ILOVA
1-ILOVA
|
Bosqichlar |
|
Subyektlar |
|
Tadbirlar |
|
Muddatlar |
|
|
|
|
||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1-bosqich |
|
Ariza beruvchi |
|
1. Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga oʻqishga kirish uchun Davlat xizmatlari markaziga (DXM) oʻzi kelgan holda murojaat etadi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) yoki maxsus platformada roʻyxatdan oʻtadi. 2. YIDXP yoki maxsus platforma orqali murojaat etganda, tegishli soʻrovnomani mustaqil ravishda toʻldiradi. 3. Maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi. |
|
Har yili 10-iyuldan 10-avgustga qadar (shu kuni ham) |
|
|
|
|
||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2-bosqich |
|
YIDXP, DXM, maxsus platforma |
|
Roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalarini, maʼlumotlarini tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga yuboradi. |
|
10 daqiqa mobaynida avtomatik tarzda |
|
|
|
|
||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3-bosqich |
|
Oliy taʼlim tashkiloti |
|
1. Ariza beruvchining diplom maʼlumotlarini tekshirib, tegishliligi boʻyicha talabgorning bakalavr diplomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tugatgan oliy taʼlim tashkiloti tasdiqlaydi. |
|
Har yili 20-avgustga qadar |
|
|
|
2. Kelib tushgan arizalarni tegishligi boʻyicha qabul qiladi. |
|
Har yili 20-avgustga qadar |
||
|
|
|
3. Arizani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha ariza beruvchining YIDXP yoki maxsus platformadagi shaxsiy kabinetiga xabar yuboriladi. |
|
Har yili 30-avgustga qadar |
2-ILOVA
NAMUNA |
|
Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha |
SOʻROVNOMA |
|
I. Ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlar |
1.1. Familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi) |
1.2. Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (seriyasi va raqami, JSHSHIR maʼlumotlari) |
1.3. Fuqaroligi |
1.4. Telefon raqami |
1.5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) |
II. Ariza beruvchining oʻqigan oliy taʼlim tashkiloti boʻyicha maʼlumotlar |
2.1. Oʻqigan oliy taʼlim tashkilotining nomi |
2.2. Oʻqigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishi shifri va nomi |
2.3. Oliy taʼlim olganligi toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Diplom” axborot tizimi orqali avtomatik shakllanadi. Ushbu tizim orqali diplom maʼlumotlari aniqlanmagan ariza beruvchilardan bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom va unga ilovaning nusxalari soʻraladi. |
2.4. Xorijiy davlatda oliy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma nusxasi (xorijiy oliy taʼlim tashkilotini tugatgan hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining “Nostrifikatsiya” axborot tizimidan diplom maʼlumotlari aniqlanmagan ariza beruvchilar uchun). |
III. Ariza beruvchining ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga kirish istagini bildirgan oliy taʼlim tashkiloti |
3.1. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga kirish istagini bildirgan oliy taʼlim tashkilotining nomi |
3.2. Taʼlim yoʻnalishi shifri va nomi |
3.3. Taʼlim shakli |
3.4 Taʼlim tili |