maxsus o‘quv dasturi asosida tayyorlashni boshlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan birgalikda palliativ yordamga muhtoj shaxslarning ma’naviy va ruhiy holatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida muassasalarda diniy sohada bilim va malakaga ega xodimlar tashrifini tashkil etish, ular tomonidan bemor va uning oila a’zolariga insonparvarlik, ma’naviy ta’limot va ruhiy tasalliga oid xizmatlar ko‘rsatish rejasini tasdiqlasin hamda ijrosini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) Metodologik markazning tashkiliy tuzilmasi, nizomi va vazifalarini tasdiqlasin va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) Agentlik bilan birgalikda palliativ tibbiy yordam ko‘rsatishda mobil palliativ brigadalarni tashkil qilish, muhtojlikni aniqlash, bemorlar, shu jumladan, bemor bolalarni uyda parvarish qilish, palliativ tibbiy yordamini ko‘rsatish tartibini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan birgalikda palliativ yordam doirasida ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarni Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan xarid qilish orqali moliyalashtirish tartibini ishlab chiqsin va Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilab qo‘yilsinki, aholiga palliativ tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil qilish, bemorlar reyestrini yuritish maqsadida elektron axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil uchun Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari grant mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) quyidagilar mas’ul hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Sog‘liqni saqlash vazirligi — buyurtmachi, tizim funksionalligi va metodologik rahbarlik qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Agentlik — ijtimoiy xizmat va yordamlarni, shuningdek, vaucher asosida xizmat ko‘rsatish mexanizmlari bilan integratsiya qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) Raqamli texnologiyalar vazirligi — axborot tizimini ishlab chiqish, joriy etish, integratsiya va ekspluatatsiya qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Sog‘liqni saqlash vazirligi uch oy muddatda palliativ tibbiy yordam bo‘yicha maxsus o‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan tibbiyot xodimlari faoliyatini ish joyida borib o‘rganish orqali kursda o‘rgatilgan palliativ yordam tamoyillarini amaliyotga to‘liq joriy etilganligini baholash tartibini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Sog‘liqni saqlash vazirligi Agentlik bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) nodavlat tibbiyot tashkilotlarida palliativ tibbiy yordamni tashkil etishga qo‘yiladigan talablarni tasdiqlash choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) palliativ tibbiy yordam ko‘rsatishda nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar xaridini Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali amalga oshirish tizimini yo‘lga qo‘ysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 2026-yil 1-avgustdan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida quyidagi maqsadlar uchun xospislarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) davlat, xorijiy va xalqaro tashkilotlar, chet el davlatlari ajratadigan grantlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) fandrayzing mexanizmlari orqali kelib tushgan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan kelib tushgan mablag‘lar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda belgilab qo‘yilsinki, ushbu mablag‘lar bemorlarga palliativ parvarish xizmatlarini tashkil qilish, xospisda bemor ehtiyojiga mos shart-sharoitlarni yaratish, mobil palliativ yordam brigadasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, xospis infratuzilmasini saqlash va ta’mirlash, tibbiyot xodimlari malakasini oshirish, shu jumladan, xospis xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2027-yil 1-yanvarga qadar xospislar, shuningdek, mobil palliativ brigadalar tashkil etiladigan tuman (shahar) markaziy shifoxonalari va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda avtotransport vositalari mavjudligi yuzasidan xatlov o‘tkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2028-yil yakuniga qadar xatlov natijasiga ko‘ra hamda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan mobil palliativ brigadalarni avtotransport vositasi bilan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qarorni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yilda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida mobil palliativ brigadalarni tashkil qilish hamda boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni respublika budjeti parametrlarida xospislarni tashkil etish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2027-yildan boshlab mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun har yili zarur mablag‘larni Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsan javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov hamda sog‘liqni saqlash vaziri E.E. Adilov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 24-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-239-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PQ-239-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga palliativ tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkillashtirish yuzasidan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmlari va shakli

Muddati

Moliyalashtirish manbasi

Mas’ul ijrochilar

1.

Palliativ yordamni ko‘rsatishda mobil palliativ brigadalarni tashkil qilish, muhtojlikni aniqlash, bemorlarni uyda parvarish qilish, palliativ yordamni ko‘rsatish tartibini belgilash.

1. Tartib loyihasini ishlab chiqish.

2. Tartib loyihasini kelishish va tasdiqlash.

2026-yil oktabr

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2.

Xospislar faoliyatini takomillashtirish.

1. Xalqaro tajriba asosida xospislarning namunaviy nizomi va namunaviy shtat birliklarini qayta ishlab chiqish va tasdiqlash.

Bunda xospislarda ijtimoiy xodim, psixolog hamda har bir klinik bo‘lim uchun bo‘lim mudiri va katta hamshira lavozimini qo‘shimcha kiritish nazarda tutiladi.

2. Toshkent shahar hududlararo xospisining nizomi va shtat birliklarini tasdiqlash.

2026-yil avgust

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

3.

Kattalar va bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining shtat birliklarini qayta ko‘rib chiqish.

Kattalar va bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining namunaviy shtat birliklarini qayta tasdiqlash.

Bunda ushbu muassasalarning har birida palliativ yordam shifokori lavozimi uchun qo‘shimcha 1 ta shtat birligi, jami 28 ta shtat birligini ajratish nazarda tutiladi.

2027-yil yanvar

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

4.

Palliativ yordam ko‘rsatuvchi xodimlar faoliyati samaradorligini baholash (KPI) tartibini joriy etish.

1. Palliativ yordam ko‘rsatuvchi xodimlar faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlari va baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI)ga erishganligi uchun lavozim maoshining 100 foizigacha har oylik qo‘shimcha ustamalar to‘lanishini joriy etish.

2026-yil sentabr

Tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari,

tibbiyot muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari,

Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

5.

Palliativ yordam ko‘rsatishga bo‘lgan talablarni belgilash.

1. Xospislar xonalarining soni va maydoni, jihozlanadigan tibbiy uskunalar ro‘yxatini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Mobil brigadalar uchun zarur tibbiy jihozlar ro‘yxatini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil oktabr

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

3. Nodavlat tibbiyot tashkilotlarida palliativ yordamni tashkil etishga qo‘yiladigan talablarni tasdiqlash.

2026-yil dekabr

6.

Palliativ yordamga muhtoj bo‘lgan bemorlar uchun giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, jumladan, noinyeksion shaklidagi dori vositalardan foydalanish ustidan nazoratni o‘rnatish.

1. Palliativ yordamga muhtojlarga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, jumladan, noinyeksion shaklidagi dori vositalarni buyurish, yashash joyiga yetkazib berish, saqlash, realizatsiya qilish, berish, hisobga olish va yo‘q qilish, foydalanish nazoratini olib borish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil sentabr

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi

2. Palliativ yordam amaliyotida foydalaniladigan dori vositalari ro‘yxatiga palliativ yordam xizmati ehtiyojlaridan kelib chiqib, palliativ yordam sohasidagi dori vositalarini, shu jumladan, noinyeksion shakldagi dori vositalarini va davolash standartlarini hamda jahon tajribasini hisobga olgan holda o‘zgartirish kiritish.

2027-yil yanvar

7.

Palliativ yordamga muhtojlarni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, jumladan, noinyeksion shaklidagi dori vositalar bilan ta’minlash.

Palliativ yordamga muhtojlarni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, jumladan, noinyeksion shaklidagi dori vositalar bilan ta’minlashda xarid qilish, yetkazib berish va realizatsiya qilish jarayonlariga keng bozor mexanizmlarini joriy qilish.

2026-yil dekabr

-

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi

8.

E-Palliative axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish.

1. Palliativ yordamga muhtojlarni identifikatsiya qilish, hisobini yuritish, xizmatlarga yo‘naltirish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini, xizmat ko‘rsatishda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning hisobini yuritish imkonini beruvchi E-Palliative axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish.

2. Axborot tizimini DMED Yagona tibbiy AT hamda “Cancer-registr” axborot moduli bilan integratsiya qilish.

2026-yil oktabr

Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari grant mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

(2,2 mlrd so‘m)

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

9.

Mobil brigadalar, shuningdek, palliativ yordam ko‘rsatishda ishtirok etuvchi mutaxassislarni maxsus o‘quv kursida qayta tayyorlash.

1. Qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlari hamda qayta o‘qitish grafigini ishlab chiqish.

2. Toshkent shahar hududlararo xospisda maxsus o‘quv dasturi asosida mutaxassislarni qayta tayyorlashni boshlash.

2026-yil sentabr

Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari, Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

3. Maxsus o‘quv kursini tugatgan tibbiyot xodimlari faoliyatini o‘rganish va palliativ yordam tamoyillarini amaliyotga joriy etilganligini baholash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil noyabr

10.

Davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan palliativ yordam uchun sarflangan mablag‘larning Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish.

1. Ambulator va statsionar sharoitda ko‘rsatiladigan palliativ yordamning bazaviy narxlarini tasdiqlash.

2026-yil oktabr

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi,

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi

2. Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan o‘rnatilgan tartibda shartnoma tuzgan davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarining xizmatlarini moliyalashtirish.

2026-yil dekabr

11.

Palliativ yordamga muhtoj shaxslarga yordam ko‘rsatish uchun ularning yaqinlarini o‘rgatish bo‘yicha maxsus o‘quv qo‘llanma, videoroliklar va tarqatma materiallarni jamoatchilikka yetkazish.

1. Palliativ yordamga muhtoj shaxslarga yordam ko‘rsatish uchun ularning yaqinlarini o‘rgatish bo‘yicha maxsus o‘quv qo‘llanma, videoroliklar va tarqatma materiallarni ishlab chiqish.

2. Ishlab chiqilgan maxsus o‘quv qo‘llanma, videoroliklar va tarqatma materiallarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish hamda palliativ yordamga muhtoj shaxslarning yaqin qarindoshlariga yetkazish choralarini ko‘rish.

2026-yil oktabr

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

12.

Uy sharoitida palliativ yordamni oladigan muhtoj shaxslarni zarur jihozlar bilan ta’minlash.

Uy sharoitida palliativ yordamni oladigan muhtoj shaxslarni funksional karavot va maxsus matraslar bilan vaucher tizimi asosida belgilangan tartibda ta’minlashni yo‘lga qo‘yish.

2026-yil oktabr

-

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

13.

Samarqand viloyatida tajriba-sinov tariqasida og‘ir va davolab bo‘lmaydigan kasalliklarga chalingan bolalar uchun xospis shaklida palliativ yordam ko‘rsatish markazini tashkil etish.

1. Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzurida og‘ir va davolab bo‘lmaydigan kasalliklarga chalingan bolalar uchun palliativ yordam ko‘rsatish maqsadida Bolalar uchun xospis markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etish. Bunda:

Markaz Samarqand viloyati Reabilitatsiya markaziga ega davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti hududida tashkil etiladi;

Markaz giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni litsenziya asosida saqlash, realizatsiya qilish, berish va yo‘q qilish faoliyatini amalga oshiradi;

Markaz tomonidan palliativ yordam statsionar va mobil shakllarda ko‘rsatiladi;

2026-yil iyul

Davlat budjeti mablag‘lari,

Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda Markazning vaqtinchalik nizomi tasdiqlanadi;

Markaz uchun maxsus jihozlangan avtomobillar xarid qilinadi;

Markazga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, jumladan, noinyeksion shakldagi dori vositalarini litsenziya asosida buyurish, yashash joyiga yetkazib berish, saqlash, realizatsiya qilish, berish, hisobga olish va yo‘q qilishga ruxsat beriladi;

xalqaro ekspertlarni jalb qilish hamda xorijiy davlatlar xospislari faoliyatini borib o‘rganish orqali Markaz xodimlarining malakasi oshiriladi va o‘qitiladi.

2026-2027-yillar

2. Markazning shtat birliklarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlash.

2026-yil iyul

3. Samarqand viloyati Reabilitatsiya markaziga ega davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti hududida Markaz faoliyatini tashkil etish uchun yangi bino qurish va jihozlash.

Bunda buyurtmachi sifatida Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” DUKga bosh loyihachi va bosh pudratchini davlat xaridlarining “taklif so‘rovi” tartib-taomili orqali tanlashga ruxsat beriladi.

2026-yil oktabr

14.

Toshkent shahar hududlararo xospisga tutash hududda bemorlar uchun ko‘ngilochar sayilgoh va bog‘ tashkil qilish.

1. Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Ma’rifat” mahalla fuqarolar yig‘ini, Qoramurt ko‘chasida Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi tomonidan qurilayotgan Toshkent shahar hududlararo xospisga tutash hududda zarur infratuzilmani shakllantirish maqsadida 2,5 gektar yer maydonini amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ajratish choralarini ko‘rish.

2. Toshkent shahar hududlararo xospis faoliyatini samarali tashkil etish, unga tutash hududdan maqsadli foydalanish hamda zarur infratuzilmani shakllantirish choralarini ko‘rish.

2026-yil avgust

-

Toshkent viloyati hokimligi,

Toshkent shahar hokimligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

15.

Xalqaro tajriba asosida “Palliativ parvarish qoidalari” o‘quv amaliy kurslari bo‘yicha mobil palliativ brigada hamda xospis xodimlarini tayyorlash.

1. “Palliativ parvarish qoidalari” bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.

2026-yil avgust

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallarida hamda xospislarda nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda mobil palliativ brigada hamda xospis xodimlarining malakasini oshirish.

2026-yil dekabr

16.

Palliativ xizmat ko‘lamini kengaytirish.

Davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida palliativ xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil dekabr

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PQ-239-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Palliativ tibbiy yordam ko‘rsatuvchi tashkilotlarni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Xospis tashkil etiladigan hudud

Xizmat ko‘rsatiladigan hudud

Quvvati

(o‘rinlar soni)

Tashkil etish turi

Tashkil etish davri

1.

Samarqand viloyati (bolalar uchun)

Samarqand viloyati

20

yangidan tashkil etish

2026

2.

Qashqadaryo viloyati

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

50

yangidan tashkil etish

2027

3.

Farg‘ona viloyati

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

50

yangidan tashkil etish

2026-2027

4.

Xorazm viloyati

Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi

30

yangi bino va inshootlar qurish

2027

5.

Buxoro viloyati

Buxoro va Navoiy viloyatlari

50

yangidan tashkil etish

2028

Jami

200

 

 

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PQ-239-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Palliativ tibbiy yordam ko‘rsatishni rivojlantirishda “Sifatli tibbiy xizmatlar” indikatorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Baholash indikatorlari

Baholash formulasi

Baholash davriyligi

Yillar

2027

2028

2029

2030

Palliativ yordam qamrovi

Xizmat olganlar / hisoblangan ehtiyoj × 100

har yili

≥5%

≥12%

≥65%

≥80%

Birlamchi baholashning o‘z vaqtida o‘tkazilishi

≤72 soatda baholanganlar / yangi bemorlar × 100

har yili

≥20%

≥40%

≥80%

≥90%

Individual parvarish rejasi mavjudligi

Rejaga ega bemorlar / faol bemorlar × 100

har yili

≥35%

≥65%

≥85%

≥95%

Og‘riqni standartlashtirilgan shkala bo‘yicha baholash

NRS/VAS/PAINAD bo‘yicha baholanganlar / faol bemorlar × 100

har yili

≥40%

≥70%

≥85%

≥95%

Kuchli og‘riqni nazorat qilish samaradorligi

72 soatda og‘riq ≥30% kamayganlar / og‘rig‘i ≥7 bo‘lgan bemorlar × 100

har yili

≥30%

≥55%

≥70%

≥80%

Jami iste’mol qilingan OME (mg)/aholi soni

OME mg / aholi soni

har yili

≥0.10 mg/capita

≥0.20 mg/capita

≥0.30 mg/capita

≥0.6 mg/capita

Mobil brigadalarning uyga tashriflarini amalga oshirish

Amalga oshirilgan tashriflar / rejalashtirilgan tashriflar × 100

har yili

≥20%

≥50%

≥70%

≥90%

Hayotning so‘nggi 30 kunidagi shoshilinch gospitalizatsiyalar

Gospitalizatsiya qilinganlar / vafot etgan bemorlar × 100

har yili

bazaviy baholash

−5%

−15%

−30%

Ijtimoiy baholash
va yo‘naltirish

Ijtimoiy baholangan bemorlar / faol bemorlar × 100

har yili

≥35%

≥65%

≥80%

≥90%

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yoki vaucher tayinlash

Yordam olganlar / muhtoj deb topilganlar × 100

har yili

≥25%

≥55%

≥70%

≥85%

Oila a’zolarining parvarishdan qoniqishi

Ijobiy baholar ulushi × 100

har yili

≥55%

≥70%

≥80%

≥85%

Kadrlar tayyorlash rejasi bajarilishi

O‘qitilgan mutaxassislar / reja × 100

har yili

≥45%

≥70%

≥85%

≥90%

Faol palliativ xizmatga ega hududlar ulushi

Xospis va mobil brigadasi mavjud hududlar soni

har yili

6

14

14

14

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OME — Oral Morphine Equivalent (peroral morfin ekvivalenti).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NRS/VAS/PAINAD — og‘riqni baholash shkalalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PQ-239-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-palliative” axborot tizimiga integratsiya qilinadigan axborot tizimlari (bazalari)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Tashkilot nomi

Axborot platforma (baza)

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi

Adliya vazirligi

FHDY AT

Sog‘liqni saqlash vazirligi

“Cancer-registr” axborot moduli

DMED Yagona tibbiy AT

Endokrin patologiyali bemorlarning elektron ma’lumotlar bazasi

Nevrologik kasalliklar va uning asoratlari bilan og‘rigan bemorlarning yagona elektron bazasi

“Mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan bolalar reyestri va sarflash materiallari monitoringi” AT

NARKO-PSIXUZ” AT

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

“Yagona milliy mehnat tizimi” AT

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi

“MedRefer” AT va “MedExpress” AT

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: DMED Yagona tibbiy AT va “Cancer-registr” axborot moduliga integratsiya qilish jarayoni 2026-yil 1-sentabrga qadar yakunlanadi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2026-y., 07/26/239/0631-son)